tgindex
HISTORY

✓𝑼𝒔𝒉𝒃𝒖 𝒌𝒂𝒏𝒂𝒍𝒅𝒂 𝒎𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒕𝒂𝒓𝒊𝒙, 𝒃𝒖𝒈𝒖𝒏 𝒗𝒂 𝒌𝒆𝒍𝒂𝒋𝒂𝒌 𝒉𝒂𝒒𝒊𝒅𝒂𝒈𝒊 𝒇𝒊𝒌𝒓 𝒗𝒂 𝒎𝒖𝒍𝒐𝒉𝒂𝒛𝒂𝒍𝒂𝒓𝒊 𝒉𝒂𝒗𝒐𝒍𝒂 𝒆𝒕𝒊𝒃 𝒃𝒐𝒓𝒊𝒍𝒂𝒅𝒊! Reklama: @reklamahistory01 Hamkor kanal: @battlefieldchannel

Последний пост
24 февр.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
752
−4 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
631
20 постов
Вовлечённость
83,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 24 февр.41939из tarixiysarkardalar

    Jang Bogo haykali. Jang Bogoning ushbu haykali Janubiy Koreyaning Vando orolida oʻrnatilgan. Bir vaqtlar Jang Bogo ana shu orolda Chunxayjin portiga asos solgan. Jang Bogo (787-846) - Silla qirolligi zamonida yashagan harbiy savdo floti rahbari boʻlib, "Sariq dengiz hukmdori" degan nom qozongan. U Xitoy, Koreya yarimoroli va Yaponiya orasidagi savdo sotiqni jadallashtirish, dengizni nazorat qilish ishlarini omadli amalga oshirgan va shu sabab bugungi kunda ushbu 3 mamlakatda unga atab haykallar oʻrnatilgan. Jang Bogo 846-yili Silla qirolligi amaldorlaridan biri boʻlgan Kim Yangning da'vati sabab Yeom Jang nomli qotil tomonidan 59 yoshida oʻldirilgan. @tarixiysarkardalar

  • 8 февр.5081из NapoleonBonapart01

    Tarix ularni hech qachon unutmaydi! Napoleonning 5 nafar marshali va 2 nafar mashhur fransuz generali 1815-yili marshal Neyning o‘limi uchun sudda ovoz berishgan. Quyidagilar: Marshal Kellermann Marshal Marmon Marshal Périnyon Marshal Séryure Marshal Victor General Loriston General Latur-Mobur @NapoleonBonapart01

  • ✅ Er-xotinning mol-mulkini 2 turga ajratish mumkin: 1) er-xotinning umumiy mulki 2) er-xotinning shaxsiy mulki 1️⃣ Umumiy mulklar: ✅ nikohdan oldin boʻlajak er-xotining umumiy mablagʻlaridan olingan mol-mulklar; ✅ nikoh davrida er-xotin tomonidan birgalikda yoki alohida mehnat qilib, orttirilgan daromadlar ✅ ish haqi, xizmat haqi, mehnat faoliyatidan tushgan daromad, intellektual mulk daromadi bank omonatlari. ✅tadbirkorlik faoliyatidan olingan foyda. ✅pensiya, nafaqa, moddiy yordamlar ✅ nikoh davrida sotib olingan har qanday ko‘chmas va ko‘chmas mulk: uy, mashina, maishiy texnika, mebel va boshqalar. ✅ er-xotinning umumiy byudjeti evaziga olingan qimmatbaho buyumlar. ✅nikohgacha shaxsiy mulk hisoblangan va nikohdan keyin umumiy mablagʻdan qiymati oshgan mulklar 2️⃣ Shaxsiy mulklar: ✅nikohdan oldin er yoki xotin egalik qilgan har qanday mol-mulk. ✅ hadya tariqasida olingan mol-mulk ✅ meros tariqasida olingan mol-mulk. ✅ shaxsiy foydalanishdagi buyumlar: kiyim-kechak, poyabzal, (zebu-ziynat va qimmatbaho boshqa buyumlardan tashqari). 👋 Saqlab qoʻying, yodlang va tarqating.... © Tayyorladi: Bekzod Chorshanbiyev 👉 @huquqiyformat

  • Oʻquv dasturi asosida: Vazirlik, Qoʻmita, Agentlik va Inspeksiya. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiruvchi organ turlari 4 ta. (Bular testda Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari deb keladi). 1️⃣ Vazirlik - tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan, muayyan yo‘nalishda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradigan, shuningdek tizim ichidagi rahbarlik faoliyatini yakkaboshchilik asosida tashkil etadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organidir. 2️⃣ Qo‘mita - tegishli sohada tarmoq ichidagi faoliyatni muvofiqlashtiradigan va tartibga soladigan hamda tizim ichidagi rahbarlik faoliyatini kollegiallikn asosida tashkil etadigan, shuningdek vazirlikning tashkiliy bo‘ysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organidir. 3️⃣ Agentlik- tegishli sohada davlat xizmatlari ko‘rsatilishini va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqni qo‘llash vazifalarini o‘zining asosiy vazifasi sifatida amalga oshiradigan, shuningdek vazirlikning tashkiliy bo‘ysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organidir. 4️⃣ Inspeksiya - tegishli sohalar hamda tarmoqlarda davlat nazorati va tekshiruvini o‘zining asosiy vazifasi sifatida amalga oshiradigan, shuningdek vazirlikning tashkiliy bo‘ysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organidir. ✅ Demak: 📊 Vazirlik - tegishli va muayyan sohada faoliyat yurituvchi organ ➡️ Misol: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi umumiy va boshlangʻich taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatadi. 📊 Qoʻmita - tegishli sohada tarmoq ichidagi faoliyatni muvofiqlashtiradigan va tartibga soladigan organ. ➡️ Misol: Soliq qoʻmitasi - soliq sohasidagi faoliyatni tartibga soladi. 📊 Agentlik - tegishli sohada davlat xizmatlari ko‘rsatilishini va huquqni qoʻllash vazifalarini amalga oshiruvchi organ. ➡️ Misol: Yoshlar ishlari agentligi - yoshlarning muommolarida koʻmak beradi (xizmat koʻrsatadi) va yoshlarning huquqlarini himoya qiladi. 📊 Inspeksiya - tegishli sohada davlat nazorati va tekshiruvini olib boradi. ➡️ Misol: Qurilish va uy-joy nazorati inspeksiyasi. Shu sohada davlat nazoratini amalga oshiradi.. © Tayyorladi: Bekzod Chorshanbiyev 👉 @huquqiyformat

  • 24 дек.5251из NapoleonBonapart01

    Napoleon marshallari o‘rtasida bo'ladigan doimiy bahs va janjallar hech kimga sir emas. Ayniqsa, Moskvaga yurish paytida noaniqlik qo‘mondonlarni asabiylashtirib, kelishmovchiliklarni kuchaytirgan. Xususan, janglarning birida avangarddagi marshallar Murat va Davu qaysi biri ustun ekanini isbotlashga urinib, qattiq tortishib qolishadi. Murat otliq qo‘shinlari bilan oldinga otilib, xavfli vaziyatga tushib qoladi va Davudan yordam so‘radi, ammo shaxsiy adovat sabab u yordam bermaydi. Bu kelishmovchilik Vyazma yaqinidagi jangda ham davom etib, deyarli mushtlashuvga aylanayozdi, faqat Bessiyer va Bertiyening aralashuvi buni to‘xtatdi. Bahs Maloyaroslavetsdagi chekinish vaqtida ham davom etdi: Murat chekinish uchun Kaluga yo‘nalishini, Davu esa Smolensk yo‘lini taklif qildi. Bu gal ham duelni Bertiye va Bessiyer to’xtatdi. Oxir-oqibat Napoleon Davuning fikrini ma’qulladi. NAPOLEON

  • 20 дек.51944из NapoleonBonapart01

    Rus generali Mixail Kutuzov asirga olingan fransuz askarlarini kuzatmoqda. 1812-yil. 1813-yil yanvarida Rossiyada 216 ming asir askar bor edi. Ularning katta qismi harbiy qoʻmondonlik qoʻlida, 50-60 ming qismi aholining ixtiyorida edi. Martabali ofitserlar Peterburgga yuborilgan va yaxshi sharoitda asralgan. Aholi va kazaklar qoʻlidagi asirlarga esa ancha ogʻir edi. Koʻp holatlarda kazaklar asirlarni moʻmay pulga boylarga sotishgan. Oʻsha paytda uyida fransuz xizmatchisi boʻlmagan rus boyi juda kam boʻlardi. Ayrimlar keyinroq asirlarga passport berib, uyiga joʻnatib yuborishgan. Rus hukumati keyinroq asirlarni fuqarolikka qabul qilgan. 1836-yilda ham birgina Moskvada 2.5 ming sobiq asirlar yashagan. Asirlar tarkibida faqat fransuz emas, italyan, nemis, portugal, ispan, polyaklar ham koʻp edi. Ayrim asirlardan maxsus qism tuzilib, Napoleonga qarshi urushga joʻnatilgan. @NapoleonBonapart01

  • 10 дек.60363из darkmannhistory

    Yapon samurayi Xonda Tadakatsu (1548-1610) hayoti davomida 57 ta harbiy yurishda qatnashgan va biror marta jangda jarohat olmagan. Uning zirhi yengil, dubulg'asi esa bug'u shoxidan iborat boʻlgan. Shu sabab dushmanlari uni darhol tanib olishi oson boʻlgan. Lekin, aytib oʻtilganidek Tadakatsu biror marotaba jangda jarohatlanmagan. Mashhur syogun Oda Nobunaga uni "samuraylar ichidagi samuray" deb nomlagan. @darkmannhistory

  • 10 дек.5832из NapoleonBonapart01

    #iqtibos “Jang tugagach, men uchun dushman degan narsa qolmaydi. Endi faqat yarador va jon berayotgan odamlar bor, xolos.” Napoleon Bonapart @NapoleonBonapart01

  • 2 дек.6133из NapoleonBonapart01

    Rossiyalik tarixchi Oleg Sokolovning “Армия Наполеона” asarida yozilishicha, Fransiya imperiyasi olib borgan bir necha yillik urush davrida naqd 300 ming bosh ot halok bo’lgan. Ularning yarmi aynan Rossiyadagi urushda yo’qotilgan. Bu talofotlar faqatgina Fransiyaning o’ziga taaluqli, boshqa mamlakatlarning otlar bo’yicha talofotlari hisoblanmagan. Otlar ancha kam yetishtiriladigan Yevropa uchun 15 yillik urushdagi bu talofotlar ahamiyatini shu raqamlardan tushunib olish mumkun. @NapoleonBonapart01

  • 18 нояб.54762из NapoleonBonapart01

    #iqtibos “G‘alabani qo‘lga kiritgan kishi — dono maslahat bergan emas, balki mas’uliyatni zimmasiga yuk qilib, uni ado etishni buyurib, maydonda tatbiq etgandir". Napoleon Bonapart @NapoleonBonapart01

  • Dunyoni maqtama menga, azizam, Ishonib bo'lmaydi soxta afsunga. Agar u zarracha bo'lsa sharafli, Yig'lab tug'ilmasdik kirarkan unga. Dunyoni pokiza atama, yolg'on, Har oni kechajak xavfu xatarda. Agar u zarracha bo'lsa pokdomon, Bizni yuvishmasdi undan ketarda. ©Xayrullo Hamidov https://t.me/historicallife

  • 12 нояб.3491из NapoleonBonapart01

    Fransuz generali Jak Menu (1750-1810) Napoleonning Misr yurishi davrida Qohiralik turk boyining Zubayda ismli qiziga uylanib, islomni qabul qilgan edi. Menu Kleberdan keyin Napoleonning Misrdagi armiyasi rahbari va gubernatori bo’lgan. Uning islomiy nomi Abdulloh bo’ldi. Ushbu nikohdan o’g’il tug’ilib, Jak Murad Soliman deya nom oladi va bu bolakay Qohiradagi fransuzlardan chiqqan birinchi fuqaro sifatda ro’yxatga olingan. Qizig’i, Menu bu ishlari sabab fransuz rahbariyatidan gap eshitgan va Marshal Marmon Menu islomni qabul qilgach undan “ko’p xotinlik urfiga ham rioya qilasanmi” deb so’raydi. Menu esa boshqa uylanmasligini bildiradi. @NapoleonBonapart01

  • 10 нояб.4291из NapoleonBonapart01

    Fransuz generali Jak Menu (1750-1810) Napoleonning Misr yurishi davrida Qohiralik turk boyining Zubayda ismli qiziga uylanib, islomni qabul qilgan edi. Menu Kleberdan keyin Napoleonning Misrdagi armiyasi rahbari va gubernatori bo’lgan. Uning islomiy nomi Abdulloh bo’ldi. Ushbu nikohdan o’g’il tug’ilib, Jak Murad Soliman deya nom oladi va bu bolakay Qohiradagi fransuzlardan chiqqan birinchi fuqaro sifatda ro’yxatga olingan. Qizig’i, Menu bu ishlari sabab fransuz rahbariyatidan gap eshitgan va Marshal Marmon Menu islomni qabul qilgach undan “ko’p xotinlik urfiga ham rioya qilasanmi” deb so’raydi. Menu esa boshqa uylanmasligini bildiradi. @NapoleonBonapart01

  • 8 нояб.4861из NapoleonBonapart01

    Napoleonning irland legioni jangda. Napoleon Buyuk Britaniyani yanada kuchsizlantirish uchun, uning mustamlakasi boʻlgan Irlandiyada isyon koʻtarishni reja qiladi va 1803-yili irland legioniga asos soladi. Irlandiyaga hujum rejasi ishdan chiqqach, irland legioni askarlari (2 ming kishi) Fransiyaning qirgʻoq hududlarini himoya qilishga, keyinroq esa Yevropadagi boshqa urushlarga jalb qilinadi. Ularga 1807-yildan asli irland boʻlgan harbiy vazir Genri Klark rahbarlik qiladi. Irland legioni turli mintaqalarda 1813-yilgacha Napoleon uchun xizmat qilishadi. Blyuxerga qarshi janglarda katta talofot koʻrishgach, Lill shahriga qaytishadi. Irland jangchilari Napoleon taxtga qaytganida ham unga sodiq qolishgan. Ammo, qirol Lyudovik 1815-yili kam sonli askarlardan iborat bu boʻlinmani tugatib, bayroqlarni yondirib, ularga oid barcha buyumlarni yoʻq qildiradi. Shu tariqa Napoleonning Irland legioni tarixga muhrlanadi. @NapoleonBonapart01

  • видео или голосовое, без подписи

  • 7 нояб.5587из temuriylarshajarasi

    Go'ri Amir maqbarasidagi Temurbek va uning avlodlari qabrlari joylashgan yertoʻlani koʻrmaganlar uchun. Video instagramdagi Lightwaytrip sahifasidan olindi. @temuriylarshajarasi

  • 7 нояб.55047из temuriylarshajarasi

    Buni o'qing: 👉 Shoh Mansur va Amir Temur to'qnashuvi @temuriylarshajarasi

  • 7 нояб.51265из tarixdanlavhalar

    Lagash davlati hukmdori Urinimgin 2318-yil, miloddan avval, bugungi kunimizdan 4338 yil oldin qonunlar to'plamini e'lon qilgan. Bu qonunlar poraxo'rlik tizimiga qarshi birinchi kurashni boshlab bergan edi. Nihoyatda qattiqqo'l qonunlarda mol mulkka xiyonat va poraxo'rlikning turli ko'rinishlari, nazr niyoz kabilar qattiq ta'qibga olingan. Bu qonunlar ilk marotaba matriarxat tizimiga zarba bergan va ayollar endi o'zi xohlaganchalik erga tegolmas, ko'p erlik qattiq jazolanar erkaklar esa ko'p xotinlik huquqiga ega bo'lishar edi. Lekin to'g'risini aytsak qattiq tartib qoidalar ham korrupsiyani yo'q qilmadi. Qonunni chiqarganlar ham bunga qattiq amal qilmadilar va oqibat oz muddatdan keyin Lagashni Akkad bosib oldi. @tarixdanlavhalar

  • 7 нояб.4941из NapoleonBonapart01

    #iqtibos “Men apostolik Rim dinida, ellik yildan ortiq vaqt avval shu e’tiqod bag‘rida tug‘ilgan holda jon bermoqdaman. Men shuni istayman: kulim Sena sohillarida, men jonim bilan sevgan fransuz xalqining orasida tinch yotsin. Men o‘z vaqtimdan oldin o‘lyapman — meni ingliz oligarxiyasi va uning jallodi o‘ldirdi.Men har doim aziz turmush o‘rtog‘im, Mariya-Luizani madh etganman; hayotimning so‘nggi lahzalarigacha unga nisbatan eng samimiy va nozik tuyg‘ularimni saqlab qoldim.” Napoleon Bonapart @NapoleonBonapart01

  • 11 авг. 2024 г.2 290179из temuriylarshajarasi

    Bilasizmi, 1395-yili Amir Temur Kavkaz yurishi zamonida, Nargis qal’asini olish jarayonida, tog’ tepasida va g’orlarda joylashib olgan tog’liklarni yengish uchun askarlarni sandiqlarga joylab, ularni zanjir bilan bog’lab, tog’ tepasiga chiqargan va dushmanni o’qqa tutib qirib tashlagan. https://t.me/temuriylarshajarasi

HISTORY — tgindex