Zakovat| Fikriy uyg'oqlik
СтатистикаHar Yakshanba va Payshanba 21:00 Asosiy Kanal: @Nuktaaa Zakovatga savol yo'llash va admin bilan bog'lanish: @Nukta_zakovat_bot
- Последний пост
- 27 янв. 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bonus_savol Bizning tinib-tinchimas yumoristlarimiz nimalarni oʻylab topishmaydi :) masalan, ular akulaning oltin baliq bilan chatishmasini oʻylab topishibdi. Hurmatli bilimdonlar, hammangiz oltin baliq nima ekanligini juda yaxshi bilasiz, shuningdek,…
#Tugadi)
Javob_bonus_savol Javob : Ushbu gibrid soʻnggi 3ta tilakni bajo keltiradi)
Bonus_savol Bizning tinib-tinchimas yumoristlarimiz nimalarni oʻylab topishmaydi :) masalan, ular akulaning oltin baliq bilan chatishmasini oʻylab topishibdi. Hurmatli bilimdonlar, hammangiz oltin baliq nima ekanligini juda yaxshi bilasiz, shuningdek, akulani ham koʻz oldingizga keltirdingiz. Endi menga aytingchi, ushbu chatishmamiz(gibrid)ning asosiy qiziqarli jihati nimada deb oʻylaysiz? 📩 Javob variantingizni @Nukta_Zakovat_bot manziliga yuboring. Muddati: 3 min. @Nukta_zakovat
#Javob_7 Javob: Bogemiyalik odam. Izoh: San'at bilan shug'ullanadigan kambag'al odamlar uchun ishlatiladigan atama. Bu ibora birinchi marta uning "Bogemiya hayotidan qismlar" kitobining oxirida mashhur bo'ladi.
#Savol_7 Umrini san’atga bag‘ishlagan fransuz yozuvchisi Anri Murje onasining vafotidan so‘ng otasi tomonidan uydan haydalib, kambag‘al hayot kechira boshlaydi. Savol: Murje qaysi iborani ishlatgan birinchi shaxs hisoblanadi? 📩 Javob variantingizni @Nukta_Zakovat_bot manziliga yuboring. Muddati: 5 min. @Nukta_zakovat
#Javob_6 Javob: Balaklava jangi. Izoh: Kerakli kiyim-kechak yordamini olmagan qo'shin, boshlarini sovuqdan himoya qiladigan Balaklava shlyapasini to'qishga majbur bo'ladi. Shlyapa o'z nomini xuddi shu nomdagi joydan oladi.
#Savol_6 Bir maqolada aytilishicha, 20-asr o'rtalarida ingliz askarlari Qora dengizning qattiq qishlariga qarshi kurashish uchun hatto to'qishni ham o'rganishgan. bu ehtiyot chorasi qaysi voqeadan oldin amalga oshirilgan? 📩 Javob variantingizni @Nukta_Zakovat_bot manziliga yuboring. Muddati: 3 min. @Nukta_zakovat
#Javob_5 Javob: tamaki chekish. Qabul: sigaret chekish va yaqin mazmundagi javoblar. Izoh: sigaret tutunlari koʻtarilib rasmlarga oʻzgacha effekt bagʻishlagan. 1976-yilgi Kaliforniya yopiq muhitdagi toza havo akti qabul qilingach sport musobaqalarida chekish qat'iy taqiqlangan. Manba: https://t.me/baxtiyor_fellx/2208
#Savol_5 1975-yilda Kaliforniyada maxsus akt qabul qilingach, AQSH dagi sport musobaqalarida bir jarayon qat'iyan ta'qiqlangan. Natijada, eski sport suratlaridagi bir jozibador effet oʻz-oʻzidan yoʻqolgan. Savol: aynan qaysi jarayon ta'qiqlangan? 📩 Javob variantingizni @Nukta_Zakovat_bot manziliga yuboring. Muddati: 3 min. @Nukta_zakovat
#Javob_4 Javob: Jazzirama. Izoh: Jazz Afrikada vujudga kelgan va ikki musiqa madaniyatining sintezi natijasida paydo bo'lgan musiqiy san'at turi hisoblanadi. Afrika intonatsiyalari va ritmlarini va Yevropa uyg'unligining ba'zi ta'sirini o'zlashtirgan. Savol matnidagi qaynoq soʻzi sizni jazirama soʻziga yetakladi deb umid qilamiz.
#Savol_4 Zamonaviy estradada qo'shiqlarni asosan bir musiqiy san'at turi orqali ijro etib, muxlislarining ko'ngliga QAYNOQ kayfiyat taqdim etadigan guruh nomi bir neologizm bilan nomlanadi. Guruh ijodida asosan Afrika intonatsiyalari va ritmlari hamda milliy maqom uyg'unlashtiriladi. Savol: Guruh nomini qo'sh undoshli neologizm orqali yozib bering. 📩 Javob variantingizni @Nukta_Zakovat_bot manziliga yuboring. Muddati: 5 min. @Nukta_zakovat
#Javob_3 Javob: 1) Chunki u yaratilmagan. 2)Umid. 3) O’zgalarga maslahat berish.
#Savol_3 BLITS ( 3 ta javob ham bitta postda yozilsa qabul) Mavzu: Fales hikmatlari: 1)Fales shunday deb yozadi:Tangri hamma narsadan ko‘hnaroqdir. Chunki u … Marhamat fikrni to’ldiring. 2)Falesdan so’rashadi: Hamma uchun umumiy narsa nima? Fales javob qildi: U "IKS", chunki "IKS" hech vaqosi yo’qlarda ham mavjuddir. "IKS" ni toping. 3) Fales eng oson narsa deb bu ishni aytadi. Savol: Bu ishni 3 so’z bilan yozib bering. 📩 Javob variantingizni @Nukta_Zakovat_bot manziliga yuboring. Muddati: 5 min. @Nukta_zakovat
#Javob_2 Javob : Kitob.
#Savol_2 Ahmad ibn Ismoilning aytishicha U– mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. U– senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir. Savol: Uni toping. 📩 Javob variantingizni @Nukta_Zakovat_bot manziliga yuboring. Muddati: 3 min. @Nukta_zakovat
#Javob_1 Javob: A.Levenguk. Izoh: U mikroblarni mikroskop ostida birinchi marta kuzatgan.
#Savol_1 Uning ixtirosi haqiqiy hayratomuz voqea bo’ldi. Uning ona shahri bo’lmish Delft shahriga g’aroyib mitti jonzotlarni ko’rishga ishtiyoqmand qiziquvchan odamlar oqib kela boshladi. Uning mehmoni bo’lgan ingliz yozuvchisi Jonatan Svift o’zining "Gulliverning liliputlar mamlakatiga sayohati" nomli asarini yozgan ekan. Savol: U kim? 📩 Javob variantingizni @Nukta_Zakovat_bot manziliga yuboring. Muddati: 3 min. @Nukta_zakovat
Hamma kelyaptimi? Qo'ni qo'shnilarni hammani olib keling, 21:00 da o'yin. Ungacha — ❤️🔥
Ertaga ham zakovat qilamizmikan? Hozircha, haftada bir kun o'tkazishga imkoniyat hamda vaqt bor. Ammo, sizlar uchun manfaatli bo'lishiga ishonamiz) Biz bilan bo'lganingiz uchun rahmat😊 Ertaga ham bo'lishi uchun sizdan 444ta olovli yurak)