tgindex
Mubosharat
@Mubosharatузбекский

Ushbu kanalda er-xotin orasidagi halol jinsiy aloqa haqida shariat doirasida so‘z yuritiladi. Linkni ko'rsatmay nusxa olishsa, rozi emasmiz! Reklama uchun: https://t.me/Hubbuna_uz/63

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
36
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
30 448
+30 за 4 дн.
Сутки
−6
−0,02%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
12,1 тыс
36 постов
Вовлечённость
39,8%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 36
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
8 274
1/48двое суток
9 482
1/72трое суток
10 226

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.1 659151

    без подписи

  • 15 авг.3 8858124

    без подписи

  • 15 авг.6 268252119

    без подписи

  • 13 авг.9 329364105

    Yotoqda erkak kishining hech qachon oshkor qilmaydigan eng katta qo‘rquvi Keling, har qanday kuchli erkak million dollarlik seyf kodi kabi sir tutadigan narsalar haqida gaplashamiz. Ayollar erkaklarga har doim jangovar filmlardagi o‘ziga ishongan superqahramonlardek qarashga o‘rganishgan. Go‘yo biz har doim, har qanday vaziyatda jasorat ko‘rsatishga shaydek tuyulamiz. Lekin bu shunchaki xomxayol. Erkak kishining yotoqdagi eng katta qo‘rquvi — jismoniy holatning pand berishi yoki texnikadagi xatolik emas. Har qanday erkakning yuragini ozdiradigan eng dahshatli narsa ayolining umidlarini oqlay olmaslik va uning ko‘zlarida afsusni ko‘rishdir. Ushbu qo‘rquv hatto eng kuchli erkakni ham bir zumda dovdiratib qo‘yishi mumkin. Erkak kishining fiziologiyasi uning ruhiy holati bilan bevosita bog‘liq. Agar u kun bo‘yi og‘ir ishda toliqqan, asabiy muzokaralar o‘tkazgan bo‘lsa yoki uni xohlamayotganingizni his qilsa, bu unga og‘ir botadi. Bunday paytda uning ichkida g‘alayon boshlanadi. Kichik bir yoqmagan harakat uchun xo‘rsinib qo‘ysangiz, qoshingizni chimirsangiz yoki, Xudo ko‘rsatmasin, piching qilsangiz, uning g‘ururiga halokatli zarba bergan bo‘lasiz. Erkak darhol o‘zini himoya qilishga urinadi. Hatto u o‘zini isloh qilishdan oldin siz bilan qayta yaqinlik qilmaslik haqida o‘ylay boshlaydi. Bu albatta o‘zaro munosaabatlaringizga, uning ishlariga salbiy ta'sir qilmay qolmaydi. To‘g‘ri, siz ham aloqada qoniqish hosil qilishni xohlaysiz, ammo ish bo‘lib o‘tgandan keyin qosh-u qovoq bilan munosabat bildirish kerak emas, mavridi bilan ochiq, samimiy suhbatlashish kerak. Ayni o‘sha vaziyatda esa, shunchaki uni bag‘ringizga bosing, bo‘ynidan o‘ping va baribir u zo‘r ekanini, uning yonida bo‘lishning o‘zi siz uchun katta baxt ekanini chin dildan pichirlang. Hayotda har xil holat bo‘lishi, muammolar, stresslar unga ta'sir qilgan bo‘lishini aytib, aybdorlik hissidan xalos qilishga intiling. Zaif vaqtida qo‘llab-quvvatlaganingiz har qanday erkak kishini haqiqiy pahlavonga aylantiradi. O‘sha onda uni noqulay vaziyatdan olib chiqqaningizni umrining oxirigacha unutmaydi. Bunday ayolni erkak kishi ham qo‘llab-quvvatlaydi, umrining oxirigacha qo‘yib yubormaydi. Dima #tarjima @Mubosharat

  • 12 авг.11,8 тыс414279

    — Inson uchun eng yaxshi shifo muhabbat va e’tibordir. — Foydasi bo’lmasa-chi? — Unda miqdorini oshirish kerak! #tarjima @Mubosharat

  • 11 авг.13,6 тыс474114

    Amallab bolalarni uxlatib olgandan keyin yoki kechasi bir uyg'onib ketganingizda bolalar uxlaganini bilib qolgach, darhol juftingizni turtib, uni aloqaga chorlamang. Avvalo o'zingiz tayyorlaning: qovuqni bo'shating, yuz-qo'lingizni yuving va hokazo. Keyin uning yoniga kelib, sekin o'pib, quchish bilan unda aloqaga rag'bat uyg'oting. Albatta, u ham o'ziga kelib olgach, tayyorgarlik ko'rib oladi, bundan g'ashingiz kelmasin. Ana undan keyin bemalol harakat qilaverasizlar. #tavsiya @Mubosharat

  • 10 авг.12,6 тыс9058

    Muammoning yechimi Koʻpgina muammolar janjal qilishga arzimaydi. Oilada turli xil kelishmovchiliklar boʻlib turishi tabiiy hol. Er-xotin bir-birini yanada yaxshiroq oʻrganib, tushunishga harakat qilsa, janjallar ham kamayib boradi. Aksariyat muammolar oʻzaro suhbat orqali yechiladi, faqatgina ikkala tomon ham bir-birlarini hurmat qilgan holda, boshqalarni aralashtirmasdan gaplashib olishi lozim. 📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos Kitobni xarid qilish | Kitobning elektron va audio shakli Yanada ko'proq iqtiboslar

  • 10 авг.12 тыс4935

    Tez bo'shanishdan shifo topgan o'n nafar o'quvchining fikri: 1. Mingdan ming roziman. 2. Yanada yaxshiroq hayot kechirish... 3. Tabiiy davo. 4. O‘zim nazorat qilaman. 5. Urologga borib ham... 6. Hayotimda haqiqiy o‘zgarish bo‘ldi. 7. Yurgan ekanman-da... 8. Endi ishondim. 9. 7-8-kunlarda o‘zgarish boshlandi. 10. 2-3 taga quvvatim yetyapti. #tez #TOP10 Mahsulot haqida batafsil Xarid qilish

  • 10 авг.13,4 тыс456138

    Rustamjon domla yozibdilar: Bilib qo‘ygan yaxshi. Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ummat uchun ota o‘rnida bo‘lganlar, har narsaning odobi, haq-huquqini o‘rgatganlar, hatto hojat va to‘shak odobigacha, masalan: «Sizlardan biringiz xotini bilan jinsiy yaqinlik qilsa, u (xotini) ham o‘z ehtiyojini qondirmaguncha shoshilib chetga chiqib ketmasin. O‘zi qanday qilib ehtiyojini qondirishni xohlasa, xotinining ham ehtiyojini shunday qondirsin». #Erkaklar @Mubosharat

  • 10 авг.14 тыс321118

    Ayollar ayollarga ham ko‘rsatishi mumkin bo‘lmagan tana a'zolari bor — kindikdan tizzagacha. Yozda, issiqda bemalol bo‘lib qolmanglar deb eslatyapman. Xuddi shuningdek, erkaklar ham ayni shu hududlarini erkag-u ayolga ko‘rsatmasligi kerak — o‘rtoqlar bilan dachaga chiqqanda, saunaga tushganda ham! Er-xotin orasida esa chegara yo‘q — xohalagan joyni, xohlagancha ko‘ravering! Uyda farzandlar katta-kichikligiga ko‘ra bu hududlarni o‘zingiz belgilaysiz. Oq-u qorani tushunadigan bolalaringiz oldida o‘ta ochiq yurilmaydi. Bu yerda yana bir ajoyib hikmat bor: ayol va erkakning boshqalarga —hatto erkaklar erkaklarga, ayollar ayollarga ko‘rsatishi mumkin bo‘lmagan hududi bor ekan, bu joylarni erkak ayolga, ayol erkakka ko‘rsatishi mutlaqo mumkin emas! Agar shu holat yuz bersa, katta ehtimol bilan ikkisi orasida buzuqchilik sodir bo‘ladi. Shuning uchun bunday iflos ishlarga yaqinlashmang. Bu avvalo libosingizga ahamiyat berish bilan bo‘lar ekan. #Eslatma @Mubosharat

  • 9 авг.13,6 тыс514146

    Agar erkak kishi ko’chaga chiqqanda har xil ovqatga ko’zi tushaversa, ayniqsa, mazali, chiroyli taomlar e’tiborini tortsa, ayoli pazanda bo’lishga majbur bo’ladi. #tushungan_tushundi @Mubosharat

  • 9 авг.14 тыс26095

    O‘ZINGIZNI ERKIN HIS QILING Ishdan, ko'chadan uyga kelganingizda «zirh»ingizni yechib qo'ying. Ishda qattiqqo'l rahbar yoki jiddiy xodim bo‘lishingiz bo‘lishingiz mumkin. Lekin uy — bu dam olish, yengillik, halovat maskani. Turmush o'rtog'ingiz va bolalaringiz bilan munosabatda jiddiy bo'lib olmang, uncha-muncha gaplarning ostidan gap topishdan tiyiling. Yengil sanaydigan, kengbag'ir bo'ling. Hazil-huzul qiling. O'zingizni erkin qo'ying. Mana shu ichki erkinlikni yotoqxonaga ham olib kiring. Chunki aynan shu erkinlik juftliklarga juda kerak — ko‘pincha yetishmaydi. Maqsad tezda tugatib olish, vazifani bajarish bo'lmasin. Maza qilib ishq o'yinlari o'ynanglar! #Tavsiya @Mubosharat

  • 8 авг.11,8 тыс1129

    Kanalimizning sodiq obunachilari, muntazam kuzatuvchilariga ma'lumki, biz bir necha oydan beri ixtiyoriy xayriya tashkil qilib kelyapmiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga tashakkur. Foydangizga guvohlik beraman, inshaalloh. Tushgan pullar faqat haqdor oilalarga ro'zg'orlik, dori-darmon, kiyim-kechak kabi kamlar uchun yetkazilmoqda. Bunga shaxsan o'zim mas'ulman. Ushbu xabarni ko'rgan har bir kishini kamida 10 ming so'm xayriya qilib bo'lsa ham ajr karvoniga qo'shilib qolishni taklif va iltimos qilaman. Sababi haqdorlar bor, oz bo'lsa ham davomiy yaxshilik qilaylik, uzilib qolmasin. Karta raqam: 9860160605493933

  • 8 авг.12,3 тыс59563

    Ukalar, erkak kishi faqat yotoqda "ish ko'rsatish" bilan erkakligini isbotlamaydi. U har jihatdan yetuk bo'lishga intilishi kerak: moddiy, ma'naviy, jismoniy. Ayolingizning yetarli ehtiyojini qilib bera olmay, hadeb yotoqqa chorlayverish bilan oila farovon bo'lib qolmaydi. Bunday vaziyatda ko'proq yotoq haqida emas, ish haqida, pul topish haqida o'ylash kerak. Ma'naviy jihatdan ham oila yuritish, ayolga qanday muomala qilish ilmlari va shaxsiy kamolot sifatlariga ega bo'lishga harakat qiling. Bularning hammasi jamuljam bo'lib bir butun erkakni tashkil qiladi. Ayollardek noz-karashma qilib gapiradigan kishi garchi bola tug'dira olsa-da, uni yetuk erkak deb bilmaymiz. Shunday ekan, boshqa kamchilklarimizni ham bartaraf etishga harakat qilaylik. Fikrimga qo'shilsangiz, 🔥 #Erkaklar @Mubosharat

  • 7 авг.13,6 тыс292150

    Yaqinlik paytida ayol kishining ruhiyatini to‘liq o‘zingizga bog‘lab olishning bir yo‘li bor: jarayon davomida uning ko‘zlariga qarash. Ayollar uchun aloqa faqat jismoniy ehtiyoj emas, birinchi navbatda tuyg‘ular almashinuvidir. Aloqa paytida ko‘zlarni yumib olish yoki nigohni olib qochish ayolga "u faqat o‘zini o‘ylayapti" degan sovuq signalni beradi. Nigohlarning to‘qnashuvi va uning reaksiyasini kuzatish esa ayolda o‘zini kerakli va jozibali his qilish tuyg‘usini uyg‘otadi. Bu esa aloqa zavqini oshiradi. #Erkaklar @Mubosharat

  • 7 авг.15,4 тыс51180

    Spermatozoid o‘lchami atigi 0,05 millimetr. Lekin gavdasiga nisbatan olganda, u hatto dunyoning eng tezkor suzuvchilaridan ham ilgarilab ketadi. Masalan, mashhur olimpiada chempioni Maykl Felps suvda bir sekundda o‘z bo‘yidan 1,1 baravar uzoqlikka siljiy oladi. Spermatozoid esa o‘z harakati bilan bir sekundda o‘z bo‘yiga teng masofani bosib o‘tadi. Tasavvur qiling, u inson bo‘yi o‘lchamida bo‘lganida, suvda har qanday professional sportchidan ikki baravar tezroq suza olgan bo‘lardi. @Mubosharat

  • 6 авг.15,6 тыс3673

    Ba’zi sahifalarimiz: @Yechimhubbuna — oilaviy munosabatlar bo’yicha savol-javoblar @Hubbuna — er-xotin orasidagi munosabatlar, muhabbat haqida @GiyosiddinYusuf — Bosh admin sahifasi @Qalamahli — kitob yozish, sahifa yuritish haqida @Tarbiyachi_iqtibos — kitoblardan iqtiboslar @Tarbiyachi_taqriz — kitoblarga taqrizlar

  • 6 авг.15,9 тыс542235

    Ochig'i, erkak kishi ayolini xursand qilish uchun ancha harakat qilishi kerak. Eng kamida bitta gul olib kelishi, shirin so'zlashi va hokazo. Ammo ayol to'rli kiyim bilan ham turmush o'rtog'ini xursand qila oladi. #tabassum @Mubosharat

  • 6 авг.16,7 тыс339214

    Erkak kishi uydagi mayda-chuyda kamchiliklarni deb xotiniga baqirayotgan bo‘lsa, ayb har doim ham o‘sha sho‘r ovqatda yoki dazmollanmagan ko‘ylakda bo‘lavermaydi. Ko‘pincha hamma gap "yotoqxonadagi ochlik"da bo‘ladi. Erkak kishi juftidan to‘laqonli rozi bo‘lsa, uydagi mayda xatolarni ko‘rmaydigan bo‘lib qoladi. Aksincha, u yerda halovat bo‘lmasa, erkakning tili zahar, fe’li esa tor bo‘lib boraveradi. Ayollar haqida ham ayni shu gap! @Mubosharat

  • 5 авг.15,1 тыс15294

    Otalarga Bolalarning faqat ta’minotini qilish oila buzilganda ham otaning zimmasida bo‘laveradi. Shunday ekan, bir oila ekaningizda farzandlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularni tarbiyalash, parvarish qilishda ayolingizga ko‘makla­shing! Ba’zi otalar bolalarining tarbiyasi bilan umuman shug‘ullanmaydi. Ular uchun bolani yedirib-ichirib, kiyintirib qo‘yayotgani kifoyadek! Ishdan keladi, bolalarning ovozini ham eshitgisi kelmaydi: “Charchadim, xonangga bor!” – deydi. Ona ham kun bo‘yi uy ishlari va boshqa yumushlar bilan band bo‘lgan, bo‘sh qolsa, telefon chuqalagan, endi televizor ko‘radi. Bolalar o‘zlaricha katta bo‘lib qolaveradi. Hatto ota-ona ularga e’tibor qilmaganidan bolasiga bir qarab qo‘yib, “Katta bo‘lib qolibdi!”, “Bo‘yi bo‘yimga yetay deb qolibdi!” deb qo‘yadi. Shu bilan faxrlanadi! Ha, yedirib-ichirib bo‘yini o‘stirib qo‘ydingiz, lekin tarbiya-chi? Odob-axloq, ta’lim-chi?! Yana undan biror yoqmaydigan ish sodir bo‘lsa, koyishni, so‘kishni biladi. “Kim seni bunday buzyapti?” – deydi. Buzilishidan oldin tuzukmidi?! O‘zi, umuman, atrofida kimlar borligiga qiziqdi­ngizmi: o‘rtoqlari kim, qaysi qo‘shnilar bilan birga yuribdi? Ular farzandingizning tarbiyasini buzishdan oldin siz tarbiya bergan bo‘lishingiz kerak edi, ularga qo‘shilmaslikni o‘rgatishingiz kerak edi! Uyda undan afzal muhit bormidiki, ko‘chadagilarni gapirasiz?! Ba’zilar bor aybni maktabdagi o‘qituvchilarga yuklaydi: shular qaramagan, mening bolam o‘zi esli edi, “Ustozing nima o‘rgatyapti o‘zi?!” deb. To‘g‘ri, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga maktabdagi ustozlar ham ma’lum bir miqdorda mas’ul, lekin asosiy vazifa ota-onada bo‘lib qolaveradi. Shuning uchun bola maktabga chiqqandan so‘ng uning tarbiyasidan xotirjam bo‘lib qolish noto‘g‘ri. Farzandlarimiz necha yosh bo‘lishidan, qayerda o‘qishidan qat’iy nazar ularning tarbiyasiga e’tiborli bo‘laylik! 📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos Kitobni xarid qilish Yanada ko'proq iqtiboslar