Xotira pro 🧠
СтатистикаBas, yuz o'girib ketsalar ayting: "Menga Allohning O'zi yetarli". (Tavba,129) @Xotira_probot
- Последний пост
- 13 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📖 #Ustoz_kundaligi Men esimni taniganimdan buyon ilm yoʻlida yurib kelaman. Bu yoʻl men uchun eng sharafli yoʻllardan biri va bundan faxrlanaman. Onam meni maktabga berishdan oldin savodimni chiqargan. Turli ertak va hikoyalar kitoblarini olib berar, har kecha bittadan ertak aytib uxlatardi. Ertaklarni yod olib boʻlsam ham, xuddi qunduz amakining ertaklaridagi qunduzchalar kabi bobom va onamdan ularni qayta-qayta aytib berishlarini soʻrardim. Vaqt oʻtib ulgʻayganim sari dadam menga "Yulduzli tunlar", "Choʻloq turna", ensiklopediya va boshqa koʻplab kitoblarni olib berardi. Kitobga boʻlgan muhabbatim tobora ortib bordi. Maktab yillarida yozda imkon boʻlmasa ham, qish faslida albatta rus va ingliz tili kurslariga qatnardim. Maktabni aʼlo baholar bilan tamomlab, akademik litsey va bakalavr bosqichida tahsil oldim. Talabalik yillarini ham bekorga oʻtkazmadim. Shu davr ichida: ingliz tili; Al-Buxoriydagi Qurʼon va tajvid kursi; SMM; mnemonika; kopirayting; mental arifmetika trenerligi; "Saodatga yoʻl" kabi bir qancha kurslarni tamomladim. Oʻqishni tugatib, kelinlik hayotimni boshlaganimdan keyin ham ilm yoʻlidan toʻxtamadim. Qurʼoni karimni yodlashni boshladim, Super Matematika kursini tamomladim. Mental arifmetikadan avval uyda, keyinchalik bogʻcha va maktabda dars bera boshladim. Bugun esa eng katta baxtim — begʻubor oʻquvchilarimning meni "ustoz" deb chaqirishi, atrofimda parvona boʻlishi va koʻzlaridagi begʻaraz mehrni koʻrishdir. Ana shu mehr menga yanada ishtiyoq, kuch va masʼuliyat bagʻishlaydi. Men ularga faqat oʻz fanimni emas, tarbiyani ham birga berishga harakat qilaman. Chunki oʻquvchim bir kun kelib ilm va mehnati bilan katta lavozimlarga erishsa-yu, odobi va xulqi sabab hurmatini yoʻqotsa, oʻzimni ustoz sifatida vazifamni toʻliq bajarmagan deb hisoblayman. Shuning uchun darslarimiz faqat formulalar va misollar bilan cheklanmaydi. Biz maktabdagi oʻquvchilar bilan kitob mutolaasi, sport, yaxshi odatlar va oʻz ustida ishlashga undovchi turli challenjlar ham oʻtkazamiz. Men ishonaman: haqiqiy ustoz nafaqat bilim beradi, balki yaxshi insonni tarbiyalaydi. Chunki ilm insonni yuksaltiradi, odob esa uni ulugʻ qiladi. 🌱
“Mnemonika workshop” kursimiz dasturi Modul #1 1-dars: Eslab qolish jarayoniga negativ ta'sir qiluvchi omillar 2-dars: Eslab qolishdagi asosiy prinsiplar 3-dars: Shakliy assotsiatsiya, hikoya usuli 4-dars: Makon usuli 5-dars: Raqamlarni eslab qolish 6-dars:…
“Mnemonika workshop” kursimiz dasturi Modul #1 1-dars: Eslab qolish jarayoniga negativ ta'sir qiluvchi omillar 2-dars: Eslab qolishdagi asosiy prinsiplar 3-dars: Shakliy assotsiatsiya, hikoya usuli 4-dars: Makon usuli 5-dars: Raqamlarni eslab qolish 6-dars: Terminlarni eslab qolish 7-dars: Yuz va ismlarni eslab qolish 8-dars: Xorijiy soʻzlarni eslab qolish 9-dars: Xorijiy soʻzlarni eslab qolishning tizimi Sovgʻa: 1. Ish unumdorligini oshirish 2. Dangasalikdan qutulish 3. Bloknot yuritish 4. Foydali ilovalarni ishlatish. Kurs narxi: 347 ming 197 ming Modul #2 10-dars. Notiqlik strukturasi 11-dars. Nutqni eslab qolish 12-dars. Diqqat va e’tibor 13-dars. Binar raqamlar. Eslab qolish uchun foydali ilovalar, oʻyin kartalarini eslab qolish 14-dars. Tarixiy sanalarni eslab qolish 15-dars. Matnlarni eslab qolish 16-dars. Davlat poytaxtlarini eslab qolish Sovgʻa: 1. Xalqaro mnemonistlar ishlatadigan saytlar bilan ishlash 2. Maqsad qo'yish va unga erishish jarayoni 3. Kubik rubik terish 4. 132 elektron shaklda kitoblar Kurs narxi: 347 ming 197 ming Ikkala modul birga 247 ming 24 soat ichida olganlar uchun. Kursdagi resurslar: — 49 ta video — 46 ta rasm — 13 ta fayl Qoʻshimcha doimiy ravishda foydali ma'lumotlar tashlab boriladi. Darslarni 3 yillik tajribaga ega, Davron Turdiyevning shogirti @Mashhura_Amonova tomonidan olib boriladi. Shaxsan oʻzi 24/7 savollaringizga javob berib bordi.
✨ Qur'onni to‘g‘ri o‘qishni Ramazongacha birga o‘rganamizmi? Qarabsizki, Ramazon ham yaqinlashib qoldi. Balki siz ham Qur’on o‘qiyotganda ba’zi harflar, maxrajlar yoki tajvid qoidalarida xatolar bo‘lishidan xavotirlanarsiz? Yoki xatm qilyapman, lekin to‘g‘ri o‘qiyapmanmi? — degan savol ichingizda turgandir. Shu o‘ylar sabab ko‘plab opa-singillarimiz bizga murojaat qilishmoqda. Biz esa Ramazongacha har bir harf, maxraj, tajvid qoidalari va amaliy o‘qish bilan xatolarni to‘liq to‘g‘rilab berish uchun maxsus amaliy Qur’on darslarini yo‘lga qo‘ydik. 🕌 Kimlar uchun? — Harf-harakterida xato bor deb o‘ylaydiganlar — Maxrajni bilmayman deganlar — O‘qishimda ishonchim yo‘q deganlar — Xatm qilmoqchi bo‘lganlar — Ramazonga tayyor bo‘lishni istaganlar 📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun yozing: @Mashhura_Amonova
📼 640p, 💾 97.5KB, @Gozilla_bot
без подписи
Notiqlar san’atidagi mnemonika Qadimda notiqlar yozuvdan kam foydalangan. Nutqlarini og‘zaki yodlab, minglab odamlar oldida aytishgan. Shuning uchun ularga matnni buzmasdan eslab qolish juda zarur edi. Shu bois ular maxsus eslab qolish texnikalarini ishlab chiqadilar. Bu texnikalar hozirgi kunda ham nutq madaniyatida, psixologiyada, ta’lim jarayonida keng qo‘llanadi. Rim olimlarining hissasi Mnemonikaga oid eng qadimgi ilmiy ma’lumotlar Rim siyosatchisi va notig‘i Sitseron, shuningdek, Kornifisiy asarlarida uchraydi. Ularning kitoblarida odam nutqni yaxshiroq eslab qolishi uchun qanday usullar qo‘llashi kerakligi batafsil bayon qilingan. O‘sha davrlarda qog‘oz qimmat bo‘lgan, shuning uchun notiqlar nutqlarini yozmaydigan, balki to‘liq xotirasiga tayangan holda ishlagan. Nega mnemonika bugun ham kerak? Bugungi zamonda axborot juda ko‘p. O‘qish, yozish, yangi til o‘rganish, ish va o‘qishdagi yig‘ilishlar, darslar… Miyamiz har kuni katta yuklama ostida. Mnemonika esa: 🏷 o‘rganishni tezlashtiradi 🏷 ma’lumotni uzoq muddatga saqlaydi 🏷 tartib bilan eslab qolish imkonini beradi 🏷 diqqatni kuchaytiradi Ammo shuni unutmaslik kerakki, mnemonika foydali bo‘lishi uchun muntazam mashq talab qiladi. Agar faqatgina yengillik izlab, oddiy o‘rganish jarayonidan qochilsa, ayrim hollarda salbiy ta’sir ham bo‘lishi mumkin. Davomini oʻqish uchun 👍 bosing #Mnemonika_dars 💪 Kuchli xotira— muvaffaqiyat kaliti @xotira_pro
MNEMONIKA — XOTIRANI KUCHAYTIRUVCHI QADIMIY SAN’AT Insoniyat tarixida ilm olish, eslab qolish va nutqni tartibli yetkazish har doim muhim bo‘lgan. SHu bois qadim zamonlardan boshlab odamlar ma’lumotni tezroq va aniqroq eslab qolishning maxsus usullarini izlab kelishgan. Ana shu izlanishlar natijasida mnemonika — ya’ni “xotira san’ati” deb ataluvchi maxsus texnikalar majmuasi paydo bo‘lgan. Mnemonika nima? Mnemonika — bu ma’lumotlarni eslab qolish jarayonini osonlashtiruvchi va tezlashtiruvchi usullar to‘plami. U ming yillar davomida notiqlar, faylasuflar, shoirlar, o‘qituvchilar va hatto jangchilarning ishida qo‘l kelgan. Chunki aniq eslab qolish — to‘g‘ri yetkazishning asosidir. Mnemonikaning ilk afsonasi Qadimgi yunon shoiri Keoslik Simionid haqidagi mashhur voqea mnemonikaning tarixi bilan bog‘liq. Rivoyatga ko‘ra, u bir marotaba boy Fesaliya nomidan she’r o‘qib berganda, tashqaridan ikki yigit uni chaqirib qoldi. Simionid tashqariga chiqqanida, to‘satdan bino vayron bo‘lib, ichkarida bo‘lganlar halok bo‘ladi. U esa tashqarida bo‘lgani bois omon qoladi. Ammo muhim voqea shunda ediki — halok bo‘lganlarning jasadlari tanib bo‘lmas ahvolda edi. Simionid esa kim qayerda o‘tirganini xotirasida aniq eslab, ularning shaxsini aniqlab beradi. Shu holat inson ongida joy- manzillar orqali eslab qolish g‘oyasini kuchaytiradi va bu keyinchalik mnemonik usullarning asosini yaratadi. Davomini oʻqish uchun 👍 bosing #Mnemonika_dars 💪 Kuchli xotira— muvaffaqiyat kaliti @xotira_pro
5 vaqt namoz o'qiy olmaydigan Super Intizomli kishi, o'z intizomidan o'ziga nasiba olmagan kishidir.
https://t.me/+lwhwok-8Ph8zOGUy Faqat ayol qizlar uchun
без подписи
Demak bu kanal har doimgidek mnemonika boʻyicha postlar bilan toʻladi. Har kuni imkon qadar mnemonika bilimlar bilan boʻlishaman. Har bir post bir biriga bogʻlangan boʻladi. Shunga sizlardan faollik talab etiladi.
без подписи
Dars onlaynda jonli boʻlgani yaxshimi yoki video dars
Mnemonika bilan istagan narsani tezroq yod olish mumkinligiga ishonasizmi? Ishonmaganlar uchun yaqinda jonli efir orqali buni isbotlab bermoqchiman
Nima deysizlar darslarni qayta tashkil etamizmi?
без подписи
Tekinga 28 ta "Kompyuter Savodxonligi" boʻyicha eng qaymoqli dars 1- dars. Kirish 2- dars. Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar 3- dars. Kompyuter nimalardan iborat 4- dars. Vazifalar paneli 5- dars. Ish stoli 6- dars. Mening kompyuterim bo'limi 7- dars. Ilovalar 8- dars. Chrome Brauzeri Disk 9-dars. Chrome qoʻshimchalari 10-dars. Google docs 11- dars. Google Sheets 1-qism 12- dars. Google sheets 2-qism 13- dars. Google sheets 3-qism 14 - dars. Google sheets 4-qism 15- dars. Google forms 1-qism 16- dars. Google forms 2-qism 17- dars. Google slides 18- dars. Telegram 1-qism 19- dars. Telegram 2-qism 20-dars. Telegram guruhlar bilan ishlash 21-dars. Muhim qoidalar 22- dars. Kanal bilan ishlash 23-dars. Layfxaklar 24-dars. Botlar bilan ishlash 1-qism 25- dars. Botlar bilan ishlash 2-qism 26- dars. Telegraph bilan ishlash 27- dars. Canva bilan ishlash 28- dars. Matnlar va tez yozish 29- dars. Foydali saytlar Rahmat sizga yaxshi inson deyish uchun bittadan «❤️» bosib keting Talabalar uchun takoy ishlar shu yerda: https://t.me/+Bo46wwqitOg4NmEy
без подписи
Oz qoldi shekilli. Yaqinda, Internetdagi aksar hikoyalar to‘qima bo’ladi. YouTubedagi aksar videolar sun’iy bo’ladi. Reels/Tik-Tokdagi videolar yanada haqiqatdan uzoqlashadi. Kitob/maqolalarning aksari odamlar tomonidan yozilmay qo’yadi. Ko‘pchilik buni qabul qiladi. Sun’iy intellektmi, odammi? Nima farqi bor? Vaqt maroqli o‘tsa bo‘ldi. Axir, sun’iy bo‘lgan Rollton, Doshiraklar ham millionlab sotiladi. Insoniy ijod xohlaganlar esa, bir necha mualliflarni qattiq ushlab oladi. Qolganlarni o‘chirib tashlaydi. Yangi ijodkorlarni esa hozirgi kuzatayotganlari orqali topadi. Zotan, oldin shunday edi. Tanishimiz orqali yangi tanish topardik. Ko‘pchilik kuzatayotgan narsani kuzatib, ko‘pchilikdan boshqacha fikrlab bo‘lmaydi. Ko‘pchilik ko‘rayotgan narsani ko‘rib, kamchilik erishadigan natijaga chiqib bo‘lmaydi. “Nima yesak, o‘shamiz,” degandi Ibn Xaldun. “Nima ko‘rsak, o‘shamiz,” qo‘shib ketadi zamonimiz.