ToshDavTU Chirchiq filiali talabalari
СтатистикаToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Chirchiq filiali Kanal guruhi: 👉 https://t.me/TDTU_Chirchiq_filiali_talabalari Admin: @Doctor_Farmonov Kanalimiz : https://t.me/TTA_Chirchiq_filiali1
- Последний пост
- 17 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 89
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Здоровье (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 437
- 1/48двое суток
- 500
- 1/72трое суток
- 540
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Xotin-qizlar_2500-kvota_2026.pdf
⚡️KVOTA-2026 #abituriyent ✅ 5 YIL STAJGA EGA XOTIN-QIZLAR UCHUN (2 ming 500 ta to’lov-kontrakt uchun) Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/14477 ❗️Bir narsani yodda tuting: ushbu qo‘shimcha kvotalar faqat to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan. Mazkur tavsiyanoma grantga kirish huquqini bermaydi. Ushbu tavsiyanoma barcha taʼlim shakllari uchun taalluqli. Kunduzgi, kechki va masofaviyni tanlash mumkin. ‼️Ushbu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlar uchun kvota berilmaydi. ❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku? Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Masalan, O‘zMUda 5 yil staji bor xotin-qizlar uchun 20 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 40 nafar tavsiyanomali xotin-qiz O‘zMUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k. Eng avval o‘sha 40 nafar abituriyent o‘zi to‘plagan ball bo‘yicha umumiy tanlovda qatnashadi. Agar o‘zining bali tanlagan beshta yo‘nalishidan qaysidir biriga kirishga yetsa, unda bor baraka, o‘sha yerda o‘qiyveradi, ularga tavsiyanoma qo‘llanmaydi. Masalan, 40 kishidan 10 nafari o‘z kuchi bilan o‘qishga kirib ketdi, deylik. Yiqilgan 30 nafar xotin-qizlar orasida esa, tanlagan yo‘nalishidan qatʼi nazar, alohida yana tanlov bo‘ladi. Bunda to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 20 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Boshqacha aytganda bu tavsiyanoma o‘qishdan yiqilganlar uchun amal qiladi va ularga yana bir marta imkon beradi. ❓Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qo‘shib beradimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
SSV_maqsadli_kvota_kunduzgi_2026.pdf
⚡️KVOTA-2026. MAQSADLI QABUL #abituriyent ✅ Sog‘liqni saqlash sohasi uchun Jami: 1 031 ta. Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida). 👉 @xushnudbek 👈
видео или голосовое, без подписи
⚡️KVOTA-2026 BAKALAVR. KUNDUZGI #abituriyent Jami: 155 ming 852 ta. 2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. 👉 @xushnudbek 👈
❗️Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi #abituriyent Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi. Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi. ❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi? Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. ❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi? Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. 📋 Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati bu yerda. 👉 @xushnudbek 👈
❗️Бугун Тошкентда йилнинг энг катта концерти бўлади — мутлақо бепул! Бугун, 30 июнь куни соат 19:00 да Олимпия шаҳарчасида “Ёшлар куни” муносабати билан катта галаконцерт бўлиб ўтади. Унда эстраданинг ёрқин юлдузлари келиб, ёшлар учун ўзларининг энг хит қўшиқларини куйлашади. Кириш мутлақо бепул! Олимпия шаҳарчасида ёшларни унутилмас ва такрорланмас лаҳзалар, ҳақиқий байрам шодиёнаси кутмоқда! Тўйиб-тўйиб, маза қилиб яйрайдиган кун бугун. Бунақа атмосфера, бунақа байрам ҳар куни ҳам бўлавермайди. Албатта бориб, хурсандчилик қилиш керак! 👍 Канал👉@Shov_ShuvUz✅️
🎓 В Чирчикском филиале Ташкентского государственного медицинского университета начался приём на 2026/2027 учебный год! Чирчикский филиал Ташкентского государственного медицинского университета объявляет о начале приёма документов от абитуриентов на 2026/2027 учебный год. 🔹 В филиале осуществляется подготовка специалистов по следующим направлениям: • Лечебное дело • Педиатрия • Фармация • Психология • Высшее сестринское дело 📚 Одними из приоритетных задач филиала являются подготовка конкурентоспособных специалистов на основе современных образовательных стандартов, расширение возможностей практической подготовки и трудоустройства студентов, а также развитие обучения при участии опытных профессоров-преподавателей и в рамках международных программ сотрудничества. 🌍 В филиале созданы: ✅ современная образовательная среда; ✅ высококвалифицированный профессорско-преподавательский состав; ✅ программы международного сотрудничества; ✅ практико-ориентированная система обучения; ✅ комфортная и дружелюбная атмосфера. 📝 Приём документов осуществляется в онлайн-формате с 5 июня по 25 июня 2026 года. 📍 Адрес: Ташкентская область, город Чирчик, улица Ломоносова, дом 7. 📞 Для справок: (+998 99) 491-45-21 (+998 99) 490-45-21 🔹 «Современная медицина — это наука, инновации и качество!» Начните строить своё будущее уже сегодня! Добро пожаловать в Чирчикский филиал Ташкентского государственного медицинского университета! 🎓✨
🎓 TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI CHIRCHIQ FILIALIDA 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANDI! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi. 🔹 Filialda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish imkoniyati mavjud: • Davolash ishi • Pediatriya ishi • Farmatsiya • Psixologiya • Oliy hamshiralik ishi 📚 Talabalarga zamonaviy ta’lim standartlari asosida bilim berish, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, tajribali professor-o‘qituvchilar hamda xalqaro hamkorlik dasturlari orqali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash filialning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. 🌍 Filialda: ✅ zamonaviy o‘quv muhit; ✅ malakali professor-o‘qituvchilar; ✅ xalqaro hamkorlik dasturlari; ✅ amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi; ✅ qulay va do‘stona muhit yaratilgan. 📝 Hujjatlar 2026-yil 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda qabul qilinadi. 📍 Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Lomonosov ko‘chasi, 7-uy. 📞 Murojaat uchun: (+998 99) 491-45-21 (+998 99) 490-45-21 🔹 “Zamonaviy tibbiyot — ilm, innovatsiya va sifat bilan!” Kelajagingizni bugundan boshlang! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida sizni kutamiz.

🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi. 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 30-iyunga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi. ✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32; ✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
🎓 TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI CHIRCHIQ FILIALIDA 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANDI! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi. 🔹 Filialda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish imkoniyati mavjud: • Davolash ishi • Pediatriya ishi • Farmatsiya • Psixologiya • Oliy hamshiralik ishi 📚 Talabalarga zamonaviy ta’lim standartlari asosida bilim berish, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, tajribali professor-o‘qituvchilar hamda xalqaro hamkorlik dasturlari orqali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash filialning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. 🌍 Filialda: ✅ zamonaviy o‘quv muhit; ✅ malakali professor-o‘qituvchilar; ✅ xalqaro hamkorlik dasturlari; ✅ amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi; ✅ qulay va do‘stona muhit yaratilgan. 📝 Hujjatlar 2026-yil 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda qabul qilinadi. 📍 Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Lomonosov ko‘chasi, 7-uy. 📞 Murojaat uchun: (+998 99) 491-45-21 (+998 99) 490-45-21 🔹 “Zamonaviy tibbiyot — ilm, innovatsiya va sifat bilan!” Kelajagingizni bugundan boshlang! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida sizni kutamiz.
Assalomu alaykum, hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz xodimlar hamda qadrli talabalar! Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Qurbon hayiti – mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va insoniy fazilatlarni ulug‘laydigan, qalblarga nur va xonadonlarga fayzu baraka olib kiradigan ulug‘ bayramdir. Ushbu muborak ayyom barchamizni ezgu amallar sari chorlab, hamjihatlik va mehr rishtalarini yanada mustahkamlasin. Muqaddas bayram kunlarida har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka, sihat-salomatlik hamda baxt-u saodat tilayman. Talabalarimizga ilm yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, ustoz va xodimlarimizga sharafli faoliyatlarida zafarlar yor bo‘lsin. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, dasturxonlaringiz to‘kin bo‘lsin! Qilgan ezgu niyat va ibodatlaringiz ijobat bo‘lsin. Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali direktori Sultan Gafurdjon Nematbekovich
✨Hurmatli ota-onalar va talabalar! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq malakaviy amaliyotlar boshlandi. Filial ichki tartib-qoidalariga asosan malakaviy amaliyotlar Toshkent viloyatidagi biriktirilgan davolash muassasalarida tashkil etiladi. Mazkur amaliyotlar o‘quv rejasining majburiy qismi hisoblanadi hamda undan qarzdor talabalar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi. ❗️Shuningdek, o‘quv jarayoni jadvaliga ko‘ra, o‘quv haftalari iyun oyining 3–4-haftalarigacha davom etadi. Malakaviy amaliyotlarni filialga yaqin hududlarda tashkil etish nazorat va monitoring jarayonlarini samarali olib borishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan barcha talabalar belgilangan tartiblarga amal qilishlarini so‘raymiz. Hurmatli ota-onalar, mazkur jarayonlarni sifatli amalga oshirishda sizning qo'llab-quvvatlashingiz biz uchun muhim. Hurmat bilan, Filial o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari B.Q.Nurmatov.
🏆 Qiymati salkam 1.000.000 lik sovrinlar: TDTU Chirchiq filiali "Yoshlar Ittifoqi" boshlang'ich tashkiloti marrasiga qoʻshiling! • “Mutolaa” da TDTU Chirchiq filiali "Yoshlar ittifoqi" kubogiga qoʻshiling va buyuk muhaddis imom al-Buxoriy hayotlari haqida hikoya qiluvchi “Sohilsiz dengiz ” asarini mutolaa qiling. • 16 kun davomida kuniga 23 daqiqadan kitobni mutolaa qilamiz va so’nggida hamma mutolaa ilovasida test ishlaydi! 🎁 Imtihonda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 🥇 1-3 oʻrinlarga: Pul mukofotlari va tashakkurnomalar bilan taqdirlanadi. 🏆 Shuningdek, TOP 5 nafar kitobxonlar 1 yillik Mutolaa Premium bilan taqdirlanadilar. 👇 Quyidagi havola orqali Marraga qoʻshilishingiz mumkin: https://mutolaa.com/davra/post/279228 Savollar uchun: @norboyev_m
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи