tgindex
Ilm duri

Ilmga ixlosmand qalblar uchun. Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
141
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
17 860
−35 за 4 дн.
Сутки
−15
−0,08%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 641
40 постов
Вовлечённость
20,4%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 141
Упоминаний
13
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 848
1/48двое суток
2 117
1/72трое суток
2 284

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.2 0058445

    ​"Bir tonna ilm bir gramm odobga muhtojdir." 📚 @ilm_duri

  • 14 авг.1 9637353

    #mutolaa    «Bir farishta ko‘kka chiqayotib, ikkinchisi ko‘kdan yerga tushayotib bir payt orada uchrashib biri ikkinchisiga shunday dedi:    «Iliynga shunday bir amal eltdimki, bunday amalni shu paytgacha olib chiqmagandim».    Buni eshitgan farishta so‘radi: — U qanday amal edi? — Bir kishi Ixlos surasini o‘qidi, shu amalni eltdim, — dedi farishta. — Alloh u kishini qanday mukofotladi? — O‘sha bandaning barcha gunohlarini kechirib, o‘rniga shuncha savob yozadi». Ey farzand!    Ixlos surasini «Bismilloh» bilan ming marta o‘qigan tish og‘rig‘idan qutulishi rivoyat etilgan.    Muhammad ibn Fazl deydilarki:    «Bir kun tishim juda qattiq og‘ridi. Tushimda ming marta Ixlosi sharifni o‘qishim bildirildi. Biroz o‘tdi. Ketidan yana tush ko‘rdim. Bu gal «Bismilloh» bilan o‘qishimni aytdilar. Aytilganidek ado etdim. Va bundan so‘ng bir marta ham tishim og‘rimadi». 📖 Imom G‘azzoliy, «Ey farzand» kitobidan 📚 @ilm_duri

  • 13 авг.1 95576

    #suhbat 💳 Hazratni xotirlab (2-son) 🎤 Shayx Zohidjon Qodirov Ushbu ko‘rsatuvda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ibratli hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi suhbatlar berib boriladi. Suhbatlarda shayx hazratlariga zamondosh bo‘lgan ulamolar, u zotning oila aʼzolari, shogirdlari va muxlislarining xotiralari bilan tanishib borasiz. 📚 @ilm_duri

  • 13 авг.2 0846016

    #Mutolaa Ulug‘lar aytadilarki: “Biz boyligimiz кo‘paygan sari g‘amimiz ham ziyoda bo‘ldi, (dunyo matohiga mehr qo‘yib) кўpaytirishda mahzunlik bor”. Barcha narsani solih amallarga sarflash kerak. Solih amallarni кo‘paytiring. Doktor Oiz Qarniy 📚 @ilm_duri

  • 12 авг.2 5014144

    #Mutolaa    QILGAN MAQSADINGDA SOBIT TUR    Oldingga ikki narsani maqsad qilib qo‘y, uchinchisini aslo sherik qila ko‘rma!. Birinchisi: Maqsadga erishish, ikkinchisi: Yo‘lda davom etish. Maqsading yo‘lida qiyinchiliklarga duch kelishing muqarrar, shunday bo‘lsa-da sabr qil, maqsadingni aslo o‘zgartira ko‘rma!    Antara ibn Shaddod tirishqoq va shijoatli degan sifatlar ila mashhur bo‘lgan. U zotdan bir odam bunday sabr-bardoshlilik siri nimada deya so‘radi. Shunda Antara ibn Shaddod boyagi kishiga qo‘lini uzatib, mahkam tutishga buyurib, ikkovidan kim birinchi bo‘lib og‘riqdan qo‘lini tortib olsa, o‘sha mag‘lub bo‘ladi, deya kelishuv tuzishadi. Ikkisi ham birvarakayiga biroz muddat sabr qilishadi, so‘ngra boyagi kishi og‘riqqa chiday olmay qo‘lini tortib oladi. Shunda Antara ibn Shaddod men ham sen azob chekkaningdek azob chekdim, lekin sabr qildim. O‘zimni o‘zim sen qo‘lingni tortib olguningcha, hozir qo‘lini tortib oladi, hozir oladi, deya ovuntirdim. Xuddi mana shu yo‘l bilan barcha dushmanlarimning ustidan g‘alaba qozonganman, dedi.    Qiynalishning ham, sabrsizlikning ham oxiri alamga olib boradi, lekin hamma ham mag‘lub bo‘lmaydi. Shuning uchun ko‘zlaganingda sobit tur!!! Ali Jobir Fayfiy: Soyabon (Hayotning o‘n yetti qonuni) 📚 @ilm_duri

  • 11 авг.2 4051711

    #suhbat 💳 Hazratni xotirlab (1-son) 🎤 Shayx Zokirjon domla Ismoilov Ushbu ko‘rsatuvda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ibratli hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi suhbatlar berib boriladi. Suhbatlarda shayx hazratlariga zamondosh bo‘lgan ulamolar, u zotning oila aʼzolari, shogirdlari va muxlislarining xotiralari bilan tanishib borasiz. 📚 @ilm_duri

  • 11 авг.2 6107330

    #Kun_hadisi Bashariyat muallimi Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Anas roziyallohu anhuga shunday deganlar: "Ey, o'g'ilcham, agar tongdan kechga qadar birorta kimsaga nisbatan qalbingga gina-kudurad, adovat, hasad kirgizmaslikka qodir bo'lsang, shunday qilgin. Ey, o'g'ilcham, mana shu sunnatimdir. Kimki sunnatimni tiriltirsa, muhaqqaq meni yaxshi ko'rgan bo'ladi. Kimki meni yaxshi ko'rsa, jannatda men bilan birga bo'ladi". Imom Termiziy rivoyati. 📚 @ilm_duri

  • 10 авг.3 13412131

    #Tafakkur ​Nasibsizlik qanday narsa ekanini bilasanmi? Uying Ka'baga eng yaqin uy... Lekin isming: Abu Jahl! 📚 @ilm_duri

  • 8 авг.4 1547543

    #mutolaa Hazrat Umar (r.a.)dan bunday naql etilgan. U zot bunday deganlar: «Mahsharda “Bir kishi jannatga kiradi” deb nido qilinsa, o‘sha kishi men bo‘lishimni umid qilaman. Agar Mahsharda “Bir kishi jahannamga kiradi”, deb nido qilinsa, o‘sha kishi men bo‘lishimdan qo‘rqaman». Ba’zi olimlar bunday deyishgan: «Umid qo‘rquvdan g‘olib (ko‘p) bo‘lishi kerak». Chunki hadisi qudsiyda bunday marhamat etilgan: «Men bandamni uning e’tiqodiga ko‘ra hisob qilurman. Bandam xohlaganday e’tiqod qilsin» (ya’ni, gunohlarimni kechiradi, deb e’tiqod qilsa, uning gunohlarini kechiraman, azoblaydi, deb e’tiqod qilsa, azoblayman). 📚 @ilm_duri

  • 7 авг.3 7174322

    📌Boshqalarning iqtidorini maqtash payg‘ambarlar odobidandir Muso alayhissalom oldinroq Alloh taologa shunday degan edilar: "Birodarim Horunning tili menikidan ko‘ra burro!" Boshqalar xislatini inkor qilish, o‘zini asrining yagonasi, yaktosi deb bilish iblisning xulqidir. Iblis Odam alayhissalomga sajda qilishga amr qilinganida, "men undan yaxshiroqman", degan edi. Masalan, bir ma’ruzani eshitsangiz, u sizga yoqsa, o‘sha ma’ruzachiga rahmat aytib qo‘yishingiz sizning samimiyatingizga dalolat qiladi. Insonlar qanchalar yuqori ko‘tarilishmasin, qanchalar muvaffaqiyatga erishishmasin, baribir maqtovni yaxshi ko‘rishadi. Qo‘lingizda ishlaydigan ishchingiz biror ishda muvaffaqiyatga erishsa, uni maqtab qo‘ying. Doim xatoni ko‘raverishimiz aybdir. Aks holda, faqat axlatga qo‘nadigan pashshaga o‘xshab qolamiz. Biz gullargagina qo‘nadigan asalariga o‘xshashimiz lozim! Ziyofatga borganingizda barcha narsani tartib bilan qo‘yilganini ko‘rsangiz, ovqatlar shirin bo‘lsa, uy sohibiga chiroyli ziyofat uchun minnatdorchilik bildirib qo‘ying. Shirin ovqatlarni hozirlagan ahlini duo qiling. Ular ko‘rinmasa-da, go‘zal ishlarni amalga oshiradigan noma’lum askarga o‘xshashini ayting! Adham Sharqoviy 📚 @ilm_duri

  • 7 авг.3 3863534

    #Mutolaa Saxr G‘omidiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:    «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, ummatimga saharini barakali qilgin!» dedilar. U zot lashkar yoki sariya yuboradigan bo‘lsalar, erta tongda yuborar edilar».    Saxr tojir odam edi. Qachon tijorat (karvoni) yuboradigan bo‘lsa, erta tongda yuborar edi. U boy bo‘lib, moli ko‘payib ketdi».    Termiziy rivoyat qilgan va hasan degan.     Har bir narsada erta sahardan harakat qilish juda ham foydali va barakotlidir. Chunki bunga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning duolari ketgan. Tajriba ham shuni ko‘rsatadi. Nima ish qiladigan bo‘lsak, erta sahardan boshlashga odatlanishimiz kerak. O‘z mehnati bilan rizqu ro‘z topish Islom ummatining eng yaxshi avlodi – sahobai kiromlarning, eng ko‘zga ko‘ringan siymolarning odatlari edi. 📚 @ilm_duri

  • 6 авг.3 6435330

    #Mutolaa "Sahih Muslim"da Ibn Umardan rivoyat etiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunday deydilar: "Alloh taolo osmonlarni va yerni yaratmasidan ellik ming yil avval Arsh suv ustida bo‘lganida yaratliqlarning qadarini tayin etgandir" (Muslim, j. IV, s. 2044, H №:2653). Alloh taolo yana bunday marhamat qiladi: "Alloh biron jonni ajali kelganida kechga qoldirmas" (Munofiqun surasi, 11-oyat). "Har bir jon faqat Alloh taoloning izni bilangina muhlati belgilab qo‘yilgan bitik (ajal) yetganda o‘ladi" (Oli Imron surasi, 145-oyat). "Sahih Muslim"da Ibn Mas’uddan rivoyat etiladi: Ummu Habiba: "Yo Alloh! Erim – Rasulullohning, otam Abu Sufyoning va og‘asi Muoviyaning umrini uzoq (uzun) qil!" deb duo qilganida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) unga bunday dedilar: "Sen Alloh taolodan tayin etilgan ajallarni, taqsim etilgan rizqlarni so‘rading. Alloh taolo vaqti kelmasidan hech bir narsani yaratmaydi, vaqti kelgach, hech narsani kechiktirmaydi. Alloh taolodan o‘zingni jahannam azobidan va qabr azobidan asrashini so‘rasang edi, o‘zing uchun xayrli va fazilatli bo‘lardi". Amal xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon bo‘lsin, ajalni o‘zgartirmaydi. ©️ 📚 @ilm_duri

  • 5 авг.3 8194132

    #Mutolaa "Buyuk himmat egalarining ham biz kabi uyquga ehtiyojlari bor. Koʻngilxushlikka, maroq bilan hordiq chiqarishga ragʻbatlari bisyor. Farog‘atni, safarga chiqishni, qandaydir qaydlarni belgilamasdan erkin yurishni naqadar xohlashadi. Lekin u zotlar oʻz oliy maqsadlarini qaysar xohish-ragʻbatlari ustidan muqaddam qoʻya olganlar. Rohatlanish vaqtini muvaffaqiyatdan keyinga surib qoʻyganlar, oldinga emas! ​Otam (umrlari uzoq boʻlsin) doimo bir iborani takrorlaydi: “Hoy qoni qaynoq bola, mashaqqat cheksang, rohatini koʻrasan”. ​Eslatma: Jon chekmasdan bir ishni qilishda sharafli xotima yoʻq! Shunday ekan, gʻayrat qil, malollanayotgan nafsingga bunday degin: ​Osonlikcha oliylikka etmoqchi boʻlasanmi?! ​Unutma, asaluyaga qoʻl suqish ham asalari nishisiz boʻlmaydi. Ali Jobir Fayfiy 📚 @ilm_duri

  • 4 авг.4 21311962

    #mutolaa Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Hazrati Oisha roziyallohu anho bilan oila qurayotganlarida 125 qo'y bahosidagi pulni mahr sifatida berganlar. Ammo: "Mahr uchun pulim yo'q", degan sahobalariga shu tavsiyani aytganlar: "Uylanadigan qizingga mahr sifatida Qur'on o'qishni o'rgat!" 📖 "Ey, qizim" ✍️ Hamidjon Omonov 📚 @ilm_duri

  • 3 авг.4 5036637

    QALBI SINGANLARGA... Faqih va obid Muhammad ibn Vosi’ rohimahulloh sarkarda Qutayba ibn Muslim qo‘shini safida Qobul fathida qatnashdi. Shaharni uzoq vaqt qamal qilishdi. Ammo foydasi bo‘lmadi. Shahar taslim bo‘lmas edi. Qutayba askarlariga dedi: - Muhammad ibn Vosi’ni qidiringlarchi, u nima qilayotgan ekan! Askarlar Muhammad ibn Vosi’ni qidirib ketishdi. Uni bir joydan topishdi. Muhammad ko‘rsatgich barmog‘ini ko‘tarib Allohga duo qilayotgan edi: "Yo Hayy, yo Qayyum....!". Askarlar Qutaybaning huzuriga borib ko‘rganlarini aytib berishdi. Shunda Qutayba dedi: "Sizlarga g‘alaba muborak bo‘lsin! Qo‘shin ichidagi Muhammad ibn Vosi’ning ko‘rsatgich barmog‘i mingta qilichdan yaxshiroqdir!". Agar boshingizga mushkulot tushsa, sabablarining barini qilsangizda foydasi bo‘lmasa, qalbingizni isloh qiling. Ko‘rsatgich barmog‘ingizni samoga ko‘tarib duo qiling. Dunyo muammolarining yechimi Robbimiz huzurida... 📚 @ilm_duri

  • 1 авг.4 7094617

    TAVOZE • Huffoz*lar aytadi: - Imom Ahmad ibn Hanbalni Bog‘dod bozorlaridan birida ko‘rdik. U bir quloch o‘tinni sotib olib, yelkasiga orqalagancha ketib borardi. Birdan bozor ahli uni tanib qolishdi. Tijoratchilar tijoratini, do‘kondorlar do‘konini tashlab, Imomning oldiga kela boshlashdi. Bir pastda izdihom-tiqilinch bo‘lib ketdi. Yo‘lovchilar ham joylarida turib qolishdi. Hamma Imomga salom berar: - O‘tinni bizga bering, biz ko‘tarib manzilingizga eltib beramiz!- deya Imomning quchog‘idan o‘tinni olishga urinardi. Shunda Imomning qo‘llari titrab, yuzlari qizardi va: - Biz miskin qavmmiz, agar Alloh ayblarimizni berkitmaganida aniq sharmanda bo‘lardik!- dedi ko‘zidan yosh quyulgan holda. • «Hilyatul avliyo» asari, 9/181 * Huffoz hofizning ko‘pligi bo‘lib, hadis ilmi istilohida yuz ming hadisni matni va sanadini yoddan bilgan kishiga hofiz deyiladi. Hofiz kamida yuz ming hadisni matni va sanadini yoddan bilishidan tashqari, ushbu hadislarning amal qilinish yoki amal qilinmaslik mavzularini ham bilishi kerak. Abror Muxtor Aliy 📚 @ilm_duri

  • 31 июл.5 5687972

    RIZO! Ibrohim ibn Adham rohimahulloh g‘amga tushib qolgan bir insonni ko‘rib qolib dedi: - Men sendan uchta narsani so‘rayman. Shularga javob ber! - So‘rang! - Bu borliqda Alloh istamagan biror ish sodir bo‘lishi mumkinmi? - Yo‘q! - Alloh senga bitgan rizqni birov tortib olishi mumkinmi? - Yo‘q! - Alloh senga yozgan muhlatingdan biror lahza kamayishi mumkinmi? - Yo‘q! - Unda nega mahzun bo‘lasan? Sizga ham savol: Nega mahzunsiz? Aqidangizni to‘g‘rilang, qalbingiz xotirjam bo‘ladi. Siz uchun yaralgan narsa albatta sizniki bo‘ladi. Qo‘lingizdan chiqqan narsa aslida sizniki bo‘lmagan. Bu dunyo farz qilingan qadarlardan iboratdir. Bunda faqat qanoatlilar saodatlidir! 📚 @ilm_duri

  • 30 июл.5 1548331

    Mahol ish – Alloh sen uchun taqdirga yozmagan narsadir. U sen ojiz qolgan narsa emas! 📚 @ilm_duri

  • 29 июл.5 2512172

    #ilmiy_suhbat 🎧 "Kishi islomining go‘zalligi behuda narslarni tark qilishidadir" 🎤 Hasanxon Yahyo Abdulmajid 📚 @ilm_duri

  • 29 июл.6 0479746

    Abu Usmon Hiyriy rahimahulloh aytadi: "O‘zini ich-ichidan ma’qullab turgan kishi hech qachon o‘z aybini ko‘ra olmaydi. O‘zini koyib turadigan odamgina aybini ko‘ra oladi". Sayfulloh Nosir 📚 @ilm_duri