tgindex
mouniran💭
@niktofilistКнигиузбекский

Ichki garmoniya sari — emotsional intellekt, biblioterapiya va ilmiy psixologiyaga oid maqolalar, kitoblar hamda tahlillar. Muallif: Munira Niyazimbetova

Последний пост
1 июн.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
560
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 156
21 постов
Вовлечённость
206,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 1 июн.1 09913

    Hech kim bizning barcha qondirilmagan ehtiyojlarimizni to'liq qoplab berolmaydi. Boshqalar bizni qo'llab-quvvatlashi mumkin, biroq ichimizdagi bo'shliqlarni anglash, qabul qilish va ular bilan ishlash mas'uliyati oxir-oqibat o'zimizga tegishli. t.me/niktofilist

  • 25 мая1 1457

    Ba'zan biz vaziyatning o'zidan emas, o'sha vaziyatda his qilgan ojizlik, rad etilish yoki qadrsizlik hissidan chiqolmaymiz. Geshtalt terapiyada bu holat "tugallanmagan geshtalt" deb tushuntiriladi. Ya'ni inson bir voqea davomida o'z hislarini to'liq yashamagan, ehtiyojini anglamagan yoki ichki reaksiyasini ifoda qilolmagan bo'lishi mumkin. Tashqaridan qaraganda voqea allaqachon tugagandek ko'rinadi, lekin psixika uchun u hali ham yakunlanmagan bo'ladi. Masalan, kimdir sizni xafa qilganida siz o'sha payt sukut saqlagansiz. Balki o'zingizni himoya qilishga tortingansiz yoki "ortiqcha dramatik bo'lmay" deb hislaringizni bosgansiz. Ammo ichkarida aytilmagan gaplar, chiqarilmagan g'azab yoki tan olinmagan og'riq qolib ketadi. Ong esa vaziyatni qayta-qayta eslatib, go'yo bu safar boshqacha javob topishga urinadi. Shuning uchun inson kechasi uxlashdan oldin eski suhbatlarni xayolida davom ettiradi, yoqimsiz tajribani qayta tahlil qilish orqali ong kelajakdagi og'riqdan o'zini himoya qilmoqchi bo'ladi. "Qayerda xato qildim?", "Nega bunday bo'ldi?", "Yana takrorlansa nima qilaman?" – kabi savollar aslida nazorat hissini qayta tiklashga urinishdir. Chunki noaniqlik psixika uchun eng qiyin holatlardan biri. Shu yerda muhim farqni ko'rish kerak bo'ladi – voqeani qayta tahlil qilish va uni ichkaridan yakunlash bular ikki xil jarayon. Birinchisida inson faqat fikr atrofida aylanadi, ikkinchisida esa u o'z hissini tan oladi: "Ha, bu menga og'riq bergan", "Men o'shanda yolg'iz his qilganman", "Mening chegaram buzilgan" – kabi masalan. Ko'pincha aynan hisni nomlash jarayonning yarmini yengillashtiradi. Geshtalt terapiyada yana bir muhim tushuncha bor: "Hozir va shu yerda" tamoyili. O'tmishdagi voqealar ko'pincha bugungi reaksiyalarimizda yashashda davom etadi. Ya'ni oddiy bir gap yoki vaziyat kutilmaganda kuchli emotsional reaksiya uyg'otganida – u hozirgi vaziyatdan ko'ra eski jarohatni tirnab yuborgandir ehtimol. Shuning uchun ayrim voqealarni unutish emas, balki ichimizda qayta yakunlash kerak. Psixika ko'pincha mukammal javobdan ko'ra yakunlangan hissiy jarayon izlaydi. @niktofilist

  • Sevimli kasbing bilan shug'ullansang, bir kun ham ishlamaysan – degan illyuziya bor. Aslida, sevgan kasbingda ham zerikarli yoki takroriy vazifalar bo'ladi, natija darrov sezilmaydigan davrlarga duch kelasan, o'zingga ishonch pasayadigan "inqiroz"lar ro'y beradi, tashqi baho yoki tanqid kayfiyatni tushiradi. Menimcha, bu mavzuning realroq formulasi shunday: Sevimli kasb, bu doim zavq majburiyati yuklanadigan emas, balki qiyinchiliklariga ham rozi bo'lib tanlanadigan ish. Chunki qaysidir faoliyat qanchalik yoqimli bo'lmasin, baribir kishidan davomiy mehnat, qat'iyatli intizom, matonat va sabrni talab qiladi. @niktofilist

  • Inson hayotini ko'pincha "muvozanat" tushunchasi orqali tasvirlashga harakat qilamiz. Go'yoki ideal hayot — bu barcha sohalar: ish, munosabatlar, sog'liq, shaxsiy rivoj bir xil darajada mukammal ishlaydigan holatdek tasavvur qilinadi. Ammo real psixologik kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki, bu tasavvur ko'proq illyuziyaga yaqin. Insonning tashqi/ichki resurslari — vaqt, diqqat va emotsional energiya cheklangan. Shu sababli, hayotning bir sohasiga ko'proq e'tibor qaratilgan davrlarda, boshqa yo'nalishlar nisbatan sustlashishi juda tabiiy jarayon. Masalan, yaqin va sifatli munosabatlarni qurish katta emotsional ishtirokni talab qiladi. Bu esa vaqtincha professional o'sish sur'atiga ta'sir qilishi mumkin. Aksincha, kasbiy rivojlanishga chuqur sho'ng'ish ijtimoiy yoki shaxsiy hayotda bo'shliqlarni yuzaga keltiradi. Bu holatni "hayotning adolatsiz muvozanati" sifatida emas, balki ustuvorliklar almashinuvi sifatida tushunish muhim. Ya'ni muammo hayotning o'zida emas, balki bizning bir vaqtning o'zida hamma narsani mukammal ushlab turishga bo'lgan ichki talabimizda bo'lishi mumkin. Perfeksionistik qarash aynan shu nuqtada insonni ichki zo'riqishga olib keladi. Aslida hayot dinamik tizim, unda turli sohalar vaqt o'tishi bilan bir-birini to'ldiradi yoki almashadi. Inson har bir davrda qaysi soha ustuvor ekanini anglaydi va shu asosda ongli tanlov qiladi. Bu ichki qarama-qarshilikni kamaytirishi, "hammasiga ulgurmayapman" degan hissiy bosimni yengillashtirishi mumkin. Shunday ekan, muvozanat degani barcha yo'nalishlarning bir xil darajada bo'lishi yoki rivojlanishi emas, balki ularning kerakli paytda yetarlicha qondirilishidir. @niktofilist

  • O'zining nurida tinchlik topolgan odamgina boshqasining porlashidan ilhomlanadi. t.me/niktofilist

  • 9 мая1 0469

    Bugungi kunda mas'uliyatdan bosh tortish, muhim qarorlarni kechiktirish hamda o'zgarish qilishga ichki qarshilik ko'pincha dangasalik yoki irodasizlik sifatida talqin qilinadi. Ammo psixologik nuqtai nazardan qaralganda, bu holat ayrim insonlarda bolalikda yoshiga mos bo'lmagan mas'uliyatni ko'tarishga majbur bo'lganlik bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ya'ni kattalikdagi javobgarlikdan chekinish ba'zan erta yuklangan javobgarlikning kechikkan reaksiyasidir. Rivojlanish jarayonida bola mas'uliyatni bosqichma-bosqich o'rganadi. Avval u o'yin orqali dunyoni anglaydi, keyin kichik vazifalarni bajaradi, so'ng mustaqil qaror qabul qilishni sinab ko'radi. Bu tabiiy jarayonda bolaning asab tizimi va emotsional sohasi ham yetiladi. Ammo oilaviy qiyinchiliklar, ota-onaning emotsional beqarorligi yoki ajralish kabi omillar sabab ayrim bolalar erta katta bo'lib qoladi. Psixologiyada bu parentifikatsiya deb ataladi, ya'ni bola ota-onaning funksiyalarini zimmasiga oladi – ukalariga qaraydi, nizolarni yumshatadi, ota-onasining hissiy yukini ko'taradi. Tashqi tomondan u aqlli va mas'uliyatli ko'rinsa-da, ichkarida bolaligini yashamaydi, asab tizimi doimiy hushyorlikka moslashadi. Natijada ong ostida quyidagi formula shakllanadi: mas'uliyat bu bosim, xavf va tanqid ehtimoli. Ulg'aygach yangi vazifa yoki o'zgarish ehtiyoji paydo bo'lganda, psixika o'zini himoya qilish uchun qarshilik ko'rsatadi. Bu irodasizlik emas, balki bir vaqtlar omon qolishga xizmat qilgan himoya mexanizmidir. Bunday vaziyatdan chiqish, avvalo, o'zini ayblashni to'xtatishdan boshlanadi. Bola kattalarga xos mas'uliyatni tanlab emas, zarurat tufayli ko'targan. U himoyaga va qo'llab-quvvatlashga muhtoj edi. Shu tushuncha paydo bo'lganda, aybdorlik hissi kamayadi. Kichik qadamlar, yangi tajribalar orqali psixika mas'uliyat har doim xavf emasligini o'rganishi mumkin. @niktofilist

  • O'zingizni tushunish ancha aniqlikni talab qiladigan jarayon: masalan qaysi vaziyat sizni charchatyapti, qayerda chegarangiz buzilyapti, qaysi ehtiyojingiz qondirilmayapti. Og'ir xarakterli, injiq, g'alati – singari ta'riflar o'zingizni anglashga yordam bermaydi, aksincha siz bilan nimadir xato ekani haqidagi noqulay hisni paydo qilishi mumkin. Shuning uchun o'zingizni hukm qilishga emas, tushunishga yaqinlashtiradigan savollarni berish muhimroq, aynan shu yondashuv o'zingiz bilan hamjihatli munosabat qurishga qo'shimcha yordam beradi. @niktofilist

  • 6 мая1 05919

    Kimnidir yaqindan tanish, bu insonning nafaqat yorqin tomonlarini, balki uning ichki ziddiyatlari, qo'rquvlari va noaniqliklarini ham ko'ra olishingdir. Uning mayda odatlarini payqash, kayfiyatidagi o'zgarishlarni sezish, sukut ortidagi ma'noni tushunishga harakat qilish – bularning barchasi chuqur emotsional bog'liqlik belgilari. Haqiqiy yaqinlik egoni bir qadam ortga surishni talab qiladi. Bu manfaatlaringdan voz kechmasdan, vaqtinchalik o'zingni markazdan chetga olib, boshqani tushunishga joy ochishingdir. Aynan shu nuqtada sevgi o'zining eng yetuk shakliga o'tadi, ya'ni qabul qilishga. Bu qarshingdagi insonni o'zgartirishga urinmasdan, uni qanday bo'lsa, shundayligicha ko'ra olishing va tan olishing, sherigingni kamchiliklari, o'zgaruvchanligi, ba'zan tushunarsiz jihatlarini anglab turib ham, baribir unga mavjud bo'lishga imkonni qoldirishing. Qabul qilish bor joyda inson boshqasini baholashga emas, tushunishga intiladi. Shuning uchun ham kelishmovchilik paytida qochib ketmaydigan, jimlik bilan jazolamaydigan va zarar yetkazishga intilmaydigan, aksincha, tushunishga harakat qiladigan inson bilan birga bo'lish eng muhim tayanchlardan biri. Hamma narsa yengil kechayotganida qolish oson, ammo qiyinlashganda ham qolishni tanlash, bu yetuklik belgisi. Chunki munosabatlar lahzalik tuyg'u bilan emas, har kuni ongli ravishda uni qayta tanlash orqali mustahkamlanadi. Chinakam sheriklik esa mukammal moslikdan ko'ra ko'proq o'zaro niyat, amaliy harakat, qiyin paytlarda ham bir-biriga qarshi emas, yonma-yon turishga jasoratdan iborat. @niktofilist

  • без подписи

  • forever "YES" 🫂 t.me/niktofilist

  • 28 апр.1 1747

    Tadqiqotlarga ko'ra, inson o'zini baxtli his qilishiga genetik omillarning ta'siri taxminan 50% ni tashkil etadi. Xuddi soch rangimiz, ko'z rangimiz yoki ayrim kasalliklarga moyilligimizni belgilovchi genlar kabi, har birimiz ota-onamizdan meros bo'lib o'tadigan ma'lum bir "baxt darajasi"ga egamiz. Bu daraja hayotimiz davomida qanchalik baxtli bo'lishimizga katta ta'sir ko'rsatadi. Ushbu g'oya Minnesota universiteti tomonidan tug'ilgandan so'ng ajratilgan bir tuxumli egizaklar ustida o'tkazilgan tadqiqot bilan ham tasdiqlangan. Genetik jihatdan bir xil, lekin turli muhitlarda voyaga yetgan egizaklar taqqoslanib, ularning baxt darajasida gen va muhitning ulushi o'rganilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, hatto juda turlicha sharoitlarda ulg'aygan bo'lsalar ham, bunday egizaklarning baxt darajasi bir-biriga juda yaqin bo'ladi. Baxtga ta'sir qiluvchi yana bir omil bu yashash sharoitlaridir. Ko'pchilik odamlar baxtli bo'lish uchun avvalo hayot sharoitlarini yaxshilash zarur, deb o'ylaydi. Ular moddiy yoki ijtimoiy jihatdan ma'lum darajaga yetgachgina baxtni topish mumkin, deb ishonishadi. Biroq baxtning "40% modeli" shuni ko'rsatadiki, yashash sharoitlari baxtga atigi 10% ta'sir qiladi, xolos. Daromad, yosh, jins, ta'lim darajasi yoki yashash joyidagi o'zgarishlar ko'pchilik o'ylaganchalik katta ta'sir ko'rsatmaydi. Masalan, orzu qilgan mashinangizni olsangiz yoki yaxshi ish topsangiz o'zingizni doimiy baxtli his qilaman, deb o'ylashingiz mumkin. Aslida esa, bunday yutuqlar faqat qisqa muddatli quvonch beradi. Vaqt o'tishi bilan inson ularga tezda moslashadi. Bu jarayon "gedonik adaptatsiya" deb ataladi: daromadingiz oshganda, yangi narsa sotib olganingizda yoki maqsadingizga erishganingizda yuzaga kelgan baxt hissi vaqt o'tib yana avvalgi darajaga qaytadi. Ya'ni tashqi omillarga bog'liq baxt bizni faqat vaqtinchalik quvontiradi. Shu sababli, barqaror baxtga erishish uchun uni faqat ma'lum natijalarga bog'lab qo'yish emas, balki o'sha natijalarga eltuvchi jarayondan, har bir qadamdan, har bir ondan zavq olish juda muhimdir. 🪴 "Mutluluğu arayanlar için" kitobidan @niktofilist

  • Hayotim davomida yonimda doimo kundalik daftar bo'lgan. Yozish — o'zimni anglashning eng to'g'ri yo'li ekaniga hamisha ishonib kelganman. Qachon yozishni boshlasam, so'zlar o'z-o'zidan quyilib keladi va ichimdagi haqiqiy "men" bilan yuzlashtiradi. Yillar o'tdi, daftarlar birin-ketin to'lar, ularning o'rnini yangilari egallardi. Yozish orqali o'z ustimda ishlashni, o'zimni qayta kashf etishni davom ettirardim. Men yana insonlarni payqashni, ularga o'zini tushunish yo'lida hamroh bo'lishni, har bir safarda o'zligimni ko'proq anglashni istardim. Burcu Özer Katmer @niktofilist

  • 6 мар.1 8228

    Harakatlarimiz ko'pincha fikrlarimizning davomi hisoblanadi. Kengroq tushuntirsam: voqealarni qanday talqin qilishimiz, ularga qanday ma'no berishimiz va ongimizda qanaqa fikrlar shakllanishi – bizning keyingi qadamlarimizni belgilaydi. Kognitiv xulq-atvor nazariyasiga ko'ra, insonning hissiy holati yoki xatti-harakatlari ko'pincha voqealarning o'zidan emas, balki ongimiz ularni qanday talqin qilganidan kelib chiqadi. Sababi har qanday vaziyat avvalo miyamizda ifodalanadi. Aynan shu ifoda bizning hissiy holatimizni shakllantiradi, hissiy holat esa o'z navbatida xulq-atvorimizga ta'sir ko'rsatadi. Masalan, kimdir yangi imkoniyatga duch kelganda buni uddalay olmayman, deb o'ylasa unda ichki ishonchsizlik paydo bo'ladi. Boshqa bir inson esa ayni vaziyatni tajriba sifatida qabul qilsa, unda harakat qilish istagi paydo bo'ladi. Demak vaziyat bir xil, unga berilgan fikriy ma'no insonning xulqiga ta'sir ko'rsatyapti. Shu bois psixologiyada odamning ichki dialogi, o'z-o'zi bilan bo'ladigan fikr almashuvi muhim hisoblanadi. Chunki ko'pincha ongimizda avtomatik ravishda paydo bo'ladigan yopishqoq fikrlar mavjud. Bu fikrlar har doim ham hozirgi vaziyatga mos ravishda shakllanmaydi, ular ehtimol avvalgi tajribalar, tarbiya yoki shakllangan qat'iy e'tiqodlar ta'sirida yuzaga kelgandir. Inson fikrlash tarzini kuzatishni o'rganganida aynan qaysi fikrlar real faktlarga asoslanganini, qaysilari esa qo'rquv, shubha yoki taxmin mahsuli ekanini farqlay boshlaydi. Bu nimanidir majburan o'zgartirish yoki singdirish haqida emas, balki o'ylarni anglash va tahlil qilish jarayonidir. Aynan shu jarayon hissiy barqarorlikni saqlashga, ichki holatingizni yaxshiroq tushunishga, ongli qarorlar qabul qilishga qo'shimcha yordam beradi. @niktofilist

  • 5 мар.1 43315

    Xotiralarni butkul o'chirolmaysiz, lekin ularga bog'liq bo'lgan og'ir energiyani qo'yib yuborishni o'rganish mumkin. t.me/niktofilist

  • 25 февр.1 33217

    U bilan munosabatda xuddiki ikki xil jinsdagi bir xil odamlardeksiz. Haqiqiy hayotda judayam faol introvertlarsiz, tashqaridan qanday ko'rinish, e'tibortalablikka ehtiyojingiz yo'q. Kundalik hayotingizda mayda detallarigacha judayam o'xshash odatlarga egasiz. Oila, karyera, farzand tarbiyasida qadriyatlaringiz mos. Ikkalangiz ham o'zingiz uchun qayta kuchlanadigan alohida dunyoningiz bor, o'zingiz bilan holi qolishdan zerikmaysiz, aksincha bu sizga kerakli ehtiyoj ekanini to'g'ri tushuna olasiz. Temperament va xarakterlaringizdan tortib, qabul qila olmaydigan chegarangizcha juda o'xshashsizlar. Muammolarni hal qilish ko'nikmasi bor har ikkala tomonda ham. Bir-biringizni e'tibor bilan bug'ib tashlash yo'q, shu bilan birga barqarorlik ham bor. U sizga hatto hayolingizda ham ortiqcha xavotir uyg'otmasligi mumkin. Ko'zingizni oldida mayin tabassumi, sizga nisbatan mehrli munosabati gavdalanaveradi. U bilan munosabatda hammadan yashirincha niyat qilib kelayotgan duolaringizda yashashingiz mumkin, eng jozibalisi buni o'zaro kelishmagan holda tabiiy ravishda, unga shu yoqishi mumkin deya qilingan har bir harakat ichki dunyodagi orzularni aks ettirishni boshlaydi. So'ramasangiz ham siz xohlagan munosabat turlari beriladi, samimiy g'amxo'rliklar ko'rsatiladi, o'zaro suhbatlarda butun dunyo siz uchun to'xtab qolishi mumkin. Uni tinglashdan, unga termulashdan to'ymaydigan darajada yoqimli lahzalar yashaladi. Tashqi ustunliklar esa, shunchaki bonus sifatida taniladi. Almashinuvchi, o'zgaruvchan moddiyat imkoniyatlariga bog'liq emas sizning unga nisbatan tabiiy hislaringiz. Bir-biringizdagi barqarorlik ichki dunyoga tayangan mustahkam poydevorga ega. Alal oqibat shuni butun vujudingiz bilan his qilasiz: U hayotimni qolgan qismini birga o'tkazishni, birga qarishni istaydigan inson. Tug'ilgan kuningiz bilan sevgilim! @niktofilist

  • 24 февр.1 68125

    Boshqalarning siz haqingizdagi tasavvurlari – ularning o'z tajribalari, fikrlashi, gipotezalari asosida shakllangan qarashdir, sizning real haqiqatingiz emas. Har bir noqulay talqinni to'g'rilash yoki kimnidir shaxsiyatingizni aniq ko'rishiga majburlash sizning vazifangiz emas. To'g'ri insonlar sizning fe'l-atvoringizni ortiqcha izohsiz ham anglay oladi, noto'g'ri tushunishga qat'iy qaror qilganlar esa nima desangiz ham baribir shunday pozitsiyasida qoladi. Kim ekaningizda sobit turing, o'sishingizni qadrlang va samimiyligingiz har qanday noreal tasavvurdan balandroq jaranglasin. @niktofilist

  • 23 февр.1 44036

    Turmush o'rtoq tanlash — bu romantik hissiyotlarga tayangan impulsiv qaror emas, balki kundalik hayotda muntazam namoyon bo'ladigan xulq-atvorni kuzatish jarayonidir. Psixologiya nuqtai nazaridan ishonchli erkakni ulkan va'dalarida emas, ko'pincha ayolning eng zaif, charchagan yoki noqulay holatlaridagi munosabatidan tanib olish mumkin. Avvalo, emotsional xavfsizlik juda muhim. Ayol yig'laganda, qo'rqqanida yoki kuchsiz bo'lib qolganida uni sharmanda qilmaydigan, hislarini inkor etmaydigan erkakda yetuklik belgilari bor. Ko'z yoshidan, kasalligidan yoki ayolning vaqtinchalik ojizligidan qochadigan erkak uzoq muddatli munosabatlarda barqaror juft bo'la olmaydi. Kelajak haqidagi chiroyli gaplar har kimda bo'lishi mumkin, ammo kundalik hayotni yengillashtirish uchun harakat qiladigan erkakgina haqiqiy tayanch bo'la oladi. Moliyaviy masalada esa asosiy mezon daromad miqdori emas, saxiylik va bo'lishishga tayyorlik hissidir. Saxiylik faqat moddiyat ko'rinishida bo'lmaydi: u ajratiladigan vaqt, mayda detallargacha e'tiborlilik va umumiy kuchni ham ulashish qobiliyatidir. Moddiy tomonlama xasislik esa emotsional qashshoqlik belgisi ham bo'lishi mumkin. Chunki hissiy resurslarini bo'lishishga tayyor bo'lmagan shaxs munosabatning boshqa ko'rinishlarida ham yopiqligicha qolaveradi. Yana bir muhim savol: qiyinchilik paytida bu inson bilan hayot osonlashadimi yoki murakkablashadimi? Stress, muammolar va noaniqliklar hayotning ajralmas qismi. Agar erkak bunday vaziyatlarda tinchlantira olsa, nimanidir hal qilolsa yoki hech bo'lmaganda yoningizda qololsa bu ishonch belgisi. Aks holda, ayol munosabat ichida ham o'zini yolg'iz his qiladi. Shu bois, ayollar uchun eng muhim mezonlardan biri shu savol bo'lishi kerak: "Bu inson bilan men kuchsiz bo'lishga ham jur'at qila olamanmi?". Agar javob "ha" bo'lsa, qurilajak munosabat sog'lom poydevorga ega bo'lish ehtimoli yuqori. @niktofilist

  • 20 февр.1 46328

    Jamiyat ayol-qizlarning yutuqlarini qo'llab-quvvatlayotgandek ko'rinadi, biroq umumiy belgilangan doiradan chiqmagunicha. U ishlashi mumkin, ammo oilani unutmasligi shart. U rivojlanishi mumkin, biroq haddan tashqari intiluvchan bo'lib ko'rinmasligi kerak. Charchashi mumkin, lekin bu charchoqni ovoz chiqarib aytishi ma'qullanmaydi. Asosiysi, u doimo muvozanatda bo'lishi kutiladi, go'yoki ayol tanasi va ruhiyati to'xtovsiz ishlaydigan mexanizmdek. Ayoldan bir vaqtning o'zida samarali xodim, fidoyi ona, saranjom uy bekasi, e'tiborli kelin, parvarishli ayol va "muammosiz" turmush o'rtoq bo'lish talab qilinadi. Eng achinarlisi, bu rollarning barchasi erkin tanlovga ko'ra emas, balki tabiiy va tug'ma majburiyat sifatida bajarilishi kerak. Jarayonda ayolning biologik haqiqatlari esa deyarli hisobga olinmaydi. Hayz davridagi jismoniy og'riqlar, gormonal o'zgarishlar, tushunarsiz kayfiyat bilan kechadigan tabiiy jarayon ko'pchilik uchun hanuz noqulay mavzu. Ayol aynan shu davrda ham har tomonlama samarali, muloyim, sabrli va jilmayib yurishi kerak. Natijada ayrimlar ehtiyojini tan ololmay, charchog'i yoki muammosini bo'lisholmay tiyilib yashashga mahkum. Jamiyat ayoldan shikoyat qilmaslikni kutgani sari, u ichki noroziligini yanada chuqurroq bostiradi. Ammo bostirilgan hissiyotlar yo'qolib ketmaydi, ular ruhiy charchoq, aybdorlik hissi, kuchli xavotir va ichki bo'shliq ko'rinishida namoyon bo'lib boraveradi. Achchiq haqiqat shundaki, ayolning ko'p rolni uddalay olishi uning zimmasiga yanada ko'proq yuk ortilishiga sabab bo'lyapti. Jamiyat ayol kishidagi bu moslashuvchanlikni qadrlash o'rniga, undan ko'pincha foydalanayotgandek. @niktofilist

  • без подписи

  • без подписи