Chinoz tumani hokimligi
СтатистикаChinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi. Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi. Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 10:52
- Постов за неделю
- 50
- Всего постов
- 593
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 674
- 1/48двое суток
- 772
- 1/72трое суток
- 833
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#shukuh Nurafshonning haqiqiy yuragiga aylanib borayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, uning bag‘ridagi muazzam ko‘l va yangidan barpo etilgan favvoralar ansambli tungi Nurafshonga alohida shukuh va joziba bag‘ishlamoqda. Nurafshon Business City majmuasi bag‘rida 70 metr balandlikka otiluvchi musiqali favvora ansambli o'z ishini boshladi! Mo'jazgina ko‘l bag‘rida suv, rangli chiroqlar va musiqa uyg‘unligidagi betakror tomosha sizni kutmoqda. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Nurafshon ahli va shahar mehmonlariga munosib tuhfa bo‘ldi! Aziz hamyurtlar, viloyatimiz ahli! Yaqinlaringiz, oilangiz, farzandlaringiz va do‘stlaringiz bilan Nurafshonga tashrif buyuring. Yangi shahar qiyofasini ko‘ring, favvoralar jilosidan, marvarid tomchilar havosidan bahra oling, zavqlaning! 🕗Har kuni | 20:00–22:00 📌Manzil: Nurafshon Business City, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#Chinoz_tumani O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Chinoz tumanida bayram tadbiriga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Tuman hokimi Sherzod Salixov mutasaddi rahbarlar hamrohligida Markaziy o‘yingohda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Jarayon davomida kirish qismida yangidan barpo etilgan piyodalar yo‘laklari atrofini tartibga keltirish, asosiy bayram maydoni hamda aholi uchun mo‘ljallangan o‘tirish joylarini zamonaviy va bayramona ruhda bezatish yuzasidan qo‘shimcha takliflar bildirildi. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish, hududni obodonlashtirish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha mas’ullarga zarur tavsiyalar berilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi. Chinoz tumanida Mustaqillik bayramini munosib nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati |Telegram|Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani 🎈 BOLAJONLAR UCHUN "XUMORA KIDS" BOG‘CHASI ESHIK OCHDI! Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik shonli shodiyonasi arafasida Chinoz tumanida kelajagimiz egalari bo‘lmish mitti qalblar uchun yana bir quvonchli maskan foydalanishga topshirildi. Xo‘ja mahallasida barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan “Xumora Kids” oilaviy bolalar tashkiloti o‘z faoliyatini tantanali ravishda boshladi! 🧸 Yangi maskanning imkoniyatlari: • Jajji bolajonlarning har tomonlama va erkin rivojlanishi uchun shinam va xavfsiz muhit; • Ta’lim-tarbiya jarayonini mazmunli hamda qiziqarli tashkil etish uchun zamonaviy jihozlar; • Mahallada maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish va ota-onalar uchun yaratilgan katta qulaylik. Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu maskan mahalla ahliga va bolajonlarimizga muborak bo‘lsin! 🌟 Farzandlarimiz kamoli — Yurtimiz kelajagi va mustahkam poydevoridir! 🇺🇿
#Bayram_shukuhi ✨ PAXTAOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY TO‘YXONA OCHILDI Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayrami arafasida Chinoz tumanining Paxtaobod mahallasida haqiqiy shodiyona va xursandchilik hukmron! Aholi uchun qulaylik yaratish va mahalla ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish maqsadida zamonaviy me’morchilik andozalari asosida barpo etilgan yangi muhtasham to‘yxona tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. 🌟 Yangi maskan haqli ravishda mahallaning faxriga aylanadi: • Quvonchli kunlar uchun: To‘y-tomosha, oilaviy tantanalar hamda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha qulayliklar yaratilgan; • Zamonaviy infratuzilma: Keng va shinam zallar, zamonaviy jihozlar hamda ko‘rkam hudud; • Farovonlik belgisi: Yurtimizdagi obodlik va yangilanishlarning amaldagi yorqin isboti. Elga to‘ylar, yaxshi kunlar yarashadi! Yangi koshona Paxtaobod ahliga uzoq yillar davomida faqat yaxshi kunlarda xizmat qilsin! 🥂✨ 🇺🇿 Mustaqillik — obodlik va to‘y-tomoshalar bayrami!
#Chinoz_tumani #Brifing "Chinoz tumani elektr taʼminoti korxonasi" rahbari Bahodir Saydullayevning tuman aholisiga murojaati. Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati. |Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Ijtimoiy_himoya #Sayyor_qabul CHINOZ TUMANIDA AHOLI MUROJAATLARIGA AMALIY YECHIM TOPILMOQDA 🔰 Chinoz tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi direktori boshchiligida 2026-yilning 15-avgust kuni “Hamza” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. 🤝 Sayyor qabul davomida 20 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari tinglanib, ularning muammo, taklif va tashabbuslari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. ✅ Fuqarolar tomonidan asosan nafaqa va moddiy yordam olish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va davlat dasturlariga jalb etish, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning ijtimoiy-maishiy muammolari, shuningdek boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. 📌 Sayyor qabulda har bir murojaatga alohida yondashilib, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi — aholi bilan bevosita muloqot, muammolarga amaliy yechim!
📢 SAYYOR QABUL Hurmatli fuqarolar! 2026-yil 15-avgust kuni soat 11:00 da Chinoz tumani "Xamza” mahalla fuqarolar yig'inida Chinoz tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o’tkaziladi. Ijtimoiy himoya sohasiga oid sizni qiziqtirayotgan masalalar, murojaatlar, taklif va tashabbuslaringiz bo’lsa, sayyor qabulda ishtirok eting. Muammolaringizni tinglash va ularni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko’rsatishga tayyormiz. 📍 Manzil: Chinoz tumani "Xamza" Mahalla fuqarolar yig'ini binosi.
#Chinoz_tumani 🤝 “MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA 📍 Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini manzilli hal etish hamda mahalliy Kengash deputatlari bilan “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi doirasida Chinoz tumanida tizimli va samarali ishlar olib borilmoqda. ⚡️ Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxromov "Istiqlol" MFYda bo‘lib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli “Mahalla yettiligi” hamda ko'cha boshlari faoliyatini o‘rgandi. 🔎 O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammolarni o‘zaro hamkorlik asosida hal etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarning vazifalari, ijro intizomi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi. 📌 Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda: 💼 Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda tijorat banklari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 👨🎓 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam va subsidiyalar ajratish, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun zarur sharoit yaratish. 👩🦰 Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini kuchaytirish. 🛡 Mahalla hududida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish. 🤝 Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar, mavjud imtiyozlar hamda ulardan foydalanish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish va murojaatlar bilan manzilli ishlash. Mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, aholi bilan yaqindan muloqot olib borish hamda hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlarga yetkazishda ko‘cha boshilari muhim o‘rin tutadi. 📝 O‘rganish yakunida ko‘cha boshilari va “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini joyida hal etish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. ✨ Shuningdek, tumandagi xalq deputatlari tomonidan mahallalarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar davomida fuqarolarga Prezident farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis Senati qarorlari hamda xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, ularning amaliy ijrosi yuzasidan doimiy deputatlik nazorati olib borilmoqda. 🇺🇿 Mahalla – Kengash – Senat hamkorligi xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlarni barqaror rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi Kanalga ulanish: 👇 ✅telegram ✅Facebook ✅You tube ✅Istagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Chinoz_tumani #Qonun_ijrosi_o‘rganilishi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi 🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati L. O‘tkirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (846-XII, 1993-yil 7-may) ijrosini o‘rganish maqsadida tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi. 📝 O‘rganish davomida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash, xususiylashtirish jarayonlarini qonunchilik talablari asosida tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati tahlil qilindi. 🔸 O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi: 🔹 davlat uy-joy fondini xususiylashtirish sohasida Qonun talablarining ijrosi; 🔹 fuqarolarning egallab turgan uy-joylarini xususiylashtirish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni hal etish holati; 🔹 uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobga olish va belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish holati; 🔹 fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; 🔹 uy-joylarni xususiylashtirishda qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilishi; 🔹 aholining uy-joy masalalari bo‘yicha murojaatlarini o‘rganish, ularni manzilli hal etish va mavjud muammolarni bartaraf etish holati. 🏠 Shuningdek, tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan davlat uy-joy fondini xususiylashtirish bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqish, fuqarolarga zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy va huquqiy tushuntirishlar berish hamda uy-joy masalalarida aholiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. 🔺 Qonun talablariga muvofiq, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash, ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish hamda uy-joydan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✅ O‘rganish yakuni bo‘yicha tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig'i Ilhom Bektoshev bilan Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xususiylashtirish jarayonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar bildirildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Chinoz_tumani SPORT MAKTABIDA SPORT ZALLARI, TO‘GARAKLAR VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI ⚡️ Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 13-Ko'tarma saylov okrugidan Farxod Ibragimovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Sport maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. 🔎 O‘rganish davomida sport zallarining bugungi holati, mavjud sport anjomlari va inventarlari, ularning foydalanish darajasi, jihozlarning texnik holati hamda amaldagi talablarga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi. 🏅 Shuningdek, sport maktabida faoliyat yuritayotgan og‘ir atletika, boks, futbol hamda kurash, voleybol, basketbol, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha tashkil etilgan sport to‘garaklari faoliyati, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, murabbiylar faoliyati, to‘garaklarga jalb qilingan yoshlar soni hamda mashg‘ulotlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. 👥 O‘rganish jarayonida sport inshootlarining sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi, sport jihozlarining sozligi, kiyinish va yuvinish xonalari, mashg‘ulotlar jadvali hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar ham tahlil qilindi. 📋 Bundan tashqari, sport maktabi rahbariyati va murabbiylar bilan suhbat o‘tkazilib, sport to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda sport anjomlarini bosqichma-bosqich yangilash masalalari muhokama qilindi. 📝 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga sport zallari va jihozlaridan samarali foydalanish, sport to‘garaklari faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud sport anjomlarini soz holatda saqlash hamda yoshlar uchun xavfsiz va qulay sport muhitini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. ✨ Yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va sport infratuzilmasini rivojlantirish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
без подписи
без подписи