tgindex
Elektron kitoblar

Elektron kitoblar

Статистика
@kitoblar_pdfузбекский

Elektron kitoblarni bepul yuklab oling va mutolaa qiling. Reklama xizmati: t.me/reklama_servis/139 📩 @kitobxonrobot

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
8
Всего постов
329
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
17 919
−50 за 4 дн.
Сутки
−18
−0,10%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 856
40 постов
Вовлечённость
10,4%
к подписчикам
Постов в день
1,1
всего 329
Упоминаний
5
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
973
1/48двое суток
1 115
1/72трое суток
1 202

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1 02375

    #Nazmiy 📜 Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas, Kotibu davru raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas, Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas, Ko‘nglum ichra dardu g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas, Kim ul oyning hajri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas. Ne uchar yulduzlar o‘tdi chalg‘itib elni juda, Necha avlod yo‘li-yu umidin aylab behuda, Davr mezoni bilan tortay bu kun o‘zimni-da, Ne sitamkim qilsa rahm maxfiy erdi zimnida, Emdi qilsa ne sitam avvalgilarg‘a o‘xshamas. Bul Jahon tun birla tong bahs etar bir hujrakim, Voh, quyosh savdosig‘a shamlar nechuk bo‘ldi hakim, Ishq, bu - o‘z umrim, anga nechuk qasamlar ichmakim, Demangiz Shirinu Layli oncha bor ishq ichrakim, Xo‘blikda ul sanam avvalgilarg‘a o‘xshamas. Qay kishikim bir ulug‘ ishga etibdi jon nisor, Shiddati pastu baland kelganda ham bo‘lmaydi or, Ey falak, hech kimni etma besamar yo‘llarda xor, Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o‘zga yor, O‘lmishamkim, bu alam avvalgilarg‘a o‘xshamas. Ona Sharq tojin kiyur! Zulmatda ushlatmang meni, Bodayi haq mastiman, yolg‘onga uyg‘atmang meni, O‘z xayolimg‘a qo‘ying, o‘zgaga ishlatmang meni, Ishq aro Farhod ila Majnung‘a o‘xshatmang meni, Kim bu rasvoyi dajam avvalgilarg‘a o‘xshamas. Har kima har xil yozur Arsh Mirzosi sana, Aylanur oyina bu, hech bitta ish topmas pana, Nafs ipiga bog‘lidur ruh iplarin uzgan tana, Ko‘yining ehromidan ko‘nglimni man etmang yana, Kim anga azmi haram avvalgilarg‘a o‘xshamas. So‘kmak o‘tganlar ishin notavonlar rasmikim, O‘z zamonin rost etar qavmi mardsir asli kim, Shu hayot tilsimlarin ochmoq omonlar kasbikim, Ey Navoiy qilma Jamshidu Faridun vasfikim, Shoh Gʻoziyga karam avvalgilarg‘a o‘xshamas. ✍️Omon Matchon 📚 @kitoblar_pdf

  • 13 авг.1 17241

    #Savodxonlik 1-noyabrdan 5-noyabrgacha “1-noyabrdan 5-noyabrgacha” jumlasini qisqaroq qilib “1–5-noyabr” shaklida yozsa ham boʻladi. Bunda faqatgina 1 va 5-noyabr emas, ularning orasidagi 2, 3 va 4-noyabr ham nazarda tutiladi. Eʼtibor berish kerak boʻlgan joyi — raqamlar orasiga qisqa tire qoʻyiladi. Tire va chiziqcha haqida mana bu yerda maʼlumot berganmiz: https://t.me/kitoblar_pdf/3558 Faqatgina muayyan sanalarni koʻrsatish kerak boʻlsa, ular vergul bilan ajratiladi: 1, 2 va 5-noyabr. Lotin alifbosida yil va oylarni koʻrsatuvchi raqamlardan soʻng -nchi qoʻshimchasini ifodalash uchun chiziqcha (-) qoʻyiladi: https://t.me/kitoblar_pdf/2868 ©xatoliklar 📚 @kitoblar_pdf

  • 12 авг.9974удалён 14 авг.

    видео или голосовое, без подписи

  • 12 авг.1 50356

    Biz qachon qaysi yozuvni ishlatganmiz? Biz turli yozuvlardan foydalanib kelganmiz, oʻtgan asrning oʻzida esa atigi 64 yil ichida alifbomiz 3-marta oʻzgartirilgan. Mavjud manbalarga asoslanib yozuv tarixini shartli ravishda toʻrt davrga boʻlish mumkin: 1. XII asrdan 1929-yilgacha — arab alifbosiga asoslangan yozuv. 2. 1929-yildan 1940-yilgacha — lotin alifbosiga asoslangan yozuv. 3. 1940-yildan 1993-yilgacha — rus yozuvi, kirill alifbosiga asoslangan yozuv. 4. 1993-yildan hozirgi davrgacha esa lotin alifbosiga asoslangan yozuv amalda boʻlmoqda. 📚 @kitoblar_pdf

  • 11 авг.1 720733

    ✍️ Ahmad Hodiy Maqsudiy 📖 "Ibodati Islomiya" Mazkur kitobda iymon va islomning shartlari, shariatga doir muhim masalalar, xullas, har musulmon bilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar diyorimiz musulmonlari amal qilayotgan hanafiy mazhabi asosida qulay uslubda, savol-javob tarzida batafsil yoritilgan. 📚 @kitoblar_pdf

  • 10 авг.1 86554

    ​#parcha Buni tasvirlab bo‘lmaydi. Titrab-qaqshab, o‘kirib yig‘layotgan ayolning holatini ifodalashga so‘z ojizlik qiladi. Boyaqish yelkamda silkitib, qichqiradi: «U o‘lgan bo‘lsa, sen nega tiriksan?» Keyin yig‘i aralash javrab ketadi: «Nega sizlarni u yoqqa jo‘natishadi, axir, hali go‘daksizlar-ku!» Axiyri, stulga o‘tirib qoladi: «Uni ko‘rdingmi? Ko‘rishga ulgurdingmi? Qanday jon berdi?» Yuragidan o‘q yeb, bir zumda o‘ldi, deyman. Ishonmaydi. — Yolg‘on gapiryapsan. Hammasini bilaman. Qiynalib jon bergan. Ovozini eshitdim. Rostini ayt, men bilishim kerak. — Unaqamas, — deyman men, — yonida edim. Joni darrov uzildi. Endi avrashga tushadi: — Ayt. To‘g‘risini gapir. Bilib turibman, meni ayayapsan, lekin battar qiynayotganingni sezmayapsanmi? Undan ko‘ra, aldama. Bexabarlikdan yomon narsa yo‘q, haqiqatni oshkor qil, har qancha og‘ir bo‘lsa ham, ayt. Bu men tasavvur qilayotganimdan ko‘ra afzalroq-ku. Men hech qachon haqiqatni aytmayman. Aytolmayman. Ayolga rahmim keladi, g‘alatiroq ekan o‘zi: haqiqatni bildi nima-yu, bilmadi nima, Kemmerix qayta tirilmaydi-ku. O‘limni ko‘raverib, diydam qotib ketgan. Bitta o‘limga ham shunchalikmi? Sal dag‘alroq javob qaytaraman: — Til tortmay o‘ldi. Og‘riqni sezganiyam yo‘q. Uyquga ketgan kishiday ko‘zlarini yumdi-qo‘ydi. Ayol biroz sukut saqlab, yana so‘roqqa tutadi: — Qasam ichasanmi? — Albatta. — Aziz avliyolarni o‘rtaga qo‘yib, a? Yo tavba, aziz-avliyolar nima bo‘pti? Bu men uchun nisbiy tushuncha. — Ha, tezgina jon berdi. — Orqamda takrorla: «Agar gapim yolg‘on bo‘lsa, uyimga tirik qaytmay». Takrorlayman. Bundan battar qasamlarni ham ichishim mumkin. Endi ishondi shekilli. O‘tirib, uzoq yig‘laydi. Keyin qanday bo‘lganini gapirib berishimni iltimos qiladi; men bir balolarni to‘qiyman, cho‘pchagimga o‘zim ham ishonib ketishimga bir bahya qoladi. ✍️ Remark, «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q» kitobidan 📚 @kitoblar_pdf

  • 9 авг.1 813924

    ✍️ Aleksandr Dyuma 📖 Graf Monte Kristo (2-kitob) 📚 @kitoblar_pdf

  • 9 авг.1 895423

    ✍️ Aleksandr Dyuma 📖 Graf Monte Kristo (1-kitob) Bu kitob - ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand «Graf Monte Kristo» yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsada, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq, o‘zgacha inson bo‘lib yetishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli. 📚 @kitoblar_pdf

  • 8 авг.1 970162

    "O'tkan kunlar" Bobolarning muqaddas gavdasi maftun Turkistonimizni to'ng'uzxona qilishga hozirlagan itlar Yaratguvchining qahriga albatta yo'liqarmiz! ✍ Abdulla Qodiriy 📚 @kitoblar_pdf

  • 7 авг.2 2221610

    #Nazmiy 📜 SARATON Yenglik ko‘ylaklardan voz kechdi shahar, Yelkalar yalang‘och, yalang, och ko‘zlar. Olislarda esa suvlar sepishar Ko‘ylaklari bilan cho‘milgan qizlar. Shahar qizg‘onmaydi xiyobonlarin, Sun’iy ko‘liniyu qayiqlarini. Ammo dil qo‘msaydi sokin bog‘larning Olmalar oqizgan ariqlarini. Shahar ko‘p narsani menga o‘rgatdi, Hammasini sanab, aytib bo‘lmaydi. Shu yerda suyagim va diydam qotdi, Endi qishloqqa ham qaytib bo‘lmaydi. Tongda derazamdan siniq nur tushar, Ne tongkim, bugun ham namlidir ko‘zlar. Axir tushimda ham suvlar sepishar Ko‘ylaklari bilan cho‘milgan qizlar... ✍️Iqbol MIRZO 📚 @kitoblar_pdf

  • 6 авг.2 205256

    ​#Parcha O‘tkir Hoshimov ko‘chada moshinasini haydab ketayotgan edi, chorrahada DAN xodimi qizil tayog‘ini ko‘tarib, to‘xtatadi. Mashhur adib shoshibroq turgan edi, tezroq qutilish uchun moshinadan yangi chop etilgan kitobini olib, dastxat bitish uchun so‘raydi: — Ukajon, ismingiz nimaydi? - DAN xodimi taniqli yozuvchiga, uning qo‘lidagi tanish kitobga ajablanib qaraydi, so‘ng iymanibgina deydi: — O‘tkir aka, kechirasiz, bu kitobingizni o‘tgan haftada ham yozib beruvdingiz... — E, darvoqe... "Do‘rmon hangomalari", Shodmon Otabek. 📚 @kitoblar_pdf

  • 5 авг.2 37174

    #Savodxonlik IMXO Bu soʻz lugʻatlarga kirib ulgurmagan boʻlsa ham, internetda juda koʻp uchratishimiz mumkin. Ingliz tilida IMHO — In my humble opinion, yaʼni mening ojizona/kamtarona fikrimcha degan maʼnoni anglatadi. Aytilgan gap shunchaki soʻzlovchining shaxsiy fikri ekanligini, u 100% toʻgʻriligiga yoki toʻgʻri boʻlib chiqishiga daʼvo qilmayotganini bildiradi. Kirish soʻz sifatida gapning boshida ham, soʻngida ham ishlatish mumkin. Abbreviatura orqali hosil boʻlgani eʼtiboridan bosh harfda yoziladi, lekin koʻp ishlatiladigan soʻzlardan biriga aylanib ulgurgani uchun kichik harflarda yozish holati ham uchraydi. Misollar: IMXO, Tramp prezidentlikni saqlab qololmaydi. Harakat qilmang, baribir foydasi yoʻq. IMXO. Albatta, bularning barchasi imxo. P. S. Soʻzni rus tili orqali emas, ingliz tilidan toʻgʻridan toʻgʻri oʻzlashtiradigan boʻlsak, IMXO emas, IMHO shaklida yoziladi. ©xatoliklar 📚 @kitoblar_pdf

  • 4 авг.2 281169

    ​​#tavsiya To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin?! Ko'pchilik muhabbat qissalari to'ygacha bo'ladi, visol oqshomidan keyin oila sharoitida vujudga keladigan (to'g'rirog'i, sun'iy o'ylab topilgan) muammolar ikki tomonning bir-biriga nisbatan muhabbati tugul, mehrini, hurmatini ham yo'qotadi. Muhabbat bor joyda xiyonat ham, baxtsizlik ham bo'lmaydi. Yozuvchi Sema Marashli bir paytlar bir-birlarini telbalarcha sevgan, ammo hozir kunga kelib urushsiz kuni o'tmayotgan, ajrashish yoqasida turgan juftlik Farhod va Shiringa umumiy 40 ta maslahat beradi. Maslahatlar yozuvchi va qahramonlarning dialogi asosida yozib borilgan. Masalan, Shiringa qilingan ilk nasihatga e'tibor qiling:  "Xotin-qizlar huquqlari haqida bilganlaringning barini unut". Farhodga aytilgan maslahatlardan biri esa juda oddiy: "2+1 formulasi". Bu 2 marta shirin so'z va bir marta chiroyli termilish. Ertalab va kechki payt.   "Deydilar kelganlar bizlardan avval,   Quloq oshiq bo'lar ekan, ko'zlardan avval..." 🧕Qizlar, 25 ta maslahatli qadam siz uchun. 🙎🏻‍♂️Yigitlar, 15 ta qadam esa sizga bag'ishlangan. Muallif: Sema Marashli Kitob nomi: To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin 📚 @kitoblar_pdf

  • 4 авг.2 187168

    Ulug’ aql egalari o’z oldilariga maqsad qo’yadilar, qolgan odamlar o’z istaklari ortidan ergashadilar. ✍️ Vashington Irving 📚 @kitoblar_pdf

  • 3 авг.2 8514913

    Najib Fozil kemada kitob o‘qib ketayotgan ekan. Muxlislaridan biri yaqinlashib: - Ustoz, dunyoga payg‘ambar yuborishning nima keragi bor edi? Alloh aql berib qo‘yibdi, yo‘limizni o‘zimiz ham topib olardik, - debdi. Najib Fozil kitobdan bosh ko‘tarmay javob beribdi: - Kemaning nima keragi bor. Dengizdan o‘zing suzib o‘taver!.. 📚 @kitoblar_pdf

  • 2 авг.2 9212812

    Menga ayting, unutish qayerda sotiladi? Oldingi yuzimni qayerdan topsam bo‘ladi? O‘zimga qaytishning yo‘li qanday? Mahmud Darvish 📚 @kitoblar_pdf

  • 1 авг.2 778359

    OLIMONA JAVOB! «Uzoqdan ayol deb o‘ylabman sizni" - Dedi bir nodon kas topgandek huzur. Olim ham munosib berdi javobin: - Men seni erkak deb o‘ylabman, uzr!» 📚 @kitoblar_pdf

Elektron kitoblar — tgindex