Ta'lim ³⁶⁰
описание
✅ @Talim360 — eng so'nggi yangiliklar! 🔥 Kanalda abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring! 😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz! Abituriyentlarga oid eng so'nggi yangiliklarni shu yerda kuzatib borishingiz mumkin
20
подписчиков
Охват к подписчикам
290,0%
ERR
Реакции к просмотрам
0,00%
0 на 22 постов
Пересылки к просмотрам
0,56%
8
Постов в день
0,0
всего 22
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 4 февр.Oʻqituvchilar haqida haqiqatlar va ularga nasihatlar 👨🏻🏫👩🏻🏫 -Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir. -Millatning ertasi maktablardan boshlanadi. -Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi. -Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi. -Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak. -Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor. -Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga taʼlim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi. Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak. -Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi. -Oʻqituvchilik-bu hali ustozlik degani emas. -Oʻqituvchilik-bu kasb. Ustozlik esa baxtdir. -Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi. -Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman. -«Darsimda pashsha uchsa bilinadi»-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi. -Amir Timur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi. -Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida. Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan. -Bugun sinf rahbarlik olib, uning masʼuliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini «tashlab» yuborish kerak. -Ustoz yaqinmi, ota? -Ota. Agar u ustoz boʻlsa. -Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak. -Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman. -Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat, yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin. -Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq. -Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir. -Biz ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda aʼlochi boʻlishlari uchun koʻmak berishimiz kerak. -Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak. -Shogirdlariga faqat taʼlim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi. Shogirdlariga taʼlim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi. -Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz. -Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra, shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi. -Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi. © Isroil Tillaboyev Oʻqituvchi va ustozlarga yuborib qoʻying! ↗️0,00%
- 25 нояб.#Muhim_xabar ❗️ 2026-yildan boshlab fan doktori (DSc) ilmiy darajasi himoyasiga chiqish uchun Scopus Q1 va Q2 darajadagi jurnalda maqola bo’lishi kerak. ➡️ Batafsil rasmdagi xatda ko’rishingiz mumkin. 👉 @Talim3600,00%
- 21 нояб.💰 Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi Bu bo’yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi: 🔹 safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi; 🔹 “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali: ▪️ avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun to‘lab beriladi; ▪️ kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan (20 mln 600 ming so’m) oshmasligi lozim; ▪️ ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin. @Talim3600,00%
- 4 мая 2025 г.⚡️Talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar statistikasi ochiqlandi Unga ko'ra, jinoyatchilik sodir etgan talabalar soni: ◾️Davlat oliygohlari talabalari – 170 nafar; ◾️Xususiy oliygoh talabalari – 140 nafar; ◾️Xorijiy oliygoh filiallari talabalari – 16 nafar. Jinoyatchilik ko'rsatkichi bo'yicha 5 ta davlat oliygohlari: ◾️Transport universiteti – 27 nafar; ◾️Texnika universiteti – 21 nafar; ◾️Milliy universitet – 20 nafar; ◾️Iqtisodiyot universiteti – 19 nafar; ◾️Yuridik universiteti — 12 nafar. 📊 Bundan tashqari, 2025-yilning dastlabki 3 oyi tahlil qilinganida talabalar tomonida sodir etilgan jinoyatchilik ko'rsatkichi 2024-yilga nisbatan 39,8% ga oshgan. Qolgan ma'lumotlarni rasmda ko'rishingiz mumkin! Obuna bo’ling👉 @Ta'lim³⁶⁰0,00%
- 13 апр. 2025 г.Ikkinchi mutaxassislikka noturdosh yo'nalishda o'qisa bo'ladimi? Ikkinchi mutaxassislik – ya'ni bakalavriat (magistratura)ni tamomlagan kishi qaytadan yana boshqa yo'nalishda bakalavriat(magistratura)ni o'qishi tushuniladi. Ikkinchi mutaxassislikka o'qishga kirishda avval qaysi yo'nalishni tamomlaganingiz ahamiyatli emas. Ya'ni siz avval matematika yo'nalishini tamomlab, keyin ikkinchi mutaxassislikka biologiya yo'nalishiga topshirishingiz mumkin. Bu bo'yicha hech bir cheklov yo'q. ❓Hujjat topshirish va imtihon tartibi qanday? ✅Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul jarayonlari odatda abituriyentlardan farqli o'laroq iyul-avgust oyida bo'lib o'tadi va my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshiriladi. Kerakli hujjatlar: ➖Pasport yoki ID karta: ➖Balavriat bosqichini tamomlaganligi haqida diplom ma'lumotlari. Ariza oliy ta'lim muassasasi tomonidan ko'rib chiqiladi va qabul qilinadi. Imtihon shakli va tartibi ham OTM tomonidan mustaqil ravishda hal etiladi. ❓Nechanchi kursdan qabul qilinadi? 👉Ikkinchi mutaxassislikda sirtqi ta'lim shakliga 2-bosqichdan o'qishga qabul qilinadi. Ayrim ta'lim yo'nalishlarning sirtqi ta'limda o'rganish imkoniyati mavjud bo'lmaganligi sababli kunduzgi ta'lim shaklidan ham qabul qilish mumkin. ✅So'ngi yillarda ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat topshiruvchi talabgorlar soni kamligi sababli OTMlar tomonidan o'qishga qabul qilish suhbat asosida yoki imtihonsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Qaysi OTMda qanday yo'nalishlar mavjudligi haqida har yili 2-mutaxassislik bo'yicha mavjud kvotalar e'lon qilinadi. Obuna bo’ling👉 @Ta'lim³⁶⁰0,00%
- 11 апр. 2025 г.Milliy sertifikatga ega oʻquvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevral kungi 65-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida keltirilgan chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar ilovada keltirilgan baholash asosida baholanib imtihondan tegishli fanlardan ozod qilinadi. Xorijiy til fanidan B yoki undan yuqori (B1, B2, C1) darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, MAZKUR FANDAN ularga 5 baho beriladi. 1. Milliy sertifikat 2. IELTS-Academic 3. TOEFL IBT 4. TOEFL ITP 5. Cambridge Assessment English (FCE, CAE, CPE) Boshqa fanlardan milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, MAZKUR FANDAN ularga quyidagicha baho qo’yiladi. A, A+ uchun 5 baho B, B+ uchun 4 baho C, C+ uchun 3 baho beriladi. @Ta'lim³⁶⁰ - Abituriyentlar uchun maxsus!0,00%
- 2 янв. 2025 г.#eslatma ⚡️Ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga har oy 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi! ✅ 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi. ✅ @Talim360 📩0,00%
- 2 янв. 2025 г.1991-yildan 2025-yilgacha yil nomlari! 1991-yil — Alisher Navoiy yili. 1992-yil — Hamshiralar yili. 1993-yil — Ahmad Yassaviy yili. 1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili. 1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili. 1996-yil — Amir Temur yili. 1997-yil — Inson manfaatlari yili. 1998-yil — Oila yili. 1999-yil — Ayollar yili. 2000-yil — Sog‘lom avlod yili 2001-yil — Ona va bola yili. 2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili. 2003-yil — Obod mahalla yili. 2004-yil — Mehr-muruvvat yili. 2005-yil — Sihat-salomatlik yili. 2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili. 2007-yil —Ijtimoiy himoya yili. 2008-yil — Yoshlar yili. 2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili. 2010-yil — Barkamol avlod yili. 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili. 2012-yil — Mustahkam oila yili. 2013-yil — Obod turmush yili. 2014-yil — Sog‘lom bola yili. 2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili. 2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili. 2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili. 2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili. 2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili. 2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili. 2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili. 2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili. 2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili. 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” 2025-yil — Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili ✅ @Talim360 📩0,00%
- 2 янв. 2025 г.⚡️ Diqqat TANLOV! ❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq kimyo va biologiya fanlaridan A+ va A darajali sertifikatga ega bo‘lgan fan mutaxassislarini Bilimni baholash agentligi tanlov asosida jamoatchi (tashqi) ekspertlikka taklif etadi. ✅ Murojaatlar 2025-yil 6-yanvarga qadar qabul qilinadi. 👉 Kimyo fani uchun batafsil: https://forms.gle/Q3L4wYKPTg8F9G4p8 👉 Biologiya fani uchun batafsil: https://forms.gle/LHiJ4v66w3dDrRGL9 💬Ta’lim 360| INFO👇 https://t.me/+4DiX23lYub5hMmIy https://t.me/+4DiX23lYub5hMmIy0,00%
- 2 янв. 2025 г.⚡️Ona tili va tarix oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama berish toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2025-yil 1-yanvardan boshlab ona tili va tarix fani oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50 foiz ustama toʻlash toʻgʻrisida 2024-yil 19-dekabr kuni hududiy MMTVlarga yuqoridagi ko'rsatma xatni yuborgan. ❗️Eslatma, ustama B+, A va A+ va eski baholash asosida 80 va undan yuqori balga ega sertifikatlar uchun qoʻllaniladi. ✅ @talim3600,00%
- 29 дек. 2024 г.Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 📆 2024-yil 23-dekabr kuni kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi. 📱 Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va bugun (29-dekabr) ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni hisoblanadi. 📱 To‘lovni amalga oshirish esa ertaga (30-dekabr) yakunlanadi. 🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891 💬Ta’lim 360| INFO👇 https://t.me/+4DiX23lYub5hMmIy https://t.me/+4DiX23lYub5hMmIy0,00%
- 29 дек. 2024 г.⚡️Avgustgacha 8 marta chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tadi 🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berishicha, Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2025-yilning 1-yarmi davomida har oyda bir-ikki marotaba tashkil etiladi. Iyun-iyul oyi bundan mustasno! Qatnashish narxi: 506.250 so‘m @Talim360✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Instagram | YouTube0,00%