tgindex

Saidullox (STATUS) ➫ ᥫ᭡

описание

👉 Kanalimizga xush kelibsiz! ✊ 👨‍🎓 Kanal Egasi: @Saidullox 👉 Status: T.me/Saidullox_Status ➖➖➖ ⚡ YT: youtube.com/@Saidullox_Status 🔥 Video Pleylist: https://youtube.com/playlist?list=PLlH7Uih1S7rm61LrtEMtPmAgj0gCxc8Xz&si

1 013
подписчиков
Охват к подписчикам
255,9%
ERR
Реакции к просмотрам
0,23%
210 на 23 постов
Пересылки к просмотрам
0,04%
40
Постов в день
0,1
всего 23

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 14 авг.без подписи2,71%
  • 8 июн.Assalomu alaykum! 👋 Oʻsha hammamiz yoshligimizda qiziqib tomosha qilgan "Sohibjamol va mahluq" multfilimini tahlil qilamiz. Bu tahlildan nimalarni oʻrganasiz? Bolalar ruhiyatiga taʼsirini, multfilmining psixologik zararini, salbiy taʼsir qilishini…2,30%
  • 30 маяBoshlaymiz(mi?)!1,79%
  • 31 мая👋 Sohibjamol va mahluq (Tahlil) 1-qism. Qiziqarli boʻlishi uchun rasmlar bilan. Post qilmasdan oʻqishga oson boʻlishi uchun PDF qildim. Hali asosiy joylari oldinda. Bu qisqacha kirish ya'ni obrazlarni tanishtirish qismi desa ham boʻladi. Yoqqan boʻlsa davomini tahlil qilib chiqaraman. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔥 Keyingi qismi uchun #REAKSIYA ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔵 TELEGRAM || 🛑 YOUTUBE1,49%
  • 29 июн.💛 YAXSHILIK QILING, LEKIN UNI MINNAT QILMANG! 👥 Ba’zan insonlar doimiy ko‘rayotgan yaxshilikka o‘rganib qoladi. Natijada uni odatiy hol yoki majburiyatdek qabul qilishi mumkin. Bu inson tabiatidagi holatlardan biridir. 🕌 Ammo mo‘minning amali odamlarning qadrlashiga emas, Allohning roziligiga bog‘liq bo‘lishi kerak. 📚 Alloh taolo marhamat qiladi: "Ey iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat qilish va ozor berish bilan bekor qilmanglar..." (Baqara surasi, 264-oyat) 🕌 Yana shunday deydi: "Molini Alloh yo‘lida sarflab, ortidan minnat va ozor ergashtirmaydiganlar uchun Parvardigorlari huzurida mukofot bordir." (Baqara surasi, 262-oyat) ✅ Shuningdek, Payg‘ambarimiz ﷺ dedilar: "Odamlarga tashakkur qilmagan kishi Allohga ham shukr qilmaydi." (Termiziy, 1954; Abu Dovud, 4811 – sahih hadis) 🫶 Shunday ekan, yaxshilikni Alloh uchun qiling. Minnat qilmang. Ammo kimdir yaxshiligingizni odatiy hol deb bilib, uni suiiste’mol qilayotgan bo‘lsa, odob bilan chegara qo‘yishingiz mumkin. Bu minnat qilish emas, balki hikmat bilan muomala qilishdir. 🤲 Alloh taolo qilayotgan barcha yaxshiliklarimizni faqat O‘zining roziligi uchun qabul qilsin. Omin. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ❤️ Yoqgan bo‘lsa #REAKSIYA ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔵 TELEGRAM || 🛑 YOUTUBE1,33%
  • 8 июн.👋 Assalomu alaykum! Ba'zi insonlarga hayron qolaman. Gapi gapiga toʻgʻri kelmaydi. "Men gina saqlamayman!" deb, bir necha yil oldingi, oʻtmishda boʻlib oʻtgan narsalarni gapiradi. Biror ayb ish qilmagan boʻlsangiz ham, xato oʻzlaridan oʻtgan boʻlsa ham - oʻzlari toʻqib chiqargan boʻxton(lar)ini gapiradi, gʻiybat qiladi. Bunday voqea boʻlgan. Eshitib, qachon buni qilishga ulgurgan ekanman deb oʻylab qoladi kishi. Odamlar shu darajada yuzsiz boʻlib ketganki, qilgan yaxshiliklaringni butunlay unutgan. Mayli urush chiqarmay deb bir pogʻona pastga tushsang, men haqligim uchun indamayapti deb oʻylashadi kazzoblar. Bundaylar haqida gapiramoqchi boʻlsangiz gap koʻp. Alloh bekorga insonni ongli qilib yaratmagan. Qolganini oʻzingiz xulosa qilib chiqarib olasiz(lar). ❤️Gina tutish - insonning ichida vaxshiy bir koʻppakdek, har tarafingizni tishlab tashlaydi.1,26%
  • 8 июн.🌹 Sizdan keyin ortingizda qolgan hamma narsaning goʻzallashishi uchun hayotda biror narsa qoldiring. Masalan, bir she’ringiz bo'lsin va u yarim kechasi bir kitobning oʻrtasida qalbiga shifo qidirganning biriga uchrasin. Hech qoʻshiq aytish jasoratingiz boʻlmasa, bir musiqa bastalang, balki yuz yillardan soʻng bir nafasda jonlanar, kim bilsin kimlarga malham boʻladi. Marhamatingizni qoldiring ortingizdan, sizning xayringiz uchun kimsasiz yoʻllarda muzdek suv bergan chashmadek shahardan shaharga oqishda davom etsin. Eng koʻp farzandlaringizga oʻsha marhamatni meros qilib qoldiringki, insoniyat hayotga doim umidvor boʻlsin. Ortingizda bir tabassum qoldiring, yuqumli boʻlib, shox bekatlardagi vidolashuvlarni berkitsin. Bu hayotda insonning yuzi kulganida hamma narsa unutilsa, ichidagi qahramonlari rango-rang boʻlgan bir ertak qoldiringki, yarim kechada kichik bolalarni uxlatsin. Vidolarni qoldiring ortingizdan, bir ayriliqning ortidan qanday vidolashish kerakligini insoniyat oʻrgansin. Orzularingiz tomon yugurgan xotiralaringizni qoldiring ortingizdan, toqati toq boʻlgan insonlarga kuch bersin. Inson xohlasa nimalarni meros qilib qoldirmaydi, bularning barchasiga qaramay, ortingizda qolganlarni jonlantiradigan havaslar qoldiringki, sizdan keyingilar ham hayotidan nasibalar olsin. Hayot faqat moddiy tomondan ta’minlanmaydi. Ortingizda biror narsalarni qoldirishni xohlashingiz kifoya. 👁 Meros qoldirmoqchi boʻlsangiz yaxshisi insoniylik qoldiring ortingizdan, toki yashashga loyiq boʻlgan bir insonning shuncha narsaga qaramay, yashashda davom etishini koʻrib qo'yishsin.0,99%
  • 8 июн.👍 Allohdan umidni uzish insonni toliqtiradi. Maqsadsizlantiradi. Qiyinchiliklardan keyin Alloh osonlik beradi. Har yangi kunda koʻngil tuprogʻingizda yangi umidlarni parvarishlang. Albatta, qaygʻu doim boʻladi, ammo bu qaygʻu sizning zuvalangizni pishirishiga ruxsat bering. Agar oʻsha azobdan dars olmayotgan boʻlsangiz bekorga azob chekkan boʻlasiz va yana oʻsha mavhum tuygʻularning oʻrtasida oʻzingizni topasiz. 🌼 Ruxsat bering, hayot sizni yaralagan joyidan gullatsin.0,89%
  • 8 июн.🌘 Birgina singan soat ham oldinga qarab harakatlanish uchun kurashyapti. Nima uchun siz oʻtmishning dardidasiz? Yaralangan joyingizdan gullaysiz! 🌹0,80%
  • 6 апр.без подписи0,78%
  • 8 июн.🌹 Qabul boʻlmagan har duoning ortida Alloh siz uchun yanada goʻzal bir baxtni hozirlayapti. Bunga ishoning. Kech kelgan baxt qoladigan boʻladi.0,75%
  • 8 июн.👁 Duoga ishongan - qiyin vaziyatda qolmaydi. Rabbisiga iymon keltirgan aslo boshqa doʻst qidirmaydi. 👌 Sabrning oxiri, albatta, najotdir. Alloh, sabr qilishga ham kafildir. Yaralangan joyingizdan gullaysiz. 🌹0,65%