Mohida's blog📚
СтатистикаKitoblar, shaxsiy qarashlar, fikrlar, tarjimalar va hislar. @Taraqqiy_turkcha - turk tilini sevdirib oʻrgatamiz. https://t.me/+4wnA52js-U43ODQy - bu yerda erkinroq) (Manba bilan oling.)
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 20
- Всего постов
- 197
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 213
- 1/48двое суток
- 244
- 1/72трое суток
- 263
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Sahifamda ilk bor shunchalik yoqib ketganidan bir kitobni oxirigacha o’qimay turib taqriz yozyapman. Bilasizmi, maktublar har doim kishining ko’nglining tub-tubida yashirinib yotgan hislarni namoyon etadi. Masalan, mashhur yozuvchilar yoki shoirlarning yaqinlariga, sevgan insonlariga yozgan maktublarini o’qib uning shaxsiyati haqida, haqiqiy kimligi haqida yanadan yaqindan bilib olish mumkin. Chunki shaxslar aynan o’qiguvchisiga boshqacha, oilasiga boshqacha, sevgan insoniga boshqacha munosabatda bo’ladi. Ayniqsa bir kishini yozuvchilikdan xoli oddiy oshiq sifatida o’qish boshqa daraja. Bugun Erix Mariya Remarkning Marlin Ditrixga yozgan maktublaridan iborat kitob - "Menga sevishingni ayt" haqida sizlarga aytib bermoqchiman. Aslida kitobni muqovasi va dizayniga bo’lib olgandim, ham Remarkni ham ko’p o’qiyvermayman, ammo bu asar juda jozibali, o’ziga tortadigan ekan. Yuqorida aytib o’tganimdek asarda eng ko’p Remarkning Marlinga yozgan maktublarini o’qiymiz. Marlin Ditrix aslida dunyoga mashhur aktrisa, Remark bilan ular 1930-yilda Venetsiyada, Lidoda uchrashgan. Ularning ikkisi ham fashizm rejimining kuchayishidan qochib Yevropa va Amerikada yashayotgan nemis muhojirlari edi. Ditrix o'sha paytning o'zidayoq jahon miqyosidagi super yulduz bo'lgan, Remark esa urushga qarshi asarlari bilan butun dunyoga tanilgan edi. Ular orasidagi bog'liqlik tezda chuqur muhabbatga aylangan, biroq bu munosabat hech qachon tinch va oddiy kechmagan. Ularning munosabati Parij, Nyu-York va Hollywoodda davom etgan, biroq bu sevgi doimiy ruhiy taranglikda kechgan: Ditrix o'ziga to'q, hech qanday qoliplarga sig'maydigan va bir vaqtning o'zida boshqa odamlar bilan munosabatlarga ham yo'l qo'yadigan ayol bo'lgan. Bu holat esa qizg’onchiq va nozik tabiatli Remarkni qattiq azobga solib, doimiy xavotirda yurgan. Ikkinchi jahon urushi davrida ikkisi ham Nartsistlar Germaniyasi tomonidan "vatan xoini" deb e'lon qilingan edi. Shu sababli Remark asarlari yoqib yuborilgan yozuvchi sifatida AQShda boshpana topgan bo'lsa, Ditrix amerikalik askarlarga konsert berish uchun front chiziqlarini kezib chiqardi. Remark unga yozgan maktublarini shunchalik qattiq muhabbat bilan yozadiki, xatto bir muddatdan keyin kitobxon buni sig’inish darajasida ekanligini o’ylay boshlaydi. Maktublar egasi Ditrix bu maktublarning bir qismini saqlab qolgan va yillar o'tib, yozuvchi vafotidan so'ng ular kitob holida chop etilgan. Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, maktublar haqiqatdan go’zal. Xuddi she’rdek oqadi, she’rdek o’qiladi. Quyida kitobdan bir parcha keltiraman, siz ham bunga amin bo’lasiz: “Snaryadlardan ilma-teshik bo'lgan, o'qqa tutilgan o'rmonlar ustidagi nafis tong yulduzi... Men juda sabrsizman, ba'zan o'zimni boshqara olmasman, atrofimdagi narsalar esa menga hech qanday shodlik ulashmaydi. Lekin birdan keng yozgi dalalar bag'ridan kelgandek kapalaklar, ko'rish kamdan kam nasib etadigan tungi kapalaklar, chigirtkalar, varraklar to'lqini, pichan va qurigan o'tlar hidiga to'la oromijon vaqtlar keladi. Jilov bilmas to'lqin sen haqingda xabarlarni tashiy boshlaydi. Shu vaqt barcha anduhlar havoga ko'tariladi. Qayg'uli kunlar ham, telbavor yolg'izlik ham yo'q, negaki endi ko'zlarim doim senga tikila oladi. Qolgan hammasi esa yoqimli og'riq, baxtli melanxoliya, g'amgin kuy, xolos. Chunki sen men haqimda o'ylaysan, men esa buni his qila olaman…” Bu yozuvchi asarlarini sevib o’qisangiz va uning asl dilnomalarini o’qimoqchi bo’lsangiz tavsiya qilaman. Menga qolsa bu go’zal, she’rdek nozik maktublarni barcha barchaga ilinardim… #men_õqigan_kitob
без подписи
Shoyad, Oʻzingga Oʻzligingga Uzoq boʻlsang, Boshqa birovga Qanday yaqin boʻla olasan?
“Ziyra” botimiz ishlayapti, bu kechani o’zidagi hisobotimiz 🤎 ❤️Haligacha qo’shilmaganlar, @ziyrabot ga o’tib, hamjamiyatimizning bir parchasi bo’ling.
без подписи
Bundan tashqari bot bilan istalgan mavzuda suhbatlashishingiz mumkin. Oʻzbek adabiyotini juda yaxshi bilmasa ham, jahon adabiyotini yaxshi taniydi. Muhimi sizni mutolaaga o'tirgizmay qoʻymaydi 😀
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“Ziyra” botimiz ishlayapti, bu kechani o’zidagi hisobotimiz 🤎 ❤️Haligacha qo’shilmaganlar, @ziyrabot ga o’tib, hamjamiyatimizning bir parchasi bo’ling.
Kitob o'qishni muntazam odatga aylantira olmayotganingiz sababini bilaman. Boshlaysiz, bir necha sahifadan keyin chalg'iysiz, oradan kunlar o'tadi va kitob javonda chang bosib qolaveradi, to'g'rimi? Muammo sizda emas, noto'g'ri yondashuvda desam va bunga…
Kitob o'qishni muntazam odatga aylantira olmayotganingiz sababini bilaman. Boshlaysiz, bir necha sahifadan keyin chalg'iysiz, oradan kunlar o'tadi va kitob javonda chang bosib qolaveradi, to'g'rimi? Muammo sizda emas, noto'g'ri yondashuvda desam va bunga atigi 1,5 oyda birgalikda chek qo’yamiz desam ishonasizmi? Unda sizga "Ziyra" ni taqdim etamiz! 💌 Men yaqin 8 yildan beri kitoblar bilan birgaman va shu kungacha 1000 ga yaqin kitoblarni mutolaa qilganman. Bu shunchaki sevimli mashg’ulot yokida qobiliyat emas - to'g'ri tizim va intizom natijasi. "Ziyra" da ushbu tizimni siz bilan baham ko’rmoqchiman. Xoʻsh, bu qanday boʻladi? ▫"Ziyra" - 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqich sinov bosqichi. Bunda sizlarni bir guruhga olamiz va maʼlum muddat davomida kunlik mutolaangizni tekshiramiz. Eng koʻp ball yigʻgan 3 ta ishtirokchi keyingi bosqichga bepul oʻtishi mumkin. ▫2- va 3-bosqichda esaa.. Mmm, uyog'ini keyin bilib olasizlar) Hozir teeezda @ziyrabot dan roʻyxatdan oʻtib guruhlaringizni topib oling. ☁️ Haya, ishtirokchilar soni cheklangan. Qabulni ertaga 22:00 da yopamiz, ungacha ulgurib qoling.
Anchadan beri ko'pchilikdan "qanday qilib bir oyda buncha ko'p kitob va qanday bunchalik tez oqiysiz?" degan xabarlar olaman. Bilsam, ko'pchilikning muammosi doimiy mutolaani shakllantirolmaslik ekan. 📌Shunga yechim sifatida ajoyib bir loyiha qildik va unga…
Oʻzi bir kunda odatda necha sahifa kitob oʻqiysiz?
Kitob oʻqishda tezlik muhim deb oʻylaysizmi?
Eng koʻp necha sahifa oʻqigansiz?
Eng koʻp necha sahifa oʻqigansiz?
Oʻzi bir kunda odatda necha sahifa kitob oʻqiysiz?
Anchadan beri ko'pchilikdan "qanday qilib bir oyda buncha ko'p kitob va qanday bunchalik tez oqiysiz?" degan xabarlar olaman. Bilsam, ko'pchilikning muammosi doimiy mutolaani shakllantirolmaslik ekan. 📌Shunga yechim sifatida ajoyib bir loyiha qildik va unga hech qanaqa pul toʻlamay qoʻshilish mumkin desaam nima deysizlar?