TDYU Xotin-qizlar Kengashining rasmiy kanali!
Статистика⚖️ Maqsadimiz: -xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy faolligini oshirish; -oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirish TDYU XQMK rasmiy kanali, Kengash raisi - Xaydarova Umida Pulatovna
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 40
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 125
- 1/48двое суток
- 143
- 1/72трое суток
- 154
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ўзбекистонда аёл судьялар сони ортиб бормоқда Ўзбекистон тараққиётининг янги босқичида амалга оширилаётган туб демократик ислоҳотлар жараёнида хотин-қизларнинг иштироки тобора кенгайиб бормоқда. Янги Ўзбекистон шароитида барча соҳаларда бўлгани сингари одил судловни амалга оширишда ҳам аёл судьяларнинг ўрни ва роли ортиб бормоқда. Бу борадаги статистик маълумотларга мурожаат қиладиган бўлсак: 2025 йил 1 август ҳолатига кўра 229 нафар аёл судья фаолият юритган бўлса, 2026 йил 1 августга қадар яна 40 нафар аёл судьялик лавозимига тайинланди. Шу даврда 15 нафар аёл судья раҳбарлик лавозимларига ўтказилди. Бугунги кунда суд тизимида 264 нафар аёл судья фаолият юритмоқда. Шундан 6 нафари Олий суд ҳамда вилоят суди раиси ва ўринбосари, 76 нафари Олий суд, вилоят суди судьялари, 23 нафари туман судлари раиси ва ўринбосарлари лавозимда ишламоқда. Каналга уланиш: @sudyalaroliykengashi
#tanlov 📣 Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi! “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi. ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📋 Tanlov nizomi 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, OTM va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.
🔹🔹🔹🔹 AI loyihangiz bor-mi? Uni 1 million dollarlik imkoniyatga aylantiring! “President AI Award 2026” tanloviga arizalar qabuli boshlandi. 🔗 Batafsil... Есть AI-проект? Превратите его в возможность стоимостью 1 миллион долларов! Открыт прием заявок на участие в конкурсе President AI Award 2026. 🔗 Подробнее... 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
🔹🔹🔹🔹🔹 TDYU rektori xalqaro huquqning nufuzli ilmiy markazi — BIICL a’zoligiga qabul qilindi 🔗 Batafsil... Ректор ТГЮУ принят в члены авторитетного научного центра в области международного права BIICL 🔗 Подробнее... 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
👩🏻⚖️ Huquqshunos xotin-qizlar diqqatiga! 💫 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Adliya ayoli” tanloviga start berildi! 📆 Tanlovning universitet bosqichi joriy yilning 14-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 📄 Tanlov nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: 👉 Tanlov nizomi ✅ Ishtirok etishni istagan professor-o‘qituvchi yoki xodimlar 2026-yilning 11-avgust kuniga qadar TDYU Kadrlar bo'limi @khayrullayev_h orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi 📙 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @zakhroganiyeva @TDYU_Yoshlarvasport
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
⚡️Eng yaxshi g’oyalar kabinetlarda emas, xalq orasida tug’iladi. Har bir onaning, har bir otaning, har bir yoshning taklifi biz uchun qadrli. Shu maqsadda biz taklif.ayol.gov.uz elektron platformasini ishga tushirdik. Endi har bir inson xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oilalarni mustahkamlash bo’yicha o’z g’oyasi, tashabbusi va taklifini bevosita bizga yetkaza oladi. Taklif va tashabbuslaringiz mutaxassislar bilan puxta o’rganilib, amaliy faoliyatimizda o’z aksini topadi. Sizning bitta g’oyangiz minglab oilalar, ayollar va qizlar hayotini o’zgartirishi mumkin. ✔️taklif.ayol.gov.uz 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
Ҳиссий (эмоционал) интеллектингизни (EI) ривожлантиринг Ҳиссий интеллект (EI) — бу ўз ҳис-туйғуларингизни ҳамда бошқа инсонларнинг ҳиссиётларини англаш, тушуниш ва бошқариш қобилиятидир. Бу қобилият инсонга муносабатларда ва ҳаётда янада самарали бўлишга ёрдам беради. Психолог Трэвис Бредберри томонидан оммалаштирилган тадқиқотларга кўра, ҳиссий интеллект иш фаолияти самарадорлигининг тахминан 58 фоизи билан боғлиқ. Шунингдек, энг юқори натижаларга эришадиган ходимларнинг 90 фоизи юқори даражадаги ҳиссий интеллектга эга экани ва ҳиссий интеллекти юқори бўлган инсонлар ўртача даражадаги EI га эга бўлганларга қараганда йилига ўртача 29.000 АҚШ доллари атрофида кўпроқ даромад олиши қайд этилган. Ҳиссий интеллект тўртта асосий кўникмадан ташкил топади: • Ўзини англаш (Self-Awareness) — ўз ҳис-туйғуларини тан олиш, тушуниш ва уларнинг хатти-ҳаракатларига таъсирини англаш қобилияти. • Ўзини бошқариш (Self-Management) — ҳиссиётларни назорат қилиш, уларни тўғри бошқариш ва турли вазиятларга оқилона муносабат билдириш қобилияти. • Ижтимоий англаш (Social Awareness) — бошқа инсонларнинг ҳиссиётлари ва ҳолатини тушуниш, уларга ҳамдардлик (эмпатия) билдириш қобилияти. • Муносабатларни бошқариш (Relationship Management)— юқоридаги кўникмалардан фойдаланиб, бошқалар билан самарали муносабатларни яратиш, ривожлантириш ва сақлаб қолиш қобилияти.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!
#maqola ✨ Jarayon Yoshlar - mamlakatning eng qimmatli strategik resursi ✍️ Umida Haydarova, 🏛 TDYU dotsent v.b. "Inson va qonun" gazetasi № 27- son 7-iyul 2026-yil. ➰➰➰➰➰➰➰ ✍️ Статья Умиды Хайдаровой, и.о. доцента ТГЮУ Газета "Inson va qonun" № 27 от 7 июля 2026 года. Текст на узбекском языке. 👉@tsullibrary👈
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda "Jadid“ gazetasi tahririyati oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha iqtidorli talabalar uchun yirik ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi! Mukofot jamg‘armasi (umumiy) – 90 million so‘m! 🥇 1-o‘rin (1 ta): 25.000.000 so‘m + Diplom va kitoblar jamlanmasi. 🥈 2-o‘rin (2 ta): 10.000.000 so‘mdan (jami 20 mln). 🥉 3-o‘rin (3 ta): 5.000.000 so‘mdan (jami 15 mln). 🎁 Rag‘batlantiruvchi o‘rinlar (15 ta): 2.000.000 so‘mdan (jami 30 mln). Muddatlar: ↪️Qabul: 2026-yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar. ↪️Natijalar: Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi. ↪️Ijodiy ishlar maxsus Telegram bot orqali qabul qilinadi: @insho2026_bot ⚡️ Shoshiling, o‘z iqtidoringizni namoyon eting va g‘oliblikni qo‘lga kiriting! Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🔹🔹🔹 200 pogʻonalik oʻsish: xalqaro reytingda yangi natija “Oʻzbekiston 24” telekanalida Toshkent davlat yuridik universitetining Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “THE Sustainability Impact Ranking 2026”da erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan tantanali tadbir haqida reportaj namoyish etildi. ______ Рост на 200 позиций: новый результат в международном рейтинге На телеканале «Узбекистан 24» вышел репортаж о торжественном мероприятии, посвящённом достижениям Ташкентского государственного юридического университета в рейтинге THE Sustainability Impact Ranking 2026, опубликованном престижной британской международной рейтинговой организацией Times Higher Education (THE). 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
видео или голосовое, без подписи
🎉🎉🎉🎉 Aziz yoshlar, qadrli talabalar, yosh olimlar hamda Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi! Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, uning yorqin kelajagi va xalqimizning ezgu maqsadlari yoshlarning chuqur bilimi, yuksak intellektual salohiyati, tashabbuskorligi, bunyodkorlik ruhi hamda Vatanga cheksiz sadoqati bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, iqtidorini ro‘yobga chiqarishi hamda jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashi uchun keng imkoniyat va qulay sharoitlar yaratilmoqda. Bugun universitetimiz yoshlari xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sud jarayonlari simulyatsiyalari, sport musobaqalari va madaniy-ma’rifiy loyihalarda munosib ishtirok etib, yurtimiz sha’nini yuksaltirmoqda. Bu yutuqlar, avvalo, sizlarning intilishlaringiz, mehnatsevarligingiz va yuksak maqsadlar sari qat’iy harakatlaringiz samarasidir. Sizlarning intellektual salohiyatingiz, tashabbuskorligingiz va fidoyiligingiz mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat hamda kuchli fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Ishonamanki, sizlar nafaqat yetuk huquqshunos mutaxassislar, balki adolat, qonun ustuvorligi va inson qadrini ulug‘lash tamoyillariga sodiq, Vatan ravnaqi uchun mas'uliyatni chuqur his etadigan barkamol avlod bo‘lib kamol topasiz. Aziz yoshlar! Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu orzu va maqsadlaringiz ro‘yobini tilayman. Yangi marralarni zabt etishdan, izlanish va o‘rganishdan aslo to‘xtamang. 30-iyun — Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan Baxshillo Xodjayev, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, professor, yuridik fanlar doktori 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Assalom aleykum va xayrli tong barchaga! 🔹Aziz, yosh, yorqin va istiqbolli yoshlarimiz! Yoshlar kuni munosabati bilan sizlarni samimiy tabriklaymiz! ⚜️ Hayotdan zavqlaning, uning har bir lahzasini qadrlang, ilhomlaning, yangi qirralaringizni kashf eting va orzularingizni ro‘yobga chiqaring. ⚜️ Yangi ufqlarni zabt eting, ko‘proq sayohat qiling va dunyoni kashf eting. 🎉 Sizlarga omad, cheksiz ijobiy kayfiyat va jo‘shqin energiya tilaymiz. Sizning avlodingiz - mamlakatimiz kelajagi! Hurmat bilan, TDYU Xotin-qizlar kengashi. 📝📝📝📝📝📝📝📝📝📝 Dear young, bright and ambitious generation, congratulations on Youth Day! ⚜️ Enjoy life, cherish every moment, stay inspired, keep creating, and fulfil your dreams and potential. ⚜️ Embrace new opportunities, broaden your horizons, travel more, and discover the world. 🎉 Wishing you every success, endless positivity, and boundless energy. Your generation is the future of our nation. With best regards, TSUL Women's Council. 📝📝📝📝📝📝📝📝📝 Дорогие молодые, яркие и целеустремлённые друзья! Поздравляю вас с Днём молодёжи! ⚜️ Наслаждайтесь жизнью, цените каждое её мгновение, вдохновляйтесь, творите, развивайтесь и смело воплощайте свои мечты в реальность. ⚜️ Открывайте новые горизонты, больше путешествуйте, познавайте мир и стремитесь к новым достижениям. 🎉 Желаем вам удачи, неиссякаемой энергии, вдохновения и позитивного настроя. Именно за вашим поколением - будущее нашей страны! С уважением, Совет по делам женщин и девушек ТГЮУ.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi BMT Taraqqiyot dasturi hamda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashishda jurnalistik surishtiruvlar bo'yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ikki kunlik treningda ishtirok etish uchun tanlov eʼlon qiladi. 📅 Trening sanasi: 2026-yil 7–8 avgust 📍O‘tkazilish joyi: Toshkent viloyati Tanlovda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusini yoritib kelayotgan yoki mazkur yo‘nalishga qiziquvchi jurnalistlar, blogerlar hamda jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin. Trening dasturi quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi: ▫️ jurnalistik surishtiruvlarni rejalashtirish va o‘tkazishning zamonaviy usullari; ▫️ ochiq manbalardan maʼlumot izlash, tekshirish va tahlil qilish, hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, raqamli vositalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish; ▫️ jurnalistlarning huquqiy va raqamli xavfsizligi, axborot manbalarini himoya qilish, kasbiy etika hamda axborot olish huquqi; ▫️ surishtiruv jurnalistikasi bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tajriba, shuningdek, OAV vakillari o‘rtasida professional hamkorlikni rivojlantirish. Mashg‘ulotlar ekspertlar tomonidan o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. 📝 Treningda ishtirok etish istagidagi nomzodlar 15-iyul soat 23:59 ga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Nomzodlarni saralash tartibi va qo‘shimcha maʼlumotlar — bu yerda. Mazkur trening Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni kuchaytirish" qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#Tabrik Bugun Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, yuridik fanlari doktori, professor Xodjayev Baxshillo Kamolovich o‘zlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar. Baxshillo Kamolovich yuridik ta’lim va ilm-fan rivojiga, yosh huquqshunos kadrlarni tayyorlashga, shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi rahbar va ustoz sifatida alohida e’tirofga sazovordirlar. Toshkent davlat yuridik universiteti Xotin-qizlar jamoasi Baxshillo Kamolovichni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi. Ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, uzoq umr, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va bardavom zafarlar tilaydi. Yurtimiz ravnaqi, huquqiy ta’lim va ilm-fan taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu ishlaringiz doimo bardavom bo‘lsin! Hurmat bilan, Toshkent davlat yuridik universiteti Xotin-qizlar jamoasi
🚀 "O'zbekistonda raqamli inklyuzivlik" loyihasi — yoshlar uchun BEPUL imkoniyat! Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi, Jahon banki ishtiroki va IT-Park tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida yoshlar uchun xorijiy tillarni o'rganish dasturlari ishga tushdi! 🌐 📚 Nimalarni o'rganasiz? 🇰🇷 Koreys tili 🇯🇵 Yapon tili 🇩🇪 Nemis tili ✨ Dastur nimani taklif qiladi? ✅ Mutlaqo bepul ta'lim ✅ Xalqaro sertifikatsiyaga tayyorgarlik ✅ Soft skills (yumshoq ko'nikmalar) rivojlantirish ✅ Ishga joylashish ko'nikmalari ✅ ITES (IT Enabled Services) sohasida ish bilan ta'minlash imkoniyati 👥 Kimlar qatnasha oladi? 18–30 yoshdagi talabalar, magistrantlar va doktorantlar 💡 Bu — raqamli iqtisodiyot uchun salohiyatingizni oshirish va kelajakdagi karyerangizga mustahkam poydevor qo'yish imkoniyati! 📲 Ariza topshirish uchun: https://forms.gle/39qdcKrXfTgQfx1Q8 #ITPark #RaqamliInklyuzivlik #BepulTalim #Koreystili #Yapontili #Nemistili #Yoshlar
⚡️ 18 июнь куни барча давлат ташкилотларида иш вақтини соат 10:00 да бошланади Президент Шавкат Мирзиёев 18 июнь куни барча давлат ташкилотларида иш вақтини соат 10:00 да бошланишини белгилаб бердилар — Президент матбуот котиби Шерзод Асадов. Эслатиб ўтамиз, эртага Ўзбекистон ЖЧ-2026да тарихий учрашув Колумбияга қарши майдонга тушади. Учрашув Тошкент вақти билан 07:00да бошланади. Расмий саҳифаларимиз 👇 Telegram / Facebook / Twitter / instagram / You tube