SHAKH DARMAN
Статистика14 kunda tartibsizlikdan intizomli hayot tizimiga o’tishga yordam beraman. → 200+ inson YANGI MEN orqali o’z ustida ishlamoqda → Mentoring: @shakhdarmanov Har kuni. 1.01%. Yaxshiroq.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 12
- Всего постов
- 55
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 250
- 1/48двое суток
- 286
- 1/72трое суток
- 309
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
365 sahifaning 226-sahifasi O‘zim uchun yana bitta og‘ir chellenj boshlayapman. Oxirgi marta 30 kunlik chiniqish chellenjini qilgan edim. O‘shanda natijasi haqiqatdan ham juda kuchli bo‘lgandi. Qarasam, oradan 3 oy o‘tibdi. O‘ylab ko‘rsam, hayotimdagi ko‘p o‘zgarishlarga aynan chellenjlar orqali erishgan ekanman. Chellenj menga bitta narsani beradi — chekinish uchun variant qoldirmaydi. Shuning uchun yangi sinov: 30 KUN — 0 TA HARAKATSIZ KUN. Maqsad juda oddiy: 30 kun davomida birorta kunni ham jismoniy aktivliksiz o‘tkazmaslik. Hozir haftamda: — zal — yugurish — suzish bor. Endi bunga boshqa aktivliklarni ham qo‘shaman. Gap har kuni o‘zingizni o‘ldirib mashq qilishda emas. Tiklanish ham hisobga olinadi. Asosiy qoida — 0 kun. Har kuni tanamga: “Biz harakatdamiz”, degan signal berish. Qiziq… 30 kundan keyin tanam, energiyam va intizomim qanchalik o‘zgararkin? 1-kun. Ertadan. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa
365 sahifaning 225-sahifasi Hozirgi yosh “mutaxassis”larga havasim keladi. Men 18 yoshimda yangi narsani o‘rganish uchun kitob varaqlardim, odamlar bilan tanishardim, turli manbalarni qidirardim. Masalan, bitta CAC nima ekanligini tushunish va uni to‘g‘ri hisoblash uchun bir nechta resursni ko‘rib chiqardim. Keyin ham “to‘g‘ri hisobladimmi?” deb tajribaliroq odamlardan so‘rab yurardim. Bitta bilim uchun ba’zida bir necha kun ketardi. Hozirchi? AI’ga to‘g‘ri savol bering — 1–2 daqiqada tushuntirib beradi, formula beradi, misol bilan hisoblab ham beradi. Bugun xohlagan odam bir kunda marketingning bazaviy tushunchalarini o‘rganib chiqishi mumkin. Lekin paradoks shundaki: Bilim olish hech qachon hozirgidek oson bo‘lmagan. Lekin bilimga chanqoq odamlar ham hech qachon bunchalik kam ko‘rinmagan. Menimcha, muammo resurslarda emas. Inson uchun hamma narsani qanchalik osonlashtirsangiz, agar unda ichki intilish bo‘lmasa, u bo‘shagan vaqtini yana o‘rganishga emas, yanada osonroq zavqqa sarflaydi. Kelajakda AI yanada kuchayadi. O‘rganish yanada osonlashadi. Lekin aynan shuning uchun 10% odam qolgan 90% odamlarni boshqaradi. Chunki 90% AI’dan kamroq o‘ylash uchun foydalanadi. 10% esa AI’dan tezroq o‘rganish, ko‘proq yaratish va kuchliroq bo‘lish uchun foydalanadi. Texnologiya hammaga bir xil beriladi. Undan kim bo‘lib chiqishingiz esa — o‘zingizga bog‘liq. Bugungi mashq: Bugun AI’dan bitta tayyor javob olish uchun emas, bitta yangi ko‘nikmani o‘rganish uchun foydalaning. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
365 sahifaning 224-sahifasi Shundan 33tasini qilib ko'rganman. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa
365 sahifaning 223-sahifasi Marketing haqida gapirmoqchiman, bundan keyin sal ko'piroq bo'ladi shu yo'nalish. Marketingda hamma narsani birdaniga o‘zgartirish shart emas. Oldin men ham marketingda natija bo‘lmasa, hamma narsani ko‘rib chiqish kerak deb o‘ylardim. • Saytni yangilash. • Reklamani o‘zgartirish. • Kontentni kuchaytirish. • Yangi voronka qilish. • Yangi instrument qo‘shish. Lekin vaqt o‘tib bitta narsani tushundim: Ko‘p bizneslarda 10 ta muammo emas, natijani ushlab turgan 1 ta asosiy muammo bo‘lar ekan. Masalan, reklama yaxshi ishlayapti, lidlar ham kelyapti. Lekin menejer mijozga 3 soatdan keyin telefon qilyapti. Bu holatda yangi reklama kreativlari nima beradi? Yoki 1000 ta odam saytga kiryapti, lekin 5 tasi ariza qoldiryapti. Bu yerda reklamaga yana pul qo‘shishdan nima foyda? Shuning uchun marketingda menga bitta yondashuv yoqadi: Hammasini tuzatishga harakat qilmang. Eng katta natijani ushlab turgan bitta nuqtani toping. Keyingi 60–90 kun fokusni o‘sha yerga qarating. • Uni yaxshilang. Keyin keyingi nuqtaga o‘ting. Ba’zida biznesga yangi marketing strategiyasi kerak emas. Shunchaki bitta “teshik”ni yopish kerak. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa
❓Bugungi 1.01% savol: Bir insonni qurbon qilib kelajakni saqlashmi yoki bir insonni tanlab kelajakni xavf ostiga qo‘yishmi? 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #bugungisavol
365 sahifaning 222-sahifasi AI paydo bo‘lgandan keyin ikki xil odam paydo bo‘la boshladi. Dangasa. Intizomli. Ular haqida gapirishdan oldin, siz qaysi birisiz? Birinchisi — dangasa. Kecha metroda bitta narsani kuzatdim. Odamlar juda sodda, hatto o‘zi biladigan narsalarni ham AI’dan so‘rashga o‘tib ketishibdi. Ya’ni AI fikrlashga yordam beradigan instrument emas, fikrlashning o‘rnini bosadigan instrumentga aylanib qolmoqda. Ikkinchisi — intizomli. U AI orqali bilmagan narsasini o‘rganadi, vaqtini tejaydi va o‘z imkoniyatlarini kengaytiradi. 3 kun oldin OpenAI Codex’ni o‘rganishni boshladim. 4 soat vaqt ajratib, asoslarini tushunib oldim. Hozir shaxsiy hayotimdagi bir nechta rutin ishlarni shu orqali bajaryapman. Oldin bu ishlar menga 4–6 soatgacha vaqt olardi. Hozir — taxminan 2 soat. Menimcha, kelajakda AI odamlarni dangasa va intizomliga ajratmaydi. U shunchaki ular orasidagi farqni yanada kattalashtiradi. Bugungi mashq: AI sizning o‘rningizga fikrlayaptimi yoki sizga yaxshiroq fikrlashga yordam beryaptimi? 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa
365 sahifaning 221-sahifasi 2000 ta obunachim borligini ko'rib. Bitta oddiy narsani tushundim. Shuncha odam meni kuzatadi degan fikir emas, lekin shuncha odam meni kanalimdan foyda va manfaat olishiyapti. Aslida bu juda katta son, lekin buni maksimal foydali qilish uchun. Sekin asta, kanalimni maksimal foydali, eng muhimi amaloy bo'lishi. Shunga, hammaga rahmat deb qo'ymoqchiman. Aynan sizlar bilan men o'zbek tilini o'rganiyapman. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa
365 sahifaning 220-sahifasi Qachondir boshqa ko’rishmaymiz degan odamlaringiz bilan bugun ko’rishsangiz. Nimani his qilasiz? Qisqasi o’zimni keysimdan kelib chiqib aytaman. Xursand bo’laman. Nimaga? Sababi, siz o’zgargan bo’lasiz, u ham o’zgargan bo’ladi. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa
❓Bugungi 1.01% savol: Birinchi qilgan ishingiz nima bo’ldi? O'zimnikini kommentariyada yozib kettim. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #bugungisavol
❓Bugungi 1.01% savol: Bugun oxirgi kuningiz bo'lganda, birinchi qiladigan ishingiz nima bo'lardi? O'zimnikini kommentariyada yozib kettim. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #bugungisavol
365 sahifaning 219-sahifasi O’zingizni sevishni o’rganing. Bu ko’p vaqt olishi mumkin, lekin bunga albatta arziysiz. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa
❓Bugungi 1.01% savol: Bugun qilayotgan qaysi odatingiz sizga 50 yoshingizda rahmat aytadi? O'zimnikini kommentariyada yozib kettim. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #bugungisavol
365 sahifaning 218-sahifasi Hayotimga yana bitta +1 hobbiy qo’shmoqdaman. Aniqrog’i, jismoniy faolligimni yanada oshiryapman. Kecha birinchi marta suzishga bordim. 325 metr suzdim. Rostini aytsam, suzishni yoqtiraman, qishloqda har kuni kanalda soatlab suzardim (eslaganlar bo'lsa kommentariyada yozib kettinglar). Lekin bitta narsani tushundim: ko’proq suzishim kerak ekan. Ming zalda og’ir vazn ko’taring, lekin bo’g’imlar va tanaga ham g’amxo’rlik qilmasangiz, bir joyda to’xtab qolasiz. Oxirgi payt sog’liq haqida boshqacha o’ylay boshladim. Sog’liq men uchun endi shamollamaslik yoki tish og’rimasligi emas. Sog’liq, 50 yoshimda nevaram bilan bemalol yugurish. Uni qo’limga ko’targanimda nafasim qisilib qolmasligi. Yoshimga nisbatan kuchli, chaqqon va harakatchan bo’lib qolish. Shuning uchun rejimimni asta-sekin tubdan o’zgartiryapman. Har hafta sog’lig’im uchun bittadan yangi odat qo’shaman. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa
❓Bugungi 1.01% savol: Sizning eng qimmat odatingiz qaysi? O'zimnikini kommentariyada yozib kettim. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #bugungisavol