Marg'ilon IM
СтатистикаMaktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 11
- Всего постов
- 306
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 419
- 1/48двое суток
- 480
- 1/72трое суток
- 517
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🎓 Marg‘ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi — Siddiqjonov Suhrobbek Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan tashkil etilgan “Hogwarts Summer School” dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi! 🌍 Ushbu dastur 3 oylik onlayn ilmiy-tadqiqot bosqichi va 1 haftalik intensiv oflayn lagerdan iborat bo‘lib, unda o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 📚 Dastur davomida Siddiqjonov Suhrobbek Retrieval-Augmented Generation (RAG), sun’iy intellekt xotira tizimlari (AI memory systems) hamda xususiy AI arxitekturalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirdi. 🤖 Olingan bilimlar asosida u Naviq nomli, my.gov.uz sayti uchun mo‘ljallangan ko‘p tilli sun’iy intellekt chatboti loyihasini mustaqil ravishda ishlab chiqdi. Loyiha fuqarolarga davlat xizmatlari bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni tezkor topish, yo‘naltirish va foydalanishni yanada qulaylashtirish maqsadida yaratildi. 📄 Loyiha bo‘yicha tayyorlangan ilmiy poster Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan nashr qilindi, bu esa o‘quvchimizning ilmiy va texnologik faoliyatidagi muhim yutuqlardan biri bo‘ldi. 🏕 Dasturining oflayn qismi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Renaissance oromgohida tashkil etildi. Bir hafta davomida ishtirokchilar treninglar, jamoaviy loyihalar, networking va innovatsion faoliyatlarda faol qatnashdilar. ✨ O‘quvchimiz Siddiqjonov Suhrobbekni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy hamda innovatsion faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz! 🛜 Marg‘ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Margilon_IM #Young_Climate_Champions Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi Eco_school_Uzbekistan klubi taqdim etadi... Young Climate Champions dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF Uzbekistan hamkorligida amalga oshiriladi. ⚜ Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
💥 Siz kutgan lahza nihoyat keldi! 💥 Young Climate Champions 3-mavsumiga arizalar rasman OCHILDI! 🎉 Agar siz faol yosh bo‘lsangiz, iqlim va ekologiyaga qiziqsangiz hamda, hamda kelgusi bir yil davomida haqiqiy o‘zgarish yaratishga tayyor bo‘lsangiz - bizga qo‘shiling!! 🚀 YCC nima? Young Climate Champions - bu 1 yillik ekologik liderlik dasturi. 🏕️ Dastur avgustdagi liderlik oromgohidan boshlanadi. U yerda siz O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan tengdoshlaringiz bilan tanishasiz va iqlim lideri bo‘lish uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. 🌱 Keyin esa bilimlaringizni amalda qo‘llaysiz! 2026–2027 o‘quv yili davomida jamoangiz bilan ekologik loyihalar amalga oshirasiz. Faol ishtirok etsangiz milliy va xalqaro iqlim tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 🎉 Yil yakunida esa erishgan yutuqlaringizni YCC oilasi bilan birgalikda nishonlaysiz! 🌟 Sizni nimalar kutmoqda? 🏕️ Toshkent shahridagi liderlik oromgohlari 🌍 Iqlim o‘zgarishi va ekologik liderlik bo‘yicha amaliy bilimlar 🎤 Milliy va xalqaro iqlim konferensiyalari va tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati 🤝 O‘zbekistonning barcha hududlaridan yangi do‘stlar 💡 O‘z ekologik va iqlim loyihalaringizni yaratish va amalga oshirish uchun mentorlik va yordam 📜 Sertifikat va tavsiyanomalar 📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin? ✅ 14–18 yoshdagi o‘quvchilar ✅ Iqlim, ekologiya va ijobiy o‘zgarishlar yaratishga qiziqadiganlar ✅ 2026–2027 o‘quv yili davomida o‘z hududida ekologik va iqlim loyihalarini amalga oshirishga tayyor bo‘lganlar 🚀 Young Climate Champion bo‘lishga tayyormisiz? 📝 Ariza topshirish uchun: link ⏰ Arizalar qabuli: 2026-yil 14-avgustgacha ⚠️ Joylar soni cheklangan! 💚 Bu shunchaki oromgoh emas. Bu 1 yil davomida o‘rganish, yangi do‘stlar orttirish va haqiqiy o‘zgarish qilish imkoniyati. Balki keyingi Young Climate Champion aynan SIZ bo‘larsiz! 🌍 ———————————— Young Climate Champions dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF Uzbekistan hamkorligida amalga oshiriladi.
#Vatanim_uchun_olimpiadachiman 🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge! Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun! ✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🧠 President AI Award 2026: arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi! Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun tanlovda ishtirok etishga yana bir imkoniyat. ℹ️ President AI Award — umumiy mukofot jamg‘armasi $1,000,000 bo‘lgan, mamlakatdagi eng istiqbolli AI loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy tanlov. Ishtirok etish uchun: 🔸 3–8 kishidan iborat jamoa; 🔸 ishlayotgan MVP; 🔸 loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch; 🔸 GitHub repositoriysiga havola; 🔸 PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi talab etiladi. ❗️Barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak. 🗓 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha Loyihangiz bor bo‘lsa, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. 👉 Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🎓 Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchilari — Muhammadtoirov Muhammadumar va Mirzarasulov Hamidullo Yoshlar agentligi tomonidan tashkil etilgan "International Top100 Uni Camp" dasturida ishtirok etishmoqda! 🌍 Ushbu dastur 1 haftalik intensiv lager bo‘lib, unda o‘quvchilar dunyoning TOP universitetlarida tahsil olayotgan mentorlardan bilim olishadi. 📚 Ushbu dastur 2024-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va unda qatnashgan ko‘plab o‘quvchilar bugungi kunda nufuzli universitetlarda tahsil olishmoqda. 👨🏫 Dastur davomida o‘quvchilarimiz Harvard, Oxford, Cambridge, Stanford hamda Yonsei universitetlarida tahsil olayotgan talabalar bilan bevosita muloqot qilib, ulardan dars va qimmatli tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. ✨ O‘quvchilarimizga ushbu dasturda omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🛜Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati. ⚜Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
💥💥💥💥💥💥 #MARGILON_IM #IELTS #FAXRLANAMIZ 🏛Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-"Green" sinfi o'quvchisi Mirzarasulov Hamidullo Murodjon o'g'li IELTS imtihonidan 7.5 ballni qoʻlga kiritdi. 🔰Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz! ✨O'qituvchi: Ataxo'jayeva Ma'sumaxon 🛜Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati. ⚜Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
видео или голосовое, без подписи