tgindex
Ta'lim Servis
@Talim_Servisузбекский

Yangiliklar, tezkor xabarlar

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 859
−184 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 590
20 постов
Вовлечённость
41,2%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
297
1/48двое суток
340
1/72трое суток
367

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Davlat tashkilotiga ishga kirmoqchimisiz? 🏛 ARGOS platformasidagi testlarga qayerdan va qanday tayyorlanishni bilmayapsizmi? Ortiqcha bosh qotirishga hojat yo‘q! Barcha test namunalari va kerakli yechimlar bir joyda: 👉 @Argos_ish

  • 2 авг.1 810117

    Tibbiyotga topshirganlarga sabr! Olingan ma’lumotlarga ko’ra, Biologiya + Kimyo (o’zbekcha) yo’nalishdagi abituriyentlarning 1524 nafari maksimal 189.0 ballni qayd etishgan. 1524 nafarida 189 ball! 1525-o’rindan 188.9 ball boshlangan @Talim_Servis

  • 1 авг.1 0127

    ❗️Tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontraktining bir qismini qoplab berish bo’yicha subsidiya ajratish tizimi ishga tushdi 👥 Kimlarga to’lanadi: davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga 🏢 Qaysi oliygohlar uchun: respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida (davlat hamda nodavlat) ✅✅✅✅ 🔢 Qaysi bosqich uchun: bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha barcha bosqich uchun 💰 Qanchasi qoplab beriladi: yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi 📲 Ariza qayerda beriladi: arizalar subsidiya.imv.uz saytining quyidagi sahifasida qabul qilinmoqda 🔖 Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.11.2025-yildagi PQ-336-sonli qarori @Talim_Servis

  • ❗️Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026-yildan boshlab: ➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; ➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. @Talim_Servis

  • 23 июл.1 79515

    #Qabul2026 ⚡️Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi 📅 Bugun, 23-iyul kuni 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari yakunlandi. 📊 10 kun davomida test sinovlarida qatnashishi belgilangan 664 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Test tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ortiq abituriyent esa jarayondan chetlatildi. 📌 24-iyul kuni so‘nggi kun natijalari e’lon qilingach, 25-iyuldan 8-avgustga qadar abituriyentlar 2-bosqich tanlovda ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va ustuvorliklarini tanlashlari mumkin. ⏳ Yakuniy mandat natijalari esa tanlov yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi. @Talim_Servis

  • 17 июл.2 2812

    #Kvota #Magistratura #Kunduzgi #Qabul2026 Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti. ✅ Jami: 22 050 ta. Davlat granti – 10 340 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 009 ta; ➖rus tili – 1 331 ta. Kontrakt – 11 710 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 649 ta; ➖rus tili – 2 061 ta. @Talim_Servis

  • 17 июл.1 6132

    #Kvota #Masofaviy #Qabul2026 Bakalavriat masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. ✅ Jami: 20 810 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 18 543 ta; ➖rus tili – 1 800 ta; ➖qoraqalpoq tili – 467 ta. @Talim_Servis

  • 17 июл.1 3265

    #Kvota #Kechki #Qabul2026 Bakalavriat kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. ✅ Jami: 28 942 ta. Shundan: ➖ o‘zbek tili – 26 010 ta; ➖ rus tili – 2 277 ta; ➖ qoraqalpoq tili – 655 ta. @Talim_Servis

  • #Kvota #Kunduzgi #Qabul2026 Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. ✅ Jami: 155 852 ta. Shundan: ➖ o‘zbek tili – 130 843 ta; ➖ rus tili – 19 341 ta; ➖ qoraqalpoq tili – 4 888 ta; ➖ qozoq tili – 335 ta; ➖ tojik tili – 315 ta; ➖ qirg‘iz tili – 75 ta; ➖ turkman tili – 55 ta. @Talim_Servis

  • 17 июл.1 3633

    #Kvota #Qabul2026 ⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan quyidagilar tasdiqlandi: ➖ Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari; ➖ Bakalavriat va magistratura bo‘yicha umumiy qabul parametrlari ta’lim shakllari hamda o‘qitish tillari kesimida; ➖ Tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarning ixtisoslashuviga ko‘ra qabul taqsimoti; ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari; ➖ Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti o‘rinlari; ➖ Davlat granti ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti; ➖ Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar ro‘yxati; ➖ Maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari; ➖ Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun dual ta’lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari; ➖ Oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim bo‘yicha maqsadli qabul; ➖ 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni; ➖ Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’limga qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti; ➖ Green University uchun vakant davlat buyurtmasi o‘rinlari hisobidan 100 ta qabul parametri; ➖ Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari. @Talim_Servis

  • 17 июл.2 750350

    #Majburiy_fan 16.07.2026 | Majburiy tarix ❓ Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida faoliyat olib borgan qaysi olim “o‘z davrining Ptolomeyi” nomi bilan shuhrat qozongan? ✅ Javob: Ali Qushchi ❓ O‘rta Osiyoga bostirib kirgan dastlabki fors podshohi kim? ✅ Javob: Kir II ❓ “Tarixi Muqimxoniy” asarining muallifi kim? ✅ Javob: Munshiy ❓ Marg‘iyonada forslarga qarshi qo‘zg‘olonga kim rahbarlik qilgan? ✅ Javob: Frada ❓ Somoniylar davlatining poytaxti qaysi shahar bo‘lgan? ✅ Javob: Buxoro ❓ XX asrda O‘rta Osiyodagi eng uyushgan qo‘zg‘olon qaysi? ✅ Javob: Jizzax qo‘zg‘oloni ❓ Quyidagi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilaridan qaysi biri 1965-yilda “Qahramon” unvoniga sazovor bo‘lgan? ✅ Javob: Sobir Rahimov ❓ O‘rta asrlarda qal’aning hokim saroyi joylashgan qismi nima deb atalgan? ✅ Javob: Ko‘handiz (Ark) @Talim_Servis

  • 15 июл.4 086142

    ❗️Imtihonga oid muddatlar: 14-23-iyul — test jarayonlari; 25-iyuldan 8-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin); 8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat); 17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat); 18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat). ℹ️ Ma’lumot uchun, o‘tgan yili mandat 13-avgust kuni chiqqan edi. Ya’ni qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatning oxirigacha taqamasdan, 5 kundayoq mandatni chiqarishgan. Joriy yilda o‘tgan yilgidan ham kamroq abituriyentlar borligini hisobga olsak, mandat bu safar ham ko‘p kuttirmasa kerak. @Talim_Servis

  • 15 июл.2 36915

    ❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar — transfer.edu.uz; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga — my.uzbmb.uz. 📘 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ℹ️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. @Talim_Servis

  • 26 июн.1 22518

    Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi  Hukumat qaroriga ko‘ra, maktablarda ishlayotgan oliy toifali o‘qituvchilarni pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy o‘qitish tashkil etiladi.   Unga ko‘ra, oliy toifali o‘qituvchilar:   ➖ maqsadli magistraturada o‘qish jarayonlarini ishdan ajralmagan holda, masofaviy ta’lim shaklida amalga oshiradi;   ➖ maqsadli magistraturani tugatgandan keyin 3 yil davomida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi. 2026/2027-o‘quv yilidan oliy toifali o‘qituvchilarni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida maqsadli magistraturada o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.   ❗️Eslatma: Oliy toifali o‘qituvchilar hukumatning 2026-yil 24-iyunidagi 322-sonli qaroriga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, ularga nisbatan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pulini davlat budjetidan qoplab berish shartlari tatbiq etilmaydi.   @Talim_Servis

  • 15 июн.1 62516

    ❗️Kontraktda o‘qiyotganlar uchun xushxabar: Qayta imtihon topshirib, grantga kirish imkoniyati berildi Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun juda katta yangilik bor. Endi ular qaytadan imtihon topshirib, davlat granti (byudjet) asosida talaba bo‘lishlari mumkin. Avvalgi tartibga ko‘ra, oliygohga to‘lov-kontrakt asosida kirgan talaba qayta 1-kursdan o‘qish uchun hujjat topshirganida davlat grantiga da’vogarlik qila olmas edi. Hukumatning yangi 299-sonli qarori bilan ushbu cheklov butunlay bekor qilindi. ❓Nima o‘zgardi? Eski nizomdan “...yoki to‘lov-kontrakt” degan so‘zlar chiqarib tashlandi. Natijada hozirda kontraktda o‘qiyotgan talaba ham qaytadan abituriyent sifatida hujjat topshirsa, grant o‘rinlari uchun bemalol kurasha oladi. ℹ️ Ushbu o‘zgarish ikkinchi mutaxassislikka (ikkinchi oliy ma’lumotga) topshirayotganlarga tegishli emas. Ikkinchi mutaxassislik amaldagi tartib bo‘yicha faqat kontrakt asosida bo‘ladi. @Talim_Servis

  • 📌 Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati tasdiqlandi 🏛 Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan bog‘liq hisoblangan 465 ta lavozimning rasmiy ro‘yxati tasdiqlandi. 🧳 Ro‘yxatdan professor, dotsent, katta oʻqituvchi, kichik oʻqituvchi, metodist, tarbiyachi, yoʻriqchi, uslubchi va boshqalar pedagogik lavozimlar o‘rin olgan. Pedagog xodim atamasiga umumiy ta’rif berish bilan birga, pedagogik faoliyatga oid lavozimlar ro‘yxatini alohida tasdiqlash huquqiy noaniqliklarning oldini oladi. Chunki aynan shu ro‘yxat kimlar pedagog hisoblanishi, ularga beriladigan imtiyoz va kafolatlar, shuningdek, pedagogik stajni belgilab beradi. Aks holda, turli tashkilotlar mazkur tushunchani turlicha talqin qilishi natijasida amaliyotda muammolar yuzaga kelishi mumkin. @Talim_Servis

  • 13 июн.1 0602

    ⚡️1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi: jarayonlar qanday o‘tkaziladi? Joriy yilda 1-sinfga qabul jarayonlari 20-iyun sanasidan boshlanadi. Bu yil 795 mingdan ortiq bolalarni 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilmoqda. 🔹 Kecha, 5-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘zining Facebook’dagi rasmiy sahifasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul tartibi, tizimdagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma'lumot berildi. Unga ko‘ra, joriy yilda ham 1-sinfga qabul 20-iyun sanasidan boshlanadi. Jarayonlar 2 bosqichda o‘tkaziladi:   ➖ birinchi bosqich – 20-iyundan 31-iyulgacha arizalar biriktirilgan mikrohudud doirasida qabul qilinadi; ➖ ikkinchi bosqich – mikrohududdan tashqari qabul jarayonlari maktabning imkoniyatlariga qarab amalga oshiriladi.   ✅“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga asosan, 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Ya'ni, 2026-yil 1-sinfga chiqadiganlar 2019-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bo‘lishi kerak. 6 yoshli bolalar uchun esa majburiy maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etilgan. 🗂 Ma'lumot uchun, maktabga onlayn qabul jarayonlari Hukumatning 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament asosida amalga oshiriladi. @Talim_Servis

  • Testsiz o‘tayotgan 1-avgust! Vah-vah-vah... Bundan bir necha yil oldin ushbu kunda butun O‘zbekiston «qaynar» edi. Barcha mobil operatorlar bir xil yolg‘on bahona, ya’ni «texnik profilaktika ishlari» tufayli mobil internetni o‘chirishardi. Ammo nima uchun o‘chganini yosh bola ham bilardi. Lekin ular bizni ahmoq qilishardi go‘yo... Mobil internetning bir necha soat ishlamasligi ortidan biznesga bir necha millionlab zarar yetardi, ammo mas’ullar boshqacharoq zamonaviy yo‘lni qidirib ko‘rmas, xuddi hech narsani bilmaganday o‘sha ibtidoiy yo‘ldan borishardi... Hamma imtihonga shoshgan, yuz minglab taqdirlar shu 2-3 soat ichida hal bo‘lardi. O‘zbekiston kelajagi shu 3 soatlik qum soat ichiga qamab qo‘yilgan edi go‘yo... Minglab insonlar shu birgina kunni kutishar, shu birgina kun ortidan yuz minglab dollar (balki bir necha million dollardir, kim bilsin) ishlab olishardi... Ehheeeee, yana qanchadan-qancha xotiralar qoldi, bu 1-avgustdan. Bugun esa 1-avgust — oddiy kun. Avgust oyining birinchi sanasi xolos. Mana ketma-ket 5 yildirki 1-avgustda hatto test sinovlari ham bo‘layotgani yo‘q. Hamma xotirjam. Hech narsa o‘chmagan (mabodo oy oxirida abonent to‘lovini qilmagan bo‘lsangiz, o‘chgandir balki). Hammasi bip-binoyiday ishlab turibdi. Aytmoqchimanki, o‘zgarishlar o‘z qo‘limizda. Faqat ozzzzgina xohish va ozzzzgina siyosiy iroda bo‘lsa yetarli. Boshqa sohalarga ham mana shu ozzzzgina xohishdan ozzzzgina berishsa, gullab ketardi ko‘p narsa. ♾Sizda ushbu kun bilan bog‘liq qanday xotiralar qolgan? Keling, yana bir bor 1-avgust - test sinovlari bilan bog‘liq balki shirin, balki achchiq, balki quvnoq, balki qayg‘uli xotiralarni yodga olamiz. @Talim_Servis

  • ❗️Bugun — akademik litseylarga arizalar qabulining so‘nggi kuni 🕔 Bungacha 47 ming 923 ta ariza kelib tushgan. Qabul bugun yakunlanadi. ✅ Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 4 ming 797 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. ✅ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bungacha 128 ming 914 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. ✅ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha 947 ta ariza kelib tushgan. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgacha davom etadi. @Talim_Servis

  • ⚡️2025-yil 1-iyuldan boshlab shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinadi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali taqdim etiladigan shaxsiy hujjatlarning elektron shakli rasmiy hujjat sifatida tan olinadi. Endilikda ushbu hujjatlarning qog‘oz nusxasi talab etilmaydi. 📄 Elektron shaklda tan olinadigan hujjatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: 🔰O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti; 🔰ID-karta (shaxsni identifikatsiyalovchi hujjat); 🔰Haydovchilik guvohnomasi; 🔰Tug‘ilganlik haqida guvohnoma; 🔰Nikohdan o‘tganlik va ajrashganlik haqidagi guvohnomalar; 🔰Transport vositasining texnik pasporti; 🔰Pensiya yoki nogironlik haqida guvohnoma; 🔰Oliy yoki o‘rta maxsus ta’lim diplomi; 🔰Talabalik guvohnomasi; 🔰Sug‘urta polisi; 🔰Kadastr hujjatlari; 🔰Yakka tartibdagi tadbirkorlik guvohnomasi; 🔰 O‘zini o‘zi band qilganlik haqida ma’lumotnoma; 🔰Transport boshqarish ishonchnomasi va boshqalar. 📌 Ushbu hujjatlarning elektron shakli quyidagi tashkilotlar tomonidan majburiy tartibda qabul qilinadi: 🔰Banklar; 🔰Notarial idoralar; 🔰Aeroportlar (ichki reyslar uchun); 🔰Temir yo‘l vokzallari; 🔰Davlat va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va boshqa davlat organlari. @Talim_Servis