tgindex
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi

Статистика

Ushbu kanal orqali Siz bojxona organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, bojxona qonunbuzilish holatlari, shuningdek, yurtimiz va jahonda ro‘y berayotgan muhim xabarlar tafsiloti bilan tanishib borasiz

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
269
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 159
0 за 6 дн.
Сутки
−1
−0,05%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
163
40 постов
Вовлечённость
7,5%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 269
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
119
1/48двое суток
136
1/72трое суток
147

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • “Ma’naviyat va zamonaviylik” mavzusida ma’naviy uchrashuv o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sharof Rashidov nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi, Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Ma’naviyat va zamonaviylik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, zamonaviy bilim va texnologiyalarni puxta egallashning ahamiyati haqida fikr almashildi. So‘zga chiqqanlar bugungi globallashuv sharoitida ma’naviy barkamollik va zamonaviy tafakkur uyg‘unligi har bir yoshning muvaffaqiyat omili ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot makonida uchrayotgan turli tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni kuchaytirish hamda internet va zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

  • #korrupsiyaga_qarshi_kurash Bojxona qo‘mitasi bojxona ma’muriyatchiligining shaffoflik va ishonchlilik tamoyiliga asoslangan sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, bojxona sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish va tizimda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga chek qo‘yishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam davom ettirmoqda! Agar Siz bojxona organlari faoliyatida korrupsiya yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga duch kelsangiz, Bojxona qo‘mitasining 11-08 qisqa raqami orqali Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasiga zudlik bilan murojaat qiling! Bunda murojaat qilgan shaxsning anonimligi kafolatlanadi! Korrupsiyaga birgalikda chek qo‘yamiz! **** Таможенный комитет последовательно продолжает принимать меры, направленные на создание качественно новой системы таможенного администрирования, основанной на принципах прозрачности и надежности, а также на предотвращение правонарушений в таможенной сфере и пресечение любых проявлений коррупции в системе! Если Вы столкнулись со случаями коррупции или конфликта интересов в деятельности таможенных органов, незамедлительно обращайтесь в Управление собственной безопасности Таможенного комитета по короткому номеру 11-08! При этом анонимность обратившегося лица гарантируется! Победим коррупцию вместе!

  • #donolar_bisotidan #kun_hikmati Donolar bisotidan Nafsga ergashmoq insonni yomon yo‘llarga boshlaydur. Abdulla Avloniy

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ▶️ Raqamli transformatsiya tadbirkorlarga qanday qulayliklar yaratmoqda? Hozirgi kunda bojxona postlariga qog‘oz ko‘tarib borish shart emasligini va ko‘plab amaliyotlarni masofadan turib bajarish mumkinligini hamma ham bilavermaydi. "Qulay hayot" loyihasining navbatdagi sonida Bojxona qo‘mitasi tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari va tadbirkorlarga berilayotgan yengilliklar tahlil qilindi. Masofadan turib bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish qanday ishlaydi? Raqamli tizimlar xatarlarni boshqarish va noqonuniy harakatlarning oldini olishda qanday yordam beradi? Inson omilini qisqartiruvchi aqlli texnologiyalar amalda qanday ishlaydi va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun qanday qulayliklar yaratilgan? Soha mutaxassislari tadbirkorlar va eksport-import qiluvchilarning vaqtini tejab, faoliyatini yengillashtiruvchi shu kabi zamonaviy raqamli yechimlar bo'yicha batafsil ma’lumot berishdi. 👉 Videoni hoziroq tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=AOuvZhwRO1U 👉 Matn shaklida o'qing: https://egov.uz/news/raqamli-transformatsiya-tadbirkorlarga-qanday-qulayliklar-yaratmoqda-2290 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • #Maxsus_reportaj | 11.08.2026 Vazifa va ijro: Tadbirkorlik sohasini rivojlantirish istiqbollari mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #bojxona_dunyo_buylab BOJXONA: DUNYO BO'YLAB AQSh Bojxona va chegara xizmati mamlakatning milliy va iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi strategiyasini eʼlon qildi. Strategiya milliy xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik, integratsiya va xodimlar salohiyatini rivojlantirish kabi 4 ta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi. Hujjatda sunʼiy intellekt va ilg‘or tahlil texnologiyalaridan foydalanish, chegara punktlarida infratuzilma va texnologiyalarni modernizatsiya qilishga alohida eʼtibor qaratilgan. —————- Niderlandiya bojxonachilari Amsterdam portida o‘tkazilgan tekshiruv davomida kassava uni ortilgan konteynerdan 800 kg kokain aniqladi. Konteyner G‘arbiy Afrikadan kelib, Belgiyaning Antverpen portiga yo‘l olgan kemada bo‘lgan. Musodara qilingan narkotik moddaning qora bozordagi qiymati 30 mln yevrodan ortiq deb baholandi. —————- Samara bojxonachilari Rossiyaga olib kirilayotgan 970 kg narkotik vositalari prekursorini aniqladi. Orenburg viloyatida tekshiruvdan o‘tkazilgan yuk mashinasining tag qismidagi metall quti va qo‘shimcha yoqilg‘i bakidan 39 ta kanistrda shaffof suyuqlik topildi. Uning qora bozordagi qiymati 24,3 mln dollardan oshishi maʼlum qilingan. —————- Qozog‘iston Moliya vazirligi elektron savdo tovarlarini bojxona ombori tartibida olib chiqish va qaytarish haqida davlat daromadlari organlarini xabardor qilish qoidalarini ishlab chiqdi. Yangi tartibga ko‘ra, elektron savdo operatorlari jismoniy shaxslarga yetkazib berish uchun bojxona omboridan tovarlarni olib chiqish, shuningdek, xarid qilingan tovarlarni qaytarish haqida davlat daromadlari organlarini belgilangan tartibda xabardor qiladi.

  • #Mustaqillik35 No comment | Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi va uning tasarrufidagi bojxona postlarida bayram shukuhi

  • #donolar_bisotidan #kun_hikmati Donolar bisotidan Yuragingni pokla, chunki haqiqiy go‘zallik qalbdan boshlanadi. Sa’diy Sheroziy

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи