Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
СтатистикаAndijon davlat texnika instituti/ Андижанский государственный технический институт/ Andijan State Technical Institute Rektor qabulxonasi:+998-74-223-43-67.
- Последний пост
- 16:48
- Последнее чтение
- 21:12
- Постов за неделю
- 107
- Всего постов
- 606
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 601
- 1/48двое суток
- 688
- 1/72трое суток
- 742
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Mustaqillik — taraqqiyot, bunyodkorlik va zamonaviy texnologiyalar sari yo‘l Mustaqilligimizga 35 yil to‘lmoqda. Bu sana — xalqimizning ozodlik, milliy o‘zlik va mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlaganiga 35 yil to‘lganini anglatuvchi, tariximizdagi muhim va unutilmas voqeadir. #Mustaqillik35yil #YangiOzbekiston #TexnikaInstituti #Taraqqiyot #Innovatsiya #IlmFan #ZamonaviyTalim #Yoshlar #Texnologiya 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
📚 TA’LIM GRANTINI QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI E’LON QILINDI 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi VM-149-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida 2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari tasdiqlandi. 🎓 Bakalavriat ta’lim bosqichi bo‘yicha qayta taqsimlashda ishtirok etgan 599 nafar talabgorning natijalari maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, mutaxassisliklar kesimida grant turi bo‘yicha umumlashtirildi. 🎓 Magistratura ta’lim bosqichi bo‘yicha esa 67 nafar talabgorning natijalari ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi. Natijalar quyidagi grant turlari bo‘yicha shakllantirilgan: ✅ To‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti; ✅ Qo‘shimcha davlat granti; ✅ Oliy ta’lim tashkiloti granti. 📊 Talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ijtimoiy faolligi hamda belgilangan mezonlar asosida hisoblangan jami ballari natijalar ro‘yxatida aks ettirilgan. Grantga tavsiya etilgan talabalar uchun berilgan grant foizi ham ko‘rsatilgan. ✅ Natijalar bilan quyidagi ilovalar orqali tanishishingiz mumkin: 1️⃣ Bakalavriat — ta’lim grantini qayta taqsimlash natijalari; 2️⃣ Magistratura — ta’lim grantini qayta taqsimlash natijalari. 🎉 Grantga tavsiya etilgan barcha talabalarni muborakbod etamiz! ✅ Sizlarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, yuqori natijalar va ilmiy-ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
📚 TA’LIM GRANTINI QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI E’LON QILINDI 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi VM-149-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida 2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari tasdiqlandi. 🎓 Bakalavriat ta’lim bosqichi bo‘yicha qayta taqsimlashda ishtirok etgan 599 nafar talabgorning natijalari maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, mutaxassisliklar kesimida grant turi bo‘yicha umumlashtirildi. 🎓 Magistratura ta’lim bosqichi bo‘yicha esa 67 nafar talabgorning natijalari ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi. Natijalar quyidagi grant turlari bo‘yicha shakllantirilgan: ✅ To‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti; ✅ Qo‘shimcha davlat granti; ✅ Oliy ta’lim tashkiloti granti. 📊 Talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ijtimoiy faolligi hamda belgilangan mezonlar asosida hisoblangan jami ballari natijalar ro‘yxatida aks ettirilgan. Grantga tavsiya etilgan talabalar uchun berilgan grant foizi ham ko‘rsatilgan. ✅ Natijalar bilan quyidagi ilovalar orqali tanishishingiz mumkin: 1️⃣ Bakalavriat — ta’lim grantini qayta taqsimlash natijalari; 2️⃣ Magistratura — ta’lim grantini qayta taqsimlash natijalari. 🎉 Grantga tavsiya etilgan barcha talabalarni muborakbod etamiz! ✅ Sizlarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, yuqori natijalar va ilmiy-ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🏫 Andijon davlat texnika institutining sport majmuasi — yangi o‘quv yiliga shay! 🎓 Talabalarning nafaqat puxta bilim olishi, balki sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, jismoniy faolligini oshirishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun Andijon davlat texnika institutida zarur shart-sharoitlar yaratilgan. 🏋🏻 Institutning sport zali yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatga keltirildi. Zamonaviy va qulay sharoitlarga ega sport majmuasida talabalar turli sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanishlari mumkin. Sport majmuasida: ✅ turli sport mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun zarur sharoitlar; ✅ zamonaviy trenajyorlar va mashg‘ulot xonalari; ✅ jismoniy chiniqish va mashqlarni bajarish uchun qulay muhit; ✅ muntazam sport bilan shug‘ullanish uchun zarur jihozlar mavjud. ⚡️ Sport — sog‘lom hayot tarzi, kuchli iroda va yuqori natijalar garovidir! 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIM OLISH ISTAGIDAGILAR DIQQATIGA! Andijon davlat texnika institutida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolarni ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichiga qabul qilish jarayonlari tashkil etiladi. Suhbatda ishtirok etish uchun talabgor: — oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; — vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Suhbat jarayonida talabgorlarning: — tanlangan sohadagi islohotlar va mehnat faoliyati bo‘yicha umumiy ma’lumoti; — ikkinchi ta’lim yo‘nalishini tanlashdan maqsadi va kelgusidagi rejalari; — sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqidagi fikrlari; — tanlangan bakalavriat yo‘nalishiga oid bilim va kasbiy ko‘nikmalari baholanadi. Har bir talabgorga jami 4 ta savol beriladi. Savollarga tayyorlanish uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Talabgor suhbatga shaxsiy va kasbiy yutuqlari, ish tajribasi hamda qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarini tasdiqlovchi hujjatlardan iborat portfolio bilan kelishi tavsiya etiladi. Suhbat 100 ballik mezon asosida baholanadi. 60 ball va undan yuqori natija to‘plagan talabgor suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi. 📌 Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tib, belgilangan to‘lov-kontrakt shartlarini bajargan talabgorlar tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichiga o‘qishga qabul qilinadi. 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar: 📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi; 📌Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi; 📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi; 📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi; 📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi; 📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak; 📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi; 📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi; 📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi; 📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi; 📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi; 📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🎓 Andijon davlat texnika institutida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan talabgorlar diqqatiga! 🌀 Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul jarayoni doirasida 21–22-avgust kunlari suhbat bo‘lib o‘tadi. 📆 Suhbat sanasi va vaqti: ✅ 21-avgust, soat 08:00 — Iqtisodiyot ✅ 21-avgust, soat 14:00 — Qurilish muhandisligi, Arxitektura, Axborot tizimlari va texnologiyalari ✅ 22-avgust, soat 08:00 — Bak ishi, Buxgalteriya hisobi, Marketing, Menejment, Moliya va moliyaviy texnologiyalar ✅ 22-avgust, soat 11:00 — Logistika, Elektr muhandisligi 🤔 Suhbat o‘tkaziladigan joy: Andijon davlat texnika instituti, Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetining o‘quv binosi, 101 va 102-o‘quv xonalari. 💻 Barcha talabgorlardan suhbatda belgilangan sana va vaqtda ishtirok etishlari so‘raladi. ✅ Batafsil ma’lumot uchun: 📞 (74)223-42-12 📞 (74)223-43-78 📞 (74)223-46-11 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
"Giyohvandlik umr zavoli" - targ'ibot videosi! 🏫 Andijon davlat texnika institutining faol talabalari tomonidan tashkil etilgan Yosh targ'ibotchilar guruhi bugun sizlarga muhim va dolzarb murojaat bilan chiqmoqda. ✅"Giyohvandlik umr zavoli" shiori ostida tayyorlangan videoroligimiz nihoyat tayyor! 📹 Ushbu videorolik ANDTI talabalarining ijodiy mehnati, samimiy tashabbusi va kuchli irodasining mahsulidir. Biz o'z institutimiz doirasida cheklanib qolmasdan, bu xabarni butun Andijon viloyati yoshlariga, so'ngra butun O'zbekistonga yetkazmoqchimiz. 🎯 Siz ham bu harakatning bir qismiga aylaning - Sog'lom hayotni tanlang! 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
🔈 1-bosqichga qabul qilingan talabalar diqqatiga! Yotoqxona uchun arizalar qabuli boshlandi! 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilganlar bugundan (18-avgustdan) e’tiboran talabalar turar joyi uchun ariza topshirishlari mumkin. Ariza topshirish tartibi:⤵️ ✔️ my.gov.uz portal orqali ariza yuborish ✔️ Yotoxonaga navbatni tekshirish ➡️Batafsil videoda.👆 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи