"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
СтатистикаRasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar: https://hipolink.net/utyaj Elektron chiptalarni xarid qilish: chipta.railway.uz Yo‘lovchilarni tashish: https://t.me/uzrailpassuz Yuklarni tashish: https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 39
- Всего постов
- 95
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 985
- 1/48двое суток
- 2 274
- 1/72трое суток
- 2 452
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
Yoʻlovchilarning yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi haqidagi fikrlari ✅ Tanlovingiz uchun minnatdormiz! “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati 📱Telegram 📱Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
TEMIR YO‘L OSTIDАN TEMIR BETON TONNELLАRI QURILISHI DАVOM ETMOQDА. 👍👍👍👍👍👍 12-avgust kuni, yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdlar harakatlanadigan temir yo‘l uchastkalarida aholi va chorva mollari temir yo‘llarni xavfsiz kesib o‘tishini taʼminlash maqsadida, “Toshkent MTU” filialiga qarashli 📌Yangiyo‘l-Paxta temir yo‘l stansiyalari oraligʼining 3406-km 4-piketida temir yo‘l ostidan temir beton tonneli qurilishi nihoyasiga yetkazildi. “Okno” vaqtiga to‘gʼri kelgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi Аfrosiyob, Jaloliddin Manguberdi va tezyurar yo‘lovchi poyezdlari, shaharlararo qatnovchi hamda yuk poyezdlari Yangiyo‘l-Paxta temir yo‘l stansiyalari oraligʼining toq yo‘lidan jadval asosida o‘tkazildi. “Okno” vaqtida poyezdlar harakati xavfsizligini, mehnat muhofazasini taʼminlash, bajarilgan ishlarning sifati, “Toshkent MTU” filiali bosh muhandisi M.Sodiqov hamda Filial boshligʼi o‘rinbosari X.Djalolovlar tomonidan nazorat qilib borildi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
+3
Tashish jarayonlarini takomillashtirish va harakat xavfsizligini ta’minlash — muhim vazifa "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ hamda Qorovulbozor temir yo‘l stansiyasida tashish jarayonlarini yanada takomillashtirish, harakat xavfsizligini ta’minlash va yuk tashish hajmini oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Tashishlarni tashkil etish departamenti boshlig‘i F.R. Narbayev, Yagona dispetcherlik markazi hamda Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari boshchiligidagi mutaxassislar ishtirok etdi. 🔹 Muloqot davomida yuk tashish jarayonlarini samarali tashkil etish; 🔹 Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash; 🔹 Yuk tashish hajmini oshirish; 🔹 Mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tashish jarayonlarining barqarorligini ta’minlash, yuk tashish ko‘rsatkichlarini oshirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi. Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
+3
HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNIDA 👍👍👍👍👍👍 “Toshkent MTU” filiali boshligʻining birinchi oʻrinbosari SH.Nurmatov boshchiligidagi ishchi guruh 12-avgust kuni 📌" Toshkent- Angren" yoʻnalishidagi temir yoʻl uchastkalarida boʻlib, poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdilar. Xususan, Toʻqimachi, Sergeli, Jaloyir, Kuchluk, Toʻy tepa, Ozodlik stansiyalari hududida yoʻl, aloqa, energiya ta'minoti xoʻjaliklarining ish faoliyati oʻrganildi. Shuningdek, har bir temir yoʻl uchastkasida temir yoʻl atrofining estetik holati koʻzdan kechirildi. Poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlashga toʻsiq boʻladigan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf qilish, temir yoʻl atrofining estetik holatini yanada yaxshilash borasida mas'ul xodimlarga koʻrsatmalar berildi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
+3
ZAMONAVIY YO‘L O‘TKAZGICH QURILISHI DAVOM ETMOQDA 👍👍👍👍👍👍 Zangiota tumanidagi S.Rahimov — O‘rtaovul stansiyalari oralig‘i 📌 3384 km 4- piketidagi temir yo‘l kesishmasi o‘rnida zamonaviy yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda. Joriy yil iyun oyining dastlabki kunlarida qurilishi boshlangan ushbu manzilda, hozirgacha, mavjud temir yo‘l kesishmasi o‘rnida uzunligi 23,6 metr bo‘lgan zamonaviy yo‘l o‘tkazgich barpo etildi.⭐️⭐️ Ushbu yangi temir yo‘l ko‘prigidan barcha poyezdlar qatnovi amalga oshirilmoqda. Ayni kunda temir yo‘l ostidan avtomobillar va aholi o‘tishi uchun yo‘l qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Harakat xavfsizligi kunida “Toshkent MTU” filiali rahbariyati tomonidan mazkur qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu inshoot foydalanishga topshirilgach, transport oqimining uzluksizligi ta’minlanadi, tirbandliklar sezilarli darajada kamayadi hamda aholi va haydovchilar uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи