Bibliophile Asqaraliyeva
СтатистикаKitob va uning atrofidagi olam haqida...
- Последний пост
- 4 мар.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 32
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Yaqinda shahrimizdagi kelin ko'ylak salonlari (shu so'zning o'zbekchasini topolmadim) ko'chasidan o'tib qoldim. Xayolimga g'alati fikr keldi. O’sha oynavandlar ortidagi oq ko’ylaklarni bundan 7-8 yil avval ham ko’rganman. Har gal ko’rganimda ichimga qandaydir yorug’lik, orziqish hissi kirardi. Xayolimda bunisi menga mos ekan, unisi dugonamga, anavini qiz bazmiga kiysam bo’larkan, deb o’tib ketardim o’zimcha. Bu safargi qarash, hislar, xulosalar boshqacha bo’ldi. O’sha ko’cha, o’sha do’konlar, o’sha oynavandlar, o’sha uslubdagi oq ko’ylaklar – lekin endi orzumand, murg’ak qizchaning ko’zi bilan boqmadim. Boqolmadim. Kelgan birinchi fikr esa — “Shuniyam manekenga kiydirishadimi, kim tanlardi bu narsani?!”… Ha, biz yoshligimizda orzu qilgan, havas qilgan narsalarga vaqt o’tib yo ahmoqona, yo bolalik o’y deb qaraymiz. Aslida bu narsa muhit va nafsga bog’liq. Inson ulg’aygan, umri uzaygan sari minimal ehtiyojlardan maksimal ehtiyojlarga qarab ketadi. O’sha namunaviy oq ko’ylak 10 yoshli qizga qanday dabdaba, mukammal bo’lib ko’rinsa, 20 yoshli qizga uvada bo’lib ko’rinishi mumkin. Maktabda sodda to’y, kamxarj yig’inlarga qanchalik targ’ib qilinmasin, masala o’ziga kelganda “Men bir marta yashayman”, “Orzu-havasim bor”, “Eng qimmatidan kiyishim shart, dugonalarimni og’zi ochilib qolsin” degan o’ylardan boshlanadi hamma narsa. To’g’ri, inson o’ziga eng yaxshilarini loyiq ko’rishi kerak. Bu fikrni ham inkor etmayman. O’sha ko’chadan o’tganimga 3 kun bo’ldiki, o’ylayman, o’zimcha falsafa so’qiyman. Savol yo’q, lekin javob qidiraman. Hozircha anglaganim shu bo’ldiki, nafs – inson bilan birga ulg’ayadigan tilsim. Kunma-kun, oyma-oy, yilma-yil. Faqat ayrim insonlargina u tilsimni tilsimligicha qoldiradi, Alibobo g’orini ochmaydi, biroq yana ko’pchilik toifa borki, g’orning tilsimini ochadi, ichkariga kiradi va kenglik-u qorong’ulik aro yo’q bo’ladi. Sim-sim, ochil… Sim-sim, yopil… Nigora A. 04.03.2026 @asqaraliyeva
#mutolaa Ular aldashni oʻrgandilar, yolgʻonga ruju qoʻydilar va uning mazasini bilib oldilar. O, ehtimolki, bu hech qanday gʻarazsiz, oddiy hazildan, erkalikdan, yengil-yelpi sevgidan, arzimas zarradan boshlangandir, lekin bu yolgʻon zarrasi ularning qalbiga kirib oldi-yu, sohibga yoqib tushdi. Keyin tezda ishratparastlik, ishratparastlikdan rashk, rashkdan shafqatsizlik tugʻildi. O, aniq aytolmayman-u, ammo oradan hech qancha vaqt oʻtmay, oʻzga yer odamining birinchi qoni toʻkildi: ular taajjubda qoldilar, dahshatga tushdilar va bir-birlaridan yuz oʻgirib turli tomonlarga tarqala boshladilar… Ittifoqlar, uyushmalar paydo boʻldi, lekin ular bir-biriga qarshi edi. Taʼna-malomatlar dunyoga keldi. Ular oʻz qilmishlaridan uyalishni oʻrgandilar va bu uyat tuygʻusini ezgulikka yoʻydilar. Shaʼn, nomus degan tushunchalar paydo boʻldi. Har bir uyushma oʻz bayrogʻini tikdi. Ulardan hayvonlar ham ozor koʻrdi, yogʻiylashib oʻrmonlarga qochdi. Boʻlinish, yakkalanib olish uchun, shaxs uchun, meniki-yu seniki uchun tinimsiz kurashlar boshlandi. Ular anvoyi tillarda gaplasha boshladilar. Shu tariqa, gʻam-anduh nimaligini bildilar va uni sevib qoldilar, uqubatni qoʻmsadilar. Faqat zahmat chekibgina haqiqatga yetish mumkin, dedilar. Shunda ularda ham biz tushungan ilm-fan paydo boʻldi. Ular vahshiy boʻlib ketganlaridan soʻng birodarlik va insoniylik toʻgʻrisida gapira boshladilar va bu gʻoyalarning nimaligini idrok etdilar. Jinoyatchiga aylanganlarida, adolatni oʻylab chiqardilar, uni himoya qilish maqsadida, oʻzlari uchun butun boshli qonunlar oʻylab chiqardilar va bosh kesuvchi mashinalarni ularga posbon qilib qoʻydilar. Ular oʻzlari boy bergan hayot tarzini elas-elas eslardilar, qachonlardir begunoh va baxtiyor boʻlganlariga koʻpincha ishongilari ham kelmasdi… 📖Fyodor Dostoyevskiy, “Kulgili odamning tushi” @asqaraliyeva
“Omonliq, somonliq, hech ko’rmaylik yomonlik, Keyingi yil shu kunlarga o’ynab-kulib yetaylik” Bir kuni maktabdan boychechak (balki momoqaymoqdir) ko’tarib kelganimda, onam gulni ko’zlariga surtib “omonliq-somonliq” qilgandi. Hayron qolgandim, oddiy gulga qanday buncha quvonish mumkin, deb. O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarida ham shunga o’xshash detal bor. Darvoqe, bilishimcha, bahor – ilk kuni bilan tabriklanadigan yagona fasl. “Bahor muborak!”, “Xush kelding, bahorjon!”, “Bugun tunda kelarmish bahor…” kabi. Xuddi “Birinchi qor bilan” degandek. Lekin bahorni o’zgacha ruh, o’zgacha intiqlik bilan kutishimiz aniq. Sovuq va qaysidir ma’noda rutubatli qishdan so’ng ko’ngillarga farahlik olib keladi bahor. “Bаhоr devоrlаrning оftоbroʻya etаklаridаn bоshlаnmаydi. Bаhоr аriqlаrning kungаy sоhillаridаn bоshlаnmаydi. Bаhоr goʻristоndаn bоshlаnаdi. Ilk mаysаlаr mungli doʻppаygаn qаbrlаr yonbоshidаn unib chiqаdi. Тoʻngʻich chuchmоmаlаr eng аvvаl sukutgа choʻmgаn qаbristоn ustidа mаʼyus qoʻngʻirоgʻini chаlаdi. Bаgʻri qоn qizgʻаldоqlаr birinchi boʻlib mаnа shu yerdа оchilаdi. Kim bilsin, tаbiаtning mаrhumlar ruhigа yildа bir mаrtа koʻrsаtаdigаn mаrhаmаti, ehtimоl, shudir...”. Dunyoda so’nggi kunlarda bo’layotgan voqealarga, bolalarning o’limiga, onalarning faryodiga, otalarning ilojsizligiga ko’zimiz tusharkan, bugun mana shu misralar yodimga keldi. Bahor kimlardir uchun bayram, kimlardir uchun motam. Ana shu o’ylarni ichimdan o’tkazarkanman, onamning “omonliq-somonliq” qilishlarini endi angladim, endi his qildim. Bahoringiz muborak bo’lsin! Keyingi yil yangi bahorlarga o’ynab-kulib, salomat yeting! @asqaraliyeva
Bizning davrdagi sevgi: Qizlar yigitlarni bloklardi. Hozirgi sevgi: Yigitlar qizlarni bloklayapti. @salimov_blogi
Bizning davrdagi sevgi: – Koʻnglini olish uchun hamma ishni qildim, javob yoʻq. – Nimalar qilding? – Har kuni gul bilan oʻqishdan chiqishini kutdim. Ortidan yurdim, sovgʻalar berdim. Kelajakdagi orzulari bilan qiziqdim, ularga erishishi uchun sharoit yaratdim. Uni bezovta qilayotgan yigitlar bilan mushtlashdim. Sovchi qoʻydim, otasi bilan gaplashdim. Hozirgi sevgi: – Koʻnglini olish uchun hamma ishni qildim, javob yoʻq. – Nimalar qilding? – Hamma istoriyasini koʻrib, layk bosib chiqdim. @salimov_blogi
Bizning davrdagi sevgi: Majburlab erga berishyapti ekan. Toʻyini buzaman! Hali hech narsa tugamadi! Hozirgi sevgi: Deleted account boʻlibdi. Endi qanday topaman? Hammasi tugadi! @salimov_blogi
Agar qaysidir sheʼrni muallifidan tortib olish imkoni berilsa, shuni tanlagan boʻlardim.
#kayfiyat Orzu qilish huquqi degan ibora kelib qoldi xayolimga. Ikki kun avval. Balki undan avval ham kelgan-u, lekin e’tibor bermagandirman. Bugun Amerikaga uchib ketyapman. Okeanorti yurtiga. Martin Iden, Getsbi yaralgan mamlakatga. Hatto uch oy oldin ham xayolimning bir uchiga kelmagandi. O’tgan yili “Buyuk Getsbi”ni o’qiganimda Getsbining buyukligi shu ulug’vor Amerikaning buyukligiga qiyoslangan degan fikrni ham o’qigandim. Chunki asarda ham, kinosida ham hozirgi Amerika poydevorining qurilishi aks etgandi. Endi orzu qilish huquqiga qaytsak. Kecha 15-iyun Xalqaro otalar kuni edi. Menga ham aynan orzu qilish huquqini dadam hadya etgan. Bir ota-onaning farzandiga bera oladigan eng qimmatli sovg’asi – uning orzulariga erishishga sharoit yaratib berishi, sharoit yarata olmasa, unga to’sqinlik qilmasligi. Aynan orzular ortidan erishishga yaratilgan sharoit orqali bugun shu darajadaman, deya olaman. Albatta, daraja deganda boshqalar bilan taqqoslashmas, balki o’tgan yilgi Nigora bilan bugungi Nigoraning xayollari, tasavvurlari ancha farqli. Dadil. Muhabbat va ishonchga to’la. Shu rasmdagi qizcha kabi o’zbekligini qalbiga tuggan, qo’lida o’zidan katta portfeli bilan ilm ortidan ketgan Nigoradan faxrlanaman. @asqaraliyeva
– Olrij, kimnidir baxtsiz qilgan kishi oʻzi baxtli boʻlolmaydi. – U baxtli yashayapti-ku, afandim. – Chunki uni kechirganman...
#kayfiyat Bugun ko‘rishaylik, Yomg‘irni qara! Suvga bo‘kkan mushukday shahar. Osmon yaylovlari bulutga qaram, Ko‘ngil – tashrifingga, Yo‘q dema faqat. Bugun ko‘rishaylik, xiyobonni qo‘y, Soyabon ko‘tarib yurish ham mahol. Yo‘qsul peshonamda g‘aribgina uy, Unga ikki olam sig‘ar bemalol. Hislar chiqsin, mayli, quyushqonidan, Xo‘mray ta’qiqlarga, Yelib kel, gulim. Sen qahva ichasan oyna yonida, Men unsiz chekaman, senga termulib. Bugun ko‘rishaylik, ikkilanma hech, Urinma boshqa kun fursat topishga. Piyoda yo‘lga tush – avtolar sotqin. Nozik badaningga chippa yopishgan jiqqa ho‘l libosda ko‘zimga botgin. Dovdirab eshikka suyanib qolay, Yomg‘irda ivigan qaro sochlaring uchidan chakillab tomgancha sharbat dildirab uyga kir, Dood, iforingdan, Shilq etib yiqilay, sarxush-u sarmast. Kel, hozir ko‘ksimning ichi to‘la ganj, Yor, uni, yor! Uni, Yorug‘ nurdanam. Kechiksang befoyda, yomg‘ir to‘xtagach, Aylanib qolaman sovuq murdaga. Bugun ko‘rishaylik, Yo‘q dema faqat... Jontemir @asqaraliyeva
Masalan, inson qalbiga yaqin insonni topgandagina chinakamiga yashay boshlaydi.
#mutolaa –Aka, muhabbat nima? Men horg’in kulimsiradim. – Uni boshidan kechirmagan odam bilmaydi… U yurakka sodir bo’ladi, Nosirboy. Uni ko’rsatib ham bo’lmaydi. Jahlingiz chiqqanda, birovni urasiz. Quvonganda – suyasiz… Muhabbat ham shunga o’xshash narsa… Lekin u nodir his. Boyagi hislar ham kezi kelganda unga bo’ysunadi, ukam. ✍️Shukur Xolmirzayev “Bodom qishda gulladi”
Binafsha – O'zbekiston Det [uzhits.net]
Olis bolalikni eslatuvchi qoʻshiq. Ha, biz hali qarimadik, lekin juda olisga ketganimiz rost. Biz oʻshanda bola koʻnglimiz bilan vatanni sevardik, unga daxldorlik his qilardik, ertamizga ishonardik. Vatanga boʻlgan hislarimizni ham, balki vatanimizni ham boy berib qoʻydikmi, bilmadim. @salimov_blogi
#tarjima “Yo’qotishingni bilib turib nega harakat qilyapsan”, dedi. O’lishini bilgan holda yashayotganini unutgandi shu vaqt u ham. Indamadim. O’zdemir Asaf @asqaraliyeva
“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi ✅ Universitetimizda 15-fevral kuni "Fonus" she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, izlam toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz. 📖 Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz. 👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5 🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da. 📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1) Men o’zimni sendan izladim… 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #izlam #adabiyot #shoirlar ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#nazm Yig‘lama, Nega yig‘laysan? Odamlar nima deb o‘ylaydi, axir! Ular o‘ylaydiki, “Ayrilishar ekan-da, sho‘rliklar...” Holbuki, bugun biz sen bilan Uzoq muddatdan so‘ng ko‘rishdik. Yig‘lama. Muhammad Solih @boqiy_darbadarr
Yana yurdim bugun o‘sha yo‘llardan, Yayov tentiradim oqshomga qadar. Bizlar baxtli edik ! Men oshiq edim ! Bugunda sen yo‘qsan, men bir darbadar... Qo‘l ushlashib ketdi bir yigit, bir qiz, Birdan yetmay qoldi menga havolar. O, ular naqadar baxtiyor juftlik ! O, ular bo‘lajak baxtiqarolar ! Ilhom Salimov @salimov_blogi
#mulohaza Kitob o'qigan ayol osonlikcha sevmaydi, u shunchaki o'zining mayda detallariga o'xshab ketadigan ruhiy hamkasbini qidiradi. Hozir insta olamda Dostoyevskiy trendga chiqqan bo’lsa (ayniqsa, “Oydin tunlar”dagi o’sha mashhur iqtibos), bir vaqtlar yuqoridagi gap ham anchagina aylangandi. O’zi rostan kitob o’qigan qizlarning ko’ngil qo’yishi qiyinmi? Kitobxon qizlar qahramonlar xarakteriga qarab ularga bog’lanib qoladi. Ko’p ehtimol hayotda ham shunga rioya qilishadi. Masalan, “Ufq”dagi Azizxonning zabardastligi aytilgan, bezoriligi aytilgan, lekin uni yoqtirib qolishimga aynan Lutfinisoni asrashi, avaylashi va olib qochishgacha jur’at qilishi sabab bo’lgandi. Odatda munosabatlarda ikki taraf ham bir-biridan uni baxtli qilishni kutishadi. Birinchi qadam, birinchi xabar, birinchi sovg’a va hokazolarning birinchisini. Balki kitobxon qizlar ham asarlarda o’qigan obrazlarini ideallashtirib, qarshisidagi insondan shuni kutgani uchun osongina sevib ketolmas. Masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Mutolaaga bog’langan, san’atga bog’langan, umuman olganda, o’zini o’zi xursand qila oladigan va bularning hammasini yolg’iz bajargan qiz ham boshqa odamdan keladigan mehr yoki baxtni kutmasa kerak. O’zining dunyosida baxt yarata olgan va xayoliy komfortda yashayotgan qizlar bora-bora sovuqqondek tuyilishi ham mumkin. Misol uchun, o’zim imkonim, vaqtim va birinchi galda kayfiyatim bo’lganda muzeyga, teatrga yoki biron orkestr konsertiga borishim mumkin. Oxirgi vaqtlar bu ishlarni Kumush bilan birga qildik. Lekin ungacha bir o’zim boraverardim. Bunday joylarga borganda zerikish yoki sheriksiz degan narsaning ahamiyati qolmaydi. Xayolingizgdagi “Men”ingiz bilan suhbat quraverasiz. Hayotda sovuqqon ko’rinsam ham, Boburning “Lola” g’azaliga ishlangan qo’shiqni ko’zim mo’ltillab eshitishim, o’sha “Oydin tunlar”dagi xayolparastga hayotdagi xayolparastlardan ham ko’proq achinishim mumkin. Hatto 3 yil avval telefonim ringtoniga Motsartning “Turkish march” musiqasini qo’yib qo’yganimda ayam g’alati qaragani ham rost. Butun boshli muhabbat mavzusini qamrab olgan orkestrga hamma sherigi bilan kelganda ham bir o’zim borib mazza qilib kelganimga ko’p bo’lmadi. Orzularim orasida dunyodagi eng katta muzey, san’at galareyasini soatlab sayr qilish, Milandagi La Scala opera teatrida arealar eshitish va men uchun eng zo’r bastakor Yannining konsertini jonli tinglash bor. (Biroq Yanni hozir 70 yoshda) Va bularni yolg’iz ko’rishdan va eshitishdan nolimayman, aksincha ayni muddao deyman. Sababi ichingizga otgan, ko’mib tashlagan qaysidir hislarim shu yerlarda yuzaga qalqiydi. Yonimdagi odam buni ko’rishini esa istamayman. Aslida faqatgina kitob o’qigan qiz emas, o’zining shaxsiy hobbilari va mashg’ulotlari bo’lgan qiz osonlikcha ko’ngil bermaydi. Mana nimaga “Sohibjamol va maxluq”dagi kitobxon qiz maxluqni sevib qolgan, kitobidan rasm qidirgan Gastonni emas))😇 @asqaraliyeva
#nimadir menga kitob o'qib ber @mahinsworld