tgindex
Yechim

Oila, farzand tarbiyasi, kitoblar mavzusidagi savollaringizga G'iyosiddin Yusuf javob beradi.

Последний пост
06:26
Последнее чтение
10:56
Постов за неделю
14
Всего постов
209
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
6 000
+1 за 5 дн.
Сутки
+4
+0,07%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 452
40 постов
Вовлечённость
40,9%
к подписчикам
Постов в день
2,0
всего 209
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 859
1/48двое суток
2 130
1/72трое суток
2 297

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ASOSSIZ AJRIM VA BERILMAGAN MAHR Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Turmush qurganimizga 10 oy bo‘ldi, 6 oy birga yashadik. Kichik kelishmovchilik katta janjalga aylanib, erim: "Men bilan ajrashasan", deb turib olgan. Qancha gapirilsa ham, so‘zi o‘tadigan kattalar ham, o‘zining ota-onasi ham ko‘ndira olgani yo‘q. Ajrim uchun jiddiy sabab yo‘q, u menga sabab keltira olmayapti. Faqat juda ham zudlik bilan ajrashishimiz lozimligini aytyapti. U menga mahr bermagan va ota-onam sovg‘a qilgan qimmatbaho tillani bermayapti, men esa talab qilyapman. Berishni xohlamayapti ikkisini ham. Shu holda undan norozi bo‘lsam ham ajrashaymi yoki haqqimni talab qilaymi? G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Baribir ajrashishga to'g'ri kelsa, talab qiling: mahringizni ham, tillani ham oling. Lekin imkon qadar yaxshilikcha bo'lsin bu. #Muammo

  • 15 авг.1 234636

    MOS DUNYOQARASH VA IKKILANAYOTGAN KO‘NGIL Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Ustoz, Allohim sizni xayrli yaxshiliklar bilan siylasin! Sizga hurmatim baland! Yoshim 23 da. Uydagilar bir yigit bilan uchrashib ko‘rishimni aytishdi. Ko‘rishdim: ilmli, odobli, taqvoda ham qat’iyatli ekan. Kitoblar o‘qishi va dunyoqarashlarimiz, kelajakdagi maqsadlarimiz ham ma’lum ma’noda o‘xshash ekan. Uning xohishi bilan 3 marta ko‘rishdik, suhbatimiz yaxshi bo‘ldi. Istixora qildim (hozircha 1 marta, yana o‘qiyman), ijobiy ham, salbiy ham belgi bo‘lmadi. Lekin mening ko‘nglim chopmayapti u yigitga ("jizz" etmadi ko‘nglim). Nega ekanini ham bilmayman. U yigit bilan unashtirilsam, qalbim yorishmaydigandek. Yaxshi xislatlarga ega insonga nisbatan ham shunday bo‘lishi mumkinmi? Yoki bu har bir qizda bo‘ladigan xavotir va ikkilanishmi? G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. — Uch marta ko’rishish oshiqcha. — Ish bir tomonga yurmaguncha istixora qilish kerak. — Siz jiz etmaganidan bunday bo’lyaptimi yoki xavotirlanyapsizmi — aniqlashtirib oling. Jiz etsa, yaxshi, lekin uningsiz ham oila qurish mumkin. #Oila_qurish

  • 14 авг.1 6251425

    Ba’zi sahifalarimiz: @Mubosharat — er-xotin orasidagi xos munosabatlar haqida @Hubbuna — er-xotin orasidagi munosabatlar, muhabbat haqida @GiyosiddinYusuf — Bosh admin sahifasi @Qalamahli — kitob yozish, sahifa yuritish haqida @Tarbiyachi_iqtibos — kitoblardan iqtiboslar @Tarbiyachi_taqriz — kitoblarga taqrizlar

  • 14 авг.1 919616

    DOIMIY XIYONAT VA ERNING BEFARQLIGI Assalomu alaykum. Xo‘jayinim haqida hech birovga arz qilmaganman — onasiga ham, onamga ham. Shuning uchun yozish biroz noqulaylik qildi, lekin chorasizman. Menga xo‘jayinim to‘yimizdan beri yashirincha xiyonatlar qilib kelgan. Baribir Alloh bildirib qo‘yaverardi, men telefonlarini hech titib ham o‘tirmaganman. Juda sodda bo‘lgan ekanman, hozir bo‘lsa haqqimni so‘rab olyapman. Chunki xiyonatlari orqali boshqalarga juda mehribon, shirinso‘z insonligini bilib qolganman. "Menga ham shirin so‘z gapiring yoki chiroyli muomala qiling", desam, "Bunaqa muomala faqat ko‘chadagilarga bo‘ladi, xotinga emas", deydi. Menga ko‘proq jerkib muomala qiladi, juda qattiq chegaralar qo‘ygan. Shukur, ikkita o‘g‘il farzandimiz bor. Tarbiya borasida qo‘rqaman. Qo‘limdan kelgancha Allohni tanitib, kitoblar o‘qib beraman, Payg‘ambarimizni (s.a.v.) o‘rnak qilib ko‘rsataman. Xo‘jayinimning oilaga, bolalarga vaqti yo‘q. "Senlarning qornini to‘ydiraman deb yoshligim o‘tib ketyapti, shukur qil shungayam", deydi. "Qorin to‘ydirish otaning zimmasida, tarbiyani sen berasan", deydi. Lekin men tarbiyada otaning ham o‘rni katta deb o‘ylayman. Kuzatsam, men ko‘p gapirib anglatganimdan ko‘ra, otasining qilganini tez olishyapti. Aslida bu yozganlarim ko‘rgan zulmlarim ichida hech narsa emas. Oxirgi paytlar to‘lib ketyapman, jonimga og‘irlik qilyapti. Ochiq gaplashib olganimda esa oxiri aybni o‘zimga qo‘yadi va kaltakning tagida qolaman. Bu holatda qanday yo‘l tutishim mumkin? Javob uchun rahmat. G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Bunday holatlarda er-xotin birgalikda yonimga kelsa, ikki tomonni ham eshitib, yechim berib, isloh uchun harakat qilamiz. Ammo bir tomonning gapi bilan, ajrashtirish yoki yarashtirish imkonsiz. Sizning gaplaringizdan kelib chiqsak, bolalar tarbiyasiga bee'tiborlik, qo'pol muomala, xiyonat kabi ishlari butkul noto'g'ri. Uni eshitsak, undan ham nimadir gap chiqishi yoki bularni inkor qilishi mumkin. Shuning uchun umumiy qoidadan kelib chiqib, imkon boricha orani yaxshilashga, islohga harakat qiling, yashay olmaydigan vaziyat bo'lsa, ajrashasiz. #Muammo

  • 14 авг.1 903706

    KO‘NGLIDAGI SOVUQLIK Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Turmush qurganimizga 1 yil bo‘ldi. Tashqi tomondan hammasi joyida ko‘ringani bilan, o‘rtamizda hech kim sezmaydigan sirli sovuqlik bor. Turmush o‘rtog‘imning g‘alati harakatlari va sababsiz kechikishlari menda qattiq shubha uyg‘otmoqda. Xususan: • Men uyda bo‘lsam ishdan juda kech keladilar, lekin ota-onamnikiga borsam, telefon qilsam soat 22:00 larda allaqachon uyda bo‘ladilar. • Ishlari yarim tunda tugamaydigan sohada bo‘lsa ham, ba’zan kechasi 00:30 larda kelib, men uxlaganimdan keyin — soat 02:50 larda yana ko‘chaga chiqib ketadilar. • Hatto yangi kelinlik vaqtimda ham shunday qilishar edi. Sababini xotirjamlik bilan so‘rasam, har xil bahonalar aytib qutuladilar. O‘zimni har tomonlama tahlil qildim: ortiqcha talab qo‘ymayman, gap qaytarmayman, doim ozoda bo‘lib, kulib kutib olaman. Shunga qaramay, bu holatning tagiga yetolmayapman. Eng og‘ir tomoni, ularni avval xiyonatda ham ushlaganman. Taxminimcha, asosiy sabab ularning mendan oldin boshqa qizni qattiq sevgani va ma’lum sababga ko‘ra to‘ylari to‘xtatib yuborilgani bilan bog‘liq. Ehtimol, o‘sha insonni hanuz unuta olmayotgandirlar... G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Taxminingiz to’g’ri bo’lishi mumkin. Sekin ko’nglini olishga harakat qilavering, hali unutib yuboradi uni. #Muammo

  • 13 авг.1 962649

    BEFARQLIK DEVORI Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Turmush qurganimizga 3 yil bo‘ladi. Bir nafar qizimiz bor. Boshida 6 oy mening ko‘nglim bo‘lmagan, lekin u ko‘nglimni olishga harakat qilgandi. Hozirda yorimni yaxshi ko‘raman va u ham meni yaxshi ko‘rishini xohlayman. Hozirgi vaziyatda esa, nazarimda, teskarisi — yorimning menda ko‘ngli yo‘qqa o‘xshaydi. Deyarli gaplashmaymiz. Hozirda Rossiyada, bahorda ketgan. O‘zim xabar olmasam, SMS yoki qo‘ng‘iroq qilmasam, haftalab ham bizni eslamaydi. Oramizdagi yosh farqi 2 yosh, u 23 yoshda. Ba’zan yosh uylangani uchun qiynalayotgandir deb tushunishga harakat qilaman. Lekin menga nisbatan sovuqqonligi, bee’tiborligi meni yomon yo‘lga boshlashidan qo‘rqaman. Ayol kishiman, menga e’tibor va mehr juda zarur. Bu vaziyat to‘g‘risida o‘zi bilan juda ko‘p yuzma-yuz gaplashganman — menga qanday muomala yoqishi, u uchun qanday bo‘lishim kerakligi haqida... Lekin foydasiz. Yaxshi ham gaplashganman, ba’zan ayolligimni unutib, baland ovozda ham gapirganman. Xullas, har yo‘lini qildim, o‘zim ham o‘zgardim. Endi qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Ajrashish qaroriga kelganman, lekin umuman iloji yo‘q, ota-onam umuman yo‘l qo‘ymaydi. G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Birinchi navbatda, birga yashashlaringiz kerak. Shuni talab qiling. #Muammo

  • 13 авг.2 0821038

    QAYNONANING SOVG’ASI Assalomu alaykum. Yoshim 23 da, unashtirilganman. Yaqinda to‘y. Ammo to‘ygacha bayramlarda ikkita bo‘lg‘usi qudalar dasturxon, sovg‘a-salom almashishar ekan. Kelin tomon (kelin va onasi) bir safar sovg‘a sifatida men uchun kiyim yuborgan edi. Bo‘lg‘usi kelinga boshqa kiyim yubormasligini yaxshilab tushuntirgan edim. "Havasimiz bor bizning ham, uydagilarim niyat qilgan ekan", degandi. Baribir bu menga to‘g‘ri kelmasligini qattiq tayinlagandim. Keyingi safar shu narsa qayta takrorlanibdi. Yana kiyim yuborishibdi. Boshim qotdi, nima qilay? Kelinga qaytadan gapiraymi yoki men juda g‘ururli bo‘lib ketyapmanmi? O‘zi umuman olganda, kuyov qaynonasi yuborgan kiyimni kiyishi durustmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Samimiy qilingan sovg’alarni qabul qilavering, ular majburiyat deb bilib qolmasa bo’ldi. Siz o’z tamoyilingizni aytgansiz, qayta gapirishga hojat yo’q. #Oila_qurish

  • 13 авг.2 096588

    AKA-SINGIL MEHRI VA TARBIYA MEZONLARI Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Mening 5,5 yoshli o‘g‘lim va 3,5 yoshli qizim bor. Ovsinim bilan birga yashaymiz. O‘g‘lim singlisiga nisbatan mehrsiz, qo‘polroq, birga o‘ynagisi kelmaydi, faqat ovsinimning kichik qizini ko‘proq o‘ynatadi. Ko‘chada ham boshqalar bilan yaxshi muomalada (kuzatsam). Lekin o‘ziga: "Singling bu, unga yaxshi bo‘lishing kerak", deb tushuntira olmayapman. Qizim akasidan qo‘rqadi, juda mehribon. Iltimos, maslahat bersangiz, nima qilsam bir-biriga mehrli bo‘lib o‘sadi? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Bolalar orasida biroz shunday noahllik bo'lib turadi. Bunga ko'proq o'zimiz sabab bo'lamiz — kichigi tug'ilganda kattasiga e'tibor qilmay qo'yamiz, ularni qiyoslaymiz, oralarida adolat qila olmaymiz va hokazo. Siz shu jihatlarga e'tibor qilish bilan oralarini yaxshilashga harakat qiling. #tarbiya

  • 12 авг.2 2077313

    QAYNONA-KELIN VA ER-XOTIN MUNOSABATLARI Assalomu alaykum. Alloh rozi bo‘lsin, manfaatli maslahatlar berasizlar. Turmush o‘rtog‘im bilan oramiz yaxshi edi. Kichik tortishuv, kelishmovchilik bo‘ldi: birga vaqt o‘tkazolmaganligimizdan shikoyat qilib arazladim va onamning uylariga borib, bir oz yozilib kelishimni so‘radim. Onalaridan ruxsat so‘rab berishini iltimos qildim, ammo u ham bilet olib berganini va borib kelishimizni aytibdi (viloyatdanmiz). Qaynona-qaynotamga: "Shunaqa, ertaga ketyapmiz", deb kechga yaqin bafurja aytdim. "Mendan so‘ramading, birinchi mendan, keyin eringdan so‘rashing kerak edi", dedi. O‘zining o‘rni yo‘qdek, biz bilan yashayotganiga ortiqchaday bo‘layotganini aytib, jerkib berdi. Tushuntirishimni gap qaytarishga, bezbetlikka yo‘ydi. Va erim bilan ham oramiz katta janjalga aylandi, qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘ldi. Ertasi kuni oldiga kirmadim va uydan chiqib, xafa bo‘lgancha ketib yurdik. Ayting-chi, bunday uchburchaklik dinimizda qayda? Axir erimdan ruxsat olgan bo‘lsam, o‘zi onasiga tushuntirsa bo‘lardi-ku. Alohida men ogohlantirsam kifoya emasmi? Er-xotinning orasiga qaynona tushishi, gaplar o‘zaro gaplashilmasligi bu qanaqa bo‘ladi? G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Er-xotinning orasiga qaynona tushmasin. Ayol eridan ruxsat so’rashi yetarli, ammo hurmati yuzasidan (urfdan kelib chiqib) qaynonasidan ham so’rasa, yaxshi bo’ladi. Albatta, qaynona ham izzatini bilgan holda bunday vaziyatda qarshilik qilmasligi kerak. Muammolaringiz tezda yechim topishining tilakdoshiman. #Muammo

  • 12 авг.2 219434

    O‘TISH YOSHIDAGI QIZ VA ONA-QIZ MUNOSABATLARI Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Jiyanim bilan bog‘liq muammoli vaziyat bo‘lyapti. Jiyanim 8-sinfda o‘qiydi. O‘tish yoshida bo‘lgani uchun o‘zgarib qolgan. Muomalasi ham, yurish-turishi ham anchayin o‘zgargan. Onasi bilan juda ko‘p tortishib qoladi, gap qaytaradi, xullas, juda sharttaki bo‘lib qolgan. Maktabda bir-ikkita dugonalari bor. Afsuski, ular yaxshi qizlar emas. Bunday holatda eng avvalo ona farzandiga ko‘proq e’tiborli bo‘lishi kerak. Ammo onasi ham ko‘p urishadi va hatto ba’zan uradi ham. Farzand tarbiyasida ona juda mas’uliyatli va dono bo‘lishi lozim, biroq uni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun onasida yetarli bilim yo‘q, nazarimda. Chunki qizi bilan chiroyli muomala qilmaydi va ona-qiz munosabatlari yaxshi emas. Bundan juda xavotirdaman. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak? Qanday qilib qizni to‘g‘ri yo‘lga solish mumkin? G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. - o’zingiz u bilan yaqin bo’lishga harakat qiling - yaxshi qizlar bilan dugona bo'lishiga harakat qiling - onasiga tarbiyaga doir kitoblar sovg'a qiling #Munosabatlar

  • 12 авг.2 247523

    MUSHFIQ KELIN Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Ustoz, qaynonam bilan kelisholmay qolyapman. Sababi — gapirayotgan gaplariga e’tibor qilmaydilar, og‘izlariga kelganini qaytarmaydilar. Juda ko‘p ahloqsiz gaplar gapiradilar. Hech narsani tushunmaydigan mushugimizgayam, 2 yoshga tolshga yaqin farzandimgayam, jahllari chiqsa mengayam... Bugun farzandim kulerning narsasini olib ko‘rayotganida, baqirib urushib tashladilar. Farzandimga bunday baqirishganini ko‘rib, nafratimni yashirolmadim, jahl bilan "Temagin shunga!" deb baland ovozda, g‘azab bilan gapirdim. Bunga qaynonam: "Manga jahl qilyapsizmi?" deb meni urushib ketdilar, qarg‘adilar ham. Baqiriqdan farzandim yig‘lab yubordi. "Buncha qarg‘averasiz?" deb farzandimni olib oshxonadan chiqib ketdim. Orqamdan: "Padaringga la’nat, ketingga tepib haydab yuboraman..." deb gapirdilar, senlab. Bu birinchisi emas. Biror narsa bo‘lsa, senlab, xohlagan gaplarini gapirishga o‘rganib olganlar. Bu holatga chidolmayapman. Nima qilay, iltimos, ayting? Nima qilsam gaplarini o‘ylab gapiradigan bo‘ladilar? Men hatto ota-onamdan ham bunaqa gaplarni eshitmaganman. Chidolmayapman. Iltimos, yechim bering, yo‘l ko‘rsating. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin! G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Farzandlaringizga ham baqirganiga qaraganda, faqat sizga bunday muomala qilaydi, boshqalarga ham shunday. Bunday tabiatli kishini birov gap bilan isloh qilishi amrimahol — o’zi istashi kerak. Faqat turmush o’rtog’ingiz gaplashib, biroz bosilishi mumkin. #Muammo

  • 12 авг.2 209614

    UZOQ MASOFA VA OTA-ONANING XAVOTIRI Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Savolim shundan iboratki: men Surxondaryodanman, hozirda Toshkentda sirtqi (zauchniy) ta’limda o‘qiyman va Toshkentda yashab qolmoqchiman. Bir qizda ko‘nglim bor, u qiz esa Namangandan. O‘ziga ko‘nglim borligini aytganman, u qiz ham rozi. Sovchi yubormoqchi bo‘lib turibman. Bungacha qiz ota-onasiga men haqimda aytgan, lekin masofa sababli ota-onasi rozi bo‘lishmapti. Ammo men Toshkentda qolishimizni aytganman va bunga yetarli sabablarim bor. Rozi bo‘lishmayotganiga yana bir sabab — ular oilada 4 qiz farzand, men sovchi qo‘ymoqchi bo‘lgan qiz esa kenja farzand. Opalari turmushga chiqib ketishgan, bitta opasi uyiga yaqin joyga tushgan. Men ko‘ngil qo‘ygan qiz ilm olishga qiziqadi, bu menga juda ma’qul va o‘zim ham qancha kerak bo‘lsa sharoit qilib berishga tayyorman. Hozirgi vaziyatda masofa qanchalik sabab bo‘la oladi? Shu sabablarni keltirishgani uchun harakatimni to‘xtataymi yoki ota-onasi bilan o‘zim gaplashaymi? Ikkilanib turibman, lekin o‘zim ota-onasi bilan gaplashishga ham tayyorman. Iltimos, qimmatli vaqtingiz va maslahatlaringizni ayamasangiz. Oldindan rahmat! G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Sabab bo’la olmaydi, gaplashing. #Oila_qurish

  • 11 авг.2 3151607

    SINGILNING XATOSI Assalomu alaykum. Ko‘p vaqtdan beri so‘rash yoki so‘ramaslik haqida ikkilanib yurgandim. Savolim shundayki, men o‘zim 24 yoshdaman, singlim 19 yoshda. Singlim bir yigit bilan gaplashadi, uydagilar qancha gapirsak ham to‘xtatmayapti. Bizga "Gaplashmayman", deydi, lekin telefonini tekshirganimizda hali ham aloqalarni uzmaganini bilamiz. Shunchaki telefonda gaplashish emas, orada uchrashuvlar ham bo‘lib turadi. Buni qanchalik yomon ekanini men o‘zim yaxshi bilaman, lekin bizning aytganimizga ko‘nmayapti, qancha urush-janjal bo‘lmasin, foydasi bo‘lmadi. Iltimos, nimadir maslahat bering! (Qo‘shimcha qilishim kerak: yaqinda Hayit kuni ham opam urishgan edi, u dori ichibdi). G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. O’sha yigit o’ziga o’xshagan bo’lsa, uzatib yuboringlar. #Oila_qurish

  • 11 авг.2 661843

    QAYNONA-QAYNOTA TAZYIQI Assalomu alaykum. Turmush qurganimizga 3 yil bo‘ldi. Qaynona-qaynotam bilan haligacha kelisholmayman. Birinchi qilgan xatoyimdayoq ajrashtirmoqchi bo‘lishadi. Hozir ham ota-onamni chaqirib, "Bo‘ldi, ajrashadi", deb jo‘natib yuborishdi. Erim: "Yashayman, oxirgi marta harakat qilib ko‘raylik", desa ham ruxsat berishmadi va oxiri u ham ularning gapiga kirib, meni haydab yubordi: "Bor, ket", deb. Uch haftadan beri qizlik uyimdaman. Uydagilar boshqa davlatga dam olgani ketishyapti, meni ham olib ketishmoqchi. Shunday holatda men erimga aytishim kerakmi "Ketyapman", deb? Lekin men bilan gaplashmayapti, umuman yo‘q. Bir marta qo‘ng‘iroq qilsam ham ko‘tarmadi. G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Bunday holatda uydagilaringiz boshqa davlatga ketishi emas, qudanikiga sizni olib borib, yarashtirib qo'yishi kerak. Agar bunday qilmasa ham siz turmush o'rtog'ingizning ruxsatisiz nafaqat boshqa davlat, boshqa viloyatga ham chiqa olmaysiz. Toki uning nikohida ekansiz, haqlariga rioya qilishingiz kerak. Agar buni istamasangiz, ajrashish kerak. Ammo bu holatda kattalar oraga tushib, yarashtirishsin, alohida yashashga harakat qilinglar. #Muammo

  • 9 авг.3 3072019

    XAVOTIR Assalomu alaykum. Turmush qurganimizga 7 oy bo‘ldi. Homiladorman. Turmush o‘rtog‘imning fe’llari yaxshi, menga yaxshi munosabatdalar. Ishlaydilar va ishdan bo‘sh vaqtlarida telefonlari bilan bandlar (kino, dasturlar va o‘yinlar o‘ynaydilar). Har safar: "Boshqa foydaliroq narsalar bilan shug‘ullaning, ertaga farzandimizga ham yomon o‘rnak bo‘lasiz", desam, "Men shundan dam olaman", deydilar. Telefonlari orqasidan bir necha marta urishib ham qoldik. Nima qilishni maslahat berasiz? Farzandimizni go‘zal tarbiya qilishni xohlayapman. G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Biroz o’zi uchun yashashiga ham qo’yib beravering. Farzandli bo’lganlarizda unga ham vaqt ajratadi deb o’ylayman. #Munosabatlar

  • 8 авг.3 56513517

    REJASIZ HAYOT Assalomu alaykum. Erim bilan er-xotinlik munosabatimiz joyida, ammo partnerlik qilmaydi. Ya’ni pulni o‘zi topadi, o‘zi yo‘qotadi. Juda ko‘p qarzga kirib ketgan. Nima qildi u pulni, qayerga ishlatdi, nega qarz oldi, endi nima qilmoqchi, oylik maoshi qancha, ertaga nima rejasi bor, kelajakda qayerda yashaymiz (vatanimiz yo‘q) — bular haqida maslahatlashmaydi. Umuman reja tuzmaydi yoki rejalarini aytmaydi. Allohning bergan kuni shu bugun ekan deb yashaydiganlardan. "Tejab-terganimizga biror yer olishimiz kerak, nima qilmoqchisiz?" desam, indamaydi. Arazlab, qattiq gapirib ham qarz haqida bilolmadim. "Seni qo‘ysam qo‘yaman, lekin senga hisob bermayman", deydi. Ota-onasiga hisob bermagan, men kim bo‘libman ekan. Bu kishini qanday odam qilsam bo‘ladi deb boshim qotgan. Yaxshi gapirib ham, yomon gapirib ham ko‘rdim, pul borasida umuman rejasi, bilimi yo‘q. G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Turmush o’rtog’ingizning moliyaviy bilimga ega bo’lishi, kelajaklaringiz haqida qayg’urishingiz tahsinga sazovor. Ammo oilaning moddiy ta’minoti erkak kishining zimmasida. Shuning uchun siz “Uni qanday odam qilsam” deb tashvish qilmang. Moliyaviy bilimi ziyoda bo’lishi uchun kurs va kitoblar taklif qiling, ammo hisob so’rashdan yiroq bo’ling. Sekin u ham reja tuzadigan bo’lar, balki sizga ham aytar. Erkak kishi moddiy holatini yashirishi ayolini avaylaganidan, uni uzoq tutganidan emas. Moddiyat haqidagi o’ylar nozik xilqat vakillari uchun og’irlik qiladi. O’zingizni bo’sh qo’ying, Yaratganga, so’ngra unga ishoning, tavakkal qiling. #Munosabatlar

  • 8 авг.3 190492

    ICHKILIK OQIBATI VA TINCHLIK QIDIRIB Assalomu alaykum. Qaynotam ichkilikka berilgan, oilaviy muhit juda yomon, tinchlik yo‘q. Kun-u tun ishga qaytay desam, qo‘limda 6 oylik bolam bor. Xo‘jayinim yagona o‘g‘il, ko‘chaning odami, ishda bo‘ladi. Qaynotam qaynonam bilan urishadi, meni ko‘rsa "Urishadi", deb qizlarınikiga ketadi yoki bizning uyimizda uxlaydi. To‘g‘risi, asabim qolmadi. Ichib-ichib, oxiri o‘ta og‘ir darajaga kelsa, joy-joyiga qo‘yib davolanadilar. Keyin tuzalib, yana boshlayveradi. Umra safaridan so‘ng 1 yil ichmadi, xolos. 1 oydan oshdi, yana ichyapti. Men 10 yilga qariganga o‘xshayman, mazam yo‘q. Oyoq-qo me’yorida emas, qaltiraydi. Ozgina shovqindan ham bezovta bo‘laman, muhitdan charchadim. Yeb-ichishda ham halovat yo‘q, bolalarim ham shu muhitda katta bo‘lyapti. To‘g‘risi, "Menga nima?" deb yashay olmayman. Maslahat bering, qanday yo‘l tutay? G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Sizning holatingizni tushunib turibman, oson emas. Oʻzi oson, isloh qilsin. Muammoning ildizi oila qurishda xato tanlov qilishda boʻlishi mumkin. Hozirgi holatingizga esa "Mayli, ajrashavering" degandan koʻra oilani "davolash"ni, hammasini iziga tushirish uchun birgalikda harakat qilishni tavsiya qilaman. Ajrashish eng oxirgi chora. #Muammo

  • 8 авг.2 918644

    OTA RIZOLIGI 2 Assalomu alaykum. Biz bir yigit bilan bir-birimizni yoqtiramiz. U oldin uylanib ajrashgan, bitta qizi bor. Xotini bilan aloqasi yo‘q, faqat qizi bilan bor, aliment to‘laydi. Mening esa birinchi turmushim bo‘ladi. U ilmli, o‘qigan, dinni tushunadigan inson. Otam esa unga turmushga chiqishimga qarshi: "El-yurt oldida sharmanda bo‘lasan, ertaga ustingga kelib o‘tiradi, hech narsa qilolmaysan", deb meni boshqa bir yigitga bermoqchi. U o‘qimagan, menga kitob o‘qimaydiganlar yoqmaydi va unda ko‘nglim yo‘q. Endi u bilan turmush qursam, xohlamagan insonim bilan qanday yashayman? Agar unga bormasam, otam mendan norozi bo‘lishini aytdilar. G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Ajrashgan inson munosib juft bo’lsa, ota-onangizni ko’ndirishga harakat qilsin. Ko’nishmasa, hozir emas-u, keyinroq boshqa biriga turmushga chiqarsiz — munosibiga. #Oila_qurish

  • 8 авг.2 963521

    QALBDAGI YUK VA UNUTILMAS OG‘RIQ Assalomu alaykum. Turmushga chiqqanimdan so‘ng bir oy o‘tishi bilan erim chetga ketdi. Erim ketishi bilan qaynonam men olib kelgan sarpolarimni tanqid qilib, o‘zining noroziligini bildirdi va kiyimlar uchun sarflangan mablag‘ni yuzimga soldi. Orada homiladorligimni bilib ham, menga ruhiy zo‘g‘am o‘tkazdi. Hech ham u ayolning yangi kelinga aytgan gapiyu keyinchalik qilgan ishlariga ko‘z yumib, kechira olmayapman. 3 yil bo‘lyapti, hanuz o‘sha ayolning ko‘rsam, ovozini eshitsam, hech narsaga qo‘lim bormaydi, gaplashgim ham kelmaydi. Erimning yuzidan chidayman. Ammo qalbimda og‘irlik bordek bo‘lib yashayman, qandaydir yuk bilan. Nima maslahat bera olasiz? Avvaldan rahmat! G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Alloh sizni kechirishini xohlasangiz, kechiring. Bo’lmasa, ixtiyoringiz. #Muammo

  • 8 авг.3 211253

    INJIQLIK, ZULM Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Oila qurganimizga 1 yil bo‘ldi, bir nafar qizimiz bor. Qaynona-qaynotam bilan birga yashaymiz. Qaynotam juda injiq, qaynonam ham shunday. "Yoshlari katta", deb tushunishga, Alloh yo‘lida beminnat xizmat qilishga harakat qilaman. Lekin ba’zida qaynotamning zulmlari o‘tib ketadi. Hatto o‘g‘li bilan ham oralari yaxshi emas. Qaynonam turmush o‘rtog‘imning o‘z onasi emas, uni tushunmaydi. Ota-bola nizosi to‘xtamaydi. Qaynotam ozgina narsaning ustida ham asabiylashib, ovozini ko‘tarib tashlaydi. Zavjim ancha bosiq, "Xo‘p", deb qo‘yadi, lekin uning ham asablari tugab, gap qaytaradigan bo‘lyapti. Qaynotam menga ham aralashib, uxlasam ham, tursam ham kesatiq va do‘q-po‘pisalar qiladi. Hozir zavjim ham ishlamayapti, oilaviy sharoitimiz yomonlashgan. Qaynotamning baqirishlaridan yuragim bezillab qolgan. Zavjimning ham otasiga mehri yo‘q. Nima qilsam bo‘ladi? Zavjimni ota-onasiga mehribon qilish va qaynona-qaynotam bilan tinch-osuda yashash uchun maslahat bering. Nima bo‘lsa ham shular norozi bo‘lib ketishmasin, rozi bo‘lib duo qilishsin deb harakat qilaman. G‘iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Bunga o’xshash savolga javob berilgan: https://t.me/Yechimhubbuna/1076 #Muammo