Rustam Tursunov | Shaxsiy Blog
СтатистикаJismonan, Aqlan, Ruhan. Project manager of @Registan_School & @registan_medical_college & @registan_school_fergana Second channel: @Managewithme Bog‘lanish: @Tursunov_Rustam
- Последний пост
- 14 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️🤩 Ertaga YouTube kanalimizda yangi video! ✅ Mavzu: Xususiy maktab tanlashda 7 ta muhim bosqich. 👌 To'liq video sizga qiziq bo'lsa "Turkiston" reaksiyasini bosing! Telegram | Instagram
Jahon Chempionati Yaqinda O’zbekiston terma jamoasi Amerikadan qaytib keldi. Dastlabki 2 o’yindan keyin tanqidchilarni tanqid qilishdi. “Negativ” deb qoralashdi. Axir birinchi bor chempionatga chiqishimiz, ko’p narsa kutib yuboryapmiz dedik. Kimdir tanqid qilsa ijtimoiy tarmoqlarda “90 daqiqa yugurib ko’r” qabilida ko’p gap aytishganini ko’rdim. Portugaliya bilan o’yinda o’zimni ham jahlim chiqdi, mag’lubiyat uchun emas, oddiy to’p uzatish, qabul qilib olish kabi kichik xatolar sabab. Men tanqid qilmayman, ammo erkin fikr tarafdoriman, bunga 2 ta katta sabab bor: 1. Futbol uchun ajratilayotgan byudjet, UFA xarajatlari, chel ellik trener maoshi va h.k barchasi bu bizning pulimiz. Unda bizning haqqimiz bor! Davlat xarajatlari oshgani uchun inflatsiya bo’lyapti, 100 so’mlik narsani 120 so’mga sotib olishga to’g’ri kelyapti. To’g’ri aynan UFA sabab inflatsiya bo’lmaydi, ammo bu bir qism. 2. Agar biror kimni tanqid qilinsa, unga argument sifatida o’zing qilolasanmi desak buni hamma sohada aytish mumkin. Siz kasalxonaga oilangizni olib bordingiz, doktor notog’ri muolaja qildi, axvol og’irlashdi, lekin siz norozi bo’lsangiz, doktor sizga “siz o’zi ukol qilishni bilasizmi” desa qanday bo’ladi? Maktab o’qituvchisi farzandingizga noto’g’ri bilim bersa, siz shikoyat qilsangiz, ustoz sizga misol berib, o’zingiz ishlab ko’ring-chi desa-chi? Vaholanki futbolchilarimiz bilan o’qituvchi, doktorlar maoshi yer bilan osmon qadar farqli. Jamiyatdagi biror sohani sen o’zing qilolmaysan gapirma qabilida fikr yuritsak hamma sohada gapirmasligimiz kerak. Futbol jamoamizdan shaxsan minnatdorman, o’zbek futbolini yangi darajaga olib chiqishdi. Tanqidchilarni ham qoralay olmayman, sababi ularni tanqid qilishga haqqi bor! #Football @Rustam_Tursunov
🎬 PREMYERA BOSHLANDI! Hozirda "Registon" jamoasidan yangi loyihani premyerasi boshlandi! Ushbu video sizga: • Loyihaga kirib kelish. • Ilhomlantiruvchi hikoyalar. • Kelajakka intilishlarini ko‘rsatadi. 🎥 Videoni tomosha qilish uchun pastdagi havolaga o‘ting va "Registon" oilasidan yangi loyihani qarshi oling! 🌟 Premyera davomida o‘z fikrlaringizni izohlarda yozib qoldirishni unutmang! Premyera: https://youtu.be/LzAHro0A6U8
Urug’ ekishda, uning qay muhitga tushishi, uning kelajakdagi istiqbolini belgilab beradi! Farzandingiz hayotidagi qarorlaringiz ham shunday, yetti o’lchab bir kesishni talab etadi! 15-may, 20:00 da yangi Turkiston loyihasining taqdimoti bo’lib o’tadi! Taqdimotda ishtirok etish uchun izohlarda, TURKISTON so’zini yozib qoldiring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ovqat Ishda tushlikdan keyin charchoq bosishni boshladi. Havo ham borgan sari isib boryapti, bu ham odamni toliqtiradi. Lekin samaradorlikni tushurayotgan narsa bu tushlikda to'yib ovqatlanish va kam harakatlik ekan. Biz jismoniy mehnat qilmaymiz, kardio kam, yeganimizga nisbatan harakat kam. Bu hazm qilishni og'irlashtiradi, oshqozon katta energiya sarflaydi. Tushlik to'yib ovqatlanishni sababi esa, nonushta qilmasligim ekan, tushlikda qornim och holda ovqatlanaman. Qisqasi qisqa muddatda tez-tez va kam ovqatlanish tanani aktiv ushlab turar ekan. Ko'p narsani bilgimiz keladi, lekin hali amal qilib ulgurmagan bilganimiz talaygina ) #Case #Advice @Rustam_Tursunov
Qanday qizga uylanish kerak? Rafiqa tanlashda maslahatlar ko’p, kriterialar ham. Boshqa omillarni inkor qilmagan holda, men ham bir tomonni aytib o’taman. Rafiqa sifatida qiz tanlashda qimmat qiz tanlang! Arzoni emas! Qimmat qiz kim? Qimmat qiz o’zini ko’z-ko’z qilmaydigan, har kim ham gapira olmaydigan, masofa saqlaydigan qiz. Ijtimoiy tarmoqqa o’zini rasm va videolarini qo’yib, har kim ko’rishiga yo’l qo’ymaydi. Begona erkaklar oldida kulmaydi, ortiqcha muloqot qilmaydi. Boshqalar e’tiborini tortishga urinmaydi. Hamma ham yaqinlasha olmaydi. Ming chiroyli bo’lmasin, siz internetda ko’radigan, istalgan yigit komment va like bosadigan qizlar arzon qizlar. Ular qancha ko’p e’tibor jalb qilsa, shuncha quvonadi, siz shular qatoridan biri bo’lasiz xolos. Hayotta doim erishish qiyin bo’lgan, erishganda esa faqat senga tegishli bo’ladigan noyob buyumlar qadrlanadi. Dur va gavharlar kabi. Ayol ham shunday! #Advice @Rustam_Tursunov
Burilish Bu blogni 5-yildan buyon yuritar ekanman. To'g'ri avvalgiday yozmay, bo'lishmay qo'ydim. Aybdorman. 5 yildan buyon kuzatuvchilar mehnat faoliyatim bilan tanish, sababi har bir burilishni e'lon qilib boraman. 2023-yil mart oyidan buyon Registon xususiy maktablari bo'yicha Loyiha menejeri sifatida ishlar edim. Bugungacha ko'p loyihalar qilishga ulgurdik, endi esa yana bir yangilik arafasida turibmiz. Aprel oyidan buyon yangi loyiha "Turkiston maktabi" ustida ish olib boryapman. Hozir jamoa yig'ish va qabul uchun tayyorgarlik bilan bandmiz. Maktab ochish jarayonlarini instagramda ham yoritib borishga qaror qildim. #Career @Rustam_Tursunov
Bu kun… 2024-yil 5-may, men uchun unitilmas yo’lning boshlanishi. Farg’onaga qaytib, maktab ishlariga kirishgan 1-kunim. Telefonimdagi galereyaga kirsam doim 2024-yilni eslab, rasmlarni tomosha qilaman. Qanday qilib tezda 2 yil o’tganini tushuna olmayman. Farg’ona jamoasi o’z aka ukalarimdek, oilamdek bo’lib qolgan edi. Katta ishlar ortidagi, katta bir yosh jamoaning bir qismi ekanimdan faxr hissi o’tar edi doim. Farg’onadagi Registon loyihalarini hali 30 yoshga kirmagan yoshlar jamoasi qilayotganiga har kim ham ishona olmaydi. Farg’onadagi loyihamiz men uchun eng qiyin, mas’uliyatli va tajribali loyiha bo’lgan. Haqiqiy jang! Bu jangda ustoz, aka va rahbar o’rnida meni qo’llab quvvatlagan inson Ixtiyor aka edi. Registon ta’lim loyihalari Farg’ona filiali asoschisi. Yosh, ambitsiyaga to’la yosh yigit. O’z tajribalarini ulashib borish haqida ko’p fikrlashar edik, ammo ijtimoiy tarmoqlardan ko’ra ish jarayoniga ko’proq e’tibor qaratar edilar. Hozirda Ixtiyor aka telegram va instagramda ta’lim jarayonlarini ulashib boryaptilar. Tanishga arziydigan shaxsiyat, tavsiya qilaman! #Advice #Registan @Rustam_Tursunov
Gender tengligi! Internetda bir video ko’rib qoldim, ayollar va erkak futbol o’yinida erkak futbolchi ayol o’yinchini qattiq chalib yiqitdi. Video izohida esa qachonki gender tengligi bo’lganida deb yozilgan. Men bunga qo’shilmadim! Aytaylik siz bokschisiz va raqib sizdan bo’yi past, tajribasi kam bir yigit. U bilan jangda qattiq ozor berib urmaysiz, g’alaba qilish darajasida jang qilib uni asraysiz, kuchingizni ko’rsatmaysiz. Bu zaif raqibga hurmat, lekin bu yerda u siz bilan teng. U ham erkak siz ham, u ham jangchi siz ham. Ayollar bilan ham huddi shunday deb bilaman. Ayol va erkak tengligi deganda fiziologik ustunlik doim misol qilinadi. Bu erkak kishi misol qila oladigan, inkor etib bo’lmaydigan yagona chora deb bilaman va bunday misolni faqatgina zaif erkak aytadi deb hisoblayman. Ko’mir konlarida, qurilishda, qazilma boylik qazishta va h.k sohalarda erkaklar ishlaydi ayollar emas deyiladi. Bu tabiiy sababi ayollar qila olmaydi va bu ayol kishini huquqini pasaytirishga asos bo’lmaydi. Bolalar bog’chasida 95% ortiq tarbiyachi ayollar, maktablarda esa 75% dan ortiq. Ayol kishi qila olmaydigan yoki qilmaydigan ishlar bo’lgani kabi, ayollar ishlaydigan erkak qilolmaydigan ishlar ko’p. Masalan man 3-4 yoshli bolani kun bo’yi qarab taglini almashtirib katta qilish qo’limdan kelmaydi, bunga ko’p erkak toqat qilolmasa ham kerak. Tarixda ayollar 2-darajali ko’rilgan. Ovoz berish huquqi bo’lmagan, erkak va ayol zino qilsa ayol ko’proq qoralangan, tenglik tushunchasi asli teng huquqlilik borasida kelib chiqqan. Ba’zi ayollar o’zini huquqlarini pesh qilib erkaklardan o’zini ustun sanagani, ba’zi erkaklar esa tarixda bo’lgani kabi ayolalrni 2-darajali hisoblagani sabab bugunchaga bo’linish mavjud. Navbatda turgan bo’lsangiz ayollarga navbat bering, avtobusda joy bering, mashinada yo’l bering bu tengsizlik emas! Bu erkak bo’lish. Erkak kishi o’zini ayol kishiga mas’ul hisoblaydi. Ayol kishi bilan tenglik talashadigan erakak esa mushaklari bilan ustunligini maqtanadigan zaif xolos! #Case @Rustam_Tursunov
Birga ishlashimiz mumkin. Yangi ta’lim loyihasini boshlayapmiz. Va biz aynan HR bo'limi boshidan kuchli bo'lishini xohlaymiz. Shu sababli HR jarayonlarini tizim sifatida qura oladigan kuchli HRD qidiryapmiz. Yangi imkoniyatlarni ko'rib chiqayotgan bo'lsangiz, quyidagi manzilga rezyume yuboring. Bog'lanish uchun: @HR_RegistanLC @izzatbekadkhamov
Urunib ko'r Senda g'oyalar bor, sen muammoni ko'rasan va yaxshilashga yechimlaring bor. Lekin tashabbus qilish qiyin, chunki xato qilishing mumkin. Puxta tayyorgarlik xatoni minimallashtiradi. Bir narsa aniq, qancha tayyorgarlik ko'rsang ham baribir xato qilasan. Nimaiki qilma vaqt o'tib yaxshiroq qilish mumkinligini tushunasan, shunday ekan urunib ko'r #SelfD @Rustam_Tursunov
Burilish Meritdan ketgach jamoa, ish tanlashda shoshilmadim, ustozlarim shunday tavsiya berishdi. Turli loyiha, jamoalar chiqdi, ammo ta'limdan yiroq. Ba'zida hech narsa qilgim kelmay, o'zim bilan bir oz yolg'iz qolgim keldi. Meritga nega borganim haqida…
Trend Instagaram'da, you tube'da, umuman olganda internetda doimiy yangiliklar ommalashib ketdi. Bir kishi nimadir qilib yangilik boshlab beradi va hamma uni qaytaradi. Eng qizig'i, ahmoqona qiliqlar bo'ladi. Men Gen Z haqida aytmayapman, yoshi katta er-xotinlar ham nima qilsa qilyapti. Musiqaga o'yinga tushish emas, balki boshqa ishlar ham. O'tgan yili qayiq poygasidagi bola xatti-harakatlarini hatto O'zbekistonda ham mashinasining tomiga chiqib qaytarishdi. Bunday misol minglab bor. Internet qanchalik bizni ongsizlashtirib boshqarayotganini ko'rib, Dajjol haqida o'ylab qolaman. Aytilishicha Dajjol kelganida ajoyib musiqa bilan hammani ergashtirib ketadi. Hozirgi ahvolni ko'rib, Dajjolsiz ham ergashib ketadigan darajaga yettikmikan deb qolaman. P.S Bu blogda din va siyosiy mavzular yozilmaydi. Bu shunchaki tafakkur mahsuli va o'ylantirib qo'ygan mavzu xolos #Internet #Trends @Rustam_Tursunov
Investitsiya Eng yaxshi sarmoya — bu o’zingizga qilingan sarmoya. Siz aktivsiz, siz ishlab turgan mexanizmsiz. Sizga energiya, bilim va tajriba doim kerak. Biror kurs sotib olgan do’stingiz yana boshqa kurslarga borishini ko’rasiz, sababi u o’sish his…
Juft Rafiqa tanlashda ayol erini yanada yaxshiroq insonga aylantira oladigan, hamfikr bo‘la oladigan bo‘lishi kerak, deb o‘ylardim. Ba’zilar: “Uylangach ishlarimga baraka kirdi”, deydi. Rostdan ham, agar ayol olima bo‘lsa, u senga hamfikr bo‘ladi, qiynalgan paytingda dalda bo‘lib turadi. Dalda bo‘lish — birga ishlab pul topish emas, balki tushunish. Ko'plab uylangan do'stlarim bilan suhbatdan kelib chiqib fikrim biroz o'zgardi. Rafiqa erkakni kechagidan yaxshiroq qilishi shart emas, eng asosiysi — uni yomon tomonga tortmasa bo‘lgani. Mantiqan o‘ylab qarasak, uylanguncha o‘zi uchun ko‘p narsani isbotlagan, mustaqil, hayotda nimagadir erishgan yigitga uni yanada “yaxshiroq” qiladigan ayolga ehtiyoj unchalik katta emas. Shunchaki uni orqaga tortmaydigan bo‘lsa bas. Rizqni Allohdan emas, eridan deb biladigan; tanishlarining erlarini o‘z eri bilan taqqoslab noliydigan; eriga doim “yetarli emassan” degan signalni berib turadigan ayol energiyani oladi. Erkakning ishida ham, kunida ham baraka bo‘lmaydi. Bunga sabab Instagram’dagi “ideal hayot” va “erim shunday bo‘lishi kerak” degan tasavvurlar balki. P.S. Hali o‘zim uylanib yashab ko‘rmaganman ) Bu fikrlar — ko‘plab suhbatlarim va kuzatishlarimdan chiqqan xulosa. Balki vaqt o‘tib, yana o‘zgarar. #Familiy @Rustam_Tursunov
Ta'limda kuzatganlarim. Ta'lim loyihalarida boshqaruvchilar sinf xonadan tashqarida bo'ladi. Ichkaridan kuzatib, masalaga yondoshish kamdan-kam holat. Sinf xonada kuzatganlarimni bo'lishmoqchiman: 1. O'quvchi tushunmasa o'qituvchi asabiylashishi kerak emas! Hammamizning maktab davrimizda bu vaziyat bo'lgan, bir ikki marta savol berasiz ustoz qayta qayta tushuntirib asabiylashib ketadi. Baland ovozda achchiqlanib gapiradi, bola bu vaziyatda tushunmasa ham tushundim deydi va qayta savol bermaydi. 2. Bola savol berishga ochiq bo'lishi kerak! Bola tushunmadim deya olishi muhim, bu muhitni ustoz shakllantiradi, savol bergan bolani rag'batlantirishi kerak. Bolalar har xil: kimdir tez tushunadi, tez unutadi, kimdir sekin tushunadi, ammo mag'zini chaqib oladi. 3. Faqat iqtidorli bolalar bilan ishlash kerak emas! Iqtidorli bolalar bilan ishlash yaxshi, ammo faqat ular bilan ishlash boshqa bolalarni ajratib qo'yadi. Xato javob bersa ham, o'z fikrini berishga erkin bo'lishi kerak. Sinfda ikki xil auditoriya shakllanishi kerak emas! 4. Tabaqalash Biz Registon maktabida bir qoidaga qat'iy amal qilamiz! Maktab xodimi hech qachon ota-onalardan sovg'a olishi mumkin emas! Bu, xohlaysizmi yo‘qmi, bolaga bo‘lgan e’tibor va sinf xonasidagi tenglikka ta’sir qiladi. O'qituvchi hech qachon qaysidir bolaning ota-onasi ziyoli bo'lgani yoki uning do'sti, tanishi bo'lganini aytib, u bolani maqtashi, uni imtiyozli sanamasligi kerak. Bu boshqa o'quvchilarga qattiq ta'sir qiladi. 5. Sevish O'quvchi ustozini sevishi kerak, ba'zi pedagoglar o'quvchi bilan teng bo'lib, ular bilan tortishadi, qasdlashadi. Ko'p savol beradigan yoki giperaktiv o'quvchilarni yoqtirishmaydi. Agar bola o'z ustozini sevmasa, unga ixlosi bo'lmasa, undan bilim olishga to'siq paydo bo'ladi. Bu inson psixologiyasi, hamma inson yoqtirmagan odamni gapini olmaydi, to'g'ri gap bo'lsa ham. 6. Tamg'a qo'yish Hech qachon bolaga “sen ikkichisan” yoki “sen qoloqsan” deyish kerak emas. Bu bolaga o'zini "men shundayman" degan fikrni qabul qilishga sabab bo'ladi. Bola uchun 2-3 baho olish normallashib qoladi, chunki u o'ziga men ikkichiman degan fikrni singdirib bo'lgan. Qisqa kuzatuv va o'z bolaligimdagi xotiralardan bir parcha. Bu holatlar biz ko'proq e'tibor beradigan sinf xona sharoiti, o'quv programmasi, ustozning ilmiy darajasidan tashqari, lekin ta'lim sifatiga katta ta'sir qiladigan holatlar. #SinfXona #School @Rustam_Tursunov
Ijara Yaqinda oila qurgan do'stimdan so'radim: ijarada yashash o'z uyi bo'lish bilan bir xilmi? U yo'q deb javob berdi. Birovni uyi baribir, uyga mehr berolmaysiz, o'zingiz xohlagandek ta'mirlab, jihozlab, bezata olmaysiz. Negaki u birovniki, o'zingizniki emas. Istalgan oyda sizdan uyni bo'shatishni talab qilishi mumkin. Baribir tashlab ketadigan uyingizga xarajat qilishni xohlamas ekansiz. Hozir Boborahim Mashrabning bir she'rini eshitib, do'stimning shu gaplari esimga tushdi. Aslida hayotimiz ham shu ijara kabi, istalgan payt tashlab ketishimiz mumkin bo'lgan narsalar uchun yashayapmiz. Egasi biz bo'lmasak ham ) #Poetry @Rustam_Tursunov
Ishga olish Siz bo'lajak tadbirkorsiz, rahbar yoki oddiy menejer. Qaysi lavozimda kim bo'lib ishlashingizdan qat'i nazar, oldingizda kuchli kadrlar kerak bo'ladi. Kuchli rahbarlarning umumiy bir qobiliyati bor – ular oldilariga professionallarni jalb qila oladi. Stiv Jobs ham bu haqida aytib o'tgan, rahbar qiladigan eng muhim ish — bu rekrutment, ya’ni ishga olish. Har bir tadbirkor yoki menejer bilishi shart bo‘lgan muhim bilim — bu to‘g‘ri odamni tanlay olish. Abror bilan 2022-yil Merit'da tanishganmiz. O'sha vaqtda o'z jamoasini yig'ib, Aziz aka Rahimov bilan sheriklikda loyiha qilib, uddalagan edi. Undan keyin o'zi HR Sevil loyihasini boshlab, uzoq muddat yuritdi. So'nggi loyihasi esa Umidjon aka Eshmuhammedov bilan bo'ldi. Abror rekruting bo'yicha offlayn kurs tashkillayotgan ekan. Abror bilan birga ishlagan va yaqindan bilgan inson sifatida kursda qatnashishni tavsiya qilaman. HR va Rekruiting bo'yicha sifatli mentorlar tanqis bo'lib turgan bir paytda bu kurs siz uchun ayni muddao bo'ladi. #Advice #HR @Rustam_Tursunov
Qariya Inson umrining boshi va oxirini ko‘p taqqoslayman. Bolakayning katta bo‘lish davridagi odatlari qariyalarda ham uchraydi. Qari odam injiq, oqsoqlanib yuradigan, o‘zi ovqatlana olmaydigan holga tushadi. Qariyalarga chaqaloqqa qaragandek e’tibor qilmaymiz. Odatda, ular yolg‘izlanib qolishadi. Bolakay dunyoga kelishini hamma intiqlik bilan kutadi, quvonadi. Qariya vafot etsa esa tez unutiladi. Buni yangi yilga o‘xshataman. Shu bir yil ham butun hayotning bir qismi. Yangi yil kelishidan ancha avval uning kirib kelishini intiqlik bilan kutishadi. O‘tgan yil ham bu yil xuddi shunday kutilgandi. Yil qanchalik barakali kelmasin, biz baribir yangisiga oshiqamiz. Yil yakunida o‘tgan bir yil umrimiz ko‘z oldimizga keladi, bir yilga umrimiz qisqarganini his qilaman. Yil tugashi meni xursand qilmaydi. Bu yilda ko‘plab yangi odamlarni uchratdim, yangi tanishlar va bilimlar orttirdim, yangi loyihalar qildim. Bu o‘tgan yilimdan roziman. Qariyalarni unutmang ) #NewY @Rustam_Tursunov
Energiya Erta turishing, yugurishing, sog'lom ovqatlanishing va "fast food" va h.k.lardan o'zingni cheklashing kerak, ammo nega? To'g'ri yashashni o'rgatamiz, ammo ba'zilar so'raydi: nega? Uzoq yashash qiziq emas, erkin yashash qiziq deyishadi. Ya'ni cheklovlarsiz. Shaxsiy intizom aslida ertamiz uchun emas, bugunimiz uchun! Intizom, sog'lom turmush tarzi barchasi energiyaga xizmat qiladi. Giyohvand kishilarni ko'rsangiz, boshini ham ko'tara olmaydi, energiya yo'q. Stimul buzilgan. Yaxshi ishlash, o'qish, kayfiyat barchasi energiyamizga bog'liq. Energiyaga to'la odamlar boshqalarga ham ta'sir qiladi, baxtli va ishida baraka bor. Charchoq pessimistlikni keltirib chiqaradi. Nafaqat odatlar, balki odamlar ham energiyamizga ta'sir qiladi. Atrofda doim noliydigan, ishlarni ortga tashlaydigan, kelajakka optimizm bilan qaramaydigan odamlar seni ham kuchingni so'rib oladi. Kuchli mashina bor tezligini ko'rsatishi uchun sifatli benzin kerak, senga esa energiya! #SelfD @Rustam_Tursunov