Nozik Xilqat 🌱
Статистика🌱 Ayol va qizlar rivoji uchun ilmiy va ma’naviy qadriyatlar 💡 O‘zini anglash, etiket va munosabatlar haqida 📚 Ma'naviy va ruhiy o'sish
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 38
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 109
- 1/48двое суток
- 124
- 1/72трое суток
- 134
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ushbu dunyoda samolardagi yulduzlarning adadidan ham ko‘proq soxta hojilar, domlalar, ustozlar va shayxlar bor. Haqiqiy murshid seni o‘z ichingga nazar solishni va nafsingdan oshib o‘tib o‘zingda mujassam bo‘lgan go‘zalliklarni birma-bir kashf etishingga yo‘naltirib qo‘yadi. Uni ushlab, unga (ya’ni o‘ziga) mahliyo bo‘lib yurishingga emas! Hazrati Shams Tabriziy quddisa sirruhu (Ishqning qirq oltin qoidasidan 13-qoida)
1. Jag’larni bo’sh qo’yish. E’tibor bering, jag’larimizni ko’pincha naprijonniy, tarang, bo’sh qo’yilmagan holatda ushlab turgan bo’lamiz. Endi ularni ikki yanoq bilan birga qo’shib bo’sh qo’yib ko’ring, lablar ham biroz ochiq holatga keladi. Shu holatda biroz turing. Tabassum ham mana shu nuqtada paydo bo’ladi. Nimani his qildingiz? Avvalgi va keyingi holatni solishtirib ko’ring. Kun davomida mana shu mashqni esingizga kelib qolganida bajarib boring. Odatga aylanmagunicha. Jag’ni bo’sh qo’yishni foydalari: - Jag’ni doim ushlab turadigan spazm yuz ovalini borib-borib tushib ketishiga sabab bo’ladi. Uni bo’shashtirish esa, yuzni yoshroq va tiniq saqlashga sabab bo’ladi. - Ajinlar tushishini kamaytiradi. Lab atrofida tirishgan, mimik ajinlarni erta paydo bo’lishini oldini oladi. 2. Yelkalarni bo’sh qo’yish. Har safar ishlar, muammolar ko’payib ketganini o’ylab shoshilib yurganimizda, yelkalarimizga e’tibor beraylik. Ular oldinga qarab bukilgan, jangdagi himoyaga tayyor turgan askarni yelkasiga o’xshaydi. Mana shu vaqtda, bitta chuqur nafas olib, yelkalarimizni qulog’imiz tomonga qarab ko’taramiz va orqaga aylantirib, chuqur nafas chiqargan holda pastga yengil qo’yib yuboramiz. Maksimal darajada ularni bo’shashganini his qilamiz. Mana shu holatda biroz turamiz va har safar esimizga tushganida shu mashqni takrorlaymiz. Foydalari: - Bo’yin noziklashadi, yelkalar yanada go’zal va ayollarga xos nazokatli bo’la boshlaydi. - “Hamma narsa meni yelkamda”, degan psixologik hisni jismonan yengillashtiradi, bo’yindagi doimiy taranglik spazmi ketgani hisobiga bosh va bo’yin og’riqlari sezilarli kamayadi. 3. Qadamlarni sekinlashtirish. Uyda yoki ko’chada yurganda, biroz sekinlashib, yengil qush kabi qadam tashlab ko’ramiz. Vazminlik bilan oyoqlarni yerga yerni his qilgan holda sekinroq qo’yamiz. Foydalari: - Ayollik energiyasini uyg’otadi. Yer bilan aloqani, uyg’unlikni his qilib qadam tashlab ko’rilsa, ichki havotir va shoshqaloqlikni eritib, asablarni tinchlanishiga sabab bo’ladi. Ayoldagi joziba - avvalo tanadagi ortiqcha zo’riqishlarni, tarangliklarni qo’yib yubora olishdan boshlanadi. Bugundan boshlab mana shu 3ta mashqni bajarishga e’tibor qarating va tanangiz xotirjamlikni his qilib, qanday yengil nafas ola boshlaganini o’zingiz guvohi bo’lasiz.☺️ @NozikXilqatim
без подписи
Joziba siri Tanamizdagi har qanday taranglik kayfiyatimizga ta’sir qiladi, yuzimizni yoshligini, qomatimizdagi nafosatni so’ndirib boradi. Har bir ayol-qiz o’zini yengil, jozibali, erkin va xotirjam his qilishi mumkin. Keling, mana shu yengillikni his qilish uchun tanadagi 3ta asosiy taranglik nuqtalarini bo’shashtirish uchun amaliy mashqlarni ko’rib chiqamiz: 1. Jag’larni bo’shashtirish; 2. Yelkalarni bo’sh qo’yish; 3. Qadamlarni sekinlashtirish. davomi👇
Munosabat etiketi - Ijtimoiy sezgirlik Farosatni bir bo’lagi bo’lgan, ijtimoiy sezgirlik degan hammada ham uchrayvermaydigan noyob narsa bor. U hislatga ega bo’lmagan inson shunchaki atrofidagilarni “o’qish”ni bilmaydi xolos. Masalan, biror kim bilan ko’rishganida, qarshisidagi inson: - “Mayli, endi men ketay…”, desa, u: - “Ha aytgancha, mana bu gapimni aytmapman…”, deb boshlab yana 27 daqiqa gapiradi. Yoki, oldidagi suhbatdoshi 3martta soatiga qarab qo’ydi, 2martta vohliroq ketishim kerak dedi, 5martta esnadi. Lekin u inson haliyam: “Eng qiziq joyiga yetib keldik-ku”, deydi. Yoki bir joyda 4,5ta kollektiv o’tiribdi. Shularni ichidagi 1ta odam yarim soatdan beri faqat o’zi haqida gapiryapti. Kamiga suhbati oxirida: “Voy bugun rossa mazza qilib suhbatlashdi-a!” deb qo’ydi. Qolgan o’tirganlar esa ichida: “Biz qachon suhbatlashdik?” deb hayron. Gap mazza qilib soatlab o’tirib, gaplashib kelishda ham emas. Gap - qisqa vaqt bo’lsa-da vaziyatni his qila olishda. Bu narsani ijtimoiy sezgirlik deyish ham mumkin. Ya’ni inson biror jamoat joyiga borganida: atrofidagi insonlarni yuz ifodasini sezishi, kayfiyatini payqashi, muhitni his qilishi, “vaqtida to’xtab, ketishni bilishim kerak”, degan signalni ushlay olishi juda muhim. To’g’ri, bu tug’ma iste’dod emas. Bu mashq qilish davomida shakllanadigan qobiliyat. Qizig’i, ijtimoiy sezgirligi bor inson chiroyli gaplarni gapira olgani uchun emas, ko’proq kuzatgani, tushungani va eshita olgani uchun yoqimli bo’ladi. Insonlar ko’pincha, bizni yoqimli gaplarimizni emas, yonimizda o’zlarini qanday his qilganlarini eslab qolishadi. @NozikXilqatim
Odamlardan e’tibor, rahm-shafqat kutyapsanmi? Xo’sh, bularni o’zing o’zingga qo’lladingmi? Boshqalarga sevgi, hurmat, shafqat va marhamat ko’rsatganmisan? Avval ushbu savollarga javob ber, keyin o’zgalarning sevgisiga ko’z tut! Hazrati Shams Tabreziy
Erkak har doim ham bir xil holatda bo’lmaydi. Dono ayol esa, erkakni qaysi pozitsiyada turganiga qarab muomala qilishni biladi. Masalan: Bir kuni unga dalda kerak bo’ladi. Bir kuni ishonch. Bir kuni romantika. Bir kuni esa shunchaki tinchlik. Erkakning hamma vaziyatida ham bittagina pozitsiyada turish, muammo kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ulardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz: 1. U charchaganida - mehr beruvchi ayol. Ishidagi mas’uliyat, muammolar sabab charchab bosimni his qilganida, “Men bilan ham biroz gaplashing!” ni o’rniga, “Bugun biroz charchaganga o’xshaysiz, dam oling”, degan bir og’iz gap ko’proq taskin beradi. Bu vaziyatda hech qanday ortiqcha savol berilmaydi. Bu vaqtda erkakka uni holatini aniqlab, unga yechim beradigan emas, balki tinch boshpana kerak bo’ladi. 2. U adashayotganida - dono ayol. Erkak ba’zan ishga sho’ng’ib ketadi va o’zini ham, sog’ligini ham, dam olishni ham unutadi. Hatto vaqtida ovqatlanishni ham.. Shunday paytda, “Sizni ishingizdan boshqa hech narsa qiziqtirmay qo’ygan!” ni o’rniga, “O’zingizni ham asrang”, degan yaxshiroq. Ayol buyruq ohangida gapirmaydi, balki eslatadi. 3. U stress ichida qolganida - Mahbuba. Stresslarni ko’payishi, erkakning his-tuyg’ularini ham ta’tilga jo’natib yuborishi mumkin. Mana shu vaqtda u huddi hissizdek ko’rinib qolsa, unga “Endi meni sevmay qo’ydingiz, men bilan ishingiz yo’q!”, deyish o’rniga, o’zingiz ko’ngil yozadigan biror narsa o’ylab toping. Uni kuldiring. Birga sayrga taklif qiling. Dasturxon bezab, unga kayfiyat beradigan holatni his qildiring. Ba’zan muhabbat berishlarini kutishdan ko’ra, uni uyg’otish kerak bo’ladi. 4. Tushunmovchiliklar bo’lganida - Yaqin do’st. Bunday vaqtda, arazni ichiga yig’ib yurish, unga atab instagramda kinoyali storislar qo’yish, indamaslikni yoqib olish - bular muammoni hal qilmaydi. Shunday vaqtda ayol uchun eng yaxshi rol - do’st bo’lish. Gapirganda ayblamasdan gapirish. Eshita olishni bilish. Sababi erkak ham ayol kabi uni tushunishlarini xohlaydi. 5. Jahli ko’tarilgan vaqtda - Nozik va vazmin ayol. Jahl ustida aytilgan gaplar ko’pincha yurakka borib tegadi. Shu sabab, dono ayol har bir boshlangan bahsni o’sha joyni o’zida oxirigacha olib borib, tugatishga urinmaydi, balki gapirish uchun to’g’ri keladigan vaqtni kutadi. Bu bilan u o’zini ko’nglini ham avaylaydi. Ayolni kuchi - doim bitta obrazda qolishida emas, u qachon mehr berishni, qachon ishonch ko’rsatishni, qachon sukut saqlashni va qachon do’st bo’lishni bilishida ko’rinadi. Ikki ulg’aygan inson turmush qilgan oilada, ideal ko’rinishdagi, lekin o’zinikida qotib turib oladigan insonlar yashamaydi. Lekin bir-birini holatiga qarab yo’l tutib, murosa orqali munosabat qiladigan insonlar yashaydi. @NozikXilqatim
без подписи
https://youtu.be/2aucTsOIjrs?si=iO_ZGtzGSO2fyNpK
To’yda qilish arzimaydigan ba’zi narsalar haqida 1. “Marry me”. Butun dunyo xabardor bo’ladigan “marry me”ni umuman keragi yo’q. Muhimi ikki tomon bir-biriga to’g’ri kelib, roziligini bildirishi 2. Fotiha marosimi. Yigit tomonidan 50ta tog’ora ovqat va qiz tomonidan 80ta tog’ora qaytishi umuman kerak emas! 3. Qizni dugonalariga to’yi bo’layotganini e’lon qilishi uchun kerakmas karobkalada kerakmas bo’lgan shirinliklarni tarqatishi. 4. Kelin ko’ylakni arendaga olish. Sifati puliga umuman to’g’ri kelmaydigan kelin ko’ylakni salondan olgandan ko’ra birorta ko’ylak tiktirish mumkin. Uni boshqa marosimlarda ham bemalol kiyish mumkin bo’ladi. 5. 4-5yilga yetadigan sarpa. Umuman tushunarsiz holat - nimaga qiz kuyovnikiga buncha ko’p yilda ham kiyishga ulgurmaydigan kiyimlarni oborishi kerak? Va buni deb ota-onalar qarzga kirib ketib, qarz to’lab yurishi g’alati? To’ydan keyin ham, kuyov bilan birga yashash davomida kiyimlarni olsa bo’ladi. Faqatgina yangilanishi kerak bo’lgan kiyimlarnigina sotib olib, qolganiga uyida kiyim yurgan kiyimlarini bemalol olib ketishi mumkin. 6. “Kelinlar uchun”mo’ljallangan yaltir-yultur kiyimlar. Unaqa kiyimlarni kiyib yurish uchun qizlar kamida malika obrazida bo’lishi va kamida qasrda turishi kerak. Boshqa vaqt o’ziga qulay kiyimla yurgani yaxshi. 7. Gul berish marosimi. Onalar faqat shu to’y kuni emas, balki har kuni gul olishi mumkin. Aynan to’y kuni onasiga gul olib borib berishi shart emas. 8. Maxsus “kareta”. To’y marosimiga yetib olish uchun kuyov sizni hayotizda o’tirmagan qanaqadur karetada olib kelishi qanchalar to’g’ri? O’zida bor bo’lgan oddiy mashinada ham bemalol yetib olsa bo’ladi. Bu sanalgan narsalar Orzu-havas emas.Balki o’zini nomi bilan aytganda “Odamlar ko’rib qo’ysin!” uchungina qilinadigan narsalar xolos. @NozikXilqatim
“Biz hozir shunaqa zamonda yashayapmizki, o’zimizniki bo’lmagan pulni, o’zimiz yoqtirmaydigan narsalarga o’zimiz yomon ko’radigan odamlar uchun ishlatyapmiz” Muslim Xoldorov
Ayol odobni eridan o’rganadi. Er o’z ayoliga qanchalik shafqatli bo’lsa, ayol ham shunchalik odobli bo’ladi. Ikrom Sharif
Esga olishga ham o'rin qolmaganmi? Bir inson Robiyatul Adaviyaning oldilariga kelib, dunyo unday, dunyo bunday, bu dunyo bevafo, deb rosa dunyoni yomonlab chiqib ketibdi. Ketganidan keyin Robiyatul Adaviya oldidagi insonga qarab, juda dunyoga muhabbati kuchli ekan, debdilar. U inson hayron bo'lib: - Iye shuncha dunyoni yomonlagan bo'lsa, uni ustiga juldurvaqa, puli ham yo'qqa o'xshaydi, desa, - Kim nimani yaxshi ko'rsa, shuni ko'p zikr qiladi, dedilar. @NozikXilqatim
Insonlarni toifalari Dangasa - doim unga kimdur motivatsiya berib turishi kerak. Yoki doim kimdur qo'rqitib turishi yo doim rag'batlar haqida gapirishi kerak. Yalqov - unga bir ish buyurilsa, shu ishni qilmaslik uchun bahonalar qidiradi. Ablah- o'zi bir ishni qilolmaydi va boshqalarga zarar yetkazib yuradi. Tanbal- aqlini ishlatmagani uchun doim mahkum. Dangasa - doim mahzun Yalqov- doim va takror kasal G'ofil- amalni kechiktiradi, ya'ni amalni kanda qiladi. Ahmoq- bilmaydi va bilishni ham xohlamaydi. Nodon- unga nimadur yetishmaydi. Yo ta'lim, yoki tarbiya. Nomard- ta'lim yoki tarbiyasi bor lekin vazifasini bajarmaydi. Mahkumlik,mahzunlikni hammasi zaiflikdan. Inson butun hayoti davomida umumiy 150ta inson bilangina muloqot qilar ekan. Johil,g'ofil,nodon,dangasa bilan murosa qilsa bo'ladi. Ammo ahmoq va nomard bilan murosa qilib bo'lmaydi. KOMIL inson esa, mana shu hamma narsani yengib o'tgan insondir. @NozikXilqatim
Ish emas dunyoni egallash, Qodir ersang, bir ko'ngilni zabt et. Sa'diy Sheroziy
Suhbati shifo bo’ladigan odamlardan uzoqlashish ekan kishining asl imtihoni… Ichgan har qultum choyingda ismlarini bir-bir eslash ekan sinovi. Ayriliqlarning oxiri diydor bo’lsin faqat. Uchrashuvi ko’p, sog’inchi yengil ayriliqlar bo’lsin. Sog’inganini yonginasida ko’ra olishdan komil ishonch hotirjamligi oshno bo’lsin qalbiga. Choyining qultumlari bo’g’ziga qadalmagan, so’rashdan tortinmagan duolari mudom tilida bo’lsin. Diydor imkoni bo’lsa, bor, yugur va bag’ringga bos darhol. Fursating borida suy hozir, suyganiga qo’li yetmasligini bilib yaxshi ko’rish odamzodning eng ulkan yukidir ehtimol… umidaaziz @NozikXilqatim
Bir kuni qizim ozgina loviya, guruch, baqlajon, bodring va bir nechta o’rikni mis laganga solib, uydan chiqmoqchi bo’ldi. Men undan: - Bu kim uchun? deb so’radim. U: - Qo’riqchi uchun. Buvim shunday qilishni buyurdilar, dedi. Shunda men: - Bir nechta likop olib kel. Har bir taomni alohida joyla. Laganni chiroyli qilib tartibga keltir. Yoniga bir stakan suv, qoshiq va pichoq ham qo’y, dedim. U aytganimni qildi va ovqatni olib ketdi. Qaytgach mendan: - Nega bunday qilishni aytdingiz? deb so’radi. Men unga dedim: - Qizim, ovqatning o’zi mol-dunyodan berilgan sadaqadir. Uni chiroyli tutib, tartib bilan tortiq qilish esa, mehr-muhabbat sadaqasidir. Birinchisi insonning qornini to’ydiradi, ikkinchisi esa qalbini to’ydiradi. Agar ovqatni shunchaki qoldiqdek yuborsang, u o’zini sadaqa olayotgan kambag’aldek his qiladi. Ammo uni chiroyli dasturxon bilan uzatsang, o’zini hurmatli mehmon yoki yaqin do’stdek his etadi. Pul berish bilan qalbdan mehr ulashish orasida katta farq bor. Shuning uchun ehsoningizni kamsitish bilan emas, izzat va muhabbat bilan bezang. @NozikXilqatim
без подписи
“Sen gul bo’lib, atrofga tabassumlar sochishga so’z ber. Tuproq bo’lib, seni boshida olib yuradiganlar doimo topiladi”. Hazrati Mavlono Rumiy @NozikXilqatim
Bugun hammani eshigiga qulf qo’yilgan, lekin shu bilan birga, ba’zi oilalarni ichiga kamera qo’yib qo’yilgan. Eshikku yopiq, lekin o’sha kamera sabab, hamma bo’layotgan yaxshi, yomon voqealani storisi lang ochiq. Kimdir turmush o’rtog’idan sovg’a olsa, kimdur urishib qolsa, kimdur ajrashsa hamma ko’rishi uchun nechta qismli serial chiqaradi. Ba’zi ayolla esa, erini har bir harakatini reportaj qiladi. Uni tomosha qilib o’tirgan obunachilar esa, Netflix kanaliga a’zo bo’lgandek, har kuni tekinga serial ko’rib o’tirishadi. Bir vaqt keladi, tomoshabinlar ancha ko’payadi, lekin halovat, hotirjamlik, baxt kamayati. Buvilarimiz “Baxtingni begona ko’zlardan asra”, deb bekorga aytishmagan. Keling siz bilan erkak-ayol munosabatini tashqariga olib chiqish bo’yicha etiket qoidalarini ko’rib chiqamiz. 1.Turmushdagi ayol etiketi. Ayollar davrasiga borganda eng xavfli savollardan biri, “Eriz nima oberdi?” Bu savol huddi tamojniy xodimini tekshirishiga o’xshaydi. Kimdur telefon oberdi deydi. Kimdur gul, kimdur mashina. Kimdurni ichida esa, “Nega menda unday emas?” degan og’riqli savol uyg’onadi. Bir ayolni maqtanishi, boshqa ayolni ichida og’riq va hasad tuyg’usini uyg’otishi hech gap emas. Farosatli ayol, bunday savollarga javob berib o’tirmay, gapni boshqa yoqqa burib yuboradi. Erini aybini ham, qilgan yaxshiliklarini ham dugonalarga aytish - o’zini borini ochib berishga o’xshaydi. Agar ayol dugonalariga bo’lgan janjal haqida gapirilsa, u dugona avval psihologga, keyin tergovchiga, oxiri jurnalistga aylanib qolishi mumkin. Ayol eri bilan darrov yarashib olishiyam mumkin. Lekin dugonalar xotirasida u erkak haligacha “jinoyatchi” obrazida turaveradi. Eng qizig’i ayol baxtli yashab ham ketadi, dugonasi esa, u erkakni har ko’rganida: “Shumi o’sha?!” deb yuradi.. Alam ustida aytilgan gaplar, ba’zan uzoq vaqt davomida insonlarni ongida qolib ketadi. 2. Ajrashgan ayolni olijanobligi. Ajrashgandan keyin hamma bir xil savol berishi mumkin: “Nima sabab bo’ldi?” Insonlar hamma sababini bilsa, biror narsani hal qilib beradigandek gapirishi mumkin. Aslida esa, har bir ajralishni ortida, faqatgina ikki inson biladigan og’riq va sabablar bor. Farosatli ayol bu vaqtda, “Taqdir ekan, bir-birimizga to’g’ri kelmadik. Bu mavzu yopilgan”, deb javob beradi. Chunki sobiq turmush o’rtoqni yomonlab yurish huddiki: “Qanchalik didim yomon edi-ya shu odamni tanalagandim”, deb o’zini didsizlikda ayblashga o’xshaydi. Ayniqsa o’rtada farzand bo’lsa, otani farzandga yomonlash, bolani yuragidagi osmonni yarmini bulut bilan to’sgandan ham battar ta’sir qiladi. 3. Hali to’yi bo’lmagan qizlar uchun. To’y bo’lmasidan turib, serial aytishni boshlamang. Ba’zi qizlar kelgan sovchi bilan tanishganining uchinchi kunidan boshlab, dugonalariga: “Yigit uy olaman dedi, mashina oberaman dedi…. U qilaman dedi, bu qilaman dedi”, deb boshidan oxirigacha hisobotni aytishni boshlaydi. Baxt pishib yetmasidan turib, qopqog’ini ochib hammaga ko’rsataverish huddiki endi pishayotgan ovqatni teppasiga hamma kelib qarayverganga o’xshaydi. Uni endi aniq shirin chiqishiga kim kafolat bera oladi? Bugungi muammo, “boricha ko’rinish” niqobi ostida insonlar ichidagi hamma narsani ochib, tashqariga ko’rsatib berilyapti. Lekin qimmatbaho narsalar doim yopiq joyda, ko’zdan panada - vitrinada saqlanadi. Tilla - seyfda turadi. Ko’z qorachig’ini esa qovoqlar va kipriklar himoya qiladi. Yaxshi kitoblar yuqorida, javonda saqlanadi. Munosabatlar ham huddi shunday. O’zini statusiga ega ayol - munosabatlarini ham ko’zdan panada saqlaydi. @NozikXilqatim