@biology_uz 🧬👨🔬👩🔬
СтатистикаMolekulyar biologiya va biotexnologiya; Ilm-fan, akademik rivojlanish uchun foydali ko'nikmalar. Muallif: PhD Muzaffar Muminov Islomjonovich rDNA tech, vaksinalar, gen muhandisligi va antimikrob oqsillar CAT Biotechnology SS koordinatori
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 243
- 1/48двое суток
- 278
- 1/72трое суток
- 300
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
‼️ITM Biotexnologiya yozgi maktab - 2026 dasturining suhbat natijalari sarhisob qilindi! Bu yilgi suhbat ham oldingi yillardagi kabi qiziqarli va yuqori raqobat ruhida o'tdi! 👏Suhbat natijalariga ko'ra, 15 nafar nomzod Biotexnologiya yozgi maktabiga qabul qilindi! Qabul qilinganlar ro'yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkun: https://docs.google.com/spreadsheets/d/1FMoLKQAoTt2hrYUkW_G4NSZMhAiMyFsJMUJLFNGDaJQ/edit?usp=sharing ✅Tanlovdan o'tgan ishtirokchilar bilan telegram orqali bog'lanilinadi! 😊Biz barcha ishtirokchilarni kelajakda ko'plab muvaffaqiyatlarga erishishlariga ishonamiz hamda ularning kelajakdagi faoliyatlariga omad tilaymiz! 📍Yozgi maktabning ochilish marosimi 2026-yil 27-iyul kuni soat 10:00 da Ilg'or Texnologiyalar Markazida bo'lib o'tadi. Barcha ishtirokchilardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so'raladi! Manzil: Ilg'or Texnologiyalar Markazi Talabalar shaharchasi, 3A, Olmazor tumani, Toshkent. https://maps.app.goo.gl/ra3RMYTUpaXNsPf97 @uzadvanced
#CAT_Biotechnology_Summer_School 📄ITM Biotexnologiya Yozgi Maktab - 2026 dasturiga topshirilgan arizalar ko’rib chiqildi. Yozgi maktabga Respublikamizning turli viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston avtonom Respublikasidan jami 204 ta talabgor ariza topshirdi. Barcha arizalar ko'rib chiqildi va 35 nafar nomzod suhbat bosqichiga o’tdi. 💬 Suhbatga chaqirilgan nomzodlar ro'yxati hamda vaqti bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: https://docs.google.com/spreadsheets/d/16JJeAdtbm5sTvvbOJjRFZEdvuvnJZrYM94zwG4F21_Y/edit?gid=0#gid=0 Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga zoom havolasi elektron pochta orqali yuborildi. Barcha ariza topshirgan talabgorlarga sarflagan vaqtlari uchun minnatdorchilik bildiramiz! Ular kelgusi yozgi maktablarimizga hujjat topshirishlari mumkin. Biz ularning ilm yo'lidagi rivojlanishlariga omad tilaymiz! ❗️Suhbat 2 kun davomida: 23 va 24-iyul sanalarida o’tkaziladi. MUHIM: Suhbatga chaqirilgan nomzodlardan suhbat vaqtlarini tekshirib olishlarini hamda suhbat bo’yicha berilgan tavsiyalar bilan yaqindan tanishib chiqishlarini tavsiya qilamiz. ✅Tanlovning yakuniy natijalari suhbat asosida amalga oshiriladi. Dasturga 15 nafar ishtirokchi qabul qilinadi! @uzadvanced
видео или голосовое, без подписи
🔬 Ilm-fan yo'lidagi homiylik Summer School–2026 doirasidagi biotexnologiya va molekulyar biologiya amaliy mashg'ulotlarini reagentlar bilan qo'llab-quvvatlagani uchun Hayot Technology kompaniyasiga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Homiylik asosida taqdim etilgan reagentlar ishtirokchilarning zamonaviy biotexnologik usullarni amaliy o'zlashtirishi va ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirishga xizmat qilishi aniq. Hayot Technology kompaniyasi orqali zamonaviy uskuna va reagentlarga buyurtma berishingiz mumkin. Yosh tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlash va ilm-fan rivojiga qo'shayotgan hissasi uchun kompaniyaga hamda professor Rustam Sultanovichga alohida tashakkur bildiramiz. 🔬 Laboratoriyangiz uchun sifatli reagent va zamonaviy laboratoriya uskunalari izlayotgan bo'lsangiz, Hayot Technology bilan hamkorlik qilishni tavsiya etamiz. 🤝 Hamkorlik uchun rahmat, jamoaga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 📌 Telegram: https://t.me/hayot_technology
@biology_uz 🧬👨🔬👩🔬 pinned «#CAT_Biotechnology_Summer_School Hurmatli talabalar, Ilg'or texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo'yicha Yozgi maktab-2026 qaytdi🎉🎉🎉 Issiq kunlarda salqin qolishni istaysizmi? Unda biz bilan bo'ling!😊 Biotexnologiya bo'yicha bepul yozgi maktab - viloyatdan…»
#CAT_Biotechnology_Summer_School Hurmatli talabalar, Ilg'or texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo'yicha Yozgi maktab-2026 qaytdi🎉🎉🎉 Issiq kunlarda salqin qolishni istaysizmi? Unda biz bilan bo'ling!😊 Biotexnologiya bo'yicha bepul yozgi maktab - viloyatdan kelgan talabalar uchun turar joy bilan ta'minlanadi! ‼️Bu yilgi Yozgi maktab yanada ham qiziqarli va foydali bo'lishi aniq! Dastur bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Dasturga biologiya, biotexnologiya, farmatsevtika va shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari (2026-yilda oʻqishni bitirganlar ham) qatnashishi mumkin. 👩🎓👨🎓Bizning bitiruvchilarning bugungi kundagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkun. 🕰Boshlanish sanasi: 2026-yil 27-iyul! ARIZA topshirish Dastur imtiyozlari: – qatnashish bepul; – turar joy bilan ta'minlanadi; – maxsus sertifikat hamda esdalik sovg'alari; – Bowling day. Arizalar oʻzbek, rus yoki ingliz tilida 13-iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Shoshiling, o‘rinlar soni cheklangan! ‼️MUHIM: Ariza holati bo'yicha alohida, yoki boshqa turdagi natijalar, telefon yoki sms orqali jo'natilmaydi. Faqatgina suhbatga chaqirilganlarga Zoom linki SMS yoki Telegram hamda e-mail manzil orqali jo'natilishi mumkun. Shu sababdan, telefon raqamingiz hamda e-mail manzilingizni to'liq va to'g'ri kiritishingizni tavsiya qilamiz! @uzadvanced
Assalomu alaykum. Ushbu yili xalqaro IChO olimpiadasi yurtimizda o'tkazilishi munosabati bilan, ko'ngillilar qidirilmoqda. @biology_uz
O'tgan yili qatnashgan dasturga arizalar qabuli ochilibdi. Soha vakillari topshirishlari mumkin. The 2026 Hands-On Training for Upstream Process in Cell-Based Vaccine Manufacturing provides practical, industry-focused training under the Global Training Hub for Biomanufacturing (GTH-B), supported by the Ministry of Health and Welfare (MoHW) of the Republic of Korea and WHO. This 6-week program combines pre-online learning, in-person didactic sessions, and extensive hands-on training at industrial biomanufacturing facilities. Designed for participants from countries officially classified as LMICs on the OECD DAC list and currently involved in bioproduct development or manufacturing, the program offers a unique opportunity to gain real-world upstream processing experience in cell-based vaccine production. Ariza topshirish va batafsil. @biology_uz
2027-yil uchun Biotexnologiya laboratoriyasiga stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar qabul qilinadi 📍 Joylashuv: Toshkent, O‘zbekiston 🏛 Tashkilot: Ilg‘or texnologiyalar markazi 🔬 Yo‘nalish:rekombinant biologik preparatlar va sutemizuvchi hujayralarda oqsillar ekspressiyasi — CHO, HEK293 Ilg‘or texnologiyalar markazining Biotexnologiya laboratoriyasi 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktoranturaga nomzodlar qabulini e’lon qiladi. Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishlari: * rekombinant biologik preparatlarni olish; * oqsillarning vaqtinchalik va barqaror ekspressiyasi; * sutemizuvchi hujayra liniyalari bilan ishlash — CHO, HEK293; * hujayralarni kultivatsiya qilish va transfeksiya o‘tkazish; * terapevtik oqsillar uchun ekspression tizimlarni ishlab chiqish va optimallashtirish; * eksperimentlarni rejalashtirish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy hujjatlarni yuritish; * amaliy va translatsion R&D loyihalarida ishtirok etish; * ilmiy maqolalar tayyorlash va tadqiqot natijalarini taqdim etish. Biz taklif qilamiz: * zamonaviy biotexnologik laboratoriyada ishlash; * hujayra va molekulyar biotexnologiya usullarini o‘zlashtirish; * biologik va biofarmatsevtik preparatlarni ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish; * ilmiy rahbarlik va kasbiy rivojlanish; * milliy ahamiyatga ega biotexnologik tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyati; * Markaziy Osiyoda tez rivojlanayotgan ilmiy ekotizimda tajriba orttirish. Talablar: * magistratura bitiruvchisi yoki yosh tadqiqotchi; * biotexnologiya, molekulyar biologiya, biokimyo, hujayra biologiyasi yoki mikrobiologiya sohasida boshlang‘ich bilimlar; * rekombinant oqsillar, monoklonal antitanalar va terapevtik oqsillarni ishlab chiqishga qiziqish; * hujayra kulturasi va molekulyar-biologik usullar asoslarini tushunish; * eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish, bajarish va tahlil qilish qobiliyati; * ingliz tili B2 darajasida. 📍 Toshkent, O‘zbekiston 🏛 Ilg‘or texnologiyalar markazi 📩 Rezyumeni Telegram orqali yuboring: @Sh_I_68
E'LON! Professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar diqqatiga! 2026-yilning 27-Aprel kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadigan O'zMU Biokimyo kafedrasi qoshidagi "Yosh biokimyogarlar" klubining navbatdagi xalqaro seminariga taklif qilamiz! 👨🏻🎓 Ma'ruzachi: Massachusets texnologiya instituti va Garvard universitetining Broad instituti (Broad institute of MIT and Harvard) ilmiy tadqiqotchisi, Yaponiya va AQSH Nevrologiya, Fiziologiya va Biofizika jamiyati a'zosi, PhD Erkin Shuxratovich Kurganov Seminar mavzusi: “Shizofreniya: miyadagi sirlar va sun’iy intellekt yordamida yangi dorilarni qanday topamiz?” Tashkilotchilar: 🇺🇸 Broad institute of MIT and Harvard, 🇺🇿 O'zbekiston Milliy Universiteti Biokimyo kafedrasi. 📅 27-Aprel 2026-yil, 🕙15:00 (GMT+5) Seminar tili: O'zbek tili 💻📱 ZOOM Link: https://broadinstitute.zoom.us/j/92100846028?pwd=qaNBhA8K3bjz023vdPCckaskheHLWR.1&jst=2 🧪"Yosh biokimyogarlar" klubini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱Telegram 📲 Instagram 🪩 YouTube 👨💻 Murojaat uchun
#Science_news B limfotsitlar va jismoniy mashqlarga chidamlilik Mao Y. va boshqalar, 2026 B hujayralarning kutilmagan - immunitetdan tashqari funksiyasini ochib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, B hujayralar organizmning jismoniy chidamliligini boshqarishda ham muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda aniqlanishicha, jismoniy mashqlar davomida B hujayralar tomonidan ishlab chiqariladigan TGF-β1 signali jigar metabolizmini boshqaradi. Aynan shu signal orqali jigarda glutamat sintezi kuchayadi va natijada qonda hamda mushak to‘qimalarida glutamat miqdori ortadi. Bu esa organizmning mashqlarga moslashuvchanligini oshiradi. Molekulyar darajada TGF-β1 jigarda muhim genlar: GLS2 va SLC7A5 ekspressiyasini oshiradi. Natijada glutaminning parchalanishi kuchayib, glutamat ishlab chiqarilishi ortadi. Hosil bo‘lgan glutamat mushak hujayralarida kalsiy signallarini faollashtiradi, CaMK yo‘lini ishga tushiradi va mitoxondriyalar biogenezini rag‘batlantiradi. Shu orqali energiya ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. @biology_uz
Assalomu alaykum. Vaksina va vaksinologiya bilan shug'ullanadiganlar uchun Xalqaro vaksina instituti tomonidan Vaksinologiya kursiga arizalar qabuli ochildi. Now accepting fellowship applications and general registration for the 25th International Vaccinology Course The International Vaccine Institute (IVI) proudly presents the 25th edition of its International Vaccinology Course. This flagship training program aims to build knowledge, practical skills, and professional connections in vaccine science and development. Through lectures, quizzes, case studies, networking opportunities, and site visits, the course provides vaccine professionals and students an immersive training experience. Faculty members include world-renowned experts across immunology, vaccine development, epidemiology, communication, and related fields. The 25th International Vaccinology Course will take place at three locations: IVI headquarters in Seoul, Republic of Korea; Kigali, Rwanda, co-hosted by the University of Rwanda; and Stockholm, Sweden, co-hosted by Karolinska Institutet, from 31 August to 4 September 2026. We invite researchers from around the world who are working, studying, or conducting research in fields related to vaccinology to apply for a fellowship or register for the course at one of these locations. Apply for an IVI Vaccinology Fellowship The IVI Vaccinology Fellowship is open to researchers from low- and middle-income countries who are working, studying, or conducting research in vaccinology. The fellowship provides financial support to attend the course—including the course fee, travel, accommodation, and meals—for selected researchers who demonstrate leadership potential in public health in their home countries and current workplaces. Only complete fellowship applications submitted through the online form during the application period, 14 April – 24 May 2026, will be considered. Learn more and apply General registration for the International Vaccinology Course will remain open 14 April – 31 July 2026 We invite researchers from around the world who are working, studying, or conducting research in vaccinology to register for the course. We recommend that registrants have a background in vaccines, biotechnology, public health, or a related field and professional proficiency in English. Lectures will be broadcast across the Seoul, Kigali, and Stockholm training sites to create a shared learning experience, and participants will also engage in site-specific activities and local field trips. We strongly encourage registrants to select the site closest to them. Learn more and register @biology_uz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Barchangizni kirib kelayotgan muborak Hayit ayyomi hamda yangilanish - Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Shu fursatdan foydalanib, sizlar bilan yana bir quvonchli yangiligimni bo‘lishmoqchiman. Men Xitoy Fanlar akademiyasining Patogen mikrobiologiyasi va immunologiyasi key laboratoriyasida postdoktorlik ilmiy faoliyatimni boshladim. Tadqiqotlarimni professor G.F. Gao laboratoriyasida olib boraman va asosan vaksina ishlab chiqish yo‘nalishida ishlayman. Mazkur laboratoriya ZF2001 va yana bir qator muvaffaqiyatli vaksinalarni yaratgan nufuzli ilmiy markazlardan biri hisoblanadi Shuningdek, “Xitoy kundaligi” rukni orqali sizlar bilan Xitoydagi ilm-fan, tadqiqot muhiti va innovatsiyalar bilan bog‘liq qiziqarli jihatlarni ham ulashib borishni rejalashtirganman. E’tiboringiz uchun rahmat! Bayramlaringiz yana bir bor muborak bo‘lsin! 🌸 @biology_uz
видео или голосовое, без подписи
#Conventional vs #Hot_start Hot Start PCR - bu klassik PCRning takomillashtirilgan varianti bo‘lib, unda DNK polimeraza fermenti past haroratda faol bo‘lmaydi. Oddiy PCR jarayonida Taq polimeraza reaksion aralashma tayyorlanayotgan vaqtda ham qisman faol bo‘lishi mumkin. Natijada primerlar andoza DNKga noto‘g‘ri joylardan birikadi va/yoki primer-dimerlar hosil bo‘ladi. Natijada, nospetsifik mahsulotlar ham ko'payadi (1-rasm). Hot Start PCR’da esa polimeraza fermenti vaqtincha inaktiv holatda saqlanadi (2-rasm). Dastlabki yuqori haroratli bosqichda (94–95°C) ushbu bloklovchi komponent ajralib ketadi yoki parchalanadi va ferment faol holatga o‘tadi. Shundan keyingina amplifikatsiya boshlanadi. Shu sababli amplifikatsiya faqat yuqori haroratdan keyin sodir bo‘ladi. Bu usulning asosiy afzalligi - yuqori spetsifiklik va toza PCR mahsulotidir. Primer-dimerlar sezilarli darajada kamayadi, past konsentratsiyadagi andoza bilan ham yaxshi natija olinadi va umumiy reaksiya samaradorligi oshadi. @biology_uz