Napoleon Bonapart
СтатистикаNapoleon Bonapart - buyuk imperator tarixi haqida so'zlovchi ma'rifiy kanal. Kanalimiz 2022-yil 30-noyabr tashkil qilingan.
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 133
- 1/48двое суток
- 152
- 1/72трое суток
- 164
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Artur Wellingtonning bugungi avlodlari @NapoleonBonapart01
Aytishlaricha, Prussiya va Fransiya oʻrtasida 1806-yili nizo chiqib, yangi urush alanga olgach, bir guruh pruss ofitserlari Fransiya elchixonasi oldiga borib, elchixona zinapoyasiga qilichlarini charxlash orqali, raqibga nisbatan ochiq nafrat va masxara namoyon qilishadi. Prusslar gʻalabaga juda ishongan edilar. Ammo, oradan atigi 1 oy oʻtib, Napoleon armiyasi Prussiya armiyasini magʻlub qiladi va mamlakat mustaqilligini amalda boy beradi. Eng qizigʻi, elchixona yonida hurmatsizlik amalga oshirgan boyagi ofitserlar asir olinib, aynan shu bino yonidan olib oʻtiladi. Aytishlaricha, ular marshal Ojerodan oʻzlarini xo'rlamasligini iltimos qilishgan, marshal esa buni rad etgan ekan. @NapoleonBonapart01
Napoleon davrining eng katta janglari 🗡📜 @NapoleonBonapart01
Fransiya marshallar terma jamoasi. Bosh murabbiy Napoleon Bonapart. @NapoleonBonapart01
"Butun Fransiya mening qoʻlimda". 1717-yili rus imperatori Pyotr I fransuz qiroli Lyudovik XV bilan uchrashish uchun Parijga yoʻl oladi. Fransiya poytaxtida ikki qirol oʻrtasida diplomatik protokol asosida uchrashuv boʻlishi lozim edi. Oʻsha paytda fransuz qiroli Lyudovik atigi 8 yoshli boʻlib, Pyotr u bilan teng asosda koʻrishishni xohlamay, bolakayni dast koʻtarib oladi va yuzidan oʻpib, "Butun Fransiya mening qoʻlimda" deb omma oldida jar soladi. Ham kulgili va ham fransuz qiroliga nisbatan hurmatsizlik deb baholangan harakat Yevropada shov-shuvga aylanadi. Pyotr va Lyudovikning bu uchrashuvi haykallarda tarixga muhrlangan. @darkmannhistory
Napoleon va fransuz inqilob urushlarida qatnashgan va eng uzoq umr ko’rgan veteranlar: 1.Elias Kalinskiy (1794-1911). 117 yil. Millati ukrain. 2.Gert Bumgard (1788-1899). 110 yil. Millati golland 3.Pedro Martines (1789-1898). 109 yil. Millati ispan 4.? Materi (1790-1899). 109 yil. Millati italyan 5.Vinsent Markevich (1794-1903). 108 yil. Millati polyak 6.Mister Gering (1786-1893). 107 yil. Millati nemis 7.Vasiliy Kochetkov (1785-1892). 107 yil. Millati rus 8.Jan Adren (1797-1902). 105 yil. Millati rus 9.Gaspar Vaskes (1787-1892). 105 yil. Millati ispan. 10.Lui Viktor Bayo (1793-1898). 104 yil, Millati fransuz. Bu ro’yxat tugal emas. Misol uchun, 1912-yili 2 polyak o’zini Moskva jangi (1812) da qatnashganini da’vo qilgan. Oldinroq, biz 126 yil yashagan Saven haqida ham yozgan edik. Ammo, ularni ro’yxatga qo’shish uchun dalillar yuz foiz to’liq emas. Rad qiluvchi asoslar bor. Suratda, Lui Jozef Kaes - Vaterlou jangining veterani. @NapoleonBonapart01
Napoleon ashaddiy raqibini “qiyomatli do’st” ga aylantirgan edi. 1799-yili rus armiyasining Italiya hamda Shveytsariyadagi yurishlaridan keyin Napoleon Bonapart Rossiya bilan sulhga erishish yo’lini izlab, ajoyib diplomatik yurish amalga oshiradi. Xususan, Imperator Pavelning 1800-yili Parijga yuborgan elchisi juda ochiqlik bilan kutib olinib, asirlikda bo’lgan naqd 6 ming rus askari darhol hibsdan bo’shatilib, yurtiga qaytariladi. Nafaqat qaytariladi, balki asirlarga yangi harbiy formalar hamda qurollar topshiriladi. Kechagi raqibga bunday marhamat misli ko’rilmagan edi va Yevropada hali hech bir hukmdor bunga jasorat topmasdi. Napoleonning do’stona xatini o’qigan va asirlarning qaytarilishidan mamnun bo’lgan Pavel ham ginalardan voz kechib, Fransiyaning bosh konsuliga “Yevropada tinchlik va osudalik” ka erishishda omad tilaydi. O’rtada tuzilgan siyosiy-harbiy ittifoq Britaniyaga qarshi qaratilgan edi. Ammo, Napoleonning baxtiga qarshi inglizlar Pavelni taxtdan qulatishga ulgurishadi. @NapoleonBonapart01
1812-yili rus kazaklari yalangʻoch tarzda fransuzlar ustiga hujum qilishadi. Urushlar tarixidagi gʻalati epizodlardan biri sifatida eslanadigan bu voqea Graf Orlov-Denisovning oʻz lageridan uzoqlashgan fransuz polkiga hujum qilish uchun Konkov boshliq 25 kazakni yuborganda boshlangan. Leytenant Konkov hamma kazaklarga kiyimlarini yechib, nayza bilan otliq hujum qilishni buyuradi. Uzoqdan kelayotgan yalangʻoch otliqlarni koʻrgan fransuzlar dong qotishadi va oʻq uzishga ham ulgurishmaydi. Konkov deyarli talofotsiz dushman lageriga ham hujum qiladi va asirlar olib, ortiga qaytadi. Tik qirgʻoq ustidan pastga sakrab narigi sohilga oʻtib ketgan bu shovvozlarni koʻrgan fransuzlar hayratlarini yashira olmagan edilar. @NapoleonBonapart01
Fon Shillning boshi uchun 10 000 kumush ! Prussiya tor-mor qilinsa-da (1806), ayrim mahalliy vatanparvarlar fransuzlar bilan urushlarni davom ettirishgan. Xususan, mayor Ferdinand Fon Shill ham 1000 dan ortiq otliq askarlar bilan 1809-yilga qadar urush olib boradi. O’zini vatan taqdiri uchun javobgar deb hisoblagan Fon Shillga nafaqat ayrim nemis askarlari, balki hukumat vakillari ham ishonch bildirishgan. Vestfaliyaning o’sha vaqtdagi qiroli - Jerom Bonapart Fon Shillni tutish uchun maxsus bo’linma tuzib, uning boshi uchun 10 ming taler mukofot e’lon qiladi. Nihoyat,1809-yilning 31-mayida Shtralzundda qattiq jang qilayotgan va og'ir yaralangan Fon Shillni ko’p sonli daniya va gollandiyalik napoleonchi askarlar qilichlar boshini uzib tashlashadi. Fon Shillning boshi Jeromga yuboriladi. 1813-yilgacha, uning nomi “jinoyatchi” sifatida ishlatildi. 1813-yildan pruss hukumati Fon Shillni “qahramon” deb e’lon qiladi hamda xotirasini muqaddaslashtiradi. Mayorning boshi esa 1837-yildagina topiladi. NAPOLEON
550 metrli ko’prik uchun jang. 1809-yil 3-may sanasida Andre Massena qo’mondonlik qilgan fransuzlar Ebelsberg qal’asini kuchli shturm bilan zabt qilishdi. Buning uchun fransuz kuchlari 20 mingdan ortiq askar hamda 70 to’p bilan himoyalangan 550 metr uzunlikdagi ko’prikdan o’tishlariga to’gri keldi. Avstriyalik general Yohann Fon Hiller qanchalik tirishmasin, raqib avstriyaliklarni hayratda qoldirgan holda ko’prikni qattiq jang bilan “tozaladi” va qal’ani egallab oldi. General Lui Jak-Kyohorn shaxsan boshlab borgan fransuz askarlari kuchli o’q yomg’iriga qaramay, Hiller armiyasini chekinishga majbur qildi. Talofotlar haqida raqamlar turlicha. Maksimal hisoblarga ko’ra ikki tomondan 20 mingdan ortiq kishi o’lgan, yarador bo’lgan va asir tushgan. NAPOLEON
Roppa-rosa 205 yil avval, 5-may sanasida Avliyo Helena orolidagi Longvud nomli aholi yashash manzilgohida Yevropa va jahon tarixidagi eng mashhur shaxslardan biri Napoleon Bonapart olamdan oʻtgan edi. @NapoleonBonapart01
1807-yil qishida yuz bergan Eylau qirg’inida Marshal Ojeroning 7-korpusi amalda o’z faoliyatini to’xtatadi. Napoleonning buyrug’i asosida Ojeroning 7-korpusi va Sen-Ilerning bo’linmasi rus armiyasiga qarshi oldinga yurishni boshlagan hamono, qattiq bo’ron kuchayib, askarlar yo’nalishda adashib, ikki tomonning zambarak “duel” i davom etayotgan markazga – “o’lim vodiysi”ga tushib qoladi. Ham fransuz va ham rus zambaraklaridan tutday to’kilgan Ojero korpusi ortiga qayta olmay, rus armiyasi saflariga yaqinlashib, dushman zambaraklari uchun tayyor go’shtga aylanadi. Ayrim bo’linmalarda deyarli hech kim tirik qolmaydi. 5 mingdan ziyod askar o’lgan va yarador bo’lgan bu daxshatli yurish mobaynida Ojeroning o’zi ham qattiq yarador bo’ladi. Qochayotgan jangchilarni rus otliqlari yanchib tashlaydi. Bularning barchasi atigi yarim soatda yuz bergan qirg’in edi. NAPOLEON
Nima uchun Napoleon askarlari zich safda jang qilgan? Piyodalarning bir qatorda, yelkama-yelka turishi dushman uchun qulay nishondek ko‘rinsa-da, bu o‘sha davrning samarali taktikasi edi. Buning o'z sabablari bor: Zarba quvvati: O‘sha davr mushketlari 80 metrdan uzoqqa aniq otmagan. Yuzlab askarning baravar o‘q uzishi dushmanga halokatli va ruhiy zarba bergan. Boshqaruv: Jang maydonidagi tutun va shovqinda tarqoq askarni boshqarib bo‘lmaydi. Safdagi qo‘shinni birgina buyruq bilan yo‘naltirish oson. Ruhiy dalda: Yolg‘iz qolgan askar tezda vahimaga tushadi. Safda esa u o‘zini xavfsiz sezadi va tartibni saqlaydi. Otliqlardan himoya: Tarqoq piyoda — otliq uchun oson o‘lja. Nayzali miltiq tutgan zich saf esa otliq hujumni qaytarishning yagona yo‘li bo‘lgan. Ushbu taktika Sharqning otliq qo‘shinlariga qarshi kurashda ham G‘arb armiyalariga ustunlik bergan. @NapoleonBonapart01
Napoleon davrining eng katta janglari. Eslatma ! Bu ro’yxatdagi askariy miqdor janggohda va unga yaqin hududdagi barcha qo’shinlarning jamlanmasi sifatida keltirilgan. Napoleon
#iqtibos “Bolalarim, bugun Fransiyaning so’nggi kuni. Kechga qadar dushmanni mag’lub etishimiz lozim. Aks holda barchamiz marhumga aylanamiz”. General Nikola Mezonning 16-diviziya askarlariga qarata aytilgan nutqidan parcha, Leypsig jangi. 1813-yil. NAPOLEON
@NapoleonBonapart01
"Bayroqdorlar oʻqdan qo'rqmaydilar". Napoleon armiyasining 12 - kirassirlar polki bayroqdorining boshiga raqib tomonidan oʻq kelib tekkan vaziyat. Vaterlou jangi. Rassom Stefano Manni. @NapoleonBonapart01
Napoleon inglizlar uchun minglab kilometr uzoqlikdagi kimsasiz orolda ham qoʻrquv manbai boʻlishda davom etgan. Ular imperatorning har bir qadamini kuzatishgan. @NapoleonBonapart01
Abdulloh Hasbun (1776-1859). Napoleon armiyasining Mamluk boʻlinmasida xizmat qilgan taniqli ofitserlardan biri - asli Qudduslik xristian-katolik Abdulloh Hasbun edi. U Napoleonning Misrdagi harbiy yurishi chogʻida xizmatga kirgan va ana shu sanadan boshlab, 1835-yilgacha fransuz armiyasini tark etmagan. Abdulloh Napoleon urushlarida 8 bor yaralanib, jang paytida 6 bora mingan otidan ayriladi. Abdulloh imperatorning ilk surgunidan keyin (1814) uning xizmatini butkul tark etadi. Katta qiyinchilik bilan Burbonlar xizmatiga kirib, 1835-yilgacha Fransiya armiyasining turli urushlarida, xususan Jazoirdagi urushda qatnashadi. Keyinchalik aristokratlarga yaqinlashish uchun, familiyasini D'Asbunga almashtiradi. Abdulloh 1859-yili vafot etgan. Maʼlumot ijtimoiy tarmoqlardan olindi. @NapoleonBonapart01
Bizning kanal: @NapoleonBonapart01