tgindex
Sunbula_blogi
@Sunbula_blogiузбекский

Boshqa fasllarni bilmayman netay, Mening oʻylarimning etagidir kuz Insta/sunbula__bobonazarova She'riyat📝 Tarjima📖 Kitoblar📚 Suratlar🎨 Samo🌀 Yer🌻 Haqida suhbatlashamiz☺️

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
58
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
172
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
95
40 постов
Вовлечённость
55,2%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 58
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
37
1/48двое суток
42
1/72трое суток
45

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Hammaga shunaqa uyqu tilab qolaman☺️

  • Yomg'irdayin oqib ket, qayg'u, Kulgularni sog'indim juda. Tasavvurga sig'mas tasavvur, Mo'ltiragan baxt ilinjida.  Bekinvolib oq sochlarimga Oo, kimlarga ko'rinasan shod. Ne yomonlik qilgandim senga Meni kimga ishonding, hayot. Nodira Nazar

  • https://youtube.com/playlist?list=RDV7h7AcKyzXI&playnext=1&si=aApquIweCi29fb6s

  • Men yomg'irman, mening tilimni, Tushunmaydi baxtiyor kimsa. Meni faqat tushunish mumkin, Ko'zyosh to'ksa va yoki sevsa. Gulrux Xudoyorova

  • #nozlik Sen kimlarningdir orzusiga, baxt haqidagi tasavvuriga moslashishga majbur emassan. Balandroqsan, go’zalroqsan, boshqacharoqsan. Haqiqiy bo’l, haqqingga halol bo’l. Shunda sen dunyoniki bo’lmaysan, dunyo seniki bo’ladi… ✍🏻Noz @mehrinoz_abbos

  • Biror mushkilot tushdimi boshingizga oxirigacha sabr qiling. Alloh albatta oʻsha mushkilotni yechimini beradi. Negaki, tunning eng qorongʻu qismi tongga bir soat qolganda boʻladi.  https://t.me/Sunbula_blogi

  • Endi yashayapman yuragim yemay Parvo qilmay qoʻydim kuyganimga ham Hatto, shum taqdirga bir nima demay Bildirmay ketaman suyganimga ham Hozircha, ayriliq bilinmas balki Sizga doimgidek oshno topilgay Ayblab qoʻyamiz bir-birimizni  Soʻngra muhabbatning ishi yopilgay Toqatsiz boʻlmaydi endi sabrim ham Kimnidir intizor kutmaydi koʻzlar Sizni sogʻinmoqlik gʻamdir buyuk gʻam Menda tilanmoqqa qolmadi soʻzlar Hecham oshiqmayman siz tomonlarga Qoʻrqmang, uyoqlarga tushmaydi yoʻlim Bir bora yoʻliqib, toyrildim mana Boshqa koʻrmaslikchun duoda qoʻlim Endi yashayapman yuragim yemay Parvo qilmay qoʻydim kuyganimga ham Hatto, shum taqdirga bir nima demay Bildirmay ketaman suyganimga ham Sunbula Bobonazarova

  • Mehr tugagan joyda nafrat boshlanadi.

  • Menga qara ot kishnasa kishnaysanmi? Maymun kuksiga mushtlasa, mushtlaysanmi? Yashaysanmi uchakishib hayvonlarga, It tishlasa, sen ham uni tishlaysanmi? Iqbol Mirzo

  • Dunyoda bir o‘zing tugal bo‘lgandan, Kimdir bilan xato qilgan yaxshiroq.

  • Bir kun tafti kamdir, bir kuni ortiq, Qarangki, quyosh ham hatto notugal.

  • * * * Har xato yo‘llardan qo‘rqqaninggiz rost, Mukammal bo‘lgingiz kelgani chindir. Ammo tugallikdan so‘zlamang ortiq, Bo‘lmas nomukammal bo‘lmasa kimdir. Har xato yo‘llardan qo‘rqdingiz qattiq, Hattoki mukammal yo‘llar ham chigal. Bir kun tafti kamdir, bir kuni ortiq, Qarangki, quyosh ham hatto notugal. Qarang, zo‘rg‘a nafas olyapti fevral, Tugallik deganin hammasi bekor. Bo‘lmasa mukammal chiroy-la har gal, Ko‘ksida yosh bilan qaytmasdi bahor. Qarang, mukammallik azob azaldan, Mayli, quyosh bo‘lmang, bo‘ling shamchiroq. Dunyoda bir o‘zing tugal bo‘lgandan, Kimdir bilan xato qilgan yaxshiroq. Mayli, xato bo‘lsin, sevdim deb aytdim, Mayli, xato bo‘lsin, sevdim deb ayting. O, mening mukammal yolg‘izim, kutgum, Mening nomukammal qalbimga qayting. Gulrux XUDOYOROVA

  • #yangi Yelkam juda nozik xudojon Men ayolga evrilolmam hech. Yaxshisi kel qush qilib yarat Uchib ketay boʻlmasidan kech. Boshim juda kichik xudojon Sigʻdirolmam gʻalvalarni ham. Roʻzgʻordagi ikir-chikir-u Borda bori, yoʻgʻidagi kam. Qoʻlim juda "kalta" xudojon Faqat senga choʻzsam yetadi. Ulgʻayganin bilib tursada Bolaligim qachon ketadi. Oyoqlarim "nimjon" xudojon Borar joyim sen bor tomonlar. Yiqitishga urinavermang Xudosi yoʻq "yaxshi" yomonlar. kalta- aslida juda uzun maʼnosida kelgan nimjon-aslida juda baquvvat maʼnosida kelgan yaxshi- aslida yomondan ham yomon maʼnosida foydalanilgan Sunbula Bobonazarova 23.07.2026

  • Mening ibodatgohim bogʻ, osmon, koʻl va buloqlardir. Mening yaqinlarim qondoshlarim emas, fikrdoshlarimdir. Poelo Koelo

  • Xudoyim! Baribir rahmim keladi O‘ziga sig‘ingan «xudocha»larga.

  • * * * Gulshanimdan necha gulim uzildi, O‘sib chiqaverdi, tilim uzildi. Meni tinch qo‘ymadi «yer xudolari», Necha bor osmondan qo‘lim uzildi. Chaqtirgan chayoni o‘ldi – o‘lmadim, Ko‘ksimga tikanlar to‘ldi – o‘lmadim, Taqdirim O‘zingning qo‘lingda axir, Jonim bo‘g‘zimgacha keldi – o‘lmadim. Bilmayman, ertaga nima bo‘ladi, Qo‘l siltab qo‘yganman garchi alarga. Xudoyim! Baribir rahmim keladi O‘ziga sig‘ingan «xudocha»larga. 2003 Behzod Fazliddin

  • Shuning uchunki, boshqa odamga ta'sir qilmoq unga o'z qalbingni bermoqdir. U birovlarning fikri bilan o'ylab, o'zgalarning ehtiroslari bilan yona boshlaydi. Uning fazilatlari ham o'ziniki bo'lmaydi. Agar, umuman, gunoh degan narsa olamda mavjud deb faraz qilsak, gunohlari ham o'zgalardan o'zlashtirilgan bo'ladi. U begona bir ohangning sadosiga aylanib qoladi. U o'zi uchun yozilmagan rolni ijro etayotgan aktyorga o'xshab qoladi. Yashashdan maqsad o'zligini namoyon etishdir. Biz o'z mohiyatimizni toʻla-to'kis namoyon etish maqsadi bilan yashaymiz. Bizning asrimizda esa odamlar o'zlaridan o'zlari qo'rqadigan bo'lib qolishgan. Ular eng oliy burch - o'z oldingdagi burch ekanini unutib yuborishgan. Albatta, ular mehribon. Ular ochning qornini to'ydirishadi, qashshoqni kiyintirishadi. Biroq ularning o'z qalblari yalang'och va bir tishlam nonga zor, ochlikdan nobud bo'lmoqda. Biz mardligimizni yo'qotib qo'ydik. Balki, mardlik degan narsa bizda hech qachon bo'lgan ham emasdir. Biz jamoatchilik fikridan qo'rqamiz – axloqimiz shu qo'rquv asosiga qurilgan. Biz xudodan qo'rqamiz - din ham shu qo'rquv zaminiga qurilgan. Bularning ikkovi bizning ustimizdan hukmronlik qiladi. Oskar Uayld "Dorian Greyning portreti"

  • Bu dunyo iymonsizlar uchun jannat, Iymon keltirganlar uchun esa qafasdir. Sahih Muslim

  • *** Bu dunyo bir ajib joydir. Muxabbat bor, saodat yo'q. Muxabbatdan tug'ilgan ming tur jinoyat bor, adolat yo'q. Bu dunyoda kerak bilsin, adolat izlagan inson. Bu yo'lda ko'p balolar, ko'p musibat bor, shikoyat yo'q. Adolat sohibi vaqti ibodatda shahid bo'ldi. Adolat qonuni shunday shahodat bor, maniyat yo'q. Nechun qiymati hech bir kafanlik bo'lmagan yerda, Arzimas ne'mat ustida raqobat bor, halovat yo'q. Agar inson o'zin tuproqdan ustun bildi, u shaytondir. Takabbur uchun qiyomatda mazammat bor, shafoat yo'q. Hayfsan ey bani odam ayril tez bu g'aflatdan. Ibodatda talab qilsang, lazzat bor shafoat yo'q. Butun ne'mati dunyo tarqoq bulut misolida. Faqat sur'at bor xasolat yo'q. (Kayfiyat yo'q) Behishtning bog'larin sotma, bu dunyo diyorichun. Bu yanglish bir tijoratdir xasorat bor, g'animat yo'q. Tilingda Allohga joy beribsan, qalbingda shaytonga. U til Allohni zikr etsa, bo'lar qalbing ziyoratgoh. Sening qalbing ichra sayohat bor, ziyorat yo'q. https://t.me/Sunbula_blogi

  • Yapon afsonasiga ko'ra: Qizlarning labga yaqin joydagi xol farishtaning unga goʻzalligini hech qachon unutmasligi uchun qoldirgan izi ekan. Va oʻsha lablarni iztirob bilan titratgan inson esa yana u qiz chin dildan kulmagunicha baxt nimaligini his qila olmas ekan. https://t.me/Sunbula_blogi