FARM. LITSEY
СтатистикаToshkent Farmaseftika instituti akademik litseyi rasmiy kanali •Litsey hayotidan lavhalar •Ta'lim sohasidagi yangiliklar Muloqot uchun: @Pharm_uzbot. Instagram: tfi_academic_lyceum
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 58
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Медицина (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 318
- 1/48двое суток
- 364
- 1/72трое суток
- 393
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
‼️На что следует обратить внимание при покупке формы? ТРЕБОВАНИЯ К ВНЕШНЕМУ ВИДУ УЧАЩИХСЯ ТАШКЕНТСКОГО ФАРМАЦЕВТИЧЕСКОГО ИНСТИТУТА АКАДЕМИЧЕСКОГО ЛИЦЕЯ Уважаемые учащиеся! В Ташкентском фармацевтическом институте академическом лицее особое внимание уделяется культуре внешнего вида учащихся, аккуратности и соблюдению установленных требований к форме академического лицея. Просим учащихся соблюдать следующие требования к одежде: Для девочек: жилет тёмно-синего цвета; юбка тёмно-синего цвета длиной ниже колен; блузка белого цвета. Для мальчиков: классические брюки тёмно-синего цвета; жилет тёмно-синего цвета; классическая рубашка белого цвета. Одежда учащихся должна быть чистой, аккуратной, выглаженной и соответствовать установленным требованиям к форме академического лицея. Внешний вид учащегося — отражение его культуры, дисциплины и уважения к академическому лицею!
без подписи
‼️Forma sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak? TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI AKADEMIK LITSEYIDA O‘QUVCHILARNING TASHQI QIYOFASIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Hurmatli o‘quvchilar! Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyida o‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinish madaniyati va akademik litsey formasiga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilardan quyidagi belgilangan kiyinish talablariga rioya etish so‘raladi: Qiz bolalar uchun: to‘q ko‘k rangdagi jilet; tizzadan past uzunlikdagi to‘q ko‘k rangdagi yubka; oq rangdagi kofta. O‘g‘il bolalar uchun: to‘q ko‘k rangdagi klassik shim; to‘q ko‘k rangdagi jilet; oq rangdagi klassik ko‘ylak. O‘quvchilarning kiyimi ozoda, tartibli, dazmollangan va akademik litseyda belgilangan talablarga mos bo‘lishi lozim. O‘quvchining tashqi qiyofasi — uning madaniyati, intizomi va akademik litseyga bo‘lgan hurmatining ifodasidir!
🖥 Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi. ℹ️Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan. ‼️ Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart. Bizni kuzating! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Aкадемик лицейга ўқишга тавсия қилинган ўқувчилар диққатига! Академик лицейга тақдим этилиши керак бўлган ҲУЖЖАТЛАР РЎЙХАТИ 1. Шахсини тасдиқловчи ҳужжат- 3 нусха 2. Ота-онасининг паспорт нусхаси- 2 нусха 3. Расм 3,5х4,5 шаклда (8 дона) 4. 9-синфни тугатганлиги тўғрисидаги шаҳодатнома- 2 нусха 5. 086-У-шаклдаги тиббий маълумотнома Изоҳ: Мазкур ҳужжатлар йиғма жилдга (папка для документов) тикилган ҳолда ўқувчининг ота-онаси ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан 2026 йилнинг 10 августигача тақдим этилиши лозим.
без подписи
Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi manzili: Olmazor tumani, Qora Qamish 2/5, 17А uy. Адрес академического лицея Ташкентского фармацевтического института: Алмазарский район, Каракамыш 2/5, дом 17А 🔷 Qo'shimcha savollar uchun telefonlar. 📞 71 207-33-53
без подписи
#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Ovozli_chat Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1 📣 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. 🎙️ Ovozli chat davomida qabulning ikkinchi bosqichi (onlayn oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash)ga oid savollarga batafsil javob beriladi. 🧑💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar. 📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Channel photo updated
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Akademik litseylarga qabul test sinovlari 📆 Avval xabar qilinganidek, 24-25-iyul kunlari Akademik litseylarga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 📊 Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 66 033 nafar abituriyentdan 57 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari tartib-qoidani buzganligi sababli jarayondan chetlatildi. 📣 Eslatma, imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi. 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2026 ❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlash! Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Tanlov jarayonida test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hamda har bir yo‘nalish uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllari tanlanadi. Yo‘nalishlarni bir OTT doirasida ham, turli OTTlar kesimida ham tanlash imkoniyati mavjud. 📥 Tanlovni amalga oshirish va tasdiqlash tartibi: 1️⃣ Rasmiy my.uzbmb.uz platformasiga kiriladi; 2️⃣ “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul” bo‘limi tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” hamda “OTT tanlash” tugmalari bosiladi; 3️⃣ Tanlov ustuvorligi hamda mavjud bo‘lsa, maqsadli qabul bo‘yicha tanlov belgilanadi; 4️⃣ Fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar hamda ta’lim shakllari tanlanib, “Saqlash” tugmasi bosiladi; 5️⃣ Telefon raqamga yuborilgan SMS-kod kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Eslatma: Tanlov ma’lumotlarini 8-avgustga qadar istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach, kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi. Yo‘nalishlarni tanlashda o‘tgan yilgi o‘tish ballari emas, avvalo o‘z ballingiz, qiziqishingiz va kelajakdagi kasbiy rejalaringizni inobatga olish tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, tanlov yakunlangach shakllangan “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab olib saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Barcha abituriyentlarga to‘g‘ri tanlov va omad tilaymiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
DIQQAT ESLATMA!!! Ruxsatnomada ko‘rsatilgan hududga ruxsatnomada ko'rsatilgan vaqtdan kechikmasdan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatning asli (ID karta YOKI tug'ilganlik haqida guvohnoma) va test sinovida ishtirok etish uchun qog'ozga chop etilgan ruxsatnoma bilan yetib boring. ❌❌❌Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasi yoki rasmi bilan test sinovida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. 🖊Ruchka, qoralama sifatida ishlatish uchun bo‘sh qog‘oz hamda suv beriladi. 🤵🏻O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. 📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Test topshirish manzilingiz geolokatsiyasini ruxsatnomangizning pastki qismidagi shtrix kodni skaner qilish orqali bilishingiz mumkin.
#Imtihon Quyidagi hollarda abituriyent kirish test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi: ❌kirish test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan kirish test sinovlari davomida foydalansa; ❌test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa, ularga yordam bersa yoki ulardan yordam so‘rasa; ❌kirish test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa; ❌test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa; ❌kirish test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa.
Вы можете узнать геолокацию места сдачи теста, отсканировав штрихкод в нижней части вашего разрешения.
Test topshirish manzilingiz geolokatsiyasini ruxsatnomangizning pastki qismidagi shtrix kodni skaner qilish orqali bilishingiz mumkin.