tgindex
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

Статистика

“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/ Website: https://uzrailpass.uz/ Elektron chiptalar: https://eticket.railway.uz

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
16 433
+278 за 4 дн.
Сутки
+55
+0,34%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
7 691
27 постов
Вовлечённость
46,8%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 27
Упоминаний
11
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
4 196
1/48двое суток
4 808
1/72трое суток
5 186

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 авг.4 731229

    Hurmatli yo’lovchilar, AСУ «Экспресc» tizimida profilaktik ishlar olib borilishi sababli bugun 2026-yilning 11-avgust kuni soat 12:00 dan 13:00 gacha barcha chiptaxonalarida va eticket.railway.uz saytida texnik tanaffus e’lon qilinadi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz. Tizim 13:00 dan soʻng ishlashni davom etadi. 🚉“O’ztemiryo’lyo’lovchi” matbuot xizmati - Уважаемые пассажиры, в связи с проведением профилактических работ в системе АСУ «Экспресc» сегодня 11 августа 2026 во всех железнодорожных кассах а также на сайте eticket.railway.uz с 12:00 по 13:00 объявляется технический перерыв. Приносим свои извинения за доставленные неудобства. Система возобновит свою работу после 13:00. 🚉Пресс-служба АО “O’ztemiryo’lyo’lovchi” 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  • 11 авг.9 788428

    YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA! Texnik sabablarga ko‘ra, ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi. 🚆 56-sonli “Toshkent Janubiy — Xiva” poyezdi 11, 12, 14 va 15-avgust kunlari Toshkent Janubiy — Urganch yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 🚆 55-sonli “Xiva — Toshkent Janubiy” poyezdi 12, 13, 15 va 16-avgust kunlari Urganch — Toshkent Janubiy yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 🚆 125-sonli “Andijon-1 — Xiva” poyezdi 10, 11, 14 va 15-avgust kunlari Andijon-1 — Urganch yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 🚆 126-sonli “Xiva — Andijon-1” poyezdi 11, 12, 15 va 16-avgust kunlari Urganch — Andijon-1 yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 🚆 76-sonli “Toshkent Janubiy — Xiva” poyezdi 10-avgust kuni Toshkent Janubiy — Urganch yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 🚆 75-sonli “Xiva — Toshkent Janubiy” poyezdi 11-avgust kuni Urganch — Toshkent Janubiy yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 🎫 Mazkur kunlarda “Urganch — Xiva — Urganch” oralig‘i uchun sotib olingan chiptalar qiymati yo‘lovchilarga to‘liq qaytariladi. Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olishlarini so‘raymiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  • 10 авг.4 57876

    Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikrlar va kelib tushgan savollarga javob ➕Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzalidagi eskalatorlardan yirik hajmdagi chamadon va bagajlar bilan foydalanish yuzasidan fikrlar bildirilmoqda. ➡️ Ma’lum qilamizki, vokzalda o‘rnatilgan zamonaviy eskalatorlar yo‘lovchilarning qulay va xavfsiz harakatlanishiga xizmat qiladi. ❗️ Eskalatorlardan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etish muhim. Amaldagi xavfsizlik qoidalariga ko‘ra, eskalator zinalari va qo‘l tutqichlari ustiga yirik hajmdagi bagaj yoki qo‘l yuklarini qo‘yish tavsiya etilmaydi. Shu sababli eskalator zinasiga xavfsiz joylashtirish imkoni bo‘lmagan yirik hajmdagi chamadon va bagajlar bilan harakatlanishda muqobil yo‘laklardan foydalanish tavsiya etiladi. ❗️ Xususan, vokzalda yo‘lovchilar uchun zamonaviy kutish zallari, VIP-zal, restoran va lounge hududlari, oilaviy hududlar, bolalar o‘yin maydonchasi hamda kichik bolali ota-onalar uchun maxsus xonalar mavjud. 📞 Vokzal hududida yo‘lovchilar uchun bepul Wi-Fi xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. 📌 Shuningdek, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar, keksalar, bemorlar hamda harakatlanishda qo‘shimcha yordamga ehtiyoj sezadigan fuqarolar uchun maxsus aravachalar va tegishli xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 📝 Yo‘lovchilarning fikr va takliflarini o‘rganish ham doimiy e’tiborda. Vokzal va yo‘lovchi vagonlarida maxsus QR-kodlar orqali taklif, murojaat va e’tirozlarni yuborish imkoniyati yaratilgan. Kelib tushayotgan murojaatlar mas’ullar tomonidan o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. 📌 Vokzallarda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, mavjud infratuzilmani takomillashtirish hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ishlar doimiy davom ettirilmoqda. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  • 3 авг.8 6241712

    #Axborot24 | 01.08.2026 Temir yo‘l transporti tizimidagi islohotlar xalqimiz farovonligi va iqtisodiyot rivojiga xizmat qiladi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)

  • 2 авг.9 4371350

    🚆 “Po‘lat izlar bo‘ylab zakovat sari” — bilim va jamoaviy hamjihatlik bellashuvi! “Temir yo‘l transporti xodimlari kuni” munosabati bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tizimida xodimlar o‘rtasida “Po‘lat izlar bo‘ylab zakovat sari” nomli zakovat bellashuvi tashkil etildi. ➕Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilim va salohiyati, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. 🏆 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan xodimlar “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati hamda Xotin-qizlar kengashi nomidan qimmatbaho sovg‘alar va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. 🎉 Mazkur tadbir temir yo‘l sohasi xodimlari o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, ularning bilim va intellektual salohiyatini oshirish hamda kasb bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlashga xizmat qildi. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  • 1 авг.8 8243242

    🚆 TEMIRYO‘LCHILAR — MAMLAKAT TARAQQIYOTIGA HISSA QO‘SHAYOTGAN FIDOYI KASB EGALARI Barcha temiryo‘lchilarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Temiryo‘l sohasi mamlakatimiz iqtisodiyoti, hududlar taraqqiyoti hamda yo‘lovchi va yuk tashish tizimining uzluksiz faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Ushbu sohada mehnat qilayotgan fidoyi xodimlarning kasbiy mahorati, yuksak mas’uliyati va mashaqqatli mehnati tufayli minglab insonlar o‘z manziliga xavfsiz va qulay yetib bormoqda. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz. Sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar, yangi marralar hamda zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin! 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  • 31 июл.9 56234

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.10,3 тыс35

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.10,1 тыс34

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.8 40034

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.8 04835

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.8 13937

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.7 46037

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.7 43936

    видео или голосовое, без подписи

  • +8
    31 июл.6 6943434

    Temiryo‘lchilarning fidokor mehnati munosib taqdirlandi 🚉 “O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘l transporti xodimlari kuni” munosabati bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati tomonidan sohada uzoq yillardan buyon sadoqat bilan faoliyat yuritib kelayotgan, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashuvchi ilg‘or va fidoiy xodimlar rag‘batlantirildi. Bu e’tirof — fidokorona xizmat, tinimsiz mehnat va halollik bilan o‘z kasbiga munosib hissa qo‘shayotgan har bir temiryo‘lchiga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorlik ifodasidir. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  • 31 июл.5 35629

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.5 26829

    видео или голосовое, без подписи

  • +2
    31 июл.4 4103032из uzrailways_uz

    Bugun O‘zbekiston temiryo‘lchilari o‘z kasb bayramini nishonlamoqda Bugun, 2026-yil 31-iyul kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining markaziy boshqaruvida Temir yo‘l transporti xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi …BATAFSIL O’QISH BU YERDA⬅️ Сегодня железнодорожники Узбекистана отмечают свой профессиональный праздник Сегодня, 31 июля 2026 года, в центральном управлении акционерного общества «Узбекистон темир йуллари» состоялось торжественное собрание, приуроченное ко Дню работников железнодорожного транспорта …ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️ |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  • 30 июл.9 8141474

    YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA! Texnik sabablarga ko‘ra, 2026-yil 31-iyuldan 10-avgustga qadar ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Mazkur kunlarda quyidagi poyezdlar Xiva bekatigacha emas, Urganch bekatigacha harakatlanadi: ✅ 752-sonli “Toshkent Yo‘lovchi — Xiva” poyezdi 31-iyuldan 10-avgustga qadar Toshkent Yo‘lovchi bekatidan Urganch bekatigacha; ✅ 751-sonli “Xiva — Toshkent Yo‘lovchi” poyezdi 1-avgustdan 10-avgustga qadar Urganch bekatidan Toshkent Yo‘lovchi bekatigacha; ✅ 56-sonli “Toshkent Janubiy — Xiva” poyezdi 31-iyul hamda 1, 4, 5, 7 va 8-avgust kunlari Toshkent Janubiy bekatidan Urganch bekatigacha; ✅ 55-sonli “Xiva — Toshkent Janubiy” poyezdi 1, 2, 5, 6, 8 va 9-avgust kunlari Urganch bekatidan Toshkent Janubiy bekatigacha; ✅ 125-sonli “Andijon-1 — Xiva” poyezdi 31-iyul hamda 1, 3, 4, 7 va 8-avgust kunlari Andijon-1 bekatidan Urganch bekatigacha; ✅ 126-sonli “Xiva — Andijon-1” poyezdi 1, 2, 4, 5, 8 va 9-avgust kunlari Urganch bekatidan Andijon-1 bekatigacha; ✅ 76-sonli “Toshkent Janubiy — Xiva” poyezdi 3-avgust kuni Toshkent Janubiy bekatidan Urganch bekatigacha; ✅ 75-sonli “Xiva — Toshkent Janubiy” poyezdi 4-avgust kuni Urganch bekatidan Toshkent Janubiy bekatigacha harakatlanadi. Shuningdek, Urganch hamda Xiva bekatlari oraligʻiga mazkur poyezdlar harakatiga muvofiq bepul Avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Poyezdlar ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda amaldagi harakat jadvali asosida qatnaydi. Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olishlarini so‘raymiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  • 30 июл.6 8781386

    YOʻLOVCHILAR DIQQATIGA! Joriy yilning 3-avgust kuni “Angren -Koʻl” bekatlari oraligʻidagi temir yo‘l izlarida kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakati 1 reysga bekor qilinadi hamda ayrim qatnovlar yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Shunga ko‘ra: 🔹 2026-yil 2-avgust kuni 734-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi bekor qilinadi. 🔹 2026-yil 3-avgust kuni 733-sonli “Andijon – Toshkent” yo‘lovchi poyezdlari qatnovi bekor qilinadi. 🔹 2026-yil 3-avgust kuni 730/729-sonli “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘lovchi poyezdi qatnovi bekor qilinadi. 🔹 2026-yil 3-avgust kuni 94-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi bekor qilinadi. 🔹 2026-yil 2-avgust kuni 92-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi bekor qilinadi. 🔹 2026-yil 2-avgust kuni 126/125-sonli “Xiva – Andijon” yo‘lovchi poyezdi Xiva bekatidan Toshkent Janubiy bekatiga qadar amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 🔹 2026-yil 3 va 4 -avgust kunlari 125/126-sonli “Andijon – Xiva” yo‘lovchi poyezdi Toshkent Janubiy bekatidan Xiva bekatiga qadar amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 🔹 2026-yil 3 -avgust kuni 129/130-sonli “Andijon – Termiz” yo‘lovchi poyezdi Toshkent Janubiy bekatidan Termiz bekatiga qadar amaldagi jadval asosida harakatlanadi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha oldindan xarid qilingan chiptalar qiymati amaldagi tartibda to‘liq qaytariladi. Yo‘lovchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! 🚉«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Vebsite 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook