tgindex
Kitob nuri
@kitob_nuriузбекский

"Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!" Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
508
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
29 638
−142 за 4 дн.
Сутки
−32
−0,11%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 563
40 постов
Вовлечённость
15,4%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 508
Упоминаний
17
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
2 587
1/48двое суток
2 964
1/72трое суток
3 197

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.1 6001922

    #Tafakkur Merosxo‘rlaringni insonlardan tilanib yuradigan faqir qilib qoldirganingdan ko‘ra boy holatda qoldirganing yaxshiroqdir. Allohning roziligini istab infoq qilsang, Alloh albatta ajringni beradi. Hatto xotining og‘ziga solgan luqmangga ham! ​Vorislari haqida qayg‘urish, boshlariga tushadigan tashvishlarni o‘ylab, ularga mol qoldirish payg‘ambarlar yo‘lidir. Dunyo o‘zgarib turadi. Undan hech kim omonda emas. Bu degani, inson o‘zini ham unutib, yaxshilik qilmasdan, sadaqa bermasdan, infoq qilmasdan faqatgina merosxo‘rlari uchun mol jamlasin degani emas. Kishi o‘ladigan chog‘ida vorislariga: “Buni mening nomimdan ulashinglar, buni mening nomimdan sadaqai joriya qilinglar”, demasin. Sahifangizni o‘zingiz to‘ldiring. O‘zingiz sadaqa qiling. Alloh sizga bergan narsa ila Alloh tomon shoshiling. Molni jamlab, so‘ng uni tashlab ketib, oxiratda yolg‘iz o‘zingiz hisob beruvchi bo‘lib qolmang! ​Niyat odatlarni ibodatga aylantiradi. Niyatingizni doimo Alloh uchun qiling! ​Ahlingizga sotib oladigan ovqatni faqatgina vazifangiz deb o‘ylamang. Bunda ajr borligini his qiling. Har bir ho‘l jigarda ajr bordir! ©️"Nabaviy tarbiya" kitobidan 📚 @kitob_nuri

  • 14 авг.2 2793237

    #mutolaa 📌Qiyinchiliklarda qiynaladigan nuqtamiz: duolarimizning kamligi sababidan Alloh Taolo tomonidan yuboriladigan yordamning kechikishidir. Ba'zida sabr qilamiz, ammo keyin qo‘l siltab ketamiz. Ehtimol, biroz sabr kerakdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Xushxabar ayting, nafratlanmang, osonlashtiring, qiyinlashtirmang», dedilar (Muslim Jihod 6, Ibn Hishom, 968-bet). Agar dardlarimiz oxirat bilan bog‘liq bo‘lmasa, ortiqcha gapirishning hojati yo‘q. Sababi, nima bo‘lgan taqdirda ham ular bu dunyoda qolib ketadi. Har kuni ertalab uyg‘onganimizda, «Bu mening so‘nggi kunim», deya uyg‘onsak, birovni ranjitmaymiz, dilini og‘ritmaymiz. Ibodatlarimizni ixlos bilan bajaramiz, reja qilgan yaxshiliklarimizni o‘z vaqtida qilamiz, bizni qattiq ranjitgan holatdan ortiqcha tashvishlanmaymiz. Qadardan deb bilgan qayg‘ularimizning ko‘p qismini o‘zimiz yaratamiz. O‘zgalardan zulm va yomonlik ko‘rganimiz haqida to‘lqinlanib gapiramiz. Bularning aksariyati esa bizning ularga nisbatan yomon xulq-atvorimizda namoyon bo‘ladi. O‘zingiz hal qila olmaydigan masalalarni vaqtning izmiga qoldiring. U eng yaxshi davodir. Vaqt o‘tishi bilan ba'zi og‘riqlar zavqqa, ba'zi lazzatlar esa azobga aylanadi. Bola qo‘rqqanida onasining bag‘riga yashiringanidek, inson ham o‘zini Allohning rahmatiga topshiradi. Biz yaxshiroq tinglashni, tabassum qilishni, ijobiy fikrlashni, noto‘g‘ri fikr yuritmaslikni o‘rganmog‘imiz lozim. 📖 "Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan 📚 @kitob_nuri

  • 14 авг.2 13016

    ✨🚨 TURK TILINI O‘RGANISHNI BOSHLASH UCHUN ENG YAXSHI PAYT — HOZIR! 🇹🇷 ⏳ Kuzgi imtihonni kutib o‘tirmang. Tayyorgarlik bugundan boshlanadi! ✨ 3 OYLIK INTENSIV TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHILDI! 📚 SIZ UCHUN 4 TA YO‘NALISH: 🔴 A1 — 0 dan yangi guruh 🗓 Boshlanishi: 18-avgust 📅 Seshanba • Payshanba • Shanba ⏰ 20:00 🟠 А2 darajadagi guruh 🟡 4 bölüm guruh 🟢 Individual kurs 👩🏻‍🏫 Ustoz — Isroilova Sitoraxon ✨ Xalqaro C1 sertifikat sohibasi ✨ 3 yillik tajriba 🎯 3 oy davomida: 🗣 Gapirishni rivojlantiring 📖 Bilimlaringizni mustahkamlang ✍️ Ko‘proq amaliyot qiling 🎓 Kuzgi imtihonga tayyorlaning 💭 Bugun boshlamasangiz, 3 oy baribir o‘tib ketadi. Farqi — o‘sha paytgacha qayerga yetib borganingizda. 🔥 O‘zingizga “keyin” emas, bugun imkon bering! 📩 Ro‘yxatdan o‘tish: 👉 @turk_tili_admin_sitoraxon 📱 Kanal: @turk_tili_sitoraxon_kurslari 🇹🇷 18-avgustdan birinchi qadamni birga tashlaymiz! ❤️ KURS HAQIDAGI FIKRLAR 🥰

  • 14 авг.2 531269

    Erkak bilan birga rivojlanish🔥 Erkak kishi ish yoki boshqa sabablar bilan ko‘cha-ko‘yda ko‘p yuradi, turli dunyoqarashdagi kishilar bilan muomala qiladi, juma ma’ruzalari va boshqa vaqtlarda ilm majlislarida ishtirok etadi. Ayol esa... ➡️Davomini o‘qish

  • 14 авг.2 9175724

    #Kitobdan Hadisi sharifda ham: «Kim Allohning roziligini tilab, «La ilaha illalloh», desa, Alloh unga Jahannam otashini harom qiladi», deyiladi (Muslim, Masojid 263). ​Toʻla-toʻkis nurlangan qalb hech kimdan qoʻrqmaydi, yashiradigan hech narsasi boʻlmaydi. U hatto zilzila paytida ham Allohning buyukligi va qudrati haqida fikr yuritadi. ​Tanani oziqlantirish uchun ovqat kerak boʻlganidek, ruhni oziqlantirish uchun ibodat, aqlni oziqlantirish uchun esa ilm kerak. Oziq-ovqat insonning asosiy ehtiyojlaridandir. Agar u ovqat topa olmasa, ochlikdan hasharotlar va hatto hayvonlarning tezaklarini yeyishi ham mumkin. Imon ham ruhning ehtiyojidir. Agar bu ehtiyoj qonuniy yoʻl bilan taʼminlanmasa, inson uni noqonuniy ravishda taʼminlaydi. Nima topsa, ishonadi, yolgʻon eʼtiqodlarni toʻqib chiqaradi. U hatto maqbaraga mato bogʻlab, shamlar yoqib, sehrgarlik ham qiladi. ​Imon zaif yoki kuchli boʻlishi mumkin, shuning uchun biz har nafasda imonni yangilab turmogʻimiz lozim. Kalimai Tavhidni tez-tez aytib turish va u haqda tafakkur qilish imonni mustahkamlaydi. ​Imon tabiiydir. Bosh suyagi miyani himoya qilganidek, ibodat imonni himoya qiladi. 📖 "Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan 📚 @kitob_nuri

  • 13 авг.3 2893322

    #Tafakkur Xajjozning yonidagi keksa kampir kabi bo‘l. Bu kampir Xajjoz uning o‘g‘lini hibsga olib, o‘ldirish uchun Allohga qasam ichgan kun, Robbiga ishongan va katta jasorat va qahramonlik bilan bunday degandi: “Sen o‘ldirmaganingda ham u baribir o‘lardi!”. Allohga tavakkul qilishda Forsiy (ismli) ayol kabi bo‘l. Bu kampir tovuqlari katagidan chiqib ketgan kuni samoga qarab, bunday duo qilgandi: “Allohim! Tovuq­larimning katagini qo‘riqla, shubhasiz, qo‘riqlovchilarning eng xayrlisi Sensan!”. Irodali bo‘lish va matonat ko‘rsatishda Abu Bakrning qizi Asmo (roziyallohu anhumo) kabi bo‘lgin. U o‘g‘li Abdulloh ibn Zubayr o‘ldirilib, xochga osilganini ko‘rganida: “Bu otliqning endi piyoda ketadigan vaqti kelmadimi?” degan edi. Uning bu so‘zi necha zamonlardan beri mashhur bo‘lib keladi. ​Bu ayollarning hayot tarziga, ularning sharafli o‘tmishiga va fayzli umriga mehr bilan qaragin. ©️Dunyoning eng baxtli ayoli (Doktor Oiz Qarniy) 📚 @kitob_nuri

  • 12 авг.3 9113733

    #Farzand_tarbiyasi «Bolalar o‘zlarining aql-zakovati, tasavvuridan kelib chiqib, ayniqsa, ikki-to‘rt yoshlarida g‘ayrioddiy hikoyalar to‘qib, aytib berishadi. Agar siz dilbandingizni go‘dak yoshidan ertaklar aytib berishga targ‘ib qilsangiz, kelajakda yaxshi bir yozuvchi yetishtirishga poydevor qo‘ygan bo‘lasiz. Farzandingiz eshitib, o‘qiganlaridan ta’sirlanib aytib beradigan ertaklar uning tasavvur qobiliyatiga aql bovar qilmas darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, o‘qiganlarini yaxshi izohlay olish va xulosa chiqarish qobiliyati shakllanadi. Ertaklar olami farzandingizga yoqqanidek sizni ham o‘ziga rom etadi, bunga ishonchingiz komil bo‘lsin. Farzandingiz bilan gaplashishingiz unga ertak, kitoblar o‘qib berganingiz sari bolaning tinglash qobiliyati shakllanadi. Bunday qobiliyat farzandingiz aqliy salohiyatining rivoji uchun muhim ahamiyatga ega. Tinglash qobiliyati rivojlangan bolalarning tushuncha xazinasi ham boy bo‘ladi. Shu tariqa dilbandingiz eshitganini anglagani, o‘qiganini chuqurroq tushungani, o‘rganish imkoniga ega bo‘lgani uchun o‘qishdan zavqlanadi. Farzandlarimizning istiqboli uchun ularni go‘daklik chog‘laridan kitoblarga oshno qilaylik. ©️Erdinch Gullu: Daholar qanday ulg'ayadi? 📚 @kitob_nuri

  • 11 авг.4 9939557

    #Tafakkur Bolalarga yomon tarbiya berib, yoshligidayoq uvol qilmaylik. Oilaviy janjallarga to'la muhitda, yolg'on, hurmatsizlikni ko'rib o'sgan boladan keksayganimizda yaxshilik kutmaylik! ​Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning huzuriga bir kishi farzandining itoatsizligidan shikoyat qilib keldi. Hazrat Umar o'g'lini chaqirtirib so'radi: ​– Otangning senda haqlari borligini bilmaysanmi? ​Bola dedi: ​– Bilaman, ey mo'minlar amiri. Ammo mening ham u kishining ustida haqlarim bormi? ​Umar roziyallohu anhu dedi: ​– Albatta, bor. U senga odamlar ayblamaydigan ona tanlashi kerak. Senga yaxshi ism qo'yishi lozim. Senga odob va tarbiya berishi kerak! ​Bola dedi: ​– Otam menga cho'ridan ona tanlagan. Boshqa aka-ukalarimning onalari hur ayollar. Ular meni "cho'rining o'g'li" deb chaqirishadi. Menga "Jual" (qo'ng'iz) deb ism qo‘ygan. Menga faqatgina mol boqtiradi. Men hadis ham, Qur'on ham bilmayman! ​Hazrati Umar shunda otaga dedi: ​– U senga emas, sen unga oq bo'libsan! ©️"Nabaviy tarbiya" kitobidan 📚 @kitob_nuri

  • 10 авг.удалён 13 авг.

    Aytishar edi nodon do'stdan ko'ra bitta aqilliy dushman yaxshi deb, Lekin nega hech kim aytmagan ikkalasi ham bo'lmagani yaxshi deb.

  • 10 авг.4 9945129

    #Kitobdan    Agar turmush oʻrtogʻingiz va farzandlaringizga qattiq bogʻlanib qolgan boʻlsangiz, baʼzan muammoga sabab boʻladi. Majburiyat – bu turmush oʻrtogʻimizni qadrlash va yonida boʻlishdir. Tobelik «Men usiz yashay olmayman!» deya oʻsha insonni hayotingizning markaziga qoʻyishdir. Agar siz umr yoʻldoshingizga qaram boʻlsangiz, u bundan zerikadi. Uni yoʻqotib qoʻyishdan qattiq qoʻrqqaningiz tufayli siz oʻzingizni rashkchi qilib koʻrsatasiz. Oʻzaro munosabatlarimizda muvozanat oʻrnataylik. Masalan, baʼzi onalar oʻgʻlini kelinidan qizgʻanadilar, bunday onalar oʻgʻillariga tobe boʻladilar. ​Qaysidir ayol yoki erkak: «Turmush qurganimdan keyin ota-onamni har kuni koʻrmasam boʻlmaydi», desalar, ular ham tobelikka odatlanib qoladilar. ​Biz bagʻrikenglik va fidokorlikni hamisha boshqa tomondan kutamiz. Hayot esa keladi-ketadi! Oilamiz bilan bogʻliq masalalarda harakat qilmaymiz, ularni hal qilishga urinmaymiz ham. Darhol uni yakunlab, tashlab ketish haqida oʻylaymiz-u, bir-birimizni qayta kashf qilishga urinmaymiz. Baʼzan kutilmagan daqiqalardagi kichik sovgʻa, biror totli kalom, tabassum umidsiz qolgan onlarga bahor kirib kelishiga sabab boʻladi. ​«Men turmush qurgan erkak (yoki ayol) aynan men izlayotgan inson emas, ammo men koʻp mehnat qilaman, turli hunarlarga qiziqaman va sizning ichingizdagi farishtani olib chiqaman», deyishimiz mumkin. ​Bir kishiga «Sohildagi issiq toshni top», dedilar. Erkak esa qoʻliga olgan har bir tosh sovuq ekanini aytar va ularni dengizga uloqtirardi. Ammo u toshni qoʻlida biroz ushlab tursa, tosh qizib ketgan boʻlardi! ©️"Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan 📚 @kitob_nuri

  • 10 авг.4 4735625

    #Kitobdan    Xuddi bir insondan ranjib, keyin yana yarashganimizda, oʻsha insonni avvalgidan ham koʻproq sevganimiz singari tavba qilganimizdan soʻng Allohga boʻlgan muhabbatimiz ham ortadi. Robbimiz biz kabi gunohkorlarni kechirar darajada mehribondir. Robbimizning bizga marhamat koʻrsatishini meyorida duolar qilamiz. Uning roziligini qozonish uchun asalarilar guldan-gulga qoʻnganidek, biz ham oʻz vaqtimizni faqat yaxshiliklar qilish uchun sarflashimiz mumkin. Bizga berilgan umr behuda ishlarga vaqt sarflash uchun kamlik qiladi. U koʻz ochib yumguncha tugaydi. ​Insonlar tez-tez duch keladigan oʻlim hodisasi ularning tavba qilishlari uchun bir imkondir. «Baqara» surasining 222-oyatida: «...Shubhasiz, Alloh taolo tavba qiluvchilarni va poklanuvchilarni sevadi», deya buyuriladi. ​Robbimiz bizdan gunohsiz boʻlishimizni emas, faqat chin dildan tavba qilishimiznigina kutadi. Bizni Undan uzoqlashtiradigan omil gunohlarimizning koʻpligi emas, balki tavbamizning yoʻqligidir. ©️"Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan 📚 @kitob_nuri

  • 9 авг.4 5223542

    #Kitobdan    Juda yuksak fazilatlarga ega bo‘lganlarda ham, albatta, kamchiliklar bo‘ladi. Masalan, bir inson juda aqlli, ammo juda xunuk bo‘lishi, shuningdek, juda chiroyli, lekin aqliy salohiyati past bo‘lishi va u katta qiyinchiliklar bilan tushunishi mumkin. O‘sha xunuklik kishining aql-zakovatini yomon ko‘zdan asraydi. Bu kamchiliklarning hikmati: ularni yomon ko‘zdan himoya qilinishlaridadir. ​«Haj» surasining 11-oyatida: «Odamlar orasida Allohga bir yoqlama (til uchida) ibodat qiladigan kimsalar ham bordir: bordiyu, unga yaxshilik etsa, o‘sha sababli xotirjam bo‘lur, agar biror baxtsizlik etsa, (dindan) yuz o‘girib ketur. (U) dunyo oxiratda ziyon ko‘rur. Bu esa aniq ziyondir!» deya buyuriladi. ​Hech qachon tugamaydigan qishni ko‘rganmisiz? Har bir qishdan keyin, albatta, yoz keladi. Tugamaydigan, bitmaydigan muammoning o‘zi yo‘q. Musibat keladi, ketadi, uning o‘rnini ko‘plab xayrli ishlar egallaydi va farahli kunlarga yetilajak. ​Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Baloni ne’mat, mo‘llikni, tinchlikni musibat deb bilmaydigan kishi imoni yetuk mo‘min bo‘lmaydi», dedilar. Shunda ul zotga dedilar: «Qanday qilib, ey Allohning Rasuli?» Ul zot dedilar: «Zero musibatdan keyin to‘qlik keladi, to‘qlikdan keyin esa musibat va baxtsizlik kelgusidir» (Ramz ul-Hadis). ​Sinovingiz qanchalar qiyin bo‘lsa, keyinroq shunchalar go‘zal va yaxshi kunlar keladi. Xuddi qahraton qishdan keyin, go‘zal bahor kelgani kabi. Agar biror kichik musibatlarni kattalashtirsak, ulardan-da kattaroqlari boshimizga kelishi mumkin. ©️"Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan 📚 @kitob_nuri

  • 9 авг.5 0174056

    #Nuktalar ⏺Dunyo matohlari baxt keltirmaydi! ©️Shayx Husayn Buxoriy 📚 @kitob_nuri

  • 8 авг.5 91917463

    #Mutolaa ✍️ Nuriya Cheleyen 📖 «Qalb iffati» Ushbu kitobdan ham tarix — o‘tmish haqida, ham odobi qalb haqida saboq olamiz. Avvalida tug‘ilajak farzandi uchun iffat so‘rab duoda bo‘lgan Hanna onamiz haqlarida, Maryam onamizga g‘amxo‘rlik qilishni bo‘yniga olgan Iysha va Zakariyo payg‘ambar haqlarida, qalb ko‘zi ko‘rlarning bo‘htonlari deb Maryam onamizning, ularning Allohga mahbub bandalar bo‘lishlariga qaramay, dunyo hayotida uchragan sinovlari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Allohga nazr qilingan Maryam onamizning o‘y-hayollari, ularning iffat borasida suhbatlari haqida o‘qir ekanmiz, beixtiyor biz ham o‘zimizni isloh qilish uchun nafsimizni so‘roqqa tutishni boshlaymiz. 🔥 - o‘qidim 🌚 - o‘qiyapman 👍 - o‘qish rejam bor 📚 @kitob_nuri

  • 8 авг.4 8413533

    #Tafakkur 🟠Mushkulot xuddi yoz buluti singari oʻtkinchi boʻlishi lozim. Er-xotinlar bir-birining aybidan koʻz yumishi, rahm-shafqat asosida hayot kechirishi kerak. Uylar jang maydoniga aylanmasligi uchun bir marta siz chekinasiz, bir marta xotiningiz chekinadi! ​ 🟠Agar qudalar har biri oʻzining farzandi tomonga oʻtib olsa, muammo kattalashadi. Xotin nima qilmasin, ota-onasi uni haq deydi. Er nima qilmasin, uning ham ota-onasi oʻgʻillarini haq biladi. Bu esa aqlga ham, mantiqqa ham toʻgʻri kelmaydi. Aslida, ikki quda tomon faqat oilani isloh qilish uchungina aralashishlari toʻgʻri boʻladi. Ular haqni undirib beradigan qozi emaslar. Oilalar oʻzaro rahm-shafqat, tinch hayot kechirish, bir-birining aybini koʻrmaganga olish bilan qoim turadi. Qudalar farzandlarining qoʻlidan tutganida, narigi tomonning fazilatini ham unutmasligi kerak. Oisha onamiz ovozini koʻtarganini hazm qila olmagan Abu Bakr roziyallohu anhu naqadar olijanob edi! ​ 🟠​Kelisha olmaslik boshqa narsa, er-xotin bir-birini hurmat qilmasligi boshqa narsa. Insonning aslzodaligi husumat paytida bilinadi. ©️"Nabaviy tarbiya" kitobidan 📚 @kitob_nuri

  • 7 авг.5 0427543

    #Tafakkur Ota-onalar ko‘p maosh oluvchi yoki katta mahr beruvchi kishining sovchi qo‘yishini kutib, qizlarining foydasidan ko‘ra o‘z manfaatlarini ustun qo‘yib, nikohni kechikirishlari katta xatodir. Ularga bu ishlari xato ekanligini tushuntirish lozim. ​Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi o‘gitlarini doimo yodimizda saqlashimiz zarur. U zot sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: ​“Hoy yigitlar jamoasi! Sizlardan kim oila chiqimlariga qodir bo‘lsa uylansin. Chunki uylanish ko‘zni tiyuvchi, farjni (zinodan) saqlovchi (omil)dir. Kim qodir bo‘lmasa, unga ro‘za tutish lozimdir. Chunki ro‘za shahvatni sindiruvchidir”. (Sahixi Buxoriy) ​Butunlay darslarga berilib ketib, oila qurish yoshidan o‘tib ketmaslik kerak. Ishonchingiz komil bo‘lsin, oilaviy hayot ilmga, darslarga to‘siq emas. Balki u sizga ko‘makchidir. Zero nikohda xotirjamlik mavjud bo‘lib, u orqali zehningiz yorishadi, aqlingiz tiniqlashadi. ​Tushlarda yoki ertaklarda bo‘ladigan bekam-ko‘st, har tomonlama komil juftni qidirmang. Axir, bu xom xayoldan o‘zga narsa emas. O‘lchovlaringizni o‘zgartiring. Tanlayotgan juftingizdagi asosiy jihatlarga e’tibor qarating, ikkilamchi sifatlarga emas. Mana shunda oila qurishingiz birmuncha osonlashadi. ​Bitta nikoh marosimida bir necha yoshlarning to‘yini o‘tkazib yuborishni yo‘lga qo‘yish zarur. Bu amaliyot ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanilgan hamda muvaffaqiyat keltirgan. Chunki bu orqali katta miqdordagi mablag‘ni tejab qolish mumkin bo‘ladi. Masalan, bir kechada o‘nta, yuzta yoshning nikoh to‘yini o‘tkazib yuborish bilan sarf-xarajatlar keskin miqdorda kamayadi. Bu esa jamiyatga farovonlik keltiradi. ​Xanif dinimiz ko‘rsatmalariga nomunosib bo‘lgan urf-odatlardan tezda voz kechish lozim. Bunga misol sifatida – faqat qarindoshlariga yoki urug‘doshlariga uylanishni shart qilib qo‘yish; katta qizdan oldin kichik qizni uzatib bo‘lmasligi kabi odatlarni keltirishimiz mumkin. Shu va shunga o‘xshash odatlarga zudlik bilan chek qo‘yish kerak. ​Alloh taologa yolvorib duo qilish zarur. Zero U Zotgina sizning ishingizni yengillatadi. Aynan U Zot sizga rizq beruvchi Razzoqdir. Sizni boy-badavlat qiluvchi ham, duoingizni ijobat etguvchi ham yolg‘izgina Uning O‘zidir. Shunday ekan, duo qiling, sizga solih juft hamda solih farzandlar ato etsin. ​ ✍️Doktor Oiz Qarniy 📚 @kitob_nuri

  • 7 авг.5 21211537

    #Kitobdan    Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, kuniga to‘rt-besh marta qo‘l yuvish orqali biz 50 foizga sog‘lom bo‘lamiz. Ovqatlanishdan avval va keyin qo‘l yuvish Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning sunnatlaridan kiritilgan. Ya’ni sunnatlarga amal qilish nafaqat oxiratimiz, balki dunyoviy hayotimiz uchun ham juda muhimdir. ©️"Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan 📚 @kitob_nuri

  • 6 авг.6 6597939

    #Tafakkur "Sizni xursand qiladigan ishlarni belgilab, eng baxtli holatlaringizni yozib qoʻying. Siz biror kishi bilan uchrashganingizdan keyin sodir boʻldimi yoki biror joyga borganingizdan keyin? Yoki biror ishning oʻzini bajarganingizdan keyin ushbu shodlik keldimi? Agar siz oqsashda davom etsangiz ham uni roʻyxat qilib yozib boring". ©️ 📚 @kitob_nuri

  • 5 авг.6 5156413

    Oila — saodat maskani

  • 5 авг.7 5157669

    #Tafakkur Qo‘lidagi imkonlar uchun shukrona keltirar ekan, insonning duosi uzun bo‘ladi. Holbuki, asl mo‘min yo‘g‘ida ham shukr qilguvchidir. Yomg‘irdan so‘ng har qanday gul gullayveradi, asl mahorat esa qirlarda ham bo‘yin egmagan gulga tegishli. ​Ba’zan qo‘lingdagilar seni battar azobga qo‘yadi. Shukrsiz kelgan har bir dardning ortida esa shikoyat bor. Shu bois borida ham, yo‘g‘ida ham xotirjam bo‘lgan inson: «Menga berilgan va berilmagan har narsa sendan, yo Robbim! O‘zingga hamdlar bo‘lsin!» deguvchidir. Chunki bu yerdagi «har narsa» aslida o‘zi, shu «har narsa»ni yaratgan esa Alloh ekani shubhasiz. ©️ 📚 @kitob_nuri