tgindex
Jaloliddin Mahmud

Jaloliddin Mahmud

Статистика
@JaloliddinMahmudузбекский

▪️900 kunlik dizayn, 400 kunlik marketing, 3 yillik shaxsiy rivojlanish haqida samimiy gaplashamiz ▪️Bu kanal orqali o‘z fikrlarim, tajribalarim va o‘zgarishlarimni ulashib boraman ✍🏻 ODDIY so'zlar bilan..... ©️Men bilan aloqa: @Jaloliddinmahmudjonov

Последний пост
6 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
182
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
570
20 постов
Вовлечённость
313,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
32
1/48двое суток
36
1/72трое суток
39

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Kichik eslatma: sening uch yil oldingi versiyang xozir sen bilan judayam faxlangan bo’lardi. @JaloliddinMahmud

  • Biz bosgan har bir qadamimiz ham toʻgʻri boʻlavermasligi mumkin…. @JaloliddinMahmud

  • Harakat qiling: Har qanday noaniqlikni yengishning eng yaxshi yo‘li – harakat qilishdir. @JaloliddinMahmud

  • G'alabaga erishishda 4 ta yo'l mavjud. 1. Boshlaysiz va har qanday holatda sabr qilasiz ; 2. O'zingizga adolat bilan yo'lda davom etasiz ; 3. har qanday holatda harakatlanishda davom etasiz ; 4. Kuchingiz qolmaganda ham umidni so'ndirmay o'zingizga ishonchni saqlaysiz ; @JaloliddinMahmud

  • HAYOT BEBAHO VA U QAYTA BERILMAYDI! Inson tugamaydigan hayot tashvishlari bilan bir umr kurashadi. Go‘yoki, bir kun keladiyu hamma tashvishlari tugab o‘zi xohlagandek yashayman deb o‘ylaydi. Ammo o‘sha kun kelmasligi ham mumkin. Kelgan taqdirda ham o‘sha kunglarning o‘ziga yarasha tashvishi bo‘ladi... Shuning uchun, yashashni bugundan boshlash kerak. Shirin hayotingizni o‘zingiz uchun bebaho deb biling va bir daqiqasini ham zoya ketkazmang! @JaloliddinMahmud

  • -Yoʻl emas Yarim yoʻlda oʻzgarib oladigan yoʻldoshlar charchatadi… Hoh umr yoʻli boʻlsin Hoh safar yoʻli! @JaloliddinMahmud

  • G'alabaga olib boruvchi Kafolatlangan Yo'l faqat birgina harakat orqali yo'qqa chiqadi, - Taslim Bo‘lish. Taslim Bo'lish - bu hech qachon istalgan natijaga erisha olmaslikni kafolatlaydigan yagona harakat. Winner never quit Quitters never win. 📌Nima qilsangiz ham, Taslim bo‘lmang. @JaloliddinMahmud

  • Qurbon Hayit Muborak bo'lsin🌙

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

  • Maslahat: Dastlab, siz odatlarni shakllantirasiz, keyin odatlar sizni shakllantiradi! Bugungi kuningiz qanday o'tsa, umringiz ham shunday o'tadi! Ishga mukkasidan ketib ishlamang, keragicha ishlang va ishingizni "qafasga solib" o'z hayotingizni yashang! @JaloliddinMahmud

  • 24 апр. 2025 г.72753из DrBekOlimjon

    Omad haqida Bugun Farg’onadan Toshkentga uchishim kerak, lekin Andijondaman. Farg’onaga borish uchun «stoyanka»ga borishim kerak. Unga Yandex taksi, keyin Farg’onadagi pitakka taksi, keyin adroportga yana taksi. Vaqt ketadi. Bira to’la uydan Farg’onaga Yandex taksi buyurmoqchi bo’ldim. Kelmadi. Nailoj pitakka taksi chaqirdim. Taksichi aka turishimni ko’rib turist deb o’yladi va aeroportga ketyapsizmi deb so’radi. Ha, lekin Farg’onadan uchayotganimni aytdim. Farg’onadagi aeroportga haydayman pulini bersangiz dedi. 5 daqiqa oldin bunga rozi edim, ammo akaga yo’q dedim. Sabab: mashinasi kir va salondam sassiq hid kelayotgan edi. Akani «omadi» kelib yaxshi pul ishlab olish imkoniyati bor edi bugun. Ammo unga o’sha «omad» kelmadi. Chunki u o’sha omadga tayyor emas edi. Bizga omad har doim keladi, ammo biz tayyor bo’lmaymiz. Biz zo’r biznes qilishni orzu qilamiz, zo’r biznes hamkor bilan uchrashib qolganda unga beradigan biznes taklifimiz bo’lmaydi. Orzuimizdagu umr yo’ldosh bo’ladi, uchratamiz o’shandayini, «bortimizni» beradi. Omadga erishish sharti, unga tayyor bo’lish. Omad talablariga javob berish aslida. Omad osmondan tushib qolmaydi. Bek Olimjon Farg’ona 23.04.25

  • Hamma gap sizni yiqilishingizda emas, balki yiqilganingizdan soʻng oyoqqa tura olishingizda. Magʻlubiyatga uchrasangiz, bu sizni hech narsaga arzimasligingizni bildirmaydi. Agar siz magʻlubiyatdan saboq olgan boʻlsangiz, oʻtgan voqeani esdan chiqaring! Hali nimanidir amalga oshirishga harakat qilayotgan ekansiz, siz omadsiz odam emassiz. Moʻljaldagi ishni bajarishdan toʻxtashingiz, bu hayotdagi eng katta magʻlubiyatingiz. Insonning eng katta xatosi erta taslim boʻlishidir. Toki tirik ekansiz, taslim boʻlmang! @JaloliddinMahmud

  • 📹 Hamma muammolaringizni umumiy bir jihati bor | Iqtibos podcast Vaqt oraliqlari 00:00 Kirish 01:45 Muvaffaqiyatsizlik uhim 10:39 Yo o'zimiz o'zgaramiz, yo vaziyatni ozgartiramiz 17:13 Yoqmaganlaridan haqiqat qidir 20:23 Inga zarar asli ariga ham zarar

  • 📹 Hamma muammolaringizni umumiy bir jihati bor | Iqtibos podcast Vaqt oraliqlari 00:00 Kirish 01:45 Muvaffaqiyatsizlik uhim 10:39 Yo o'zimiz o'zgaramiz, yo vaziyatni ozgartiramiz 17:13 Yoqmaganlaridan haqiqat qidir 20:23 Inga zarar asli ariga ham zarar

  • Eng kuchsiz odam kim? O'zidan ko'ra boshqalarni ko'proq ayblaydigan odam... Eshitishdan ko'ra gapirishni afzal topgan odam... Birovlarni mag'lubiyatidan rohatlanadigan odam... Yutqazganini tan olish o'rniga zudlik bilan shaxsiyatingizni muhokama qiladigan odam... Omaddan ko'ra, "hammasiga o'zim tufayli erishdim" degan cho'pchakka ishonib yashaydigan odam... Bundaylarni aniqlash judayam oson. Keyingi safar davrada o'tirgan paytingiz chetdan kuzatsangiz, hech kimga gap bermasdan baland ovozda gapirayotgan 1-2 ta odamga ko'zingiz tushadi. U sizni yaqin do'stingiz bo'lishi ham mumkin. Unga yordam berish qo'lingizdan kelsa albatta bering. @JaloliddinMahmud

  • Hayot Davom Etadi Hayotda yaxshi kunlar ham, sinovli kunlar ham bo‘ladi. Qiyinchiliklar kelganda, gohida taslim bo‘lishni xohlaymiz, lekin unutmang: har bir qiyinchilik ortida yangi imkoniyatlar yashirin bo‘ladi. Hayot to‘xtamaydi. Vaqt o‘tishi bilan yuragingizdagi og‘riq ham, yelkangizdagi yuk ham yengilroq bo‘lib boradi. Muhimi, har bir kunni yangi imkoniyat sifatida qabul qiling. Agar bugun qiyin bo‘lsa, o‘zingizga shunday deb ayting: "Bu ham o‘tadi. Men kuchliman va har qanday sinovni yengib o‘ta olaman." Unutmang: har bir tong yangi boshlanishni olib keladi. Yashashni davom eting va har bir kuningizni mazmunli o‘tkazishga harakat qiling. Hayot davom etadi, va siz unda o‘z o‘rningizni topasiz! @JaloliddinMahmud

  • Ota-onangga bo‘lgan munosabating bu bir qissa, uni sen yozasan. farzandlaring ertaga senga o‘qib berishadi... @JaloliddinMahmud

  • Maqsadga erishish uchun olimlarning tavsiyalari👇 1. Konkret va aniq maqsad qo'yish! Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, aniq va o'lchanadigan maqsadlar samaradorlikni oshiradi. Masalan, "Vazn tashlashni xohlayman" o'rniga "Bir oyda 2 kg vazn tashlayman" deb maqsad qo'ying. 2. Maqsadni kichik bo'laklarga bo'lish! Katta maqsadlarni kichik bosqichlarga ajratish, ularni amalga oshirishni osonlashtiradi. Har bir bosqichni bajarganingizda, miyangiz mukofot tizimini faollashtiradi va motivatsiya oshadi. 3. Maqsadni yozib qo'ying! Maqsadlarni yozib qo'yish ularga erishish ehtimolini oshiradi. Tadqiqotlarga ko'ra, yozilgan maqsadlar ongimizda kuchliroq ta’sir qiladi. 4. Maqsadni ma'lum muddatga bog'lash! Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, vaqt chegarasi bo'lgan maqsadlar samaraliroq bo'ladi. Masalan, "6 oy ichida ingliz tilida suhbatlashishni o'rganaman." 5. Ijobiy odatlar yaratish! Kichik, lekin muntazam odatlar katta o'zgarishlarga olib keladi. Masalan, har kuni 10 daqiqa o'qish yoki meditatsiya qilish. 6. O'zingizni mukofotlang! Har bir bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganingizda, o'zingizga kichik mukofot bering. Bu motivatsiyani oshiradi. 7. Atrofni to'g'ri tanlash! Sizni qo'llab-quvvatlaydigan va motivatsiya beradigan odamlar bilan muloqot qiling. Bu sizga ishonch va turtki beradi. 8. Progressni kuzatib boring! Har bir qadamni yozib boring va muvaffaqiyatlaringizni baholang. Bu natijaga yaqin ekaningizni eslatib turadi. 9. Moslashuvchan bo'ling! Maqsadga erishish yo'lida muammolar bo'lishi mumkin. Ularni hal qilish uchun muqobil reja tuzishni o'rganing. 10. Motivatsiya va intizomni saqlash! Motivatsiya vaqtinchalik, lekin intizom muvaffaqiyatning kaliti. Har kuni bir qadam tashlash orqali o'zgarishlarni his qilasiz @JaloliddinMahmud

  • Nega hoziroq boshlash muhim, ertani kutish emas? 1. Vaqt — eng qimmat resurs. • Vaqtni qaytarib bo‘lmaydi. Har bir o‘tgan kun sizni maqsadlaringizdan uzoqlashtiradi yoki yaqinlashtiradi. Bugun boshlash kelajagingizni hozirdan qurish imkoniyatini beradi. 2. Kichik qadamlar katta natijalarga olib keladi. • Harakatlarni bugundan boshlash sizni sekin-asta maqsadingizga yetkazadi. Ertaga kutish — faqat vaqtni boy berish. 3. Mukammallikni kutish kerak emas. • “Ideal sharoitlar” yoki “to‘g‘ri vaqt” degan tushuncha yo‘q. O‘zingizni tayyor his qilmaganingizda ham harakat qilish — muvaffaqiyatga erishishning eng yaxshi yo‘li. 4. Kechiktirish odatga aylanadi. • Ertaga boshlayman degan fikr vaqt o‘tishi bilan bir necha hafta, oy va hattoki yillarga cho‘zilishi mumkin. Bugungi harakat bu odatni buzadi. 5. Hozir boshlash — kuch va ishonchni oshiradi. • Birinchi qadamni qo‘yish sizda ishonch uyg‘otadi va o‘zingizga bo‘lgan hurmatni oshiradi. Bu keyingi qadamlar uchun motivatsiya beradi. Xulosa: Bugun boshlash — ertaga siz uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Har bir o‘tgan kunni o‘z foydangizga ishlating. Hayotingizni o‘zgartirish uchun eng yaxshi vaqt bugun! @JaloliddinMahmud

  • Bekorchilik ko‘pincha salbiy holat sifatida qaraladi, ammo aslida bu vaqtni to‘g‘ri boshqarilsa, inson uchun foydali bo‘lishi mumkin. Bekorchilik, ayniqsa, bo‘sh vaqtni ongli ravishda sarflash imkoniyatini beradi. Mana bir nechta fikrlar: 1. Yaratilish va ijod uchun vaqt Bekorchilikni to‘g‘ri yo‘naltirish orqali odam o‘z qiziqishlari va ijodiy imkoniyatlariga vaqt ajrata oladi. Bu davrda odam o‘zini tinglaydi, yangi g‘oyalar yaratadi yoki ijodiy ishlar bilan shug‘ullanadi. 2. Ichki tinchlikni topish Tanaffuslar va bo‘sh vaqt stressdan qutulishga yordam beradi. Meditatsiya, o‘ylash yoki oddiygina dam olish hayotning shovqinidan qutulishga va o‘z-o‘zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. 3. O‘z-o‘zini rivojlantirish Bekorchilik paytida inson o‘zi haqida ko‘proq o‘ylashga, hayotiy maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishga yoki yangi narsalarni o‘rganishga vaqt topadi. Bu davrni kitob o‘qish, ma’lumot olish yoki yangi qobiliyatlarni rivojlantirishga bag‘ishlash mumkin. @JaloliddinMahmud