𝑸𝑨𝑳𝑩 𝒀𝑶'𝑳𝑰 - Niyatullo Elbek o'g'li
СтатистикаKanalda navoiylik ijodkor Niyatullo Elbek o‘g‘lining she’r, aforizm va kechinmalarini o'qib borishingiz mumkin 𝑲𝒐'𝒏𝒈𝒊𝒍𝒅𝒂𝒏 𝒌𝒐'𝒏𝒈𝒊𝒍𝒈𝒂𝒄𝒉𝒂... 01.01.2017 Creator @Niyatullo_n7 Admins @Erkinjon_xojimamatov @Qalbyoli_bot
- Последний пост
- 27 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Mana shunaqa holatlarni olmaydimi “Farz” kabi kinolariga zang‘arlar. Shunaqa axmoqona toʻylar qilmasdan uyi yonib ketgan qoʻshnisiga yordam qilsin edi, hajga borayotgan bir moʻysafidni Makkayu Madinadan olib qolmay! Bunaqa isrof toʻylar qancha boʻlyapti Oʻzbekistonda? Katta hajga bir yilda qanchagina odam boryapti? Katta kallalariga sigʻdirib oʻylash kerak. Mana men nima uchun kuyunganman
HOBBY Men futbolchi bo‘lolmadim, Vaqt boʻldi hakamim. Futbolkamda qolib ketdi, O‘n birinchi raqamim! O‘zbekiston xalq shoiri, Sirojiddin Sayyid @Qalb_yoli
#Biz_bir_jamoamiz #Abdukodir_Khusanov #Uzbekistan_team #World_cup_2026 #Turkiylarim FUTBOL MUXLISLARI MADHIYASI Olgʻa millat arsloni, Qaytmas oʻzbek oʻgʻloni. Tomirlaringda oqar Bobokalonlar qoni. Eslat ajdodlaringni Hayratga sol dunyoni. Olgʻa millat arsloni! Or tashlangan oʻrtaga, Sinashmoqchi jo‘rttaga, Har oʻgʻloning alpkelbat Zoʻr kelgaydir toʻrttaga. Bo‘sh qaytmoqqa haqqing yoʻq, Futbol ham jang maydoni. Olgʻa oʻzbek arsloni! Ortda qolgan Vatan, yor, Yoʻllaringga intizor. Duolari ijobat, Ona xalqing, otang bor. Ostonangga yiqilgil, Har qarichga tik jonni, Olgʻa oʻzbek arsloni! Tur, oʻgʻlon, tuz harbingni, Koʻrsat oʻzbek zarbingni. Yovlaringni yer tishlat, Sinamasin sabringni. Tarixni yozguvchi boʻl Boʻlgil elning dostoni! Olgʻa oʻzbek arsloni! Temur tuzugin yod et, Yot rejasin barbod et. Tugʻingni baland koʻtar, Oʻtganlaringni shod et. Elga yorugʻ yuzla qayt, Koʻtar millatning shonin, Olgʻa oʻzbek arsloni! Niyatullo Elbek oʻgʻli @Qalb_yoli
Barchamizga Qurbon Hayiti muborak va qutlugʻ boʻlsin!
HOBBY Men futbolchi bo‘lolmadim, Vaqt boʻldi hakamim. Futbolkamda qolib ketdi, O‘n birinchi raqamim! O‘zbekiston xalq shoiri, Sirojiddin Sayyid @Qalb_yoli
Oʻqituvchilarga nisbatan bugungi, kechagi va avvalgi ishlardan yigʻilib qolgan ogʻriqlarim haqida birozgina...Mening ota-onam ham oʻqituvchi. Ular bilan faxrlanaman. Ulardan yegan kaltaklarini faxrlanib rahmatlar aytgan oʻquvchilarini bilaman. Qanchalari katta-katta davlat idoralarida ishlaydilar. Biz ham ustozlarni kaltaklarini yeb yomon boʻlmadik, menimcha. Sherzod Bobonazarov sizga oʻsha darsingiz uchun ulkan rahmat aytmoqchiman! KALTAK Esimda shoʻxliklarim, Lek afsus demaganman. Chunki bir bor otamning Kaltagin yemaganman. Bolalik edi bari, Onam sira aytmasdi. Olar edim nasihat, Kaltakkacha yetmasdi. Maktabda ham shoʻxlikni, Evi bilan qilardim. Bola boʻlsam ham baribir, Oʻz haddimni bilardim. Orqamdan sudramadim, Hech malomat yo ayb. Salbiy ibrat olmadim, Oʻqituvchining oʻgʻli deb. Sinf sardori edim, Oʻqir edim a’loga. Sardorligimdan baʼzan, Qolar edim baloga. Bir gal janjal boʻlganmish, Maktabning orqasida. Butun sinf soʻraldik Direktor xonasida. Hamma bir kishi uchun Shioriga “ha” dedik. Hechkim aybin sotmadi, Bo‘ralab kaltak yedik. Shu-shu boʻldi barcha sir, Shu xonaga koʻmildi. Janjalning darzi ketib, Bariga koʻz yumildi. Direktor inson edi, Kaltagi ham begʻaraz. Kim uchun kaltak edi, Mening uchun katta dars. Shunda bir ogʻizpolvon, Koʻrsatgan edi kuchin. Jazom – sinfdoshlarni Qaytarmaganim uchun. Bugun esa aybimiz, Millat gʻamin yemaslik. Nomardlik – bu egrini, Notoʻgʻri bu demaslik. Toʻgʻrini egri sanab, Qorani oqlayapmiz. Bilibmi yo bilmaymi, Egrini yoqlayapmiz. Koʻzimiz yumib olib, Qay yerga boshlayapmiz? Aybi bor bir yon qolib, Aybsizni toshlayapmiz. Yuragim qonayapti, Qandayin yashayapmiz? Bizga dars berganlarni Sirtmoqqa tashlayapmiz. Hamma bir kishi uchun, Bir kishi uchun hamma. Bu xalqning koʻrgan kuni, Koʻrguliklari kammi? Qulogʻimiz yopganmiz, Soʻz uvol, nasihat oz. Bizga lozimdir balki Qattiqqoʻlroq bir ustoz. Rahm qilmoqda Tangri, Karamini keng qildi. Bir quloqsiz bandasin, Ustoz bilan teng qildi. Asli malomat emas, Ne qilamiz Xoliqsiz. Quloqsizmiz Xoliqning, Kaltagiga loyiqmiz. Niyatullo Elbek oʻgʻli @Qalb_yoli
#hikmat Киши севгани билан ҳар доим баробардир, у сенинг кўнглингда ва сен ҳам унинг кўнглиндадирсан.Узоқлик фақат баданларни бир-бирига узоқлаштирар, аммо кўнгилларни асло, агар севаркансан доимо унинг бирла баробарсан. © Ҳазрати Мавлоно Румий @Qalb_yoli
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Ustoz Muhammad Yusuf uy muzeylari va qabrlari ziyoratidan lavha
#tavallud_kun Bugun 26-aprel Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. Xalqimizning erka shoirini Xudo oʻz rahmatiga olgan boʻlsin! YORIJON Tanimayman deysiz bilmayman deysiz, Yorijon nozmi bu, sho'xliklaringiz. Meni tanir hatto kipriklaringiz, Siz esa shoirni sevmayman deysiz. Ko'rib ko'rmoqlikka olmoqlar oson, Siz-ku ko'rsangiz ham olmaysiz-ku tan. Meni tanib hatto har kun ko'chamdan, Sochingiz qo'l siltab o'tar, yorijon. Bilaman taxminan shunday o'ylaysiz, Shoirlar devona tuzalmaydilar. Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz, Shoirlar odamdik sevolmaydilar. Yona-yona bir kun ko'yingizda men Ado bo'ladirg'on qulga o'xshayman. Eng go'zal she'rimni to'yingizda men Poyingizga gulxan qilib to'shayman. Qo'rqmang. Yangrar qo'shiq tugamas o'yin, Ko'rganlar sizdan ko'z uzolmaydilar. Shoirlar buzolmas birovning to'yin, Birovning uyini buzolmaydilar. Muhammad YUSUF @Qalb_yoli
#Tavallud_Kun Bugun 23-aprel! Aprel oyida buyuk insonlar tug'ilgan. Ha rost! Chunki bu kunda men uchun eng kuchli inson dadam tavallud topganlar! Farzandi uchun qo‘lidan kelmaydigan ish bo‘lmagan, bolam deb supper qahramonga aylana oladigan insonim – dadam, Olloh doim umrlariniz ziyoda qilsin! Umringiz uzoq bo‘lsin! Sizlar uchun jonimiz fido! Kichikligimdan dadam meni avaylab, doim ularga suyanganimdek, olislarda yurganimda duolari asrashini va ismlari ham meni suyab turishlari uchun Niyatullo Elbek oʻgʻli deb aytishlarini xohlayman... ULUG‘ TOGʻ G‘ururingiz ulug‘ tog‘ kabi, Sabotingiz qoyalaridek. Mustahkamdir, ota, qaddingiz Har to‘siqda turoldingiz tik. Menga o‘rnak sizning yo‘lingiz, Turibmanku ko‘zlarim yonib. Tog‘ bo‘laman bir kuni men ham Yuksalyapman sizga suyanib... Niyatullo ELBEK o'g'li @Qalb_yoli
видео или голосовое, без подписи
Kuni kecha Davlat rahbari ochib bergan Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmuasi. Juda haybatli va goʻzal bunyod etilibdi. Bu Ramazon yurtimizga koʻplab yaxshiliklarni berdi. Olloh ziyoda qilsin! Азизлар исмига ватандир нисбат, Елгай юрт номида суворий бўлиб: Бежизми, Исмоил ўғли Муҳаммад Жаҳонга танилди Бухорий бўлиб! ✍️ Мирзо КЕНЖАБЕК
Assalomu alaykum, hurmatli doʻstlar, qadrdonlar, kanalimiz kuzatuvchilari! Bugungi Hayit va Juma ayyomlari muborak boʻlsin! Kelasi Ramazonlargacha Yaratgan xayr-u barakani ziyoda qilib, sogʻ salomat yetkazsin! Hurmat bilan Niyatullo Elbek oʻgʻli @Qalb_yoli
Barcelona va futbol haqida adabiyotga bogʻlab zoʻr-zoʻr videolar qilayotgan ukam Erkin HojiMuhammadga rahmat! Barcamizga omad tilaymiz! IRODA Oyog'imdan chaldi xatolar, Tik qolmoqqa yetmadi kuchim. Tag'in qaddim tutdim, dunyoga Kelmaganman yutqizmoq uchun. Tuyulgandi bu janglar qiyin, Mardlik ta'min bilmagunimcha. Tugamaydi hech qachon o'yin, Men g'alaba qilmagunimcha! Niyatullo Elbek o'g'li @Qalb_yoli
Nodir Jonuzoq O'YIN Bu qiz bilan har kuni O'ynardik bekinmachoq. Darrov topardim uni Devorga bekingan choq. Qo'l ushlashib adirga Chopar edik hakkalab. Qaytardik keyin birga, Qo'ymas edim yakkalab. Ishonmasdan, ko'zimni Kafti bilan yopardi. Bekinardi. Men uni Osongina topardim. Kapalakday beqaror, Ohuday edi qochoq. Keyin bilsam, aslida Bu dunyo - bekinmachoq. Bir kun ogoh qilmasdan Bir burchakka chekindi. O'zi bilib-bilmasdan Chimildiqqa bekindi. Ovoz berdim: «Bo'ldi, chiq, Qanisan?..» - tinglar edi. Lekin negadir piq-piq Chiqmasdan yig'lar edi. Kiray desam yoniga, To'siq bo'ldi yangalar. Igna sanchib jonimga, Dil dardimni yangilar. Tashqaridan so'z qotdim: «Hammasi o'yin edi, Ko'z yumdimu - yo'qotdim, Buyog'i to'ying endi...» Shundan beri har kuni Yaramga teginaman. Uzoqdan ko'rib uni, Shu zahot bekinaman. Ergasholmas izimdan, Ortimdan chopolmaydi. Ko'rib turaru zimdan, Hech qachon topolmaydi... @Qalb_yoli
🟦🟦🟦 💌 "She’riyat va vazn sirlari" mahorat darsiga sizni taklif qilamiz: 🗓 Sana: 13-mart (Juma) 🕰 Vaqt: 11:20 📌Manzil: Asosiy bino, ARM (Debate room) ✅Mehmonimiz taniqli ijodkor — Niyatullo Elbek o‘g‘li 📣Dasturda: ✅ She’riy vazn va o‘lchovlar siri; ✅ Badiiy mahorat darslari; ✅ Jonli muloqot va savol-javob. ⭐️O'tkazib yubormang – mahorat darsi aynan siz uchun! 📚 O‘z ijodingizdan namunalar bo‘lsa, birga olib keling! ✉️Murojaat uchun: @UzSWLU_Mushoira_koordinator 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ✈️ Telegram 📱 Instagram
видео или голосовое, без подписи