ACADEMIC LYCEUM.edu.uz
СтатистикаАкадемик лицейлар тизимига оид норматив-ҳуқуқий, ўқув-методик тавсиялар, янгиликлар бериб борилади. Каналга академик лицей раҳбар ва педагоглари, ўқувчилари, умумтаълим мактаблари ўқувчилари обуна бўлишлари мумкин.
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 145
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 225
- 1/48двое суток
- 257
- 1/72трое суток
- 278
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabui2026 #Akademik_litsey #Apellyatsiya Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha berilgan apellyatsiya arizalari ko‘rib chiqildi 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali (shaxsiy kabinetidan) elektron shaklda apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. 2026-yil 14-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligida ariza bilan murojaat qilganlarning e'tirozlarini ko‘rib chiqish tashkil etildi. Umumiy hisobda 2343 nafar talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish belgilangan bo‘lib, shulardan 115 nafari apellyatsiya jarayonida ishtirok etdi. Ularning e'tirozlari o‘rnatilgan tartibda fan ekspertlari, ariza muallifi va ota-onasining biri ishtirokida ko‘rib chiqildi. 2228 nafari kelmadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🖥 Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi. ℹ️Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan. ‼️ Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart. Bizni kuzating! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🚨 DIQQAT! QABUL BOSHLANDI! 🎓 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyi 2026–2027-o‘quv yili uchun Xalqaro ta’lim dasturi asosida o‘zbek va rus tillarida yangi guruhlarga qabul e’lon qiladi. 🎓 Qo‘shma dastur bitiruvchilariga: ✅ Davlat namunasidagi akademik litsey diplomi; ✅ Xalqaro qo‘shma dastur sertifikati taqdim etiladi. 📌 Qabul shartlari Mazkur dasturda faqat O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar qatnashishlari mumkin. 📄 Topshiriladigan hujjatlar: 🔹 Akademik litsey direktori nomiga ariza; 🔹 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan baholar varaqasi (nusxasi). ❗️ Baholar varaqasi ilova qilinmagan arizalar qabul qilinmaydi! 📝 Saralash imtihonlari 📘 Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi: • Ingliz tilida matematika; • Ingliz tilida mantiqiy fikrlash. ⚙️ Aniq fanlar (texnika) yo‘nalishi: • Ingliz tilida matematika; • Ingliz tilida fizika. 🏆 Yozma imtihon natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar o‘qishga tavsiya etiladi. 💳 To‘lov-kontrakt miqdori: 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m — bir o‘quv yili uchun. 📅 Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 6-avgustdan 13-avgust kuni soat 16:00 ga qadar. 🕘 Ariza qabul qilish vaqti: 09:30–13:00 14:00–16:00 ⛔️ Belgilangan muddatdan keyin hujjatlar qabul qilinmaydi! 📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Umid ko‘chasi, 1A-uy. ☎️ Murojaat uchun: 📞 71 246-55-84 📞 71 246-55-23 ✨ Xalqaro ta’lim imkoniyatidan foydalaning va kelajagingiz sari dadil qadam tashlang!
📢 DIQQAT, E'LON❗️❗️❗️ 🎓 Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) imtihonlarida ishtirok etib, akademik litseyga o‘qishga tavsiya etilmagan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga! 🏢 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyida qo‘shma ta'lim dasturi asosida shartnoma bo‘yicha guruhlar tashkil etilmoqda. 📚 Qo‘shma ta'lim dasturining asosiy maqsadi: ✅ Xorijiy ta'lim tashkilotlarining ilg‘or tajribalarini iqtidorli o‘quvchilar ta'limiga tatbiq etish; ✅ Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni maqsadli ravishda oliy ta'limga yo‘naltirish; ✅ Akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish. 🌟 Siz ham sifatli ta'lim va kelajagingiz sari ishonchli qadam tashlashni istasangiz, qo‘shma ta'lim dasturiga taklif etamiz! 📞 Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun akademik litseyiga murojaat qilishingiz mumkin. Bizni kuzatib boring |INSTAGRAM |TELEGRAM | YOUTUBE | FACEBOOK
#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Akademik litseylarga qabul test sinovlari 📆 Avval xabar qilinganidek, 24-25-iyul kunlari Akademik litseylarga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 📊 Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 66 033 nafar abituriyentdan 57 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari tartib-qoidani buzganligi sababli jarayondan chetlatildi. 📣 Eslatma, imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi. 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
JDPU Akademik litseyiga kirish imtihonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Imtihonlar ikki smenada tashkil etilgan bo‘lib, abituriyentlar belgilangan manzilga o‘z vaqtida yetib kelishdi. Imtihon jarayonining tartibli va xavfsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida hududda Ichki ishlar organlari hamda Milliy gvardiya xodimlari xizmat olib bormoqda. Kirish sinovlari Jizzax viloyati Bilim va malakalarni baholash agentligining yangi binosida o‘tkazilmoqda. Abituriyentlar bilan birga kelgan ota-onalar uchun esa qulay va alohida kutish hududi tashkil etildi. Kutish jarayonida litsey ma’muriyati tomonidan ota-onalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida ota-onalar imtihonlarning shaffofligi, baholash tartibi hamda akademik litseyda ta’lim olish bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil va atroflicha javob oldilar. Shuningdek, kirish imtihonlarining butun jarayoni onlayn tarzda jonli efir orqali namoyish etilib, sinovlarning ochiqligi va shaffofligi yana bir bor amalda ta’minlandi . Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! Ularning bilim va mehnati munosib natijalar bilan taqdirlanishini tilab qolamiz.
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Abituriyentlar diqqatiga! Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi! 📆 2026-2027-o‘quv yilida Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik lisyeyi, Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga hamda davlat oliy ta’lim muassasalari huzuridagi Akademik litseylarga o‘qishga kirish test sinovlari 24-iyul va 25-iyul kunlari (2 kun) bo‘lib o‘tadi. ⏰ Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 09:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. 🧾 Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.edu.uz sayti orqali berilmoqda. Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz. 📍Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. 🆔🧾 Abituriyent test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 👨💻 Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Академик лицейларга кириш тест синовлари бошланди
без подписи