Andijon mahallalari
Статистика🇺🇿O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasining rasmiy kanali 📲 Murojaat uchun: +998742232473
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 257
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 208
- 1/48двое суток
- 238
- 1/72трое суток
- 257
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#oav_biz_haqimizda 🇺🇿🇺🇿🇺🇿“Bolalar ombudsmani mandatidagi asosiy vazifa – davlat va jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida bola manfaatlarini ilgari surishdir”. 🎙Bugungi kunda mamlakatimizda bola huquqlari sohasidagi izchil yangilanishlar, bola himoyasi tizimida mavjud muammolar va istiqbolli vazifalar to‘g‘risidagi suhbatni “Gazeta.uz” nashrida tomosha qilishingiz mumkin. ➡️Batafsil: https://youtu.be/B3gl5XwoOT0 Telegram|Facebook|Instagram
#Mustaqillik35 #Chorlov 🇺🇿 11–12-avgust kunlari Andijon viloyatida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Mustaqillik to‘yi" festivali bo‘lib o‘tadi. Festival doirasida "Mahalla – ma’naviy makon", "Yaxshilik karvoni", "Kinokarvon", "Shukronalik", "Shijoat", "Umummilliy birdamlik" loyihalari hamda gala-konsert tashkil etiladi. Barchangizni "Mustaqillik to‘yi" festivaliga taklif etamiz! ✅Bizning kanalga obuna bo‘ling va kuzatishda davom eting. 👇 Telegram | Instagram | Facebook| Youtube |
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi mahallalar obod bo‘lmoqda. Navbahor MFYda mahalla va xonadonlarni obod hamda ozoda saqlash maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Obod mahalla — farovon hayot garovi! Sahifa - @and_mahalla
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Shahrixon tumani “Kalacha” MFYda saylov o‘tkazilmasdan 1 yilda 2 marta mahalla raisi tayinlangani bildirilgan. Mazkur murojaat tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim qilinadi.
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri, “Uyg‘urobod” MFY aholisi nomidan yo‘llangan murojaatda mahalla raisi faoliyati keskin tanqid ostiga olingan. Mazkur murojaat tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim qilinadi.
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi mahallalardan birining Maxaramoy ismli raisi o‘zi xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondoshayotgani, xususan, ichki yo‘llarni asfalt qilishda aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamayotgani, eski simyog‘ochlarni almashtirish choralarini ko‘rmayotgani tanqid qilingan. Mazkur murojaat tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim qilinadi.
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri, “Istiqlol” MFY raisi (Zarifaxon) faoliyatidan norozilik bildirilib, uning egallab turgan lavozimiga loyiqligi shubha ostiga olingan. Mazkur murojaat tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim qilinadi.
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Izboskan tumaniga qarashli “Iftixor” MFY raisi (Guloyim) qabuliga o‘zining muammolari bilan kelgan fuqarolarga qo‘pol muomalada bo‘lib kelayotgani, bundan tashqari, mahallaga taalluqli og‘riqli masalalarning hal etilishiga e’tibor qaratmasdan kelayotganidan shikoyat qilingan. Mazkur murojaat tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim qilinadi.
⚡️Qo‘rg‘ontepa tumanida "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" munosabati bilan keng qamrovli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar davomida "Qo‘tqar" hamda "Nurli yog‘du" mahalla fuqarolar yig‘inlarida namunali deb topilgan xonadonlarda seminarlar o‘tkazildi. Bu kabi xayrli tadbirlar Qo‘rg‘ontepa tumanining barcha mahallalari bo‘ylab izchil davom etmoqda. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! So‘nggi yillarda mahalla tizimida amalga oshirilgan tub islohotlar, eng avvalo, Siz ilgari surgan “Inson qadri uchun” tamoyilining amaliy ifodasidir. Bugun mahalla nafaqat yashash hududi, balki mehr-oqibat va hamjihatlik, ijtimoiy himoya va adolat, bunyodkorlik hamda taraqqiyot maskaniga aylandi. Har bir oilaga, har bir insonga qaratilayotgan e’tibor, aholining muammolarini mahallaning o‘zida hal etish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, nuroniylarni e’zozlash, ehtiyojmand fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha yaratilgan tizim millionlab yurtdoshlarimiz hayotida o‘zining amaliy samarasini bermoqda. Bu ezgu o‘zgarishlarning markazida inson manfaatini eng oliy qadriyat sifatida belgilagan Sizning uzoqni ko‘zlagan siyosatingiz va qat’iy irodangiz mujassam. Yurtimizdagi har bir xonadonga kirib borgan bu ezgu o‘zgarishlar uchun, odamlarning yuzidagi tabassum va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz! Xalqimizning chin samimiy mehri va duolari hamisha Sizga hamroh bo‘lsin! #Xalqyetakchisi #Mirziyoyev #PresidentUZ Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
#Axborot24 "Mahalla yettiligi" faoliyati: " xalqqa eng yaqin ko'makchilar" 📍Andijon viloyati Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
📢 Hurmatli mahalladoshlar! 🗣 Ayni paytda “Tashabbusli budjet” (Open budjet) jarayonida loyihalarni kiritish bosqichi davom etmoqda. Ushbu loyiha orqali ko‘plab mahallalar obod bo‘lib, yo‘llar va maktablar ta’mirlanmoqda. Biroq bu jarayonda g‘olib bo‘lish oson emas. Shu sababli mahalla aholisining e’tibori “Sheriklik” loyihalariga qaratilmoqda. Joriy yildan boshlab, agar loyiha qiymatining yarmini aholi yig‘sa, qolgan qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bunday loyiha ovoz to‘plash jarayonida ishtirok etmasdan g‘olib deb topiladi. 💵Bu imkoniyat mahalladagi qiymati 50–100 million so‘m bo‘lgan kichikroq loyihalarni amalga oshirish uchun juda qulay. ✅Masalan: 🗺 Trotuar qurish; 💡 Ko‘chalarga yoritish chiroqlari o‘rnatish; 🚰 Ichimlik suvi tarmog‘ini tortish; ⚡️ Transformatorni almashtirish; 🔌 Elektr ustunlarini o‘rnatish. ➡️Bunday loyihalarni minglab ovoz to‘plamasdan ham amalga oshirish mumkin. Shu imkoniyatdan foydalanib, mahalla fuqarolari o‘zaro maslahatlashgan holda ko‘cha va mahalladagi yirik bo‘lmagan, ammo dolzarb loyihalarni amalga oshirishlari mumkin. 🗓Loyihalarni kiritishning oxirgi muddati — 3-avgust. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, mahalla ravnaqi uchun birlashish lozim! Loyiha kiritish tartibi bilan ushbu qo‘llanma orqali tanishish mumkin. 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
MARHAMAT TUMANIDA “MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT" OYLIGI DOIRASIDA KAMBAGʻAL OILALAR XONADONLARIDA OBODONLASHTIRISH VA TA'MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA Marhamat tumanida "Mahallada obodlik va mehr-saxovat" oyligi doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi kambagʻal oila reestriga kiritilgan oilalar xonadonlarida obodonlashtirish va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Mahalla yettiligi, biriktirilgan tashkilotlar ishtirokida uy-joylarning tom qismi, devorlari ta'mirlanib, hovlilar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, xonadonlarda tozalik va obodlikni ta'minlash, zarur qurilish materiallari bilan ko‘maklashish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ezgu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda mahallalarda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat. Ishlar belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda. Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati