Ibratli Statuslar🌿
описание
🍃 Assalomu alaykum! #Aforizmlar #Ibratlar #Statuslar #Tafakkur CEO: @proud_turkic 25.08.2020-yil
960
подписчиков
Охват к подписчикам
215,8%
ERR
Реакции к просмотрам
0,27%
108 на 19 постов
Пересылки к просмотрам
0,27%
108
Постов в день
0,0
всего 20
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 30 июн.“Anavi yerda baxt-saodat sotadigan do’kon bor ekan” deyishsa, odamlar o’sha tomonga yopirilib, uni eng qimmat bahoga ham sotib olishga tayyor. Bilishmaydiki, chinakan baxt-saodat Allohning huzuridagi tekin Sajdadir! Ibratli Statuslar🌿1,09%
- 19 июн.MAVJUDLIK Universitetda professor o‘z talabalariga shunday savol berdi: - Butun borliqni Xudo yaratdimi? – Ha. - Hamma narsanimi? - Ha ser, - javob berishdi talabalar. Professor so‘radi: - Agar Xudo borliqni, jumladan, yomonliknida yaratgan bo‘lsa, amallar o‘zlikni ayon qiladi, degan qoidaga ko‘ra Xudo yomon bo‘ladi-ku!? Talabalar jim qolishdi. Professor zukkoligidan mamnun edi: Yana bir marta Xudoning xayoliyligini isbotlagan edi-da! Birok bir talaba qo‘lini kutardi va dedi: - Sizga savol berishim mumkinmi? - Albatta, - javob qildi professor. Yigit o‘rnidan turib so‘radi: - Professor, sovuqlik mavjudmi? - Albatta, mavjud. Nima, sen hech qachon sovqotmaganmisan? Yigitning ustidan kulishdi. U esa savoliga izoh berdi: - Haqiqatda, sovuq mavjud emas. Fizika qonunlari buyicha, biz sovuqlik, deb hisoblaganimiz, aslda issiqlikning yo‘qligidir. Inson yoki narsani tarqatayotgan energiyasiga qarab o‘rganish mumkin xolos. Sovuqlik so‘zining issiqlik yo‘qligida nimani sezishimiz uchun yaratganmiz. Endi aytingchi, qorong‘ulik mavjudmi? - Albatta, mavjud. - Siz yana haq emassiz, ser. Qorong‘ulik mavjud emas. U - nur yo‘qligi, xolos. Nurni o‘rganishimiz mumkin, lekin qorong‘ilikni emas Oddiy nur qorong‘ulikka yorib kirib, ko‘rinmay turgan narsalarni yoritadi. Biz yoryg‘likning miqdorini o‘lchaymiz, aslo qorong‘ulikni emas. U yorug‘lik yo‘qligidagi holning nomi, xolos. Oxirgi savolim: Ser, yomonlik mavjudmi? Bu safar professor gumonsirab javob berdi: - Albatta. Hali men bu to‘g‘rida aytdim. Talaba ortga chekinmadi: - Yomonlik o‘zicha mavjud emas, ser. U qorong‘ulik va sovuqlik kabi atama, xolos. Yaxshilik va Xudoning yo‘qligini tasvirlash uchun odamlar yaratishgan. Atrofga suv quygudek jimlik cho‘kdi. Ibratli Statuslar🌿0,86%
- 17 мая Yaxshilik qil, jahon yaxshilik olsin, Yaxshilar boshiga yaxshilik solsin. Mol-dunyo barchadin - sendan ham qolur, Yaxshisi mol emas, yaxshilik qolsin! © Jomiy Ibratli Statuslar🌿0,67%
- 14 маяHamma o'zida borini beradi, Kimlardir baxt Yana kimlardir dard! @Izhorim0,47%
- 7 июн.Baxt-saodat o’zimiz ega bo’lmagan narsalarni qo’lga kiritish emas. Haqiqiy baxt ega bo’lganlarimizning qadrini anglab yetishdir! Ibratli Statuslar🌿0,45%
- 19 янв.Beminnat duogo'y. Bir yigit hikoya qiladi: -Uyda shukrona dasturxoni yozib, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar chaqirildi. Mehmonlarni kuzatish bahonasi bilan uyda qolib ketdim. Xotinim va farzandlarimga uyga borishlarini ta’yinlab, o‘zim negadir bolalikdan voyaga yetgan hovlimda qolishni istadim. Asli ko‘nglim g‘ash edi. Ishxonamda ko‘ngilsizlik bo‘lib, ich-etimni shu narsa tirnar edi. Onam kelgan onimda-yoq sezdilar. Sir-boy bermasam-da, onam aniq bir narsani his qilib turganlarini bildim. Xotirjam qildim. Hamma ketib bo‘lgach, onam qo‘ymay so‘rab oldilar. Arzimagan ish, onajon! Siz xavotir olmang, o‘zim bitkazib yuboraman deb yupatdim. Ko‘zlarida mayuslik bilan Alloh o‘zi ishlaringni o‘nglasin, bolam! Allohim, yuzingni yorug‘ qilsin!- deb duolar qildilar. Tashqariga chiqib qaytib kelgunlaricha, ko‘zim ilinib, uxlab qolibman. Bir mahal tursam, onam joylarida yo‘qlar. Joynamoz ustida ekanlar. Uxlamabdilar, yostiq kechqurun qanday bo‘lsa, shundayligicha turar edi. Oyoq uchida tashqariga chiqib, tahorat olib kelib, kechqurungi namozlarni o‘qib, duolar qildim. Ammo onam duo qilishga shunday berib ketgan ekanlarki, meni umuman sezmadilar. Bir payt yig‘lab, ko‘z yoshlarini artib, yana duoga sho‘ng‘idilar. Duolarini eshitib qalbim o‘rtanib ketdi. Allohga shukr va hamdu sanolar aytdim. Meni haqqimga tekinga kechasi bilan uxlamay, sidqidildan yig‘lab duo qiladigan bu duogo‘yimning haqqini qanday ado etaman, deb yig‘lab yubordim. Iloho! Ularning umrlarini uzoq qil, salomatliklarini mustahkam qil! Gʻam berma, doim rohat ko‘rsinlar! @status_ibratliy🕊0,44%
- 20 мая#Tafakkur ❗️Boshingga har balo kelsa, Xato bosgan izingdan ko’r. ❗️Agar o’g’ling yomon bo’lsa, Xarom bergan tuzingdan ko’r. ❗️Ahlingga kim nazar solsa, Qiyo boqqan ko’zingdan ko’r. ❗️Ko’p musibatlar yozilganda Boshqadanmas o’zingdan ko’r. Ibratli Statuslar🌿0,42%
- 19 мая#Tafakkur Yong‘oq qurti o‘zi sig‘adigan teshik ochib, yong‘oqni ichiga kirib nima bo‘lsa yeydi. Yegan sari semiradi va to‘yadi. Yong‘oq ichida hech narsa qolmagandan so‘ng, tashqariga chiqishga intiladi. Teshik kichik bo‘lgani uchun tashqariga chiqolmaydi. Undan ham yomoni yong‘oqning ichi quriy boshlaydi, endi teshikni kengaytirishni imkoni qolmaydi. Birgina chora ozmoq bo‘ladi. Yong‘oq ichida majbur ochlikdan ozib, eski zaif holiga qaytib tashqariga chiqadi. Qarasaki uning uchun mavsum tugab ortda qurigan yong‘oqdan boshqa hech narsa qolmagan bo‘ladi. Ba’zi insonlarning yashash tarzi xuddi yong‘oq qurti kabidir. Mol-dunyo dardida umrini behuda narsalar bilan xabada qilib o‘tkazib yuboradi. Endi bo‘ldi munosib shaklda buyurilaganday yashay deganda umrining so‘nggi damlarini yashayotgan bo‘ladi... Ibratli Statuslar🌿0,38%
- 7 июн.Mashhur olimlardan biri aytadi: — Har narsani ko‘rishga va so‘rashga qiziqish - yosh bolalarning eng yaxshi xosiyatidir. Bu esa ularning ilmga bo‘lgan havaslari negizidir. Agar yosh bola biror narsa haqida so‘rasa, «jim o‘tir, og‘zingni yum, sen bilmaysan, har narsani so‘rayverma» deb uni so‘rashdan to‘xtatmang, bergan savollaridan kulmang, bolaga ochiq yuz, muloyimlik bilan aniq ravshan javob bering. Agar shunday qilmasangiz, bolaning ilmga bo‘lgan havasini to‘xtatgan bo‘lasiz. Ibratli Statuslar🌿0,38%
- 19 янв.Nodonlar davrasida eshitmaslikka, donolar davrasida esa gapirmaslikka harakat qiling! @status_ibratliy🕊️0,36%
- 19 маяHaqiqiy boylik mol-dunyoning ko’pligida emas, nafsning to’qligidadir. Ibratli Statuslar🌿0,35%
- 20 маяBaxt-saodatning siri orzu qilgan narsamizda emas, borimizga qanoat qilishdadir. Chunki insonda orzuning nihoyasi yo’q! Ibratli Statuslar🌿0,30%