Sokinlik
СтатистикаHayollaringizni jilovlab oling, Chunki u hamma narsaning boshlanishi! "Ko‘nglingni xotirjam qil, hadeb o‘ylayverishni bas qil. Tinchlik – ichingda, uni tashqaridan izlama..." 📩 Savol va takliflar uchun: @norbotaevs
- Последний пост
- 7 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
"Agar insonning jannatlik yoki do'zaxlik ekani taqdirda yozilgan bo'lsa, nega amal qilamiz?" Qisqacha mazmuni: Inson ona qornida bo'lganida uning rizqi, umri (ajal), amallari va oxir-oqibat jannatlik yoki do'zaxlik bo'lishi yoziladi. Sahobalar ham shu savolni berganlar: "Ey Allohning Rasuli, unda amal qilishning nima keragi bor? Taqdirga suyanib o'tiraylikmi?" Muhammad javob berganlar: "Yo'q, amal qilinglar. Har kim o'zi yaratilgan narsaga muyassar qilinadi." Abdulloh domla @KSokinlik
Allohni Valiysi (do’sti) bo’lish 2/10 Qism Abdulloh domla 😍🤍 @KSokinlik
Allohni Valiysi (do’sti) bo’lish 1/? Qism Abdulloh domla 😍🤍 @KSokinlik
Allohni Valiysi (do’sti) bo’lish 1/? Qism Abdulloh domla 😍🤍 @KSokinlik
Istigʻfor Abdulloh domla @KSokinlik
“من استعجل الشيء قبل أوانه عوقب بحرمانه” “Kim bir narsani vaqtidan oldin shoshiltirib talab qilsa, o‘sha narsadan mahrum bo‘lish bilan jazolanadi.” Bu gap ko‘pincha: Sabrsizlik, Harom yoki noto‘g‘ri yo‘l bilan tez natija istash, Vaqtidan oldin ishga aralashish Masalan: tez boyishga urinib firibga kirishish, munosabatlarda shoshilish, ilm yoki ishda bosqichlarni sakrab o‘tishga urinish. Mazmuni — har narsaning o‘z vaqti va tartibi bor. @KSokinlik
Al-vajid | Allohning moʻjizalari Abdulloh domla @KSokinlik
«Ey o‘z jonlariga jabr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar. Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir”. Zumar surasi 53 oyat Abdulloh domla @KSokinlik
Ramazon — intizom oyi. Bu oyda halol-haromga, to‘g‘ri-noto‘g‘riga yana ham hushor bo‘lamiz. Yeyish-ichish vaqtiga daqiqasigacha diqqatli bo‘lamiz. Hech kim ko‘rmasa ham, majburlamasa ham, belgilangan soatlarda yeyishdan, ichishdan va halol bo‘lgan ahllarimizgi yaqinlik qilishdan ixtiyoriy ravishda tiyilamiz. Yeb-ichish kamaygani sayin oshqozon kichrayadi, keyin oz taom ham to‘yimli bo‘ladi. Zikr va ibodatga g‘ayrat ortadi, natijda nafs susayadi, g‘aflat ariydi. Til, ko‘z, quloq — barcha a’zolar nazorat ostida bo‘ladi. Bu mashq bir oy uzluksiz davom etadi. Uni ongli ravishda yashagan inson umriga intizomni hamroh qiladi. Yaxshilikka o‘zgarish uchun bundan yaxshi fursat bo‘lmagan va bo‘lmaydi. G‘ayrat qiling! Ikrom Sharif @KSokinlik
Абдуллоҳ домла | Рамазон 🌙 @KSokinlik
Birovlarni keragidan ortiq oʻrganishga qiziqmang. Sizga ko‘rinib turgan yaxshiligi bilan kifoyalaning. Chunki har bir insonning qalbida faqat Robbisi biladigan sirlar bor. Odamlarning ichini kovlash, niyatini surishtirish, yashirin kamchiligini topishga urinish — qalbni qoraytiradi. Siz esa boshqalarning ichini emas, o‘z qalbingizni poklash bilan mashg‘ul bo‘ling. Unutmang… Agar odamlar bir-birining qalbida nima borligini bilganida edi ular bir-biri bilan tabassum qilib emas, qo‘lida qilich bilan ko‘rishgan bo‘lardi. Shu sababli insonlarga ularning zohiriga qarab muomala qiling. Yashirinini esa Allohga topshiring. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu @KSokinlik
..... Abdulloh domla @KSokinlik
Inson tishi Inson tanasidagi eng qattiq to‘qima — tish emali. U suyakdan ham qattiq, lekin bir marta yemirilsa, o‘z-o‘zidan tiklanmaydi. Tish o‘lik emas. Uning ichida nerv va qon tomirlari bor. Shuning uchun sovuqni ham, og‘riqni ham darhol sezamiz. Har bir insonning tish tuzilishi o‘ziga xos. Xuddi barmoq izlariga o‘xshaydi. Shu bois sud tibbiyotida tish orqali shaxs aniqlanadi. Tishlar inson hayoti haqida “gapiradi”: nima yegani, qanday sharoitda o‘sgani, hatto bolalikda ochlik bo‘lgan-bo‘lmaganini ham ko‘rsatadi. Sog‘lom tish — faqat chiroyli tabassum emas. To‘g‘ri chaynash miya faoliyatini quvvatlaydi, kayfiyat va diqqatga ham ta’sir qiladi. Qisqa qilib aytganda: tishlar bu — buyuk Qudratga dalolat qiladigan mo‘jiza! Tishlarni ehtiyot qiling! Ikrom Sharif @KSokinlik
Eng go‘zal ibodat ko‘ngil qozonishdir! Ikrom Sharif @KSokinlik
Allohni vaʼdasi haq! Abdulloh domla @KSokinlik
— Inson mehnat qiladi, harakat qiladi, vujudi va qalbi bilan kurashadi. Ammo ba'zan shunday nohaqlikka duch keladiki, bu oson yemas. Shunday pallalar keladi: bag‘ri ochiq insonni tanimaydiganlar, mehnatni qadrlamaydiganlar, rost so‘zni ko‘tara olmaydiganlar… Ammo shuni anglash kerakki, insoniy qiymat va daraja zohirdagi kamchiliklar bilan o‘lchanmaydi. Ular mendan g‘alabani olishi mumkin, lekin mendagi haqiqatni yo‘q qila olmaydi. Ehtimol, menga aynan “Seni jim turib o‘qiyotganimda ham qalbim og‘riydi” deydigan yurak kerakdir. Inson hayotida shunday lahzalar bo‘ladi, go‘yo osmon ham senga qarshi, odamlar ham, hatto taqdir ham og‘irlik qilib turganday. Bir dard ketmasidan, yana biri keladi. Buni hamma his qilgan, lekin har kim yuragi bilan, o‘zicha kechiradi. Va shu qalbni tushunib, sukutda suyanch bo‘ladigan do‘st(yor) — katta ne'matdir. Abdurrohman Toshqandiy @KSokinlik
... Abdulloh domla @KSokinlik
"Shukr qiling. Qadrlang" Ulgurmaganlar qancha? "Keyin qo‘ng‘iroq qilaman", "ertaga boraman", deb yurib — ota-onasining qabri ustida jim turganlar qancha?.. Qila olmaganlar qancha? Imkoni bo‘lsa edi, deb yuradigan, qalbida o‘ti bor-u, holi yetmaganlar qancha? Imkoniyati yo‘qlar qancha? Bir stakan iliq choy, bir juft oyoq kiyim, bir daftar, bir kitobni orzu qilib yashayotganlar qancha? Farzand, Ota Onaga zorlar qancha? Bolalarning kulgusiga zor, bir “dada”, bir “ona” degan so‘zga zor bo‘lgan yuraklar qancha?.. Siz esa... Bugun nimangiz borligini sanab ko‘ring — oyoqda turgan tanangiz, eshitayotgan qulog‘ingiz, ko‘rayotgan ko‘zingiz, yoningizda yurgan yaqinlaringiz... Shukr qiling. Qadrlang. Bor narsani yo‘qotmasdan avval qadrlang. Yaxshilik qilishga shoshiling. Ota-onaga, farzandga, do‘stga, yaqinlaringizga... So‘z bilan, amal bilan, hech bo‘lmasa duo bilan. Chunki kimning qayerda sinalayotganini faqat Alloh biladi. Siz hozir baxtli bo‘lishingiz — kimnidir duosi bo‘lishi mumkin. Oʻzingizni ehtiyot qiling) @KSokinlik
Ibrohim alayhissalom olovga tashlanganida: «Hasbunallohu va ni’mal vakiyl», ya’ni «Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U qanday yaxshi vakil», deb ayadilar. Ibn Abbosdan qilgan boshqa rivoyatlarida aytilishicha, Ibrohim alayhissalom o‘tga tashlangan paytdagi oxirgi so‘zlari «Hasbiyallohu va ni’mal vakiyl» edi. Abdulloh domla @KSokinlik
"Din — bu axloqdir." Ibnul Qayyim rohimahulloh shunday deganlar: "Kimning axloqi go‘zallashsa, uning dini ham go‘zallashadi." Bu so‘zlarda chuqur ma’no bor. Din faqat ibodatlar, rasm-rusumlar yoki tashqi ko‘rinish emas. Haqiqiy dindorlik — bu odamlarga yumshoq muomala qilish, halol yashash, yolg‘ondan yiroq bo‘lish, sabrli va mehribon bo‘lishdir. Axloq insonning ichki dunyosini ko‘rsatadi. Axloqi chiroyli odamga qarab, uning qalbida din qanday joy olgani bilinadi. Rasululloh ﷺ ham: "Men go‘zal axloqni to‘ldirish uchun yuborildim" — deganlar. Shunday ekan, namozimiz, ro‘zamiz, ilmlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lmasin, agar axloqimizda go‘zallik bo‘lmasa, bu dinning yarmi kamdek bo‘ladi. Dinini go‘zallashtirmoqchi bo‘lgan, axloqini go‘zallashtirsin. @KSokinlik