tgindex
Ilmiy yondashuv

Ilmiy yondashuv

Статистика
@research1uzузбекский

Ilm-fan va salomatlik haqida sodda tilda gaplashamiz 💎 Sun'iy inson miyalarini yasayotgan O'zbek tadqiqotchisi Muallif: Dr Nishonov

Последний пост
8 мая
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
15 авг.
Подписчики
903
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 970
20 постов
Вовлечённость
218,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 8 мая629156

    Yangi tug’ilgan bolaga👶 genetik diagnoz qo’yilsa bu oilani larzaga solishi, parchalab yuborishi ❌ mumkin. Oila qurishni istaganlar eshitib ko’rishingizni iltimos qilaman. “Bemorlar hikoyalari” t.me/research1uz

  • 6 мая734152

    Hammaga salom! Ta'lim tizimi👩‍🎓 haqida ozgina gapirdim, hozirda Termiz shahrida xalqaro tashrif bilan bo'lib turibman. Agar ta'lim tizimi mavzusi sizga qiziq bo'lsa eshitib ko'ring!🇺🇿 Post ostida izohlaringizni kutib qolaman!

  • 19 апр.1 032379

    Barchaga salom do’stlar! Kanalda yangi - ovozli xabar formatini joriy qilmoqchiman. Bugun yana bir keng tarqalgan, ammo ilmiy asosi bo’lmagan fikr haqida gapiraman. Eshitib ko’ring! Bu ma’lumotni do’stlaringizga yuborishni unutmang t.me/research1uz

  • 14 февр.1 310562

    ​​2026-yilning boshlanishi📆 🇩🇪Anchadan beri yozmay qo‘ygandim. Yangiliklar bilan bo‘lishay. Yil avvalida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotidagi hamkasbim yangi loyihaga taklif qildi. Mavzu tibbiyotda ta’lim. Aniqrog‘i hamshiralik, doyalik ta’limini mutlaqo qaytadan ko‘rib chiqish va xalqaro standartga moslash. 🇪🇺Rozi bo‘ldim. Meni uchun tibbiy ta’lim muhim soha. Bu jarayonga maslahatchi qilib Yevropadagi eng kuchli hamshiralik va doyalik yo‘nalishlari professorlari taklif qilingan. Ular Yevropa ittifoqi hamshiralik va doyalik ta’limi qonunchiligi va ta’lim tizimini yaratgan ekspertlar guruhi edi. Ular hali ham hamshira/doya sifatida amaliyot yuritishadi. 🇩🇪🇺🇿Tabriklashingiz mumkin, chunki bu loyihada faoliyat uchun Germaniyadagi Lyudvigshafen universiteti meni rasman ishga qabul qildi. Birinchi tashrif Termizda bo‘ldi. Termiz tibbiyot oliygohida deyarli ikki hafta davomida o‘quv jarayoni va o‘quv rejalarini ishlab chiqdik. Qisqacha aytsam, o‘quv dasturlarini moslashtirish va tayyorlash jarayoni mening ta’limga munosabatimni inqilobiy ravishda o‘zgartirdi. Keyingi postlarda tashriflar haqida, ta’lim jarayonlari haqida yozishga harakat qilaman t.me/research1uz

  • 26 дек.1 412494

    🇰🇷Koreyadagi tadqiqotlarimni tugatdim 🧠Inson teri hujayralarini miya hujayralariga aylantirgan holda inson miyasini laboratoriyada yasash loyihamni tugatdim. 💧O‘zim qo‘llagan inson miyasini yasashning ikki usuli (tomchi usuli va doimiy aylanma sheykerda o‘stirish usullari) protokollarini laboratoriyamda qoldirdim. Endi bu ish bilan yosh tadqiqotchilar shug‘ullanishsin. 👨‍🔬Koreyada juda ko‘p yangi tanishlar, bir umrlik qadrdonlar, yangi bilim va ko‘nikmalarni orttirdim. Koreyada juda ko‘p narsalar meni hayron qoldirdi. Ko‘p narsalar yoqdi, lekin undan-da ko‘proq narsalar yoqmadi :) Shu sababli qaytdim, professorim yana 4 yillik qo‘shimcha shartnoma va ikki barobar oylik taklif qilsa ham. 🇺🇳Qaytgach Uzbda meni Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) bolalar fondi, sog‘liq saqlash bo‘limi rahbari tashkilot loyihasiga taklif qildi. Jon deb rozi bo‘ldim. Avval ham bu tashkilot ishlaganman, bu men eng yaxshi ko‘radigan tashkilotlardan. Loyihaga ekspert sifatida chaqirilgan bo‘lsam ham har kuni bu yerda yangi narsalarni o‘rganaman. 👨‍🏫Yana avvalgi universitetim o‘z fanim genetika/inson biologiyasi va inson ichki kasalliklari fanidan ma’ruza o‘qishga taklif qilishdi. Albatta yana universitetimga yugurdim. Shu bilan birga bemorlarim bilan ishlash jarayonini ham to‘xtatganim yo‘q. Har hafta bepushtlik, farzand yo‘qotish va sog‘lom farzand ko‘rishni istaydigan bemorlar bilan uchrashaman. ⛄️Bu yangi yil oldidan yoziladigan post bo‘lib qoldi) Yil intensiv, o‘ta jadal voqealarga to‘la bo‘lgan bo‘lsa-da men uchun juda xayrli yil bo‘ldi. Bayram arafasi barchangizning oilangizga baxt, totuvlik va shodiyonalik tilab qolaman. Hurmat bilan Dr. Nishonov t.me/research1uz

  • 10 дек.1 640195

    Hayot tarzi va demografiya🌆 👶Mamlakat va millat hayot tarziga ta’sir qiluvchi ko‘p faktorlar bor. Shulardan biri demografiya, aniqroq aytsam bolalar tug‘ilishi. Mamlakat qancha bola ko‘rishi, bolajonligi albatta hayot tarziga ta’sir qiladi. Masalan Uzbda har qadamda kichik bolalar, ularning shovqini va o‘yinlari. Va bu hammaga oddiy holat, kam bola ko‘radigan mamlakatdan kelgan turistlar odatda bunaqa miqdordagi bolalarni ko‘rib hayron qolishadi. ⛩Men yashagan Koreya, uning qo‘shnilari Yaponiya va Tayvanda holat umuman boshqacha. Bu mamlakatlar dunyoda eng kam bola ko‘ruvchilar. Ularda dahshatli darajada kam ko‘rsatgichlar va shu sababli ko‘p demograflar agar o‘zgarishlar qilinmasa bu xalqlar kamayib, hatto qirilib ketishi mumkin deyishadi. Va albatta kam bola ko‘rish ularning hayotini mutlaqo o‘zgartirgan, ko‘p hollarda negativ tomonga 🕸Bu ilmiy tilda demografik qopqon deyiladi, kam bola ko‘ruvchi millatlar unga tushib qolishadi. Bunda millat kam bola ko‘rishga o‘rganib qoladi. Kichik oilalar, yoki umuman bolasi yo‘q oilalar idealga yaqin oila sifatida ko‘rila boshlaydi. Bolalarning xarxashalari, shovqini juda yoqimsiz holatga aylanib, hattoki betarbiyalik sifatida ko‘rila boshlaydi. Esingizda bo‘lsa avvalgi postlarda Koreyaning ayrim kafe, restoran va jamoat joylari bolalar bilan yurishni ta’qiqlaydi deb yozgandim. Bu mamlakatlarda shovqinga chidamlilik past, jamoat transportida ham mutlaqo jimlik talab qilinadi - bu ko‘pchilik tomonidan yuqori rivojlanganlik, sivilizatsiya belgisi sifatida ko‘riladi. Lekin men tomonimdan emas. Men uchun transport jamoat joyi, jamoat joyida so‘zlashish, muloqot qilish qonunan taqiqlanmagan (gap yoqimsiz musiqani baqirtirib, telefonga bor joni bilan gapirish haqida emas albatta). Qolaversa transportda anchadan beri ko‘rmagan insonimni ko‘rib qolib so‘rashib qolishim ham mumkin. ⚠️Kam farzandlilik qopqoni ancha noxush va xavfli. Bola ko‘rganlar jamiyatda g‘alati insonlar sifatida ko‘rila boshlanadi, to‘g‘rida hamma karyera qilsa, sayohat qilsa sen esa bolaga qaraysan. Bolalarga beriladigan mukofot pullar va to‘lovlarni, dekretni jamiyat yomon ko‘ra boshlaydi, xuddi Yaponiyadagidek. Yaponiyada nega biz ishlaymiz, soliq to‘laymiz-u, bola ko‘rgan juftlikka shunchaki bola ko‘rgani uchun pul berib yuborishadi - haqiqat qani deb tanqid qiluvchi yoshlar guruhlarini uchratish mumkin. Koreyada esa men bilan birga ishlaydigan bir tadqiqotchi qiz bola, bolaning hech narsaga ko‘nmasdan ming‘illab yig‘lashi dunyodagi eng jirkanch hissiyot deb aytgandi. Yaqinda esa, ikki yosh bolasi bilan Koreyada domda yashayotgan opa koreys kampirlari har kuni uning xonadoniga kelib bolangni ovozini chiqarma, politsiya chaqiramiz deb janjal qilishayotganiga shikoyat qilganini ko‘rgandim. 🏕Lekin inson ijtimoiy mavjudot shu sabali aloqa, hissiyot va yaqinlikka muhtoj bo‘ladi. Kam farzandli jamiyatda endi bola o‘rniga turli xobbilar, faollik guruhlari, to‘garaklar inson ijtimoiy hayotini egallay boshlaydi. Va bu qopqon yopilishda davot etaveradi. 🇺🇿Uzbda hozirda bunday muammo mutlaqo mavjud emas. Va umid qilamanki yaqin kelajakda yuzaga ham kelmasin. Lekin yillar o‘tgach demografik vaziyat o‘zgarsa, bizning millat ham kam bola ko‘rishni boshlasha bu qopqonga tushib qolishlarini mutlaqo istamasdim. 💭Shu mavzuda ilmiy tadqiqotga havola. Bu postni demografiyaga qiziquvchi ota-onalarga yuborib qo‘ying. t.me/research1uz

  • 22 окт.2 0201123

    I - Xalqaro Markaziy Osiyo Neyromushak kasalliklari Kongressi "Step by Step"🧠💪🦶 #congress #conference #kongress #konferensiya #anjuman Do‘stlar, 23-24 oktyabr kunlari International Hotel Tashkent da (hozirda AZIMUT hotels) Neyromushak kasalliklariga bag‘ishlangan ilk xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi. Kongressda neyromushak kasalliklari, ularni davolash va tashxislash, istiqbollar va multidistsiplinar hamkorlikning muhimligi haqida gap ketadi. 🧑‍⚕️💉24 oktabr kuni, kongressning bir bo‘limida moderatorlik mening zimmamga yuklatilgan va shu kuni o‘z tadqiqotimning natijalari haqida gapiraman. Kongressning maqsadi o‘ta og‘ir bo‘lgan neyromushak kasalliklariga chalingan kasallarning hayotini yengillashtirish, bu uchun qilinayotgan tadqiqotlar va yangi muolaja usullarini muhokama qilish, bu sohadagi yangi hamkorliklarni yaratish. 📚Kongress offline va online shaklida olib boriladi. Offline registratsiyadan o‘tish yoxud online qatnashish va tomosha qilish uchun kongress sayti: "https://stepbystep2025.tilda.ws (https://stepbystep2025.tilda.ws/)" 👨‍🔬Agar ushbu mavzu sizni qiziqtirsa, yohud siz genetika, nevrologiya va rebilitatsiyaga qiziquvchi tibbiyot talabasi, yosh shifokor bo‘lsangiz sizni ushbu kongressda ishtirok etishingizni maslahat beraman t.me/research1uz

  • ​​🏆2025 yil Tibbiyot bo‘yicha Nobel Mukofoti 👩‍⚕️👨🏻‍⚕️🧑‍⚕️Bu yil tibbiyot bo‘yicha Nobel Mukofoti 2 amerikalik va 1 yapon olimlari : Mariya Brunkov, Fred Ramsdel va Shimon Sakaguchilarga topshirildi. Ular 1995-2001 yillar orasida immun tizimida regulyator T hujayralar deb nomlangan hujayralarni topishgan, immun tolerantligi hodisalarini yoritib berishgan. 🤔Oson tilda bu nima degani? Bilasiz immun tizimi tanamizga kirgan har qanday begona narsalarni yo‘q qiladi. U xoh begona jism, xoh virus, xoh bakteriya bo‘lsin. Ammo immun tizimi o‘z hujayralarimiz, tanamiz ishlab chiqaruvchi chiqindilar va yeb ichgan ovqatimizga hujum qilmaydi. O‘zimizga qarshi bormaydi. Mana shu immun tolerantligi deyiladi. Mana shu narsaning mexanizmini olimlarimiz ochib berishgan. 🧫Xo‘sh, oddiy odamga yoki senga shifokor sifatida buning nima bog‘liqligi bor, faoliyatingda bu narsaning muhimligini menga tushirtir-chi deyishingiz mumkin. Faoliyatimdan yaqqol misol: mening ba’zi erkak bemorlarimda immun tizimi faoliyati biroz buzilganligi sababli, ularning immun tizimi erkak urug‘i (spermani) begona narsa deb o‘ylab ularga hujum qiladi. Sperma halok bo‘ladi, erkak bepusht bo‘lib qoladi. Bu immun tolerantligining buzilishidan. 🥳Olimlarni tabriklaymiz, ularning tabobat oldidagi xizmatlari uchun bu ajoyib minnatdorchilikdir! t.me/research1uz

  • 🧑‍🏫Keng tarqalgan shirin yolg‘on 📞Bir necha hafta oldin uzoq qarindoshimiz telefon qildi, sen chetda ko‘p o‘qib - ishlagansan, maslahat ber deb. 🇸🇬Aytishicha, 17-18 yoshli o‘g‘li qandaydir ta’lim markazi orqali Singapurga o‘qishga kiribdi, kontrakt narxi 5000$ chamasi. Ta’lim markazi birinchi yiliga chegirma, borgach bemalol ishlaysan. Kuniga bemalol 100$ topasan, o‘qish pulini bemalol to‘lab, uyingdagilarga pul jo‘natib yordam qilasan debdi. Yigitni o‘qishga kirgizgani va yuborishi uchun xarajatni 15 mln so‘m, boshlanishiga 7mln bersalaring bo‘ldi debdi. 🍬Bu shirin muqova bilan o‘ralgan juda katta va qaqshatqich yolg‘on. Bu sxemaga tushib qolgan yoshlar haqida Subyektiv yaxshi video qilgandi (adashmasam qora Angliya edi nomi). Shu sababli ko‘p to‘xtalmayman. Asosiy punktlarni aytib ketaman: -👩‍🏫Hech bir mamlakatda talaba o‘qish vaqtidan tashqari to‘liq ishda ishlashi oqlanmaydi. Demak talaba noqonuniy, qora, kuchli jismoniy mehnat talab qiluvchi va arzimagan pul to‘lanadigan ishlardagina ishlashi mumkin -🧑🏽‍🏭Qora ishda 8-12 soat ishlagan hech bir talaba o‘qishni samarali davom ettirmaydi. Tanlov yo o‘qish, yo pul topish bo‘lib qoladi -💰Kontraktni o‘zi to‘lolmaydi, shu sababli uyidan yordam so‘raydi - agar uyidagilarning sharoiti og‘ir bo‘lsa-yu ular ham bu yolg‘onga ishonishgan bo‘lsa bola yo qarz oladi, yo o‘qishdan haydaladi -💵Chet elda, ayniqsa Singapur, AQSh, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda turar joy haqqi juda qimmat. Bola pul topsa ham kommunal xizmat va ovqatdan ortmaydi 🙅Shunday ekan hech qachon bunday va’dalar bergan agentlik va markazlarga ishonmang. Qachon farzandingizni bemalol o‘qishga jo‘natishingiz mumkin? 1. O‘qish 100% grant asosida (Agar yotoqxonasi bilan bo‘lsa nur ustiga nur) - bunda siz faqat ovqatlanish pulini to‘laysiz 2. Agar ta’lim xarajatini fondlar qoplab bersa - El-yurt umidi, Chevening, GKS, JICA va hk. Ular odatda o‘qish va yashash xarajatlarini qoplashadi 3. Xarajatlarni homiylar yoki ish beruvchilar ko‘tarsa - sizni ishga olmoqchi bo‘lgan tashkilot yoxud xayriya tashkilotlari 👫Qolgan barcha hollarda to‘lov ota-ona sifatida sizning bo‘yningizga tushadi. Pul to‘lay olmadingizmi - marhamat, farzandingiz joyni bo‘shatib qo‘ysin. Chet elda hech kim, voy axir bu O‘zbekistonlik yaxshi bola-ku deb kutib turgan joyi yo‘q. Hissiyotsiz bozor iqtisodiyoti. Shirin va’dalarga ishonmang, bu va’dalar sizdan pulni olingunicha shirin bo‘ladi xalos. 💭Shunaqa va’dalarga ishonib chet elga ketmoqchilarga va ota-onalarga bu postni jo‘natib qo‘ying t.me/research1uz

  • ​​Avgust oyi haqida 💊Bu oy tibbiy amaliyotimda og‘ir lekin meni ko‘p narsaga o‘rgatadigan keyslarga boy bo‘ldi. Bir qancha diagnozi murakkab bepushtlik holatlari bo‘lgan oilalardan tashqari, ikki jajji ona qornidagi bolakaylarga (11 va 12 haftalik) tibbiy sabablarga ko‘ra abort qilishga ko‘rsatma berdim. 🧠Birinchi bolakayda buyrak va miyada o‘suvchi, nogironlik va o‘limga olib keluvchi kistalar topildi, sababi genetik. Ikkinchi juftlikda bola miyasida yig‘iladigan zaharli moddalarni tozalovchi gen ishlamay qolgan, bu ham odatda 1-2 yoshlik davrda o‘limga olib keladi. 🥼To‘g‘risi bu abortlar tibbiy jihatdan 100% ilmiy asoslangan va tasdiqlangan bo‘lsa-da, yosh ota-onalarga yomon ta’sir qiladi. Umid va rejalar bilan erishilgan, deyarli 3 oy qorinda ko‘tarib yurilgan homiladorlikni oldirib tashlash ota-onani ruhan ezadi. Juftliklarimga maksimal ravishda tibbiy, ruhiy va hissiy yordam berishga, kerakli ko‘rsatmalar berishga harakat qilaman. Bunday holatlarda bemor shifokoriga nafaqat tibbiy tomondan, balki insoniy tomondan ham ishona olishi juda muhim. 👫Bu oilalar menga birinchi marta murojaat qilishlari edi. Endigi harakatlarim ushbu juftliklarga ularni quvontiradigan, sog‘lom farzand ko‘rishga yordam ko‘rsatish bo‘ladi. 🧬Shu o‘rinda eslatib o‘tsam, bolasi ona qornida bir necha bor tushib qolgan, yoxud oilada nogiron farzandi bor, homiladorlikka uzoq yillar davomida erisha olmayotgan oilalar sog‘lom farzand ko‘rishni reja qilishayotgan davrda tibbiy genetik maslahati juda muhim hisoblanadi. U zaruriy test va analizlarni belgilagan holda juftliklarga kerakli maslahatlarni taqdim etadi. 🧑‍⚕️Agar sizga yoxud tanishlaringizga shunday maslahat kerak bo‘lsa bemalol menga murojaat qilishingiz mumkin. t.me/research1uz

  • Yoshlarga bo‘lgan munosabat👩‍🎓 👨‍🏫Yoshlar siyosati mamlakatimizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston demografik jihatdan yosh mamlakat, mamlakat aholisining 60% 30 yoshgacha bo‘lgan yosh insonlar deya ta’kidlanadi. Tabiiyki, yoshlar siyosati va yoshlarga bo‘lgan e’tibor mamlakat rivojlanishini belgilab beradi. 🤔Lekin, bir qiziq voqeaga guvoh bo‘ldim. Chamasi 2-3 hafta oldin O‘zbekistonga dunyoga mashhur Britaniyalik genetik olim tashrif buyurdi, u bilan uchrashuvga meni ustozim taklif qildi. Qizig‘i u bilan uchrashuvga 🇺🇿da IT sohasida davlat sektorida, yuqori lavozimda ishlovchi inson ham tashrif buyurgan ekan. Shu insonning ustozim bilan bo‘lgan suhbati qulog‘imga chalinib qoldi. U shunday deb ta’kidlardi: “u yosh mutaxassis bo‘lsa uni ishini pul bilan rag‘batlantirib, katta e’tibor qilib o‘tirmang - burni ko‘tarilib ketadi, keyin kam oylikka ishlamay qo‘yadi. Katta oylikka hayotda qiynalib, qiynalib erishsin. Mana biz qancha pog‘onalardan o‘tib kelganmiz” 📚To‘g‘risi, bunaqa yondashuv meni ancha hayron qoldirdi. Ayniqsa yuqori lavozimdagi insondan bunday narsani eshitish. Mening pozitsiyam boshqa: agar yosh mutaxassis o‘z ishini sifatli va professional ravishda bajarsa nega uni pul bilan rag‘batlantirish kerak emas? U pulni poraxo‘rlik, tamagirlik yoki qallobligi uchun emas balki qunt bilan qilgan mehnati uchun olyapti-ku. Nega pul mehnatga yarasha to‘lanishi kerak emas? Agar yosh mutaxassis pul manbai mehnat ekanligini anglasa u kuch e’tiborini o‘z bilimi va mehnatini sifatli qilishga intiladi 👷O‘z ishini halollik va professionallik bilan qilgan yosh mutaxassisga burni ko‘tarilmasin deb arzimagan pul to‘lash, u qiynalishi kerak deb turli holatlarga solish - yosh ishchini pulni boshqacha usullar bilan izlashga (ba’zan noqonuniy) yoxud boshqa ish sektoriga o‘tib ketishiga olib keladi. Bu esa halol va professional mehnatga bo‘lgan tanqislikni yanada oshiradi 💭Siz bu narsaga qanday munosabatdasiz? Javoblaringizni qoldiring, menga o'qish qiziq bo'ladi t.me/research1uz

  • O‘z sohasining mutaxassisi bo‘lish juda muhim 🤔Bu gapni deyarli har kuni eshitsangiz kerak. Ayniqsa talabalik vaqtlarim deyarli har bir darsda bu fikr yangrardi. Kuchli mutaxassis davlatga, jamiyatga, iqtisodiyotga foyda keltirishi ta’kidlanardi. Bugun qanday qilib mutaxassis - inson oilasini saqlab qolishi, insonning iliq tuyg‘ularini halokatdan saqlashi haqida gapiraman. 👫Bir necha hafta oldin ketma-ket sodir bo‘lgan voqea. Ikki oila genetik shifokor ekansiz, maslahatingiz kerak deb murojaat qildi. Ikkalasi ham farzand ko‘rolmayotganligi sababli turli xil genetik testlar topshirishgan. Birinchi oilada genetik test aniq xulosa bermagan, ular yana qo‘shimcha test topshirishi kerak. Ikkinchi oilaga nima uchundir muhim ahamiyat kasb etmaydigan, bepushtlik haqida deyarli hech qanday ma’lumot bermaydigan test belgilangan. Qizig‘i bu asosiysi emas - asosiysi javoblar chiqqach sodir bo‘lgan. 🥸Ularning shifokori senlarda genetik nuqson bor ekan degan. Birinchi oilaga ajrashib alohida oila qursalaringgina sog‘lom farzand tug‘iladi deyilgan bo‘lsa, ikkinchisiga bunaqangi genetika bilan hech qachon sog‘lom bolali bo‘lolmaysiz deyilgan. Ikki oilada ham bir-birini qattiq hurmat qiluvchi va yaxshi munosabatda bo‘lgan juftliklar bo‘lgan. 😔Aslida-chi? Ular topshirgan genetik testlar bepushtlik haqida hech qanday asosli xulosa bermaydi. Bepushtlikning sababi boshqa omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 👆Xulosa qilib aytilganda, har qanday masalada xulosani o‘z ishining kompetent bo‘lgan mutaxassisi berishi kerak. Professionalizm va sohadagi bilimning yetishmasligi nafaqat davlat, jamiyat va iqtisodiyotga balki oila va eng nozik his-tuyg‘ularga ham putur yetkazishi mumkin. t.me/research1uz

  • 4 июн. 2025 г.1 750715из MMBiology_uz

    #Summer_School_2025 ITM Biotexnologiya Yozgi maktabi QAYTDI! Yana-da boy dastur, yana-da ilhom baxsh etuvchi muhit! 🤩 🧬 Biotexnologiya yozgi maktabi 3 haftalik tadqiqotga asoslangan va amaliy faoliyat dasturi bo'lib, mikrobiologiya, molekulyar genetika, molekulyar biologiya, gen muhandisligi, rekombinant DNK texnologiyalari bo'yicha ba'zaviy ko'nikmalarni qamrab oladi. 🎓 Talablar: - Dasturga biologiya yoki unga yaqin yo‘nalishda tahsil olayotgan (bakalavr/magistratura) talabalar, kamida 1-kursni tamomlaganlar va 2025-yilda bitiruvchilar ariza topshirishi mumkin. - Haftasiga 6 kun, kuniga to‘liq (40–45 soat) ishlashga tayyor bo‘lishi kerak. - Mustaqil o‘rganish, qiziquvchanlik va tashabbuskorlik muhim. - Darslar asosan o‘zbek tilida, ammo rus va ingliz tillaridagi materiallardan ham foydalaniladi. Shu sababli bu tillardan kamida birini yetarli darajada bilish lozim (sertifikat talab qilinmaydi). - Mikrobiologiya, molekulyar biologiya, biokimyo, genetika, biotexnologiya sohalarini yaxshi bilish, kimyo va statistikaga yetarlicha bilishi talab etiladi. - Ishtirokchilar transport, yashash va oziq-ovqat xarajatlarini o‘zlari qoplaydilar. Biroq homiylik asosida ayrim xarajatlar (qisman) qoplanishi mumkin. Dastur bilan bog‘liq xarajatlar ITM tomonidan ta’minlanadi. - Ariza bilan birga 400 so‘zdan oshmaydigan motivatsion xat (UZ/EN/RU) topshirilishi lozim. - Qabul qilinganlar talabalik yoki bitiruv holatini tasdiqlovchi rasmiy hujjat taqdim etishlari shart. 🌱 Foydali tomonlari: Amaliy ko‘nikmalar: Mikrobiologiya, molekulyar biologiya, genetika va DNK texnologiyalariga oid bazaviy laboratoriya ko‘nikmalarini egallash imkoniyati yaratiladi. Mentorlik: Ishtirokchilar Ilg‘or Texnologiyalar Markazi olimlari bilan ishlash orqali ilmiy fikrlash, eksperiment rejalashtirish va tahlil qilishni o‘rganadilar. Jamoaviy ish: Kichik guruhlarda ishlash orqali talabalar hamkorlik, muammo yechimi va fikrni aniq ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Kelajakdagi imkoniyatlar: O‘zini yaxshi ko‘rsatgan ishtirokchilar laboratoriyada qolib, tadqiqotlarni davom ettirish imkoniga ega bo‘ladilar. Boshqa jihatlar: Yozgi maktabda qatnashish bepul; bouling va pikinik kechalari, shaxsiy rivojlanish (CV, motivasiya, prezentatsya tayyorlash) bo'yicha sessiyalar o'tkaziladi; Bituuvchilarga sertifikatlar topshiriladi. 📍Mashgʻulotlar 2025-yil 21-iyuldan 9-avgust oralig'ida Toshkentdagi Ilgʻor texnologiyalar markazida oʻtkaziladi. 📑 Arizalar oʻzbek, rus yoki ingliz tillaridan birida qabul qilinadi. Ariza topshirish. 📅 Oxirgi muddat: 04.07.2025 18:00 gacha (GMT+5). 💸 Shuningdek, talaba ishtirokchilar xarajatini qoplash uchun xayriya yoki homiylik qilishingiz mumkin. Yordamingiz uchun tashakkur! 🔎 Natijalarni kuzatib borish: ITM rasmiy telegram kanali va @biology_uz kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin. Do'stlaringizga ham ulashishni unitmang! Batafsil.

  • 📢 Do‘stlar, yana bir yaxshi yangilik bilan bo‘lishib qo‘yay 🧠O‘zbekistonda klinik neyrofiziologlar va tibbiy genetiklar assotsiatsiyasi yaratilibdi. Bu bemorlar uchun va tibbiyotimiz rivojlanishi yo‘lida yana bir yaxshi qadam. Assotsiatsiya ikki yo‘nalishda ish olib boradi. 1. Klinik neyrofiziologiya - bu EEG, EMG, stereoEEG, inson miyasini monitoring qilish va uni modulyatsiya qilish 2. Tibbiy genetika - genetik diagnostika va tashxislash, prenatal texnologiyalar, bemorlarga genetik maslahat, gen terapiyasi va targetli davolash 🌐Assotsiatsiya yaqinda o‘z saytini ishga tushiradi. To‘liq ma’lumotni saytdan olish mumkin bo‘ladi. Assotsiatsiya tibbiy muassasalar, laboratoriya va farmakologik kompaniyalar, xalqaro fondlar va o‘quv platfomalarini hamkorlikka taklif qiladi 🧑‍⚕️Assotsiatsiyaga quyidagi vakillar a’zo bo‘lishlari mumkin: -klinik neyrofiziologlar -tibbiy genetiklar -laboratoriya shifokorlari va genetiklari -nevrolog, neyroxirurg, pediatr va terapevtlar -OTM professor-o‘qituvchilari, ordinatorlari va talabalari 📨Assotsiatsiya pochtasi “info@acnemgu.uz” ga aloqaga chiqib: * o‘z fikrlaringizni * qaysi formatda biz bilan ishlashingiz mumkinligini * qanday talab va takliflaringiz borligini bo‘lishishingiz mumkin 🤓Bu ma’lumotni genetika, neyrofiziologiya, neurosciencega aloqador tanishlaringizga yuborib qo‘ying t.me/research1uz

  • 🗣Do'stlar, ajoyib yangilik. Xalqaro bosh og'rig'i jamiyatining eng malakali mutaxassisslari O'zbekistonlik shifokor, izlanuvchi va tadqiqotchilar uchun mutlaqo bepul onlayn vebinar tashkil qilishmoqda. 🧠Ma'lumotlarni qoldiraman, faqat birgina TALAB: imkoni boricha tezroq ro'yhatdan o'tish zarur bo'ladi. Agar bosh og'rig'i mavzusi sizga qiziq bo'lsa yohud yaqin insonlaringiz bu darddan aziyat cheksa - vebinarda ishtirok etishni unutmang. 🇺🇿 Vebinar: Bosh og‘rig‘i – nimaga e’tibor berish va qanday davolash kerak 📅 Sana: 29 - May, 2025 ⏰ Vaqt: O‘zbekiston 18:00 | CEST 15:00 📍 Onlayn (Zoom vebinar) 🔹 Moderatorlar: Henrik Schytz va Marcio Nattan Souza Xalqaro Bosh Og‘rig‘i Jamiyati tomonidan tashkil etilgan ushbu vebinarda yetakchi mutaxassislar bosh og‘rig‘ining diagnostikasi va davolash usullari haqida fikr almashadilar. 🔸 Ma’ruzachilar va mavzular: ✔️ Marcio Nattan Souza (Braziliya) – Birlamchi bosh og‘rig‘i diagnostikasi ✔️ David García Azorín (Ispaniya) – Ikkilamchi bosh og‘rig‘i diagnostikasi ✔️ Roberta Messina (Italiya) – Migrenni davolash 📌 Ro‘yxatdan o‘ting: https://us02web.zoom.us/webinar/register/WN_yVw6alZIS426vziTurrJeA t.me/research1uz

  • 🗣Seminar e'loni❗️❗️❗️ 📚Do'stlar barchangizni AQSh, Konnektikut Universiteti miyashunos tadqiqotchi olimi (neuroscientist) Dr. Anvar Sariev va Koreya Respublikasi, Ulsan milliy fan va texnologiyalar instituti tadqiqotchisi, tibbiy genetik Dr. To'ychiboy Nishonov tomonidan tashkil qilinayotgan ilmiy seminarga taklif qilamiz. 💡Mavzumiz: Miyani o‘rganishning zamonaviy usullari: uni yaratishdan to tafakkurgacha 👨‍🔬Seminarga barcha qiziquvchi tadqiqotchi-izlanuvchilar, talaba-yoshlarni taklif qilamiz 📍Manzil: Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti (Yangi ToshMI), bosh o'quv binosi majlislar zali (4-qavat). ⌛️Vaqt: Shanba, 24 may, 2025 - yil, 14:00 💬Seminar interaktiv, ochiq suhbat shaklida. Seminar so'ngida suhbat va savollar muhokamasi uchun alohida vaqt ajratilgan ✅Bu postni ilm-fanga qiziquvchi do'stlarga ulashib qo'ying. t.me/research1uz

  • ​​📣Muhim yangilik🗣 🇺🇿Do‘stlar yaqinda O‘zbekistonga keldim. Shu orada bo‘lgan sarguzashtlar haqida alohida post tayyorlayman. 👨‍🔬Lekin yana bir yaxshi yangilik bu - shu haftada O‘zbekistonga qadrdonim, miyashunos olim, AQSh, Konnektikut Universiteti miya va tafakkur laboratoriyasi tadqiqotchisi, neyroxirurg Dr Anvar Sariev ham tashrif qilibdilar. 📚Ularning tashabbusi bilan talaba-yoshlar, tadqiqotchilar va shunchaki miya ilmiga qiziquvchilarga seminar ma’ruza tashkil qilyapmiz. 🧠Mavzu juda qiziq: Miyani o‘rganishning zamonaviy usullari: uni yaratishdan to tafakkurgacha. 🧫Seminarda hammasini gaplashamiz: tibbiyotda dolzarb tadqiqotlar, laboratoriyada inson miyalarini yasash, miyada neyronlar tarmoqlari hosil bo‘lishi, xotira va uning shakllanishi va albatta tafakkur. Seminar oxiridagi vaqt faqat siz uchun ajratiladi, savollaringiz, sizni qiziqtirgan tadqiqotlar, tadqiqotchi hayoti va h.k 🤔Keyingi haftaga reja qilyapmiz, kelasizmi? Izohlarda javobingizni kutaman. Bu postni tadqiqotlarga qiziquvchi talabalar, tadqiqotchi-izlanuvchilar, shifokorlar va barcha yaqinlaringiz bilan ulashing t.me/research1uz

  • 🏥Klinikalardagi o‘limlar haqida Avvalgi postda Valijon To‘raqulov dolzarb muammoni ko‘tarib chiqibdilar. Haqiqatdan ham ba’zi xususiy klinikalarda bo‘lgan o‘lim holatlarlariga munosabat tahliliy bo‘lishi kerak. 🤔Chamasi 10-11 yillar ilgari, tibbiyot oliygohi talabasi bo‘lganimda, nufuzli va barchaga ma’lum bo‘lgan davlat klinikasida juda noxush voqea yuz bergandi. Yosh, navqiron, 20 yoshlar atrofidagi yigit nihoyatda oddiy jarrohlik muolajasi uchun klinikaga murojaat qilgan. Bunday jarrohlik amaliyoti odatda umumiy narkozsiz, mahalliy og‘riqni qoldiruvchini operatsiya joyiga ukol qilgan holda o‘tkazilardi. Lekin shu yigitga umumiy narkoz berilgan, jarrohlik vaqtida esa kislorodni yetkazuvchi shlang uzilib qolgan. ⏳Shifokorlar 5 daqiqada buni sezib qolishgan, lekin ko‘pchiligingizga ma’lumki kislorodsiz miyaning o‘limiga 5 daqiqa yetarli. Yigitning miyasi kislorodsiz halok bo‘lgan, qolgan organlar tirik, tana nafas oladi, yashaydi, lekin yigitda hayotning boshqa hech bir belgilari yo‘q, reanimatsiyada sun’iy nafas olishda yotardi. 2015 yillar chamasi, hali blogerlik rivojlanmagan va bu voqea ovoza bo‘lmagan edi. Ota-ona o‘sha katta klinikada har kuni janjal qilishardi, yosh o‘g‘limni qanday halok qilgan bo‘lsalaring shunday qaytarasanlar deb. Keyin bilishimcha yigit oilaning yagona farzandi bo‘lgan ekan. 💭Bu birgina ayanchli holat, bu holat sodir bo‘ldi degani boshqa yuzlab bemorlar shifo topmayapti degani emas. Shunchaki yaxshi xabarlar negativ xabarlardek tez va oson tarqalmaydi. Masalan, bugun O‘zbek klinikalarida 200 ta yurak xurujining oldi olindi yoki 500 odam virusli kasallikdan mutlaqo tuzalib o‘z uylariga qaytdi kabi xabarlar media sferasida o‘lim haqidagi xabardek tarqalmaydi. t.me/research1uz

  • 22 апр. 2025 г.1 730266из v_turakulov

    Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

  • O‘zbek o‘spirinlari 17 yoshgacha bo‘lgan Osiyo chempionatini yashin tezligida, katta g‘alabalar bilan bosib o‘tib, finalda ikki kishi kam holda o‘ynab, matonatli g‘alabaga erishdi. 🎉🥳🎂 Jamiyatimizning bu jabhasida mana shunday yutuqlarni ko‘rish faxr va quvonchli. Endi ilm-fan, tibbiyot va tadqiqotlarni rivojlantirishda ham ana shunday tizimli va maqsadli harakatlarni amalga oshirishimiz zarur!

Ilmiy yondashuv — tgindex