tgindex
Ta'lim Huquqi

Hamkor: @imtiyozuz Murojaat uchun: @Talim_huquqibot

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
44
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 392
−4 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 274
40 постов
Вовлечённость
91,5%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 44
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
116
1/48двое суток
132
1/72трое суток
143

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ⚡️Mandat e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 🎓 @Talim_huquqi

  • ⚡️Yangi o'quv yilidan talabalarni baholash va imtihon olish butunlay o'zgaradi Hukumat qarori loyihasiga ko'ra, 2026/2027 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilishi kutilmoqda. ➖ YAkuniy nazorat imtihonlarini ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o'tkazish tizimi joriy etiladi. ➖ O'tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik uchun oliy ta'lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. ➖ YAkuniy nazorat imtihonlari savollarini shakllantirishda talaba bilim va ko'nikmalarini chuqur tahlil qilish imkonini beruvchi yozma topshiriqlarning aniq mezonlari ishlab chiqiladm hamda professor-o'qituvchilar tomonidan baholashda izoh yozish tizimi joriy etiladi. ➖ YAkuniy nazorat imtihonlari vaqtida uyali aloqa vositalari, mikroquloqchin, kompyuter hamda ko'chirmachilikka sabab bo'ladigan har qanday vositalarni olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. Bunday holat videokuzatuv orqali keyinchalik aniqlansa ham, imtihon natijasi bekor qilinadi. ➖ YAkuniy nazorat imtihonlariga talabalar pasport, ID karta, talabalik guvohnomasi yoki haydovchilik guvohnomasini ko'rsatgan holda kiritiladi. ➖ Imtihon boshlanganidan keyin kechikib kelgan talabalar imtihonda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. Uzrli sabablarsiz auditoriyadan chiqqan talabalar ham imtihonga qayta qo'yilmaydi. ➖ Har bir kafedra fan bo'yicha baholash rubrikalari (mezonlar matrisasi)ni ishlab chiqadi va ular o'quv dasturida aks ettiriladi. ➖ Har bir fan bo'yicha talabaning o'zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi. Ball joriy nazorat uchun — 30, oraliq nazorat uchun — 20, yakuniy nazorat uchun — 50 ball qilib taqsimlanadi. ➖ Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biri bo'yicha maksimal ballning 60 foizi saralash bali etib belgilanadi. Joriy yoki oraliq nazoratdan saralash balini to'plamagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. ➖ Akademik guruh uchun bir kunda bittadan ortiq yakuniy nazorat o'tkazilishiga yo'l qo'yilmaydi. YAkuniy nazoratlar kamida bir kun oralig'ida belgilanadi. ➖ YAkuniy nazorat natijalari bo'yicha qoniqarsiz ball olgan talabaga semestr yakunida ikki hafta muddatda bir marta bepul qayta topshirish imkoniyati beriladi. ➖ Semestr va o'quv yili yakunida akademik qarzdorligi mavjud talabalar o'qishdan chetlashtirilmaydi. Ular faqat qarzdor bo'lgan fanlarni qayta o'zlashtirib, shu fanlar uchun shartnoma mablag'ini to'laydi. ➖ Akademik qarzdor talabalar uchun yozgi semestr tashkil etilishi mumkin. YOzgi semestrda qayta o'qish faqat to'lov asosida amalga oshiriladi (bir marta bepul qayta topshirish holati bundan mustasno). ➖ Talaba baholash natijasidan norozi bo'lsa, baholash muddati yakunlanganidan keyin 48 soat ichida apellyasiya berish huquqiga ega. Apellyasiya komissiyasi shikoyatni 2 ish kuni ichida ko'rib chiqadi. 🎓 @Talim_huquqi

  • ⚡️Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi Hukumat qaroriga ko‘ra, akademiya magistraturasiga qabul kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida, to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. ⏳ Har ikki ta’lim shaklida o‘qish muddati 1 yil etib belgilangan. Kechki ta’limda mashg‘ulotlar odatda haftasiga 5 kun o‘tkazilib, haftalik o‘quv yuklamasi 20 akademik soatni tashkil etadi. Magistraturaga yurisprudensiya hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov, qoida tariqasida, avgust oyida o‘tkaziladi. 🗓 Hujjatlar har yili 1–30-iyul kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshiriladi. 🎓 @Talim_huquqi

  • 23 июн.69914из imtiyozuz

    ❗️O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi Prezident farmoniga asosan, 1-iyuldan: ➖ pensiyalar, nafaqalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari 7 foizga oshiriladi; ➖ yoshga doir eng kam pensiya miqdori 983 ming so‘mga, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 1 mln 83 ming so‘mga yetkaziladi; ➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 ming so‘m etib belgilanadi. 🗓 1-sentyabrdan: ➖ byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi; ➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘m etib belgilanadi; ➖ bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘mni tashkil etadi. 🇺🇿 @imtiyozuz

  • 21 мая1 78169

    ⚡️Ketma-ket 5 kun damolish. 2026 yil Qurbon hayitining birinchi kuni 27 may kuniga to'g'ri kelishi e'lon qilindi. Shu tariqa, O'zbekistonliklar uchun dam olish kunlari quyidagicha bo'ladi: ➖ 27 may, chorshanba — Qurbon hayiti bayrami; ➖ 28 may, payshanba — qo'shimcha dam olish kuni; ➖ 29 may, juma — qo'shimcha dam olish kuni; ➖ 30 may, shanba — 6 kunliklar uchun qo'shimcha dam olish kuni; ➖ 31 may, yakshanba — hamma uchun odatiy dam olish kuni. 🎓 @Talim_huquqi

  • 18 мая1 44324

    #Bilasizmi ⚡️“Yurisprudensiya” yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda ayrim imtiyozlar bekor qilingan 🇺🇿 Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab ushbu yo‘nalishga o‘qishga qabul qilishda quyidagilarga tatbiq etiladiganlardan tashqari barcha imtiyozlar bekor qilinadi: ➖ Qurolli kuchlar harbiylari; ➖ Ichki ishlar organlarining xodimlari; ➖ Fan olimpiadalari g‘oliblari; ➖ Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar. Demak, endilikda “Yurisprudensiya” yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan OTMlarga kirishda tatbiq etiladigan imtiyozlarga ega abituriyentlar (masalan, “Zulfiya”, “Mard o‘g‘lon” mukofotlari sovrindorlari) yuridik yo‘nalishda o‘qish uchun imtiyoz ololmaydi. 🎓@Talim_huquqi

  • 14 мая1 26335

    #Loyiha ⚡️Pedagogika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlari tashqi diagnostika orqali baholanadi. 🇺🇿 O’zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlash sifati davlat darajasida nazoratga olinadi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi nizom loyihasiga ko'ra, pedagogika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlari tashqi diagnostika orqali baholanadi. 📑 Hujjatda qayd etilishicha, mazkur tartib davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi. Tashqi diagnostika orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning bilim darajasi yagona metodologiya asosida tekshiriladi. Tashqi diagnostika har yili bahorgi semestrda o‘tkaziladi. Bunda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari ishtirok etadi. Qaysi akademik guruh testga jalb qilinishi maxsus ishchi guruh tomonidan tanlanadi. Test sinovlari talabaning tahsil olayotgan tilida tashkil etiladi va 50 ta savoldan iborat bo‘ladi. Unda talabalarning: — fan va uni o‘qitish metodikasi; — pedagogik va psixologik kompetensiyasi; — sinfni boshqarish ko‘nikmasi; — baholash kompetensiyalari tekshiriladi. Jami 100 ball beriladi. Agar yo‘nalish bo‘yicha talabalarning o‘rtacha natijasi 56 ball va undan yuqori bo‘lsa, u “belgilangan talablarga javob beradigan” deb baholanadi. 55 ball yoki undan past ko‘rsatkich qayd etilsa, ta’lim sifati talab darajasida emas deb topiladi. Nizomga ko‘ra, tashqi diagnostika natijalari talabalarning reyting bahosiga ta’sir qilmaydi. Biroq past natija qayd etilgan pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari navbatdan tashqari tekshiruvga tushishi mumkin. Bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga taqdim etiladi. ☝️Shuningdek, baholash natijalari asosida ta’lim dasturlarini yangilash, pedagoglar malakasini oshirish va o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi belgilangan. 🎓 @Talim_huquqi

  • 12 мая916210

    ⚡️5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish va o’qishga qabul tartibi bo’yicha ayrim savollarga javoblar. ❓Arizalar qanday yuboriladi va qancha muddatda? ✅ Mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, biroq oliy ma'lumoti bo'lmagan…

  • 11 мая1 059414

    ❓Kontraktni to’liq to’lamagan talabani yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi? ❌ Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos. Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas. Kontrakt to'lash muddatlari: ➖ Abituriyentlar uchun kontraktning 25 foizini – 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) ➖ ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha); ➖ To‘lov miqdorining kamida 50 foizi – 1 yanvargacha; ➖ Kontraktning 75 foizi – 1-aprelgacha; ➖ Kontraktning 100 foizi – 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha); ✅ xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha. 🎓@Talim_huquqi

  • 7 мая1 798411

    ⚡️Diniy materiallar va taqiqlangan profillarni tekshiruvchi Telegram bot ishga tushirildi Din ishlari bo'yicha qo'mita Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda diniy mazmundagi materiallarni tekshirish imkonini beruvchi “Xavfsiz bot” (@dinuzbbot) Telegram botini ishga tushirdi. Bot orqali fuqarolar diniy materiallarga dinshunoslik ekspertizasi xulosasi berilgan yoki berilmaganini, ayrim shaxs va tashkilotlar faoliyati qonunchilikka muvofiq yoki taqiqlanganini tekshirishi mumkin. Qo'mitaga ko'ra, bot ekstremistik va radikal g'oyalarning internet hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi fonida aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni noqonuniy diniy kontent ta'siridan himoya qilish maqsadida ishga tushirilgan. 🎓@Talim_huquqi

  • ⚡️Nufuzli xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti beriladi 🇺🇿 Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra, O'zbekiston hududida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy sotib olish uchun BHMning 2 150 baravarigacha 10 yil muddatga har oyda qaytarish sharti bilan kredit ajratiladi. Kredit tijorat banki hisobidan yillik 14 foiz stavkada ajratiladi. Kredit oluvchi YAIDXP (my.gov.uz) orqali davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tadi. Kredit oluvchiga kredit, u quyidagi shartlarning barchasiga javob berganda ajratiladi: ➖ O'zbekiston fuqarosi bo'lganda; ➖ kredit olish uchun ariza bilan murojaat qilgan kunda 35 yoshdan oshmaganda; ➖ kredit oluvchi ushbu xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e'lon qilingan reytingda yuqori 100 talik ro'yxatga kiritilgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarida ilmiy daraja olganda; ▫️ kredit oluvchining xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarida ilmiy daraja olganligi haqidagi diplomi belgilangan tartibda nostrifikasiya qilinganda. Bunda kredit sotib olinadigan uy-joy qiymatining 80 foizidan oshmasligi lozim. 🎓@Talim_huquqi

  • 4 мая1 025818

    ⚡️5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish va o’qishga qabul tartibi bo’yicha ayrim savollarga javoblar. ❓Arizalar qanday yuboriladi va qancha muddatda? ✅ Mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, biroq oliy ma'lumoti bo'lmagan xotin-qizlarga “Oila va xotin-qizlar qo'mitasi”ning tavsiyanomasini olish uchun arizalar 1-maydan 1-iyunga qadar qabul qilinadi. ❓Tavfsiyanoma qanday imtiyoz beradi? ✅ Ushbu tavsiyanoma davlat OTMlariga to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirishda imtiyoz beradi. ❓Tavsiyanoma olish uchun qanday murojaat qilinadi? ✅ Tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuboriladi. Arizada yashab turgan yoki doimiy ro'yxatda bo'lgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo'limi tanlanadi. ❗️Bunda ish staji my.mehnat.uz tizimi orqali, diplom esa diplom.edu.uz sayti orqali tasdiqlangan bo'lishi lozim. ❓Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar o’qishga kirish uchun imtihon topshiradimi? ✅ Ha topshiradi, tavsiyanoma ega xotin-qizlarga alohida 500 ta kvotaga ajratiladi. Ushbu kvota uchun tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar imtihonda ishtrok etishadi va belgilangan ballni to’plaganlar mandatda qattiy ketma-ketlikda 500 ta xotin-qizlar ro’yxati davlat qabul kamissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. ❗️Eslatma: Bu imtiyoz maktabni tugatib o'rta ma'lumot bilan ishlayotganlarga emas, balki kollej yoki texnikumni tugatganlar uchun amal qiladi. 🎓@Talim_huquqi

  • 1 мая849411из domlajonuz

    ⚡️Bugun, 01.05.2026 yildan boshlab mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar bakalavriat ta’lim yo’nalishiga alohida kvota asosida hujjat topshirishi mumkin. 📨 Arizalar 1-iyungacha xotin-qizlar.uz sayti orqali qabul qilinadi. 👨‍🏫 @Domlajonuz

  • 7 апр.1 330

    ⚡️Endilikda olimlarning sport bo’yicha ilmiy ishi natija bersa, sportchilarning yutuqlari ko‘paysa, xalqaro musobaqalarda medal olib kelsa, ushbu olimlarga 100 million so‘mdan mukofot beriladi. 🎓 @Talim_huquqi

  • ⚡️O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi Ta’til bir haftadan ortiq davom etadi. Qoldirilgan darslar keyinchalik o‘quv dasturiga qo‘shib o‘tiladi. 🎓 @Talim_huquqi

  • 18 мар.1 57313

    ❓Hayit va Navro‘z bayramida dam olish kunlari necha kun bo‘ladi? Ramazon hayiti 20-mart, juma kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi, shubda: ➖ 20-mart, juma – Ramazon hayiti, barcha uchun dam olish kuni; ➖ 21-mart, shanba – Navro‘z bayrami, barcha uchun dam olish kuni; ➖ 22-mart, yakshanba – odatiy dam olish kuni; ➖ 23-mart, dushanba - haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun dam, 6 kunliklar uchun ish kuni. 🎓 @Talim_huquqi

  • 5 мар.1 5586

    ⚡️Endilikda chet tili 1-fan bo'lgan yo'nalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi Ayrim Hukumat qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Unga ko'ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta'lim yo'nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo'yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi. Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo'lgan ta'lim yo'nalishlariga qabulda: ➖ B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abiturientlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi; ➖ B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abiturientlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi. ❗️Ilgari mazkur yo'nalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan. 🎓 @Talim_huquqi

  • 4 мар.2 608225

    ⚡️Homilador va yosh bolali talabalar uchun yangi imtiyozlar belgilandi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab homilador talaba-qizlar hamda 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga ta’limda quyidagi yengilliklar beriladi: 🔹 o‘qishni qayta tiklash: Kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan bo‘lsa, istisno tariqasida, fanlar farqini topshirish sharti bilan o‘qishga qaytish imkoni beriladi; 🔹 qo‘shimcha muddat: Fanlar farqini mustaqil o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha vaqt va sharoitlar yaratiladi. ❓Yaqin 3 oy ichida yana qanday o‘zgarishlar kutilmoqda? ➖ Akademik ta’tilga chiqqan talaba-onalarga o‘z xohishiga ko‘ra onlayn (masofaviy) shaklda o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi. ➖ Masofaviy ta’lim yo‘nalishlari va qabul ko‘rsatkichlari aynan ushbu toifadagi talabalar uchun ko‘paytiriladi. ➖ Akademik ta’tilga chiqqan yoki o‘qishdan ketgan talaba-onalar bo‘yicha alohida statistika yuritiladi. 🎓 @Talim_huquqi

  • 16 февр.1 30417

    ⚡️Ramazon taqvimi — 2026 Taqvimda saxarlik va iftorlik soatlari Toshkent vaqti bilan berilgan. Kelayotgan muborak Ramazon oyi barchamizga muborak bo’lsin! 🎓 @Talim_huquqi

  • 16 февр.2 40118

    #Rasman ⚡️2026-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti asosida Prezident qarori qabul qilindi. 🎓 @Talim_huquqi