مرآة الحق
Статистика©Manbasiz olishga rozi emasmiz. @um_saad_otziv •9 yillik tajribaga ega muallima sahifasi.. • Qurʼonga muhabbat , hıfz, tajriba , tahliliy yondashuv,ilm haqida... @Xodimatul_quronbot Kurs admin; @Muqria
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 812
- 1/48двое суток
- 930
- 1/72трое суток
- 1 003
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
💭 Onaning qornidaligidayoq Qur’on yodlash Ko‘p marta ayrim insonlar onasi homiladorlik vaqtida Qur’onni ko‘p o‘qigani sababli hali ona qornidaligidayoq bir necha juzni yodlab olgani haqida eshitganman. Hatto birga o‘qigan insonlarimdan biri oxirgi ikki juzni tug‘ilmasidan oldin yodlaganini, bunga onasining homiladorlik paytida ularni ko‘p o‘qigani sabab bo‘lganini aytgan. Ammo Alloh taolo shunday deydi: «Alloh sizlarni onalaringiz qornidan hech narsani bilmagan holingizda chiqardi…» (Nahl, 78-oyat) Bu oyat insonning dunyoga hech qanday bilimga ega bo‘lmagan holda kelishini ko‘rsatadi. Bilmaslik — har bir insonning boshlang‘ich holatidir. Hech bir inson hatto bitta oyatni bilgan holda tug‘ilmaydi. Chunki ta’lim olish jarayoni tug‘ilgandan keyin boshlanadi. Agar bunday holat haqiqatan ham sodir bo‘lganida, bu hammaga ma’lum bo‘lardi. Axir homiladorlik paytida Qur’on o‘qiydigan minglab ayollar bor. Shunday bo‘lsa, bunday holatlar faqat ayrim hikoyalar ko‘rinishida emas, juda keng tarqalgan hodisa bo‘lishi kerak edi. Bundan tashqari, bunday hikoyalarni tekshirishning ham imkoni yo‘q. Inson: «Menga ota-onam shunday deb aytgan», deydi. Ammo voqeaning haqiqatan ham shunday bo‘lganini yillar o‘tib tekshirishning iloji yo‘q. Tug‘ilmasidan oldin ikki juzni yodlaganiga qanday ishonish mumkin? Bola tug‘ilgandan keyin taxminan uch yil davomida hali ravon gapira olmaydi. Demak, shu vaqt mobaynida u Qur’onni o‘zi o‘qimagan. Keyin ravon gapirishni o‘rganganidan so‘ng birdaniga tug‘ilishidan oldin yodlagan ikki juzni xotirasidan o‘qiy boshlaydimi? 🌚 Men bunday odamlar ataylab yolg‘on gapiryapti, demoqchi emasman. Menimcha, buni boshqacha tushuntirish mumkin: bola Qur’on doimo o‘qiladigan oilada ulg‘aygan bo‘lishi mumkin. U juda yoshligidan boshlab bir xil suralarni minglab marta, yillar davomida eshitadi va asta-sekin ularni yodlab boradi. Oradan yillar o‘tgach, u aynan qachon va qanday yodlaganini eslay olmaydi. Keyinchalik ona qornidaligidayoq Qur’on yodlash haqidagi hikoyani eshitib, o‘zida ham shunday bo‘lgan deb o‘ylab qolishi mumkin. Odatda bunday hikoyalar homilador ayollarni Qur’onni ko‘proq o‘qishga undash maqsadida tarqatiladi. Axir qaysi ona farzandi dunyoga shunday ustunlik bilan kelishini istamaydi? Bundan tashqari, odamlarga noodatiy narsalar yoqadi. Ular chiroyli hikoyalarni haqiqatda mumkin yoki mumkin emasligini o‘ylab ko‘rmasdan boshqalarga ham tarqatishadi. Ammo Qur’on bunday hikoyalarga muhtoj emas. Bizda Qur’on tilovatining fazilati haqida juda ko‘p oyatlar, hadislar va ulamolarning so‘zlari bor. Bularning o‘zi insonlarni Qur’on o‘qishga rag‘batlantirish uchun yetarli. Islomni qabul qildirish uchun afsonalarga ehtiyoj yo‘q. Qur’onni o‘qishga undash uchun ham afsonalarga ehtiyoj yo‘q. Shu bilan birga, homiladorlik davrida Qur’on o‘qishning farzand uchun foydasi, albatta, bor. Lekin bu bola ona qornidaligidayoq juzlarni yodlab oladi, degani emas. Qur’on tilovati onani xotirjam qiladi, ruhiy va hissiy barqarorlikni saqlashga yordam beradi. Onaning ruhiy holati esa farzandning rivojlanishi va farovonligiga bevosita ta’sir qiladi. #tarjima
Tez unutadiganlarga! Yodlayotganda qunt bilan, ma’nolari-yu oyatlari, undagi tajvid qoidalariga e’tibor berib, buni davomiy eslab qolay, degan niyatda yodlash kerak. «Hozir yodlab olsam, ustozga topshirib olsam bo‘ldi, shuni hozir takrorlab olsam, ustozga…
Tez unutadiganlarga! Yodlayotganda qunt bilan, ma’nolari-yu oyatlari, undagi tajvid qoidalariga e’tibor berib, buni davomiy eslab qolay, degan niyatda yodlash kerak. «Hozir yodlab olsam, ustozga topshirib olsam bo‘ldi, shuni hozir takrorlab olsam, ustozga topshirib qo‘ysam bo‘ldi», deb yodlaydiganlarning nasibasi — ustozga topshirguncha bir qancha hafta takror qilmasa, yodlamagandek unutadi. Bu juda yomon natija. Shunday yodlab, shunday takrorlash kerakki, yil takror qilmasangiz ham betlar 50–60 foizi yodingizda bo‘lishi, ozgina takror qilsangiz, esga tushishi kerak. Qur’on o‘qishga yoki yodlashga o‘tirganda ustozdan avval, olamlar Robbi — Alloh oldida buning javobi bor, deya uyg‘oq qalb bilan, e’tibor bilan yodlash kerak. Hozir dard — yodlab, topshirib olish bo‘lib qolgan, xolos. Qalbi o‘lik holatda, e’tiborsiz dars qiladi. Natijada biror hafta, bir oy takror qilmasa, darrov unutadi. @Quron_Axlidan yozdi..
📖 #Qur'on_hofizining_eslatmalari Qur'onni yodda saqlash faqat kuchli xotira yoki o'tkir zehn bilan emas. Bu ne'mat, avvalo, Allohning tavfiqi, so'ng esa sabr, ixlos va bardavomlik bilan qo'lga kiritiladi. Qur'onni tez yod olib, takrorni tark etgani sababli yodlaganlarini unutganlar oz emas. Xuddi shuningdek, sekin yod olgan bo'lsalar-da, sabr va matonat bilan davom etib, Qur'onni mustahkam egallaganlar ham ko'p. Qur'on yo'lidagi eng katta to'siq unutuvchanlik emas, balki bugungi ishni ertaga qoldirishdir. Har kuni oz bo'lsa ham takror qilish — yodlanganlarni asrashning eng muhim sabablaridan biridir. Chunki Qur'on ahli yuksak maqomga ko'p yod olganlari uchungina emas, balki Qur'on bilan uzluksiz bog'lanib yashaganlari, uni muntazam tilovat qilganlari, takror etganlari va unga amal qilganlari sababli erishganlar. Shuning uchun qalbda bir shior doimo tirik bo'lsin: «Biror kun Qur'onsiz o'tmasin.» Agar yangi oyat yodlashning imkoni bo'lmasa, takror qilinsin. Takror qilishga ham vaqt topilmasa, hech bo'lmasa Qur'on tilovat qilinsin. Muhimi, Allohning Kalomi bilan bo'lgan rishta hech qachon uzilmasin. @Quron_Axlidan eslatma) Oʻqigan boʻlsangiz reaksiya qoldiring)
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Tajvidni tugatib, ustozsiz Qur'on audiosini eshitib, orqasidan takrorlab òqisa xatmga òtadimi J; Hatm bo‘lishning sharti — Qur’oni Karimni Fotiha surasidan Nas surasigacha tajvid qoidalariga amal qilgan holda, tartil bilan o‘qib chiqishdir. Tajvidni tugatgan zahoti hatm qilinmaydi. Chunki hatm qilishning ham o‘z ilmi va odoblari bor. Aslida, bu jarayonda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan nozik o‘rinlar juda ko‘p. Shu sababli tajvid darajangiz sinovdan o‘tkaziladi. Xulosa qilib aytganda, tajvid tugagach, avvalo takror qilinadi. So‘ng amaliyot bosqichiga o‘tiladi, ya’ni ustoz bilan tas’hih qilinadi. Kichik suralar mukammal o‘zlashtirilgach, birinchi poradan boshlab ustoz bilan tas’hih qilgan holda hatm qilib boriladi. Ustoz ruxsat berganidan keyingina mustaqil hatm qilishi durust bo‘ladi. Qurʼon oʻzboshimchalik bilan oʻrganiladigan kitob emas .
Tugadi
Qur'onni mukammal yod bilish haqida Ba'zi insonlar shunday darajaga yetganlarki, ular Qur'onni xuddi "Fotiha" surasini bilgandek bemalol yoddan o‘qiydilar. Biror harfni tushirib qoldirmaydilar, o‘xshash oyatlar orasida adashmaydilar va kechayu kunduz Qur'onni xotiralaridan tilovat qiladilar. Parvardigorga qasamki, bu ulug‘ va sharafli maqomdir! Bu darajaga shunchaki orzu-havas yoki chiroyli gaplar bilan erishib bo‘lmaydi. Biz ularga bu ne'matni ato etgan Zot — Alloh taolodan, bizni ham ularning izidan yurishga muvaffaq etishini so‘raymiz. Zero, agar U yordam bermasa, Undan boshqa hech kim foyda yetkaza olmaydi. @Quron_Axlidan yozdi
Ey birodarim, ko‘ryapmanki, Qur'on yodlashni to‘xtatib qo‘yibsan! Axir seni: "Qur'on ko‘tarib olinmasidan oldin uni yod olinglar", degan nasihat larzaga solmaydimi? Qur'onni yodlash sen o‘ylaganchalik qiyin emas. Bas, ortga surishni bas qil! Albatta, hayotingda uning barakasini ko‘rasan. Yo‘lda qoqilib, xato qilib qolsang ham xursand bo‘l! Chunki bu seni Qur'on bilan yanada ko‘proq vaqt o‘tkazishga undaydi. Bu Qur'on shunday bir arqonki, uning bir uchi Allohning Qo‘lida, ikkinchi uchi esa bizning qo‘limizdadir. Axir qanday qilib najot arqoningni qo‘lingdan chiqarib yuborasan? Holbuki, u dunyoda ham, oxiratda ham najot topishingning sababidir. Har bir o‘qigan harfing uchun savob berilishi, Alloh esa O‘zi xohlagan bandasiga bu savobni bir necha barobar qilib berishi senga yetarli dalda emasmi? Nahotki, senga: «O‘qi! Ko‘taril! Dunyoda qanday tartil bilan o‘qigan bo‘lsang, shunday tartil bilan o‘qigin. Zero, sening martabang o‘qiydigan oxirgi oyating huzuridadir», deyiladigan kunni sog‘inmasang?! Nahotki, Qiyomat kuni Qur'on sening shafoatching bo‘lishi ham seni rag‘batlantirmasa?! Bugunoq boshlagin... va endi ortga surishni bas qil! @Quron_Axlidan eslatma
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
☺️
İstigʻfor haqida (post) @Quron_Axlidan
🔵Ahnaf ibn Qays aytdi: «Ilmning ildizi ragʻbat, mevasi ibodat. Zuhdning ildizi qoʻrqish, mevasi saodat. Mardlikning ildizi hayo, mevasi iffat. Aql — eng mustahkam poydevor, taqvo — eng afzal libos. Nodon molni, oqil kamolni talab qiladi. Dars soatini uzaytirmagan va nafsini qiynamagan kishi ilmga yetolmaydi. Qancha xor-u zalil kishilar borki, aqli ularni aziz qiladi. Qancha azizlar borki, nodonligi ularni xor-u zalil qiladi. Ushbu satrlarni tushunganingiz qadar izohlarda sharhlab qoldiring hammaga ham foydali boʻladi 🌟 @Quron_Axlidan
Agar inson ko‘proq maosh olishni istasa, u ma'lum bir kompaniyada ishlashga rozi bo‘ladi. Hatto u yerda ba'zi narsalar yoqmasa ham, ish og‘ir bo‘lsa ham, o‘ziga qulay bo‘lmagan kiyimni kiyishga majbur bo‘lsa ham, soqol qo‘yishni yaxshi ko‘rsa-yu, qoidalarga ko‘ra uni olish talab qilinsa ham, ertalab soat 8 da uxlashni istasa-yu, ishga kelishi kerak bo‘lsa ham, belgilangan vaqtda ovqatlanishga majbur bo‘lsa ham, ayrim xatti-harakatlar uchun jarimalar bo‘lsa ham yoki ba'zi qoidalarni buzsa ishdan bo‘shatilishi mumkin bo‘lsa ham — baribir u o‘sha qoidalarga bo‘ysunadi. Ammo seni yaratgan, ko‘rib turgan barcha ne'matlarni ato etgan Olamlar Parvardigori ba'zi narsalarni buyursa, ba'zilarini halol, ba'zilarini esa harom qilsa — holbuki, Alloh bularning barchasini O‘z hikmati va bandalariga bo‘lgan rahmati ila qiladi — ana shunda darrov bahonalar boshlanadi, norozilik alomatlari namoyon bo‘ladi. @Quron_Axlidan
Hifz qilishga oʻtirsangiz bosh ogʻrigʻi bezovta qiladimi? Qurʼon darsiga yoki namozga tursangiz, farzandingiz tinchlik bermay, injiqlik qiladimi? Sizga bu holat tanishmi?
Siz yaxshi boʻlsangiz, men ham yaxshi boʻlaman", degan tushuncha moʻmin kishining qadriyatlariga ziddir. @Quron_Axlidan
без подписи