Toshkent viloyati sport boshqarmasi
СтатистикаToshkent viloyati sport boshqarmasi Facebook: https://bit.ly/3okUvkj Instagram: Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0 Telefon: +998 (90) 3203315 E-mail: toshvilsport@mail.uz e-xat: toshvilsport@exat.uz Murojaat @tvsportmurojaatbot
- Последний пост
- 08:36
- Последнее чтение
- 09:28
- Постов за неделю
- 100
- Всего постов
- 311
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 337
- 1/48двое суток
- 386
- 1/72трое суток
- 416
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
DXX KUBOGI: TOSHKENT VILOYATI JAMOALARI DASTLABKI BAHSLARDA G‘ALABA QOZONMOQDA Bugun start olgan DXX kubogi doirasida Toshkent viloyati jamoalari dastlabki uchrashuvlarda munosib natijalar qayd etmoqda. Mini-futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoamiz Samarqand viloyati jamoasini 5:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Qizlar jamoamiz esa o‘tgan mavsumda chempion bo‘lgan Navoiy viloyati jamoasi ustidan 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. ⚽️ Katta futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoamiz bugun soat 18:45 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Toshkent viloyati jamoalariga musobaqaning keyingi bahslarida ham omad va zafarlar tilaymiz! TOSHKENT VILOYATI SPORT BOSHQARMASI
TABRIKLAYMIZ! Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Sport maktabi direktori Umarov Jasur O‘ktamovichni tavallud ayyomi bilan Toshkent viloyati Sport boshqarmasi jamoasi samimiy muborakbod etadi. Hurmatli Jasur O‘ktamovich! Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, kuch-g‘ayrat va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Toshkent viloyatida sportni rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda yangi zafarlar yor bo‘lsin! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, fayz-u baraka va barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz. Hurmat bilan, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi jamoasi
TOSHKENT VILOYATIDA KVALIFIKATSION TURNIR YAKUNLANDI 7–12-avgust kunlari Toshkent viloyatida sportchilar o‘rtasida “3-, 2-, 1-razryad hamda sport ustaligiga nomzod” toifalari bo‘yicha kvalifikatsion turnir o‘tkazildi. Musobaqa davomida Toshkent viloyatining turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi, irodasi va sportdagi salohiyatini namoyish etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar yuqori natijalar qayd etib, belgilangan sport razryadlari me’yor va talablarini bajarish uchun munosib kurash olib bordilar. Turnir yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandi. Shuningdek, belgilangan 3-, 2-, 1-razryad hamda sport ustaligiga nomzod me’yor va talablarini bajargan sportchilar alohida e’tirof etildi. Mazkur turnir sportchilarning mahoratini oshirish, yangi iqtidorlarni kashf etish hamda ularni kelgusidagi yirik musobaqalarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
SPORT MAKTABLARI FUTBOL LIGASI: TOSHKENT VILOYATI BOSQICHI YAKUNLANDI Sport maktablari futbol ligasining U-13 yosh toifasida “Toshkent viloyati kubogi” musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi yakunlandi. Musobaqada viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh futbolchilar o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi, irodasi va jamoaviy o‘yinini namoyish etib, munosib natija uchun murosasiz bahs olib bordilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Oqqo‘rg‘on tumani sport maktabi 🥈 2-o‘rin — Bekobod tumani sport maktabi 🥉 3-o‘rin — Chirchiq shahar sport maktabi Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi. Yosh futbolchilarning bellashuvlar davomida ko‘rsatgan mahorati, sportga bo‘lgan qiziqishi va g‘alabaga intilishi tahsinga sazovor. Toshkent viloyatida futbolni yanada rivojlantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.
Gandbol bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichi yakunlandi Bekobod tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gandbol sport turi bo‘yicha Toshkent viloyati bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Musobaqada viloyatning turli tumanlaridan tashrif buyurgan jamoalar qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida Respublika bosqichiga yo‘llanma uchun murosasiz bahs olib bordilar. Bellashuvlarda sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, mahorati, chaqqonligi va jamoaviy harakatlari namoyon bo‘ldi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Piskent tumani 🥈 2-o‘rin — Bekobod tumani 🥉 3-o‘rin — Parkent tumani Qizlar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Bekobod tumani 🥈 2-o‘rin — Yangiyo‘l tumani 🥉 3-o‘rin — Bo‘ka tumani Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi. G‘olib jamoalar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika bosqichida Toshkent viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar.
«TOSHKENT YO‘LBARSI» — O‘ZBEK BOKSI AFSONASI 76 YOSHIDA BU YORUG' OLAMNI TARK ETDI O‘zbek sporti og‘ir judolikka yuz tutdi. O‘zbek va jahon boksining afsonaviy vakili, «Toshkent yo‘lbarsi» nomi bilan tanilgan Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi. Rufat Risqiyev 1974-yilda Kubada o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan ilk o‘zbek bokschisi sifatida tarixga kirgan. 1976-yilgi Monreal Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. U o‘zbek boksining rivojiga katta hissa qo‘shgan va «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan. Rufat Risqiyevning o‘zbek sporti tarixidagi munosib o‘rni va yorqin xotirasi hamisha saqlanib qoladi. Marhumning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiramiz. Joylari jannatdan bo‘lsin.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#uchrashuv “DXX kubogi–2026”: Toshkent viloyati jamoalari respublika finaliga yo‘l oldi Olmaliq shahridagi OKMK PFK akademiyasida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “DXX kubogi–2026” respublika bosqichining final bahslariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar o‘yinchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida akademiyada yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Yosh futbolchilarning mashg‘ulot jarayonlari, sportdagi maqsadlari va kelgusidagi rejalari haqida fikrlari tinglandi. “DXX kubogi–2026”ning respublika final bosqichida Toshkent viloyati sharafini Yuqori Chirchiq tumanining “Oqovul” mahallasi, Bo‘ka tumanining “Yangi hayot” MFY hamda qizlar o‘rtasidagi mini-futbol bahslarida Yangiyo‘l tumanining “Xalqobod” MFY jamoalari himoya qiladi. Muloqotda yosh sportchilarga respublika bosqichida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlari uchun tilaklar bildirildi. Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoaga 500 million so‘m, 5 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarga esa 100 million so‘mdan pul mukofoti ajratilishi ma’lum qilindi. Mazkur tashabbuslar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iste’dodli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda futbolni rivojlantirishga xizmat qiladi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи