Rektor | Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich
СтатистикаAndijon davlat texnika instituti rektorining rasmiy kanaliga obuna bo'ling. Ushbu kanal orqali institut faoliyatiga oid eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borasiz. AndDTI Rektor Rasmiy boti - @Anddtirektorbot
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 37
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 559
- 1/48двое суток
- 640
- 1/72трое суток
- 690
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
As salomu alikum yaxshimisz ustoz men oʻqishni shu yil tugatgandim yotoq xonada qarzim bor ekan shunga diploming qaytib ketadi dedi zamdekan, diplomni olgani borganimda qarzni toʻlasam diplom olamanmi? Ваалекум ассалом. Барча карздар бартараф этилгандан сунг берилади.
Assalomu Alaykum domla. Avval ham bu savol berilgan bo'lsa uzur. Grand taqsimotini javoblari qachon chiqadi. Ваалекум ассалом. Бу масала буйича масъуллар ишлаяпти, тартиб буйича 25 августгача эълон килиниши керак. Якуний натижаларни эълон килишга харакат киляпмиз.
Assalomalekim yaxshimi sz domla szga savolim shundan iboratki o’qishni tiklash bo’yicha arizalarni javobi qachon chiqadi. Javob uchun oldindan raxmat. Ваалекум ассалом. Хозирча номалум, чик ши билан эълон киламиз. Ариза берганларги хаммасини тиклаймиз.
Assalomu aleykum xurmatli rektor yaxshimisiz issiqlar bilan qiynalmayabsizmi domla Qurilish muhandisligi va elektr energetika fakulteti asosiy binoga ko'chdimi yo ko'chmadimi javob uchun oldindan raxmat Ваалекум ассалом. Режада бор, сигим буйича куриб чикяпмиз.
Assalomu alaykum yaxshimisiz ustoz qachon qabulingizga kirsam boʻladi bir necha marotaba kira olmay qaytib keldim sizni ham ishlaringiz bor tushunaman iltimos ish boʻyicha yordamingiz kerak bu yil magistraturani bitirdim iltimos amaliy yordam bering. Ваалекум ассалом. Эртага эрталаб соат 9 га келинг, куриб чикамиз.
Assalomu aleykum domla, bir idea bor edi, xamma zdaniyalarga br chiroyli joyiga banner qse dyodim u bolajak 1-kurslar uchun boladi va bannerda "MEN TALABA BOLDIM" yoki shunga oxshash soz yozb atrofini chiroyli br foto zona qsekmii dyatodimda domla Ваалекум ассалом. Яхши таклиф. Дизайнини ишлаб чикаоласизми?
📌Bugun o‘qishni ko‘chirishning so‘nggi kuni. Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi: ➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga, xususiy oliygohlarning biridan boshqasiga; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga hamda xorijiy oliygohlardan nodavlat oliygohlarga. ● Arizalar har yili 30-avgustgacha ko‘rib chiqiladi. ‼️O‘qishni ko‘chirishga 2 toifa talabalarga ruxsat bor: ■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga; ■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin. Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin: ↪️akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar; ↪️mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga; ↪️OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga; ↪️1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar; ↪️OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda; ↪️kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda; ↪️talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida; ↪️grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida; ↪️OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda; ↪️maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirmoqchi bo‘lganda; ↪️kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga; ↪️talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa. Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🏢 Qabul davom etmoqda 🏫 Andijon davlat texnika instituti sizni qo‘shma ta'lim dasturlariga taklif etadi. Nima uchun aynan ushbu dastur? ✅ O‘qishni tamomlagach 2 ta davlat diplomi ✅ Xalqaro tajriba va xorijda ta'lim olish imkoniyati 📚 Ta'lim shakli 🎓 Bakalavriat (2+2) Talabalar: Dastlabki 2 yil Andijon davlat texnika institutida; keyingi 2 yil hamkor xorijiy universitetlarda tahsil oladilar. 🎓 Magistratura (1+1) Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda 1+1 dasturi asosida tashkil etiladi. 🇨🇳 Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti Bakalavriat (Ingliz tili) 🔺 Axborot tizimlari va texnologiyalari 🔺 Mexatronika va robototexnika 🇧🇾 Belarus milliy texnika universiteti Bakalavriat (Rus tili) 🔺Metallurgiya muhandisligi 🔺Texnologik mashinalar va jihozlar 🔺Metallar texnologiyalari (Metallarga ishlov berish) 🔺Metallar texnologiyalari (Quymakorlik) Magistratura (Rus tili) 🔺 Iqtisodiyot 📝Onlayn hujjat topshirish 👍 https://hamkor.astiedu.uz/ 📞 Batafsil ma'lumot +998 93 080 22 09 ✅Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Assalomu alaykum hurmatli rektor men TVM (Transport vositalari muhandisligi) yoʻnalishi * guruh talabasiman ismim ** 4 kursdan dual taʼlimiga oʻtishimiz yuzasidan savolim bor edi men davlat organlarida ishlashga qziqaman va yoqadi 4kursdan dual taʼlimda - davlat organlarida ishlash imkoniyatini qilib bera olasizlarmi masalan (PPX.YPX.)kabilar Ваалекум ассалом. Имкони бор, декан еки кафедра мудирига учрашинг, урнатилган талаблар асосида таксимот килишади.
Assalomu alaykum, ustoz! Men o‘qishimni kunduzgi ta'limdan sirtqi ta'limga o‘tkazish uchun transfer.edu.uz platformasi orqali ariza topshirgan edim. Shu arizaning tasdiqlanishi OTM tomonidan amalga oshiriladimi yoki vazirlikga bog‘liqmi? Men Surxondaryo viloyatidanman. Oilamizda Akam va men kontrakt asosida oliy ta'limda tahsil olamiz. Shu sababli oilamiz moddiy tomondan qiynalayotgani uchun o‘qishimni sirtqi ta'limga o‘tkazish uchun ariza topshirgandim. Hozirda men 2 kursni bitirib 3 kursga kochdim, bizning yo‘nalishimizning sirtqi ta'lim shakli bor ekan. Agar bu masala yuzasidan shaxsan qabulingizga kirishim zarur bo‘lsa, qabul kuni va vaqtini ma'lum qilsangiz, juda minnatdor bo‘lardim. Oldindan e'tiboringiz va javobingiz uchun rahmat. Ваалекум ассалом. Вазирликка боглик, вазирликдан бизга руйхат келади, сунг комиссия куриб чикади. Хар бир аризани урганиб чикамиз ва Имкон кадар ердам беришга харакат киламиз.
Assalomu alaykum yaxshimisz ustoz Ttjga ariza topshirish qachondan boshlanadi Ваалекум ассалом. Платформа очилган.
Assalomu alaykum ustoz yaxshmsiz Men AT ***guruh talbasiman oilaviy sharotimiz tufayli kantiragimning 3mln sumni tulolmay qoldim. O'quv yili boshlangunicha tulab quysam buladimi.Dekanat tomonidan ogoxlantrish kelgan ekan. Ваалекум ассалом. Контракт карздорлик туланмаса тизим сизни курсдан курсга утказмайди.
💬Assalomu Alaykum domla. Yangi o'quv yiliga DXSH narxlari oshishini aytishdi. Shuni narxini eski holiga tushurishni iloji bormi ? Javob uchun avvaldan rahmat Ваалекум ассалом. Бу масала кенгашда куриб чикилади
Assalamu alaykum domla yaxshimisz kuni kecha institutimning bir qator faol talabalari bilan Samarqand shaxriga sayohat tashkil etilgandi. Borib mazza qilib oʻynab keldik. Shunga sayohatga oborib kelgan hamma narsalarimizga e’tibor bilan qaragan Ilhomjon domlaga Hamma narsalarni tashkillashda mehnat qilgan Toxirbek akaga ham rahmat deymiz. Juda hursant boldik deya insttitut talabalari Ваалекум ассалом. Эътироф учун рахмат. Шундай фаоллик билан укишларни давом эттирилар.
Assalomu aleykum Men Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti ** guruh talabasi **man. 1-kursda sog’ligimda muammolar bo’lib turdi. Shu sababdan yashash manzilimda bo’lgan Namangan davlat texnika universitetida akademik mobillik dasturi bo’yicha o’qishimga ruxsat berishingizni so’rayman. Arizani 31.07.2026 kuni qoldirdim. Arizamga ijobiy javob berishingizni so’rayman. Oldindan raxmat. Ваалекум ассалом. Наманганга хат чикарганмиз, розилик хати келгандан сунг колган хужжат ишлари амалга оширилади.
Assalomu alaykum. Ustoz yaxshimisiz? Qayta grand taqsimoti natijalari qachon e’lon qilinadi? Javob uchun avvaldan raxmat! Ваалекум ассалом. Хозирда ижтимоий фарллик буйича ишлар якунланган ва махсус комиссия (укув буйича)га чикарилган. Натижалар шу хафтада чикиши керак.
Assalamu alaykum 2- mutahassislikga oqishga kirsam ish joyi bolsa oqishdan yengillik boladimi. Agar ish joyi bolsa bazi fanlardan ozod etiladi deyishgandi bu qanchalik asosli domla. Javob uchun raxmat Ваалекум ассалом. Фанлардан озод килинмайди, агар масофавий еки кечки таълими бор булса шунга утишга тавсия киламан
assalom alaykumdomla 4kuslar ozini yo'nalishi boyicha ishlayotgan bo'lsa dual talim qay tartibda bo'laddi bu yil Ваалекум ассалом. Мутахассислик буйича хар бир талаба корхоналарга бириктирилади.
Assalomu aleykum yaxshimisz ustoz energetika va elektr muhandirligi fakulteti asosiy binoga kochadi degan xabar eshitgan edim shu rostmi ? Ваалекум ассалом. Хозирча урганиш ишлари кетяпти.