tgindex
ALUZSWLU

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyi Murojaat uchun: +998 55-588-88-01 🌐www.uzgumyaal.uz Bot: @aluzswlu_qabul_bot

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
106
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 737
−32 за 5 дн.
Сутки
−15
−0,86%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 150
40 постов
Вовлечённость
123,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 106
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 875
1/48двое суток
2 148
1/72трое суток
2 317

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 авг.89792из eduuz

    #Ogohlik #Rasmiy_munosabat Fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz Buxoroda fuqaroni bir yoʻla 4-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, undan 26 million soʻm olgan shaxs ushlangani haqida xabar tarqaldi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyish, imtihon natijasini oʻzgartirish, oʻqishni koʻchirish yoki boshqa masalalarni pul evaziga hal qilib berishni vaʼda qilayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqiradi. Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartib va mezonlarga ko‘ra, xususan, davlat va nodavlat oliygohlariga xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi. Fuqarolardan taʼlim sohasidagi masalalarni "tanish-bilish" yoki pul evaziga hal qilib berishni taklif qilayotgan shaxslarga nisbatan hushyor boʻlish, shaxsiy maʼlumotlar va mablagʻlarni bermaslik soʻraladi. Shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari soʻraladi. Eslatma: taʼlim olish huquqingizni firibgarlarga ishonib xavf ostiga qoʻymang. Rasmiy maʼlumotlarni faqat vazirlik va oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy manbalaridan oling. ❗Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: ☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253 📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 10 авг.1 1942063

    #qõshma_dastur QABUL KUNLARI UZAYTIRILDI! 🎓 O‘zDJTU Akademik litseyida o‘qish uchun yan bir imkoniyat! 📌DTMdan yetarli ball to‘play olmadingizmi? Xafa bo‘lmang. Endi siz ichki imtihon orqali ham Akademik litsey o‘quvchisi bo‘lishingiz mumkin. 📌 Siz uchun yana bir imkoniyat Amerikaning Lоurens Texnologiya Universiteti (Lawrence Technological University), O‘zbekistonning Xalqaro Nordik Universiteti va O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Akademik litseyi hamkorligida tashkil qilingan Foundation dasturiga taklif etamiz! ✅Litseyni bitirgach esa: • Akademik litsey diplomi, • Mutaxassislik sertifikati, • Va eng asosiysi — AQSh va Finlandiya bilan qo‘shma dastur FOUNDATION sertifikati sizning qo‘lingizda bo‘ladi. ⏳ Bu — siz kutgan imkoniyat, uni qo‘ldan boy bermang! ☝️Shoshiling, o‘quvchilar soni chegaralangan, aziz abituriyentlar!!! ❗️ QABUL 15-AVGUSTGACHA DAVOM ETADI! ❗️ Ichki imtihon sanasi: 19-avgust (Qo’shimcha telefon qilib chaqiriladi) Tanlovda ishtirok eting va o’quvchilarimiz safidan joy oling! Bizning rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram | 📷Instagram | 🕸Web-sahifa

  • 5 авг.2 52737245

    ❗️✅✅✅ 🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Akademik litseyiga 2026-2027 o'quv yilida o'qishga qabul qilingan 1-kurs o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari. ❗️2026- yilning 6-avgust 7- avgust kunlari akademik litseyga topshiriladigan UMUMIY HUJJATLARni qabul qilinishini ma'lum qiladi. ⏰ Qabul qilish vaqti: 09:00-17:00. 📌 Topshiriladigan hujjatlar ro'yxati: 1️⃣. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (metirka yoki ID pasport) 2 nusxasi; 2️⃣. 3x4 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat. 3️⃣. Ota-onasining pasport nusxasi (2 donadan) 4️⃣. Maktabni bitirganlik haqidagi shahodatnoma (nusxasi). 5️⃣. 0,86 haqidagi tibbiy ma’lumotnoma. 6️⃣. Konvert, fayl (pustichka, 4 dona). 7️⃣. O'qishga kirganlik haqidagi ruxsatnoma (DTM javoblar varaqasi qog'oz varianti). 8️⃣. Hujjatlarni solish uchun bog'lanadigan ipli papka. 📌 Izoh: Barcha hujjatlar alohida bog‘ichli papkaga jamlangan holda topshiriladi. 📌Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko’chasi 104-uy Bizning rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram | 📷Instagram | 🕸Web-sahifa

  • 31 июл.3 25030152

    🇺🇿 O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIDA “QO’SHMA TA’LIM” DASTURI 🟢 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyiga o'qishga kira olmadingizmi?       📌 Siz uchun yana bir imkoniyat Amerikaning Lоurens Texnologiya Universiteti (Lawrence Technological University), O‘zbekistonning Xalqaro Nordik Universiteti va O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Akademik litseyi hamkorligida tashkil qilingan Foundation dasturiga taklif etamiz! ✨ Nega bu dastur aynan sizga kerak? ✅ Foundation dasturini ECTS kredit-modul tizimi asosida A, A+ baho (umumiy 4 va 4.5 GPA) ga tamomlab, Xalqaro Nordik universitetida 2-bosqichdan talabalar safiga qabul qilinish; ✅ Foundation maktabini ECTS kredit-modul tizimi asosida B, B+ baho (umumiy 3-3.5 GPA) ga tamomlab, hech qanday qo’shimcha imtihonlarsiz Xalqaro Nordik universitetida 1-bosqichdan talabalar safiga qabul qilinish hamda ta’lim olishni Amerikaning Lоurens Texnologiya Universitetida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. ✅ Darslar har bir yo‘nalishda ilg‘or o‘quv dasturlari asosida tashkil etilgan. Shuningdek, mashg‘ulotlar uchun barcha sharoitlar mavjud. ⬅️ Dastur so‘nggida akademik litseyni bitirganligi to’g’risida diplom va sertifikat hamda Foundation dasturini tamomlaganlik va xalqaro universitetga o‘qishga qabul qilinganligingiz haqida sertifikatni qo‘lga kiritasiz!   ‼️QO'SHMA DASTUR BO’YICHA O’QISH UCHUN ARIZALAR QABUL QILINISHI BOSHLANDI! ☝🏻Arizalar 2026-yil 31-iyul sanasidan 10-avgust sanasiga qadar davom etadi. ⏰Qabul vaqti: 9:00-17:00 ❗️SHOSHILING JOYLAR SONI CHEKLANGAN! ☎️Murojaat uchun: +99890 943-28-71 📌Manzil: Chilonzor tumani, Muqimiy ko’chasi 104-uy   Bizning rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram | 📷Instagram | 🕸Web-sahifa

  • 30 июл.1 7445040из eduuz

    #mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 25 июл.2 3413250из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 Akademik litseylarga qabul test sinovlari 📆 Avval xabar qilinganidek, 24-25-iyul kunlari Akademik litseylarga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 📊 Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 66 033 nafar abituriyentdan 57 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari tartib-qoidani buzganligi sababli jarayondan chetlatildi. 📣 Eslatma, imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi. 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 25 июл.2 90932

    без подписи

  • 25 июл.2 92935

    без подписи

  • 25 июл.2 3543437

    📢 Bugun — abituriyentlar uchun muhim va mas’uliyatli kun! 2026-yil 24–25-iyul kunlari akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. 📌 Mazkur test sinovlari orqali abituriyentlarning bilim va salohiyati baholanib, ularning akademik litseyda ta’lim olish imkoniyati aniqlanadi. 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Akademik litseyi jamoasi “O‘zekspomarkaz” majmuasida volontyor sifatida faol ishtirok etib, abituriyentlarni kutib olish, ularga zarur yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘mak berish hamda test jarayonining tartibli va qulay muhitda o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. 🌟 Barcha abituriyentlarga test sinovlarida omad, xotirjamlik va yuqori natijalar tilaymiz! Bizning rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram | 📷Instagram | 🕸Web-sahifa

  • 24 июл.2 2708из eduuz

    🇺🇿“O‘zbek orzusi” maxsus hujjatli filmini o‘tkazib yubormang! Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar — shaffof ta’lim tizimi, yoshlarning ishlashi uchun qulay sharoitlar, foizsiz ta’lim kreditlari hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari ko‘plab yigit-qizlarning hayotida muhim burilish yasamoqda. Yoshlar siyosati natijasida ro‘yobga chiqqan maqsadlar va tengdoshlarimiz taqdiridagi ijobiy o‘zgarishlar haqida hikoya qiluvchi “O‘zbek orzusi” maxsus filmida tomosha qiling. Premyerani bugun soat 15:15 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling. #Mirziyoyev #PresidentUZ #NewUzbekistan Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 24 июл.2 051168

    #Шонли_йўл 🇺🇿Бугун ўз таваллуд айёмини нишонлаётган давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг Президентликкача босиб ўтган йўллари Bizning rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram | 📷Instagram | 🕸Web-sahifa

  • 24 июл.1 940142

    🇺🇿 24-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun Muhtaram Prezidentimiz tavallud ayyomi munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan fidokorona faoliyatingiz bardavom bo‘lsin. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, yuksak mas’uliyatli davlat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat, donishmandlik, matonat va yangi yutuqlar tilaymiz. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va xalqimiz tinchligi yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaringiz doimo samarali bo‘lsin. 🎉 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Bizning rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram | 📷Instagram | 🕸Web-sahifa

  • 23 июл.2 08977

    без подписи

  • 23 июл.2 1651575

    📌 Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan imtihon maydonlarning manzili: Nomi:“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi (1-4 pavilyon, konferensiya zali) Nomi: “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi 1-5 binolar Manzil: Toshkent shahri Yunusobod tumani Amir Temur shohko‘chasi 107-uy Geolokatsiya: https://yandex.uz/web-maps/-/CHs1YDJZ Bizning rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram | 📷Instagram | 🕸Web-sahifa

  • 23 июл.1 691925

    ❗️#Diqqat 🏛 Akademik litseylarga kirish imtihoni manzillari e'lon qilindi, ushbu faylni ochgan holda o‘zingiz test topshiradigan manzilni bilib olishingiz mumkin! Bizning rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram | 📷Instagram | 🕸Web-sahifa

  • 23 июл.2 1141852

    📢 ⚡️ ESLATMA! Ertadan akademik litseylarga kirish test sinovlari boshlanadi! Hurmatli abituriyentlar! 🗓 2026-yil 24–25-iyul kunlari akademik litseylarga kirish test sinovlari Toshkent shahri hamda respublikamizning maxsus belgilangan hududlarida 2 smenada bo‘lib o‘tadi. 🕘 1-smena: 09:00 🕒 2-smena: 15:00 ❗️Test sinovlari boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin belgilangan hududga yetib kelishingiz so‘raladi. 📄 Abituriyent ruxsatnomasi my.edu.uz sayti orqali taqdim etilgan. Uni oldindan yuklab olib, chop etishingiz tavsiya etiladi. Test o‘tkaziladigan hudud, sana va vaqt ruxsatnomada ko‘rsatilgan. 🪪 Test sinoviga quyidagi hujjatlar bilan kelishingiz shart: ✅ Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi; ✅ Abituriyent ruxsatnomasi. ⚠️ Muhim! Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi. 🎓 Barcha abituriyentlarga omad va yuqori natijalar tilaymiz! Bizning rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram | 📷Instagram | 🕸Web-sahifa

  • 22 июл.1 90433

    без подписи

  • 22 июл.2 67328

    без подписи

  • 22 июл.2 21628

    без подписи

  • 22 июл.1 74428

    без подписи