Ta'limga oid
Статистика—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda Bog'lanish: @TalimgaoidBot
- Последний пост
- 18:35
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 46
- Всего постов
- 99
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 756
- 1/48двое суток
- 3 960
- 1/72трое суток
- 4 270
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
❗️Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali eʼlon qilindi. Ballar ko‘tarilgan UzBMBning mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozli toifadagi abituriyentlar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi. Joriy yilda tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun o‘tish ballari o‘tgan yilgiga qaraganda oshganini ko‘rish mumkin. O‘tgan yilgi bilan farqni oson aniqlash uchun jadvalda alohida qatorda ko‘rsatdim. Eng katta farq Sirdaryo viloyatida texnika sohasi uchun bo‘lgan — 49,2 ball oshgan. 2025-yilda Sirdayo viloyati teskari rekord qo‘ygan edi, ya'ni tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali naq 80,1 ball tushgan edi. Bu safar esa, aksincha, Sirdaryoda texnika fanlari uchun o‘tish bali 49,2 ballga ko‘tarilgan. Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin oshgan: 🔺Toshkent (tibbiyot) — 44,5 ball; 🔺Samarqand (texnika) — 34,1 ball; 🔺Namangan (texnika) — 32 ball; 🔺 Surxondaryo (texnika) — 31,1 ball; 🔺Navoiy (tibbiyot) — 28,1 ball. O‘z navbatida ayrim hududlarda o‘tish ballari tushgan ham. Eng katta ball tushishi Jizzax viloyatida tibbiyot sohasida qayd etilgan — 31,1 ball tushgan. O‘tgan yili Jizzaxda tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali 119,1 ball edi, joriy yilda 88 balldan yuqori to‘plagan 63 nafar jizzaxlik qiz tibbiyotga grantga kirgan. Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin tushgan: 🔻 Toshkent (texnika) — 29,8 ball; 🔻 Toshkent viloyati (tibbiyot) — 27,1 ball; 🔻 Qoraqalpog‘iston (tibbiyot) — 26,6 ball. ❓Nima uchun tavsiyanomasi bor xotin-qizlarga ball qo‘shilmadi? ✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan. ‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi. Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
⚡️Super kontrakt narxlarini qayerdan koʻrsak boʻladi? Oʻqishga kirish uchun 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun super kontrakt miqdori barcha oliygohlarda bir xil summa chiqadi. Kontrakt summasini @superkontrakt_bor orqali avtomatik hisoblatishingiz mumkin. 4,05 balldan yuqori yetmay qolganlar – uchun super kontrakt miqdori hamma oliygohda har xil boʻlishi mumkin. Masalan, Ingliz tili yoʻnalishiga 4,05 balldan koʻproq yetmay qolganlarga super kontrakt narxi qaysidir oliygohda oddiy kontraktning 3 barobari, yana qaysidir oliygohda esa 5 barobar boʻlishi mumkin. Bunga oʻtgan yilgi super-kontrakt narxi Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yoʻnalishi misolida koʻramiz: 👉 Namangan davlat chet tillari institutida – 29.600.000 soʻm 👉 Andijon davlat chet tillari institutida 37.000.000 soʻm 👉 Shahrisabz davlat pedagogina institutida 40.700.000 ming soʻm boʻlgan. ❕ Demak, 4,05 koʻproq yetmay qolgan ball uchun super-kontrakt narxini oliygohning oʻzidan aniqlashtirasiz. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
⚡️Rasman: O'qishni ko'chirish imtihonlari boshlanmoqda Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. ✅ Shu munosabat bilan Bilimni baholash agentligi standardlariga muvofiq, o'qishni ko'chirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun maxsus @BMB_testbot telegram boti ishga tushirildi. Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin. Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bloklar: 👉 Ona tili; 👉 Matematika; 👉 O‘zbekiston tarixi. 👉 @BMB_testbot 👈
❗️DTM BALINGIZ BILAN TALABA BO‘LING! — DTMdan kutgan balingiz chiqmadimi? — Bu hali talaba bo‘lish imkoniyatingiz tugadi degani emas. Sizning DTM natijangiz bilan Sarbon Universitetida o‘qish imkoniyatingiz mavjud. ➖ Sirtqi ta’lim o‘rniga — masofaviy ta’lim ➖ O‘qishni onlayn davom ettirish imkoniyati ➖ Oliy ma’lumot olish imkoniyati ➖ Bir yilni yo‘qotib qo‘ymang! “Balim yetmaydi, endi nima qilaman?” deb o‘tirgan bo‘lsangiz — imkoniyatlarni hoziroq bilib oling. 📲 Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl
Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha 📆 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. ✅ Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. 🎤 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. 😎 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak. 🔶 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2026-yil 19-avgustdan boshlanadi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
#tezkor ⚡️SUPER-KONTRAKTDA O‘QIMOQCHI BO‘LGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! Xabaringiz bor, bugun davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi. Afsuski, ayrim abituriyentlar talabalikka tavsiya etilmadi. ❓ Hozirda ko‘pchilik abituriyentlardan “Super-kontrakt asosida o‘qisam, qancha to‘layman?” degan savollar kelmoqda. 📌 Endi buni aniqlash juda oson! 🤖 Quyidagi botga abituriyentning ID raqami yoki qaydnomasini yuboring. Bot siz uchun super-kontrakt miqdorini avtomatik hisoblab beradi. 👉 @superkontrakt_bot 👉 @superkontrakt_bot 👉 @superkontrakt_bot
⚡️Oltinchi yoʻnalish tanlash qachon boshlanadi? Oʻtgan yili avgust oyi oxirida 6-yoʻnalish tanlash imkoni berilgan edi. Bu yil ham agar toʻlmay qolgan kvotalar boʻlsa bunday imkon beriladi. Vakant oʻrin (6-yoʻnalish) oʻzi nima? Masalan deylik, Andijon davlat universitetining Tarix yoʻnalishiga bu yil 40 ta kvota ajratilgan. Lekin shu kvota doirasida 30 ta abituriyent oʻqishga kirgan, qolgan 10 ta oʻrin esa 56,7 ball ham toʻplay olmagan abituriyentlar hisobiga boʻsh qolgan. Natijada mana shu 10 ta oʻrin uchun 6-yoʻnalish sifatida tanlash imkoni beriladi. ❓Xoʻsh 6-yoʻnalishni tanlash tartibi qanday? 1 haftadan keyin yuqorida ta'kidlaganimdek, qaysi oliygohlarda qaysi yoʻnalishlar toʻlmay qolgani haqida ma'lumotlar chiqadi. Shunda 56,7 balldan koʻp toʻplab, 5 ta yoʻnalishga ham oʻqishga kirolmagan abituriyentlar 6-yoʻnalishni tanlashlari uchun my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn jarayon boshlanadi. ❗️Xoxlagan oltinchi yoʻnalishni tanlay olmaysiz! Beshta yoʻnalishga ham oʻqishga kirolmagan abituriyentlar topshirgan fanlar majmuasiga mos 6-yoʻnalish mavjud boʻlsagina topshira oladilar. Ya'ni Tarix yoʻnalishiga xos fanlardan test topshirgan abituriyent Iqtisodiyot yoʻnalishidagi vakant oʻrinni tanlay olmaydi. Agarda siz topshirgan fanlarga mos 6-yoʻnalish qaysidir OTMda mavjud boʻlsa uni tanlaysiz hamda mavjud balingiz bilan taqdiringiz aniq boʻladi. Ya'ni boʻsh qolgan 5 ta oʻrin uchun siz kabi 6-yoʻnalish tanlaganlardan kimning bali yuqori boʻlsa shu 5 kishi qabul qilinadi. Qolganlar qabul qilinmaydi. Oʻtgan yilgi vakant oʻrinlari va uning oʻtish ballari bilan tanishing: https://mandat.uzbmb.uz/BallVuzVakant2025 Manba: @Axmadjanoov Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
⚡️1-kursga qabul qilinganlar yotoqxonaga qachondan ariza topshirishi mumkin? 📃Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar turar joyiga joylashish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori bilan belgilangan. Unga ko‘ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun arizalar har yili 1-avgustdan o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi. Birinchi kurs talabalari esa talabalikka tavsiya etilganidan keyin yotoqxonaga ariza topshirishi mumkin. ✈️Arizalar my.gov.uz orqali yoki Davlat xizmatlari markazlarida elektron shaklda topshiriladi. 🔍 Shu bilan birga, mandat natijalari e’lon qilinganidan keyin birinchi kursga tavsiya etilgan talabalar haqidagi ma’lumotlarni tegishli axborot tizimlariga yuklash jarayoni amalga oshiriladi. Shu sababli ayrim talabalar hozircha my.gov.uz orqali ariza topshirishda “foydalanuvchi ma’lumotlar bazasida mavjud emas” mazmunidagi xabarga duch kelishi mumkin. ☝️Agar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lsa-yu, biroq yotoqxonaga ariza topshirishda uning ma’lumotlari chiqmasa, bu ma’lumotlar tizimga hali to‘liq yuklanmagan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda ma’lumotlar tizimda aks etishini kutib, keyin qayta urinib ko‘rish mumkin. Ya’ni, bir-ikki kunda ariza berishingiz mumkin. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
⚡️Yurisprudensiya oʻtish ballari bilan tanishing 2026/2027 oʻquv yili uchun barcha oliygohlar kesimida "Yurisprudensiya" ta'lim yoʻnalishiga oʻqish kirishdagi oʻtish ballari bilan tanishib chiqing. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi? ❌ JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi. Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylayapti. Bu xato fikr. Abituriyentlar testdan keyin yo’nalish tanlayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan. Endi bugun yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q. mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi. Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas.- Xushnudbek Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
⚡️ Rasman: Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 📌Shuningdek, quyidagi botlar orqali ham mandat natijalarini bilishingiz mumkin: 👉 @mandat_uzbmbbot 👉 @mandat_uzbmb1bot 👉 @mandat_uzbmb2bot
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
⚡️ Abituriyentlar, tayyormisizlar? Ertaga kim uchundir katta bayram, kim uchundir xursandchilik, yana kim uchundir xafagarchilik… Kimdir yillar davomida kutgan natijasiga erishadi, kimdir esa yana bir bor urinib ko‘rishga to‘g‘ri keladi. 🎓 Mandat javobini kutayotgan abituriyentlar, bunday javobni ko‘rishga tayyormisizlar? Mandatni kutayotgan tanishlaringizga yuborib qo‘yinglar! Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅@Talimgaoid
⚡️Yakuniy mandat natijalari ertaga e'lon qilinishi rejalashtirilgan 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha yakuniy tanlov natijalarini ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinishi kutilmoqda. Oliygohga kirish uchun test sinovlarida qatnashgan va tanlovda ishtirok etgan abituriyentlar ertaga o‘zlarining qaysi oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etilganini bilib olishlari mumkin. 📌 Mandatga oldindan buyurtma berish imkoniyati mavjud. Ya'ni, abituriyentlar natijalarni kutmasdan ham hozirdan quyidagi botlarga so‘rov yuborib qo'yishlari mumkin. Mandat chiqqandan so'ng ularga natijalari haqida xabarnoma boradi. 👉 @mandat_uzbmbbot 👉 @mandat_uzbmb1bot 👉 @mandat_uzbmb2bot
⚡️Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi 📆 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 📝 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📕 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 🆔 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid