tgindex
Transport nazorati inspeksiyasi

Transport nazorati inspeksiyasi

Статистика

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Sayt: https://gov.uztn.uz E-mail: devon@uztn.uz Ishonch tel: 712020302(442) Korrupsiya holatlari bo`yicha: 71-202-03-02 (515) Telegram bot: @anticorruption_uztn_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
08:48
Постов за неделю
15
Всего постов
150
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 445
+2 за 5 дн.
Сутки
+2
+0,14%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
405
40 постов
Вовлечённость
28,0%
к подписчикам
Постов в день
2,1
всего 150
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
248
1/48двое суток
284
1/72трое суток
306

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🚛 MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA!!! Mamlakatimiz transport-logistika tizimini raqamlashtirish doirasida yuk tashuvlari shaffofligi va samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan E-logistika raqamli platformasining Telegram kanali ishga tushirildi. Endilikda platformada e’lon qilingan mavjud yuklar haqidagi e’lonlarni real vaqt rejimida Telegram kanali orqali kuzatib borish mumkin. ⚠️ Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda yuklarni hech qanday o‘rtakashlarsiz va shubhali dispetcherlar ishtirokisiz aynan E-logistika platformasi orqali oling. ‼️ Transport vazirligi barcha bozor ishtirokchilarini ushbu platforma imkoniyatlaridan keng foydalanishga chaqiradi. Sizning faol ishtirokingiz sohadagi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish, turli “kulrang sxemalar”ning barbod bo‘lishi, har bir yukka munosib narx belgilanishi hamda sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishiga hissa qo‘shadi. 🚛 ВНИМАНИЮ НАЦИОНАЛЬНЫХ ПЕРЕВОЗЧИКОВ!!! В рамках цифровизации транспортно-логистической системы страны и в целях повышения прозрачности и эффективности грузоперевозок запущен Telegram-канал цифровой платформы E-logistika. Теперь объявления о доступных грузах, размещенные на платформе, можно отслеживать в режиме реального времени через Telegram-канал. ⚠️ Находите грузы для местных и международных перевозок напрямую через платформу E-logistika, без посредников и сомнительных диспетчеров. ‼️ Министерство транспорта призывает всех участников рынка активно использовать возможности данной платформы. Ваше активное участие будет способствовать сокращению доли теневой экономики в отрасли, пресечению различных "серых схем", установлению справедливой цены на каждый груз и развитию здоровой конкурентной среды.

  • 14 авг.198из Press_Secretary_Uz

    Президент Шавкат Мирзиёев подписал Конституционный Закон «Об Администрации Президента Республики Узбекистан». Хотя Администрация является единственным конституционным институтом, обеспечивающим деятельность Президента и реализацию его конституционных полномочий в организационном, правовом и аналитическом плане, в законодательном регулировании ее взаимодействия с государственными органами существовал правовой пробел. Теперь эти вопросы урегулированы новым законом. Законодательное регулирование деятельности Администрации в пределах ее действующих полномочий по организации исполнения указов, постановлений, распоряжений и поручений главы государства укрепляет правовые основы института президентства. В международной практике закрепление правового статуса института, обеспечивающего деятельность Президента, на уровне закона является институциональным стандартом президентского управления. Закон состоит из 4 глав и 34 статей. В нем получили законодательное оформление конституционные механизмы обеспечения деятельности Президента в рамках действующих полномочий Администрации. В частности: – Администрация определена как государственный орган, обеспечивающий реализацию полномочий Президента Республики Узбекистан в организационном, правовом и аналитическом плане; – Администрация формируется Президентом, осуществляет деятельность по определенным им основным направлениям, непосредственно подчиняется и подотчетна Президенту. Законом определены основные задачи Администрации: – организационное, правовое и аналитическое обеспечение реализации конституционных полномочий Президента Республики Узбекистан; – подготовка проектов указов, постановлений и распоряжений Президента, а также его поручений, организация и контроль их исполнения, содействие их реализации; – разработка новых инициатив Президента по вопросам социально-экономического и общественно-политического развития страны; – организация открытого и прямого диалога с населением и предпринимателями, выработка решений по волнующим их вопросам; – подготовка законов для подписания или возвращения; – организация подготовки Послания Президента Олий Мажлису; – координация деятельности государственных органов и организаций, непосредственно подчиненных и подотчетных Президенту, и другие. Кроме того, законом определены правовой статус и задачи Руководителя Администрации, нормы, касающиеся назначения на должность и освобождения от должности руководящих работников и должностных лиц Администрации, созданы правовые основы организации деятельности Совета безопасности при Президенте. В рамках обеспечения деятельности Президента Администрация взаимодействует с парламентом, Правительством, министерствами и ведомствами, местными хокимиятами, органами судебной власти и судейского сообщества. Администрация координирует деятельность государственных органов, непосредственно подчиненных Президенту, готовит предложения по их совершенствованию и вносит их Президенту. Также предусмотрены меры социальной, экономической и правовой защиты сотрудников Администрации при выполнении ими служебных обязанностей. Принятие Конституционного закона об Администрации Президента послужит выведению на новый этап проводимых в Новом Узбекистане реформ, направленных на утверждение ценности и достоинства человека, повышение благосостояния народа, преобразование государственных органов в открытую и подотчетную систему, служащую народу, а также укрепление авторитета нашей страны на международной арене. Facebook|Instagram|X

  • 14 авг.1913из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi — Распоряжение Президента Республики Узбекистан «О награждении нагрудным знаком "Фаол тадбиркор"» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni — Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении в связи с Днем предпринимателей группы представителей сферы» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi. — Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о ходе подготовки к очередному открытому диалогу с предпринимателями. #Mirziyoyev #hisobot #tadbirkorlik #ochiqmuloqot Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • YANGI DAVR | Toshkent shahrida 2026-yil boshidan buyon avtobuslarda yo‘l haqi to‘lamasdan yurgan 80 mingga yaqin yo‘lovchi jarimaga tortildi #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlari muhokama qilindi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i Nig'matjon Komilov boshchiligida 2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda Transport vazirligi markaziy apparati departament, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, hududiy transport boshqarmalari hamda vazirlik tizim tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Jumladan, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Transport nazorati inspeksiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJ, “Toshkent metropoliteni” AJ, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK va boshqa tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’ruzalari eshitildi. Muhokamalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xodimlarning huquqiy bilimini oshirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda sohada inson omilini qisqartirishga qaratilgan raqamli yechimlarni keng joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida 2026-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun ustuvor vazifalar, rejalar va takliflar ishlab chiqildi. Xususan, korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni o‘rganish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va komplayens nazorati samaradorligini oshirish belgilandi. Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, sohada halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi. Обсуждены итоги первого полугодия 2026 года в области борьбы с коррупцией В Министерстве транспорта Республики Узбекистан под руководством начальника Отдела по противодействию коррупции Нигматжона Комилова обсудили работу, проделанную в первом полугодии 2026 года в сфере противодействия коррупции, выявления и устранения коррупционных рисков, а также обеспечения открытости и прозрачности. В совещании приняли участие начальники департаментов, управлений и отделов центрального аппарата Министерства транспорта, ответственные сотрудники территориальных управлений транспорта и организаций системы министерства. В частности, были заслушаны доклады Комитета по автомобильным дорогам, Агентства гражданской авиации, Инспекции транспортного контроля, АО "Узбекистон темир йуллари", АО "Uzbekistan Airways", АО "Uzbekistan Airports", АО "Тошшахартрансхизмат", ГУП "Ташкентский метрополитен", ГУП Центр "Узаэронавигация" и других организаций о проделанной ими работе в сфере противодействия коррупции. В ходе обсуждений было уделено внимание вопросам снижения коррупционных рисков, предотвращения конфликта интересов, повышения правовых знаний сотрудников, усиления профилактических мероприятий и широкого внедрения цифровых решений, направленных на сокращение человеческого фактора в отрасли. По итогам совещания были разработаны приоритетные задачи, планы и предложения на второе полугодие 2026 года. В частности, было намечено изучение направлений с высоким риском коррупции, усиление разъяснительной работы по предотвращению конфликта интересов и повышение эффективности комплаенс-контроля. Будет последовательно продолжена работа по формированию нетерпимого отношения к коррупции, укреплению в отрасли принципов честности, открытости и прозрачности.

  • Inspeksiya xodimlari futbol maydonida kuch sinashdi Transport nazorati inspeksiyasida “Juma - sport kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan xodimlar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Inspeksiyaning markaziy apparati, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri hududiy bo‘limlari xodimlari o‘zaro kuch sinashdilar. ⚡️ Futbol maydonida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Har bir uchrashuv sog‘lom raqobat va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Musobaqa nafaqat xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, balki jamoada do‘stona muhit, o‘zaro hamkorlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Transport nazorati inspeksiyasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviy ruhni yanada mustahkamlashga qaratilgan sport tadbirlari izchil davom ettiriladi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе

  • Hackathon g‘oliblari aniqlandi 6 – 8 - avgust kunlari poytaxtimizda transport sohasida sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilk National Transport Hackathon bo‘lib o‘tdi. Uch kun mobaynida jamoalar mamlakat transport sohasiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqdilar. Uchta yo‘nalish bo‘yicha quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi: Hackathon 1-trek “Aholi mobilligini oshirish uchun maxsus servislar” yo‘nalishida 1-o‘rinni VorteX jamoasi “QATNOV” loyihasi 2- o‘rinni AlmaCode jamoasi “EasyPay” loyihasi 3- o‘rinni AYSLATTE jamoasi “ЯСамокат” loyihasi Hackathon 2-trek “Transport vazirligi axborot tizimlariga sun’iy intellektni joriy etish” yo‘nalishida 1 - o‘rinni Dominify jamoasi “Aibus” loyihasi 2 - o‘rinni 5dev jamoasi “Permit Flow” loyihasi 3 - o‘rinni TransportBrain jamoasi “TransportBrain Studio” loyihasi Hackathon 3-trek “Katta transport ma’lumotlarini tahlil qilish” yo‘nalishida 1 - o‘rinni 21 jamoasi “Vector” loyihasi 2 - o‘rinni Qamrov AI jamoasi “Qamrov AI” loyihasi 3 - o‘rinni Developers jamoasi “Oqim” loyihasi Определены победители хакатона 6-8 августа в нашей столице прошёл первый National Transport Hackathon, направленный на развитие экосистемы искусственного интеллекта в сфере транспорта, внедрение цифровых технологий и поддержку молодых специалистов. В течение трёх дней команды разрабатывали инновационные решения по внедрению технологий искусственного интеллекта в транспортную отрасль страны, а также по анализу больших данных. Победу в трёх направлениях одержали следующие команды: 1-трек хакатона "Специальные сервисы для повышения мобильности населения": 1-е место — команда VorteX с проектом "QATNOV" 2-е место — команда AlmaCode с проектом "EasyPay" 3-е место — команда AYSLATTE с проектом "ЯСамокат" 2-трек хакатона "Внедрение искусственного интеллекта в информационные системы Министерства транспорта": 1-е место — команда Dominify с проектом "Aibus" 2-е место — команда 5dev с проектом "Permit Flow" 3-е место — команда TransportBrain с проектом "TransportBrain Studio" 3-трек хакатона "Анализ больших транспортных данных": 1-е место — команда 21 с проектом "Vector" 2-е место — команда Qamrov AI с проектом "Qamrov AI" 3-е место — команда Developers с проектом "Oqim"

  • 7 авг.4321из shmirziyoyev

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • #OAV_BIZ_HAQIMIZDA Transport nazorati inspeksiyasi Axborot xizmati boshlig‘i Firdavs Xayriddinov "O‘zbekiston" radiosi "Jarayon" eshittirishida ishtirok etib, joriy yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan nazorat tadbirlar, qonunchilikdagi yangiliklar, shu jumladan, O`zbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi O`RQ-1118-son Qonuni mazmun-mohiyati, amaliyotda qo`llanishi yuzasidan ma’lumot berdi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе

  • без подписи

  • Tadbirkorlar va mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l-qurilish ishlarini nazorat qilish boshqarmasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlari vakillari, buyurtmachi tashkilotlar hamda loyiha tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalash, qurish hamda rekonstruksiya qilish jarayonlarida amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish, qurilish ishlari sifatini ta’minlash va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yo‘l-qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning murojaat va takliflari yuzasidan mutaxassislar tomonidan huquqiy hamda amaliy tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida yo‘l-qurilish ishlari sifatini yanada oshirish, buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе