Nukta | Fikriy uyg'oqlik
СтатистикаNukta-o'tkir fikr, nozik ma'no Reklama olinmaydigan manzil! Bog'lanish: @Nukta_admin_bot
- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 149
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 566
- 1/48двое суток
- 648
- 1/72трое суток
- 699
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#izohsiz © Janob Panda Nukta
Taklifnomalar keldi Qizlar bazmiga kelin dugonalar uchun maxsus taklifnomalar tayyor! Oldingi loyihalarimizda qatnashgan va Blogdagi sodiq obunachilar uchun ham chiqartirganmiz) Qizlar bazmi, keyingi hafta shu kunga to'g'ri kelyapti. Kelmoqchi bo'lganlar bo'lsa bemalol bildiring, kelin orqali taklifnoma online/offline ayol/qizlarga beriladi. Yigitlar bo'lsa, o'zim bog'lanib taklif qilaman! Keladiganlar uchun rasmda kichik vazifa ham bor, ruchka bilan kelavering:) @ChoriyevAmirbek
She'r o'zgarmadi, sana o'zgarmadi, yil o'zgardi xolos. *** Tarixni bilganlar, qonlar yutdilar Kimlardir bu kundan bazm kutdilar Silai rahmni bir kunga sotib O'zlarin majburiy o'qqa tutdilar. Iffatni saqlagin shu asli bayram, Shuni nishonlagin, har lahzada ham Qimmatga tushadi bayramsiz hayot Buni tushunganlar asli juda kam. Kam sonlilar aro ko'zni quvontir Ilm olib, dard tuyib yurakni yondir Onalik sharafin his etib har on Dunyoni ilm-u irfonga to'ldir. © Amiriy @ChoriyevAmirbek
Nukta — maqsadlarimning vijdoni. Nukta
Ramazonda Nuktaviy islohni boshlamoqchimiz, duoda bo'lsangiz. Ungacha ham sifatli kontent qilish nasib etsin) Nukta
Mohiyat (Nukta) yo'qolsa hayotdan ma'no qolmaydi. Nukta
Bayram — hayotdan ma'no topilayotgan lahzalar. Baxt — bayramning Haqga ulanganida. Nukta
#nazm Bo‘yinbog‘ga bandilar kelib, Yozishsin, dedilar, barcha barobar. Yoza boshladilar devorga o‘yib, Kishanlari ila maxbuslar. So‘ngra termuldilar o‘shal yoziqqa, Tamshanib, entikib, bo‘lganicha shod. Barcha bandi edi bu yurtda, faqat "Ozodlik" yozilgan devorlar ozod. To‘rt tomonni hayqiriq bosdi, Yurak unutgandi yurakligini. Hech kim tushunmasdi devorga emas, Ozodlik odamga kerakligini. © NajmiddinTURON Nukta
#repost Orsizlikka jasorat, zinoga ishq dedilar; Bir naslning axloqini mana shunday yedilar! © ... Nukta
Hay ibn Yaqzon Uyg'oqning farzandi tirikvoy) Nukta
Haqiqatni aytgandan haqiqatni eshitgan ko'proq qo'rqadi. © Ibrohim Haqqul Nukta
Menga insoniylikdan so'zlang. © Robert Frost Nukta
JIMLIK ILMI Kaftingni siqqanday Xoʼjai Xizr unvonlar seniki, minbar seniki, seniki, shaharning eng suluv qizi. Faqat sen jim yasha – Hammasi goʼzal! Nodonlar oʼlimin boʼyniga olib, arzimas vijdonga sotilib ketar. Huda-behudaga hayqiriq solib, oqibat itdayin otilib ketar. Faqat sen jim yasha – Hammasi goʼzal! Haqiqat tilanma oʼgʼriyu gʼardan, ming yillik pokiza qoningni bulgʼa. Yuzingni ters burib bechoralardan, qarsaklar ichida kun sayin ulgʼay. Yoqangdan ilishsin: “Аyt, nega jimsan?” Xulosa qilishsin: "Toʼydirishgandir. Tarixda boʼlganmi sendayin kimsa, boʼlsa-da, pushtini kuydirishgandir?" Eʼtibor bermagin ularga inim, kaftingni siqqanday Xoʼjai Xizr unvonlar seniki, minbar seniki, seniki, shaharning eng suluv qizi. Bariga mardona jimliging sabab! Аjabmas, holinga achinib Egam kirgizib yuborsa jannatiga ham. Faqat sen jim yasha – Hammasi goʼzal! © Jontemir Nukta
— G'aflat bosganlardan shoir chiqmagay! Tirikligida Xalq shoiri unvonini maddohlarcha olishdan hazar qilgan tirik shoir baribir o'lmagay! Nosirjon Ustoz yozganlaridek: Xudoning ko'zida turibdi har ish— Mumkinmas bir on ham riyoga chalg'ish. "Onajon Vatan!" deb , Vatandan olqish Kutib o'sganlardan shoir chiqmagay. P.s: Bugun eshitgan eng yaxshi xabarim) Nukta
Rauf Parfi shaxsiyati ertaga to'liq umumiylashtiriladi, keyin yangi shaxsiyat ochiladi! Xo'sh, kim deb o'ylaysiz? Nukta
Rauf Parfi she'riyatidagi obrazlar: Naqadar uzundir, og‘irdir bu yo‘l, Dalalar yastanib yotar ko‘k kabi. Tig‘lab xotiramni osmon – cheki yo‘q, Tizginsiz bu shiddat kenglik asabi. Ushbu she'rni o'qib keyin unga qilingan sharhdan keyin qayta o'qing, o'zizda ham ancha fikrlar keladi... https://raufparfi.uz/archives/387 Nukta
Yozilganlarni hazm qilyapsizlarmi? Yoki dozani oshiramizmi?
— Sochidan tirnog'igacha qullikka qarshi! Rauf Parfining deyarli har bir she'rida goh ishora, goh aniq ko'rinishda Turon, istiqlol, erk, qullikka qarshilik bor. Ona haqida she'r yozishda-ki Turon haqida gapiryotgan bo'lsa bu qanday so'z san'atkori? Koyimangiz meni bu safar, Unutdi, deb uyni, dalamni, Ne chora bor, dil yonsa agar, Dil sog‘insa turkiy olamni... Videoda esa Rauf Parfi haqida gapirishga haqli bo'lgan adabiyotshunos va shoirni yaqindan tanigan suhbatdoshi Ibrohim Haqqul fikrlarini bildirgan. Ibrohim Haqqul haqida yaqindan tanishish uchun yordamchi maqola [ Haqning ozod quli ] Rauf Parfining yuragidan kuylagan satrlarini bir qismi shu postda [ yurakdan chiqqan satrlar] Rauf Parfi haqida Ustoz Mirzo Kenjabek fikrlari: [ Misli bo'lmagan buyuk shoir ] Rauf Parfi bilan bog'liq xotira [ Ruhi ham tiriklarni qo'rqitgan shoir! ] Rauf Parfi bilan yaqindan tanishish [ iymon asiri hujjatli film] Rauf Parfi [xotirasi] P.s: Har bir ko'k yozuv eng muhim kontent uchun havola, bosib ko'ring. Nukta
Xalq, uxlamaymiz! Hay, devoringlar-e
Do'stlar, eng kuchli she'rlarini sharhlarini ham post qilib joylaymi? Payshanba kuni, 1-shaxsiyat tugaydi. P.s: sharhlaridan keyin qayta yanada sevganman) Nukta