tgindex
Jamshidbek Odilov (BBA)

Jamshidbek Odilov (BBA)

Статистика

Jamshidbek Odilovning telegram kanaliga xush kelibsiz!

Последний пост
8 мар.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 218
−14 за 4 дн.
Сутки
−11
−0,49%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
9 111
22 постов
Вовлечённость
410,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 8 мар.4 183557из jtodilov

    🌸 Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ayollar!

  • 24 февр.6 383117

    Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ajratiladigan vaqt bo‘yicha so‘rovnoma 🇺🇿 Ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida ochiq va yopiq turdagi test topshiriqlarini ishlash hamda esse yozish…

  • 23 февр.4 5541013из BaholashUz

    Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ajratiladigan vaqt bo‘yicha so‘rovnoma 🇺🇿 Ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida ochiq va yopiq turdagi test topshiriqlarini ishlash hamda esse yozish uchun umumiy ajratilgan vaqt – 3 soat. ❔ Ushbu umtihonda yopiq va ochiq turdagi test topshiriqlari uchun alohida, yozma ish (esse) uchun alohida vaqt belgilanadigan bo‘lsa, vaqt taqsimoti, qanday bo‘lishi lozim? 📝Mazkur savol bo‘yicha talabgorlarning fikrini bilish maqsadida alohida telegram bot ishlab chiqildi va botga so‘rovnoma joylashtirildi. ✅ So‘rovnomada ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan 2025-yil 1-3-, 8-9-noyabr yoki 2026-yil 31-yanvar, 1-2-, 7-8-fevral kunlari o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etgan talabgorlar qatnashishi mumkin. 📱 So‘rovnomada ishtirok etish uchun bot manzili: @bba_poll_bot ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 20 февр.4 5331256

    #Ovozli_chat Umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chat audioyozuvi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 19 февр.8 6373752

    #Ovozli_chat 🎙 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat tizimi bo‘yicha ovozli chat 📆 2026-yil 20-fevral kuni 15:00 da Agentlikning telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Ovozli chat umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat tizimi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. ❔ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Iltimos, mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasin. ✔️ @jtodilov

  • Assalomu alaykum! Ushbu telegram kanal faoliyati nomaʼlum muddatga toʻxtatildi. Umid qilaman-ki, kanal faoliyati qachondir qayta tiklanadi va foydali maʼlumotlar eʼlon qilib boriladi. Barchaga rahmat!

  • 13 авг. 2025 г.28,6 тыс34424

    ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi #abituriyent   #qabul2025   #natija 📣 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. ✅ Natijalarni 3️⃣ xil usulda bilish mumkin: ➖ my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin). ➖ mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni kiritgan holda. ➖ Oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladigan test natijalari qaydnomalari orqali. ✔️ @jtodilov

  • 5 авг. 2025 г.24,2 тыс12131

    2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha asosiy ma’lumotlar #abituriyent #qabul2025 ✅ Umumiy qabul kvotalari: ➖ Kunduzgi — 148 ming 400 ta; ➖ Kechki — 28 ming 732 ta; ➖ Masofaviy — 18 ming 195 ta. 📍 Maqsadli qabul kvotalari (kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotalar doirasida): ➖ Maktab ta’limi — 626 ta; ➖ Sog‘liqni saqlash — 1 ming 173 ta; ➖ San’at — 4 ta; ❇️ Qo‘shimcha kvotalar: ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar — 3 ming 907 ta; ➖ Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar — 1 ming 953 ta; ➖ Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 1 ming 775 ta; ➖ Bojxona organlari xodimlarining farzandlari — 710 ta; ➖ Harbiy tavsiyanoma — 9 ming 766 ta; ➖ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 4 000 ta (davlat granti); ➖ Besh yil stajga ega xotin-qizlar — 2 ming 500 ta (to‘lov-kontrakt); ❕ Qo‘shimcha ma’lumotlar ➖ Davlat buyurtmasi parametrlari (ta’lim yo‘nalishlari kesimida - 4 yillik); ➖ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi (tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boshqa); ➖ Davlat granti kvotasi ulushi (ta’lim yo‘nalishlari kesimida, foizda); ➖ Tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi”); ➖ Maqsadli qabul; ➖ 2025–2026-oʻquv yili uchun minimal o‘tish ballari; ➖ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratilgan kvota taqsimlangan sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati; ➖ Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali. 📝 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘tish ballari ➖ Imtiyozga ega abituriyentlar uchun: https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2024 ➖ Umumiy qabul parametrlari bo‘yicha: https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2024 ➖ Abituriyent to‘plagan ballning o‘tgan yilgi o‘tish ballariga mosligi: https://mandat.uzbmb.uz/Bakalavr2025/BallInfoByResult ❕ Diqqat! Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari tanlash (my.uzbmb.uz sayti orqali) 8-avgust kuni soat 23:59 da yakunlanadi. ✔️ @jtodilov

  • 5 авг. 2025 г.15 тыс1596

    ❓ Maqsadli qabul nima? ✅ Javob: ayrim sohalar bo‘yicha oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi. 2025/2026-o‘quv yili uchun maktab ta’limi [1] va sog‘liqni saqlash [2] sohalariga tumanlar kesimida, san’at [3] sohasiga teatrlar kesimida maqsadli kvotalar ajratilgan. Maqsadli kvota uchun tanlovda faqatgina ushbu hududda doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan) abituriyentlargina qatnasha oladi. Maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga davlat granti to‘liq o‘qish davri (4 yil yoki 6 yil) uchun beriladi. Bunda abituriyentga OTMni tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi. — — — ❓ Maqsadli qabul qanday amalga oshiriladi? ✅ Javob: maqsadli qabulni tanlagan abituriyent ham maqsadli kvota bo‘yicha, ham umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi, lekin maqsadli kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etmaydi. Misol uchun, Zomin tumanidan bo‘lgan abituriyent Toshkent davlat tibbiyot universiteti, kunduzgi ta’lim shakli, o‘zbek tili, “Davolash ishi (Zomin tumani)” ta’lim yo‘nalishini tanlasa: 1️⃣ Dastlab Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Zomin tumani uchun Davolash ishi yo‘nalishiga ajratilgan 3 ta maqsadli kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. 2️⃣ Agar maqsadli kvotaga bali yetmasa, ushbu ta’lim yo‘nalishiga ajratilgan umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. ❕ Maqsadli kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilgan abituriyent umumiy tanlovda ishtirok etmaydi. — — — ❓ Maqsadli qabulda ishtirok etish uchun qaysi tanlov ustuvorligini belgilash kerak? ✅ Javob: Maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun tanlov ustuvorligining ahamiyati yo‘q. Abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlasa ham, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlasa ham maqsadli qabul uchun tanlovda ishtirok etishi mumkin. — — — ❓ Abituriyent 5 ta yo‘nalishdan nechtasini maqsadlidan tanlashi mumkin? ✅ Javob: maqsadli kvota ajratilgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda hech qanday cheklov yo‘q. Abituriyent 5 ta ta’lim yo‘nalishini ham maqsadli kvota ajratilgan yo‘nalishlardan tanlashi mumkin (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli kvota ajratilgan bo‘lsa). — — — ❓ Abituriyent barcha ta’lim yo‘nalishlarini maqsadli bo‘yicha tanlasa, tanlov qanday amalga oshiriladi? ✅ Javob: maqsadli kvota ajratilgan taʼlim yoʻnalishlarini tanlagan abituriyentlarlar har bir taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dastlab maqsadli, soʻngra umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. ❕ Agar abituriyent maqsadli kvota doirasida talabalikka tavsiya etilsa, umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etmaydi. ✔️ @jtodilov

  • 4 авг. 2025 г.11,1 тыс12121

    Tanlov ustuvorligi #abituriyent #qabul2025 Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi. ✅ Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida: “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida; “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. ✅ Abituriyentga: tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini; davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq. ❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling. ✔️ @jtodilov

  • ⚡️ Oliy ta’lim muassasalari uchun minimal o‘tish ballari #abituriyent #qabul2025 Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan 2025–2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlangan. ✅ Unga ko‘ra: ➖ davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%); ➖ toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%). 📌 Bunda nogironligi boʻlgan shaxslar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ushbu toifadagi abituriyentlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul parametrlari doirasida tanlovni amalga oshirishda minimal oʻtish bali istisno tariqasida 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilangan. ❗️ Diqqat! Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar (imtiyozga ega abituriyentlar ham) oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi. ✔️ @jtodilov

  • ⚡️ KVOTA–2025 #abituriyent #kvota ✅ Davlat granti kvotasi ulushi 2025–2026-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti ❓ Davlat granti kvotasi ulushi nima? Davlat granti kvotasi ulushi — OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishiga kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotaning qanchasi (foiz hisobida) davlat granti asosida bo‘lishi mumkinligi. Misol uchun, “Jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi uchun davlat granti kvotasi ulushining chegarasi — 30%. O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishi uchun kunduzgi ta’lim shakliga ajratilgan jami kvota — 50 ta. Davlat granti kvotasi ulushining chegarasini aniqlash uchun 50 ta kvotaning 30 foizini hisoblashimiz kerak bo‘ladi. Demak, O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishi uchun kunduzgi ta’lim shakliga ajratilishi mumkin bo‘lgan davlat granti asosidagi kvotaning maksimal soni — 15 ta (50 x 30 / 100 = 15). ❕ Bu O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishiga davlat granti asosida ajratilishi mumkin bo‘lgan kvotaning maksimal soni (aniq shuncha oladi degani emas). Qaysi OTM qancha grant kvota olishi ushbu OTMni tanlagan abituriyentlarning bilimiga bog‘liq. ✔️ @jtodilov

  • ⚡️ KVOTA–2025 #abituriyent #kvota ✅ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi Ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining (tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boshqa) oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ularning soha ixtisoslashuviga koʻra taqsimlangan qabul parametrlari ✔️ @jtodilov

  • ⚡️ KVOTA–2025 #abituriyent #kvota DAVLAT BUYURTMASI (davlat granti) ✅ Kunduzgi ta’lim shakli uchun 2025/2026-o‘quv yili va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriatning KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari: ➖ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta; ➖ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta; ➖ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta; ➖ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta; 🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi bilan tasdiqlangan. ✔️ @jtodilov

  • ⚡️ KVOTA–2025 #abituriyent #kvota QO‘SHIMCHA KVOTA ✅ Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun ajratilgan qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 📝 Jami: 1 ming 775 ta (davlat granti asosida). ❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi. ✔️ @jtodilov

  • ⚡️ KVOTA–2025 #abituriyent #kvota QO‘SHIMCHA KVOTA ✅ Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun besh foizli qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti 📝 Jami: 9 ming 766 ta (davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida): ➖ kunduzgi – 7 420 ta (grant - 1 775, kontrakt - 5 645); ➖ kechki – 1 436 ta (kontrakt); ➖ masofaviy – 910 ta (kontrakt). ❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi. ✔️ @jtodilov

  • ⚡️ KVOTA–2025 #abituriyent #kvota QO‘SHIMCHA KVOTA ✅ Bojxona organlari xodimlarining farzandlari uchun Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan, bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti 📝 Jami: 710 ta (davlat granti asosida). ❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi. ✔️ @jtodilov

  • Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali #abituriyent #kvota Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 322-son qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi. Unda tavsiyanoma qaysi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun amal qilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi. ❗️ Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi ta’lim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasa, abituriyent alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi. Shu sababli kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomaga ega abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda juda ham e’tiborli bo‘lishlari lozim. Ma’lumki, o‘tgan yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi. Lekin kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlarga oldingi klassifikatordagi ta’lim yo‘nalishlari asosida berilgan tavsiyanomalar ham mavjud. Yuqoridagi pdf faylda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalardagi ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi ta’lim yo‘nalishlariga moslik jadvali keltirilgan (jadval Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan). ‼️ Hurmatli abituriyentlar! Agar sizda kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma mavjud bo‘lsa, ushbu jadval bilan tanishgan holda tavsiyanomaga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashingiz lozim. Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti bilan bu yerda tanishish mumkin. ✔️ @jtodilov

  • ⚡️ KVOTA–2025 #abituriyent #kvota QO‘SHIMCHA KVOTA ✅ Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun Jami: 2 500 ta (to‘lov-kontrakt asosida) Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti ❗️ Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi ta’lim yo‘nalishi uchun amal qiladi. ✔️ @jtodilov

  • 31 июл. 2025 г.12,4 тыс767

    ⚡️ KVOTA–2025 #abituriyent #kvota QO‘SHIMCHA KVOTA ✅ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti 📝 Jami: 4 ming ta (davlat granti asosida): ➖ aniq va tabiiy fanlar – 806; ➖ texnika fanlari – 161; ➖ tibbiyot fanlari – 1 046; ➖ boshqa yo‘nalishlar – 1 987. Hududlar bo‘yicha: 📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284; 📍 Andijon viloyati – 312; 📍 Buxoro viloyati – 180; 📍 Jizzax viloyati – 233; 📍 Qashqadaryo viloyati – 337; 📍 Navoiy viloyati – 196; 📍 Namangan viloyati – 382; 📍 Samarqand viloyati – 508; 📍 Surxondaryo viloyati – 318; 📍 Sirdaryo viloyati – 140; 📍 Toshkent viloyati – 218; 📍 Farg‘ona viloyati – 529; 📍 Xorazm viloyati – 275; 📍 Toshkent shahri – 88. ❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga faqat KUNDUZGI ta’lim shakli uchun amal qiladi. ✅ Mazkur tavsiyanomaga ega xotin-qizlar doimiy yashash hududi bo‘yicha sohalar kesimida ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. ✍️ Yuqoridagi pdf faylda qo‘shimcha kvotaning taqsimoti bilan birga sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ham keltirilgan. ✔️ @jtodilov