ANNISAA ONLINE MARKAZI
СтатистикаMarkazimizda tajribali ustozlarimiz tomonidan Fonetika, Tajvid, Qur'on hifz va Tas'hih, Arab tili grammatikasi dan dars beriladi. Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun biz bilan bogʻlaning. 👉🏻 @ilmmaskani3 (Otzivlar): @annisaa_otziv
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 492
- 1/48двое суток
- 563
- 1/72трое суток
- 608
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📎"Fonetika – Tajvid – Qur’on" kursi haqida: Bu kurs Qur’onni to‘g‘ri talaffuz qilish va tajvid qoidalarini mukammal o‘zlashtirishni xohlaganlar uchun mo‘ljallangan. Har bir dars nazariy va amaliy jihatdan birxilda tashkil etilgan bo‘lib, bilimlarni chuqur…
📎"Fonetika – Tajvid – Qur’on" kursi haqida: Bu kurs Qur’onni to‘g‘ri talaffuz qilish va tajvid qoidalarini mukammal o‘zlashtirishni xohlaganlar uchun mo‘ljallangan. Har bir dars nazariy va amaliy jihatdan birxilda tashkil etilgan bo‘lib, bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi. 🖥Darslar tartibi quyidagicha: ➡️ Arab alifbosidagi harflarning shakli, sifati, xususiyatlari va maxrajlari amaliy tarzda o‘rgatiladi. ➡️ Har bir harfni o‘z maxrajidan to‘g‘ri va ravon talaffuz qilish “Muallim Soniy” va “Iqro” kitoblari asosida mashq qilinadi. ➡️ Tajvid qoidalari sodda va tushunarli tarzda bayon qilinadi, har bir qoida amaliy tatbiq etiladi. ➡️ Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar “Qur’on muxtasar hifz” guruhiga qabul qilinadi. (30-chi poradagi Naas surasidan → Shams surasigacha — majburiy hifz. Naba surasigacha — ixtiyoriy.) ➡️ O‘qilgan oyatlar tajvidiy jihatdan tahlil qilinadi va to‘g‘ri o‘qish ko‘nikmasi mustahkamlanadi. 🔼Talaba o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lsa, “Qur’on tas’hih” hatm kursida davom ettirishi mumkin bo'ladi. 🗓Dars davomiyligi: • Fonetika-Tajvid kursi: 40 dars • Qur’on muxtasar hifzi: talabalar faolligiga qarab. • Har bir dars hajmiga qarab 90 minutgacha davom etadi. 🔼Kursning asosiy foydalari: ✔Qur’onni to‘g‘ri va bexato talaffuz qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz. ✔ Tajvid qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan mukammal o‘zlashtirasiz. ✔ Tajribali ustozlardan jonli online tarzda ilm olish orqali darslar samaradorligini oshirasiz. ✔ Kurs davomida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unlashuvi natijasida bilimlaringiz mustahkamlanadi. ✔Kursni muvaffaqiyatli tugatgan tolibalarga elektron shaklda “Shahodatnoma” taqdim etiladi. Murojaat uchun: 👉🏻 @ilmmaskani3 ⬇️ https://t.me/annisaa_markaz
📎#foydali 📖Iqro ta'limida anglagan 5 muhim haqiqatim Kichik yoshdagi qizaloqlar bilan Iqro' kitobi asosida ishlash davomida bir necha muhim xulosalarga keldim. Balki bu tajribalar boshqa Qur'on muallimlariga ham foydali bo'lar, inshaalloh. 1️⃣Avval bolaning mehrini qozoning, keyin unga talab qo'ying Bola avvalo ustozini yaxshi ko'rsa, darsni ham yaxshi ko'radi. Mehr, tabassum va rag'bat juda muhim. Lekin bu mehr tartib va talabchanlik bilan birga bo'lishi kerak. Faqat mehr bilan ham, faqat qattiqqo'llik bilan ham yaxshi natijaga erishib bo'lmaydi. 2️⃣"Katta bo'lsa mahrajni o'rganadi", deb befarq bo'lmang Ba'zan bolalar hali kichik, mahrajni tushunmaydi, degan fikr bo'ladi. Amalda esa buning aksini ko'rdim. Agar ustoz har bir harfning mahrajini erinmay qayta-qayta tushuntirib, sifatli talaffuzni talab qilib tursa, bolalar uni juda tez o'zlashtirar ekan. Hatto ko'p hollarda kattalarga nisbatan tezroq to'g'ri talaffuz qilishni o'rganishadi. 3️⃣Kichkina xatoni ham e'tiborsiz qoldirmang Bir harakatning sal cho'zilib ketishi, maddning yetarlicha cho'zilmasligi yoki boshqa kichik xatolarni "keyin to'g'rilanadi", deb o'tkazib yuborish to'g'ri emas. Chunki aynan shu kichik xatolar vaqt o'tishi bilan odatga aylanadi. Keyin esa ularni tuzatish ancha qiyin bo'ladi. 4️⃣Onajonning ishtiroki — muvaffaqiyatning yarmi Ayniqsa onlayn darslarda bu juda muhim. Ba'zan qoidani qizaloqdan ko'ra onasi yaxshiroq tushunib oladi. Keyin uyda ustoz talab qilgan tartibda mashq qildirsa, natija ham shunga yarasha bo'ladi. Aks holda, bola vazifani o'nlab marta takrorlagan bo'lsa ham, uni noto'g'ri takrorlayotgan bo'lishi mumkin. Noto'g'ri takror esa foyda emas, balki keyinchalik tuzatish qiyin bo'ladigan xato odatni shakllantiradi. 5️⃣Sifat tezlikdan ustun Maqsad — kitobni tez tugatish emas, Qur'onni to'g'ri o'qiy oladigan o'quvchini tarbiyalashdir. Ba'zan bitta sahifada ko'proq turishga to'g'ri keladi. Ammo puxta o'zlashtirilgan har bir sahifa keyingi bosqichlarni yengillashtiradi. Men hali ham o'rganishda davom etyapman. Har bir guruh, har bir bola ustozga yangi tajriba beradi. Lekin bir narsaga tobora ko'proq amin bo'lyapman: Qur'on ta'limida poydevor qanchalik mustahkam qo'yilsa, keyingi natijalar ham shunchalik chiroyli bo'ladi. 🤲Alloh taolo barcha Qur'on muallimlariga ixlos, sabr va baraka ato etsin. Ustoza #UmmuSirojiddin🌸 ⬇️ https://t.me/annisaa_markaz
📎"Fonetika – Tajvid – Qur’on" kursi haqida: Bu kurs Qur’onni to‘g‘ri talaffuz qilish va tajvid qoidalarini mukammal o‘zlashtirishni xohlaganlar uchun mo‘ljallangan. Har bir dars nazariy va amaliy jihatdan birxilda tashkil etilgan bo‘lib, bilimlarni chuqur…
📎"Fonetika – Tajvid – Qur’on" kursi haqida: Bu kurs Qur’onni to‘g‘ri talaffuz qilish va tajvid qoidalarini mukammal o‘zlashtirishni xohlaganlar uchun mo‘ljallangan. Har bir dars nazariy va amaliy jihatdan birxilda tashkil etilgan bo‘lib, bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi. 🖥Darslar tartibi quyidagicha: ➡️ Arab alifbosidagi harflarning shakli, sifati, xususiyatlari va maxrajlari amaliy tarzda o‘rgatiladi. ➡️ Har bir harfni o‘z maxrajidan to‘g‘ri va ravon talaffuz qilish “Muallim Soniy” va “Iqro” kitoblari asosida mashq qilinadi. ➡️ Tajvid qoidalari sodda va tushunarli tarzda bayon qilinadi, har bir qoida amaliy tatbiq etiladi. ➡️ Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar “Qur’on muxtasar hifz” guruhiga qabul qilinadi. (30-chi poradagi Naas surasidan → Shams surasigacha — majburiy hifz. Naba surasigacha — ixtiyoriy.) ➡️ O‘qilgan oyatlar tajvidiy jihatdan tahlil qilinadi va to‘g‘ri o‘qish ko‘nikmasi mustahkamlanadi. 🔼Talaba o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lsa, “Qur’on tas’hih” hatm kursida davom ettirishi mumkin bo'ladi. 🗓Dars davomiyligi: • Fonetika-Tajvid kursi: 40 dars • Qur’on muxtasar hifzi: talabalar faolligiga qarab. • Har bir dars hajmiga qarab 90 minutgacha davom etadi. 🔼Kursning asosiy foydalari: ✔Qur’onni to‘g‘ri va bexato talaffuz qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz. ✔ Tajvid qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan mukammal o‘zlashtirasiz. ✔ Tajribali ustozlardan jonli online tarzda ilm olish orqali darslar samaradorligini oshirasiz. ✔ Kurs davomida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unlashuvi natijasida bilimlaringiz mustahkamlanadi. ✔Kursni muvaffaqiyatli tugatgan tolibalarga elektron shaklda “Shahodatnoma” taqdim etiladi. Murojaat uchun: 👉🏻 @ilmmaskani3 ⬇️ https://t.me/annisaa_markaz
📎"Fonetika – Tajvid – Qur’on" kursi haqida: Bu kurs Qur’onni to‘g‘ri talaffuz qilish va tajvid qoidalarini mukammal o‘zlashtirishni xohlaganlar uchun mo‘ljallangan. Har bir dars nazariy va amaliy jihatdan birxilda tashkil etilgan bo‘lib, bilimlarni chuqur…
📣 Ertadan shu guruhda darslar boshlanadi! ———————-⤵️ 🖥85-FONETIKA-TAJVID🔽 Dushanba-Payshanba 05:00 (uzb vaqti) Ustoza: Ummu Sirojiddin🌸 —————— Fonetika va tajvid ilmini to'g'ri asosdan o'rganib, Qur'oni Karimni to'g'ri va chiroyli o'qishni o'rganmoqchi bo'lgan opa-singillarimiz, ulgurib qoling 👑 ‼️ Joylar cheklangan, shoshiling! Narxlar: ✨ 1-oyga 170 ming so'm. (Keyingi oylar 270 ming so'mdan.) 👉Murojaat uchun: 👉🏻 @ilmmaskani3 Qabul ochiq boshqa guruhlar:⤵️ https://t.me/annisaa_markaz/1623
Habaringiz bor, bolajonlar uchun yozgi guruhlarimiz ochilgan edi. Guruhlarda allaqachon darslar boshlanib bo'lgan edi. Shunga qaramay, yana murojaatlar kelishda davom etyabdi. Shunga o'gil bolalar uchun yangi guruh ochildi.⚡️ 📊3 oyda Qur'onga tushurib beramiz…
📣Yozgi ta'tilda farzandingiz Qur'on o'rganishini xohlaysizmi? Markazimizda 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan qizaloqlar va o'g'il bolachalar uchun “IQRO KIDS” kursiga qabul ochildi. 🧕 📎Bu kursda o'quvchilar maxsus metodika asosida arab harflarining talaffuzi…
📎"Fonetika – Tajvid – Qur’on" kursi haqida: Bu kurs Qur’onni to‘g‘ri talaffuz qilish va tajvid qoidalarini mukammal o‘zlashtirishni xohlaganlar uchun mo‘ljallangan. Har bir dars nazariy va amaliy jihatdan birxilda tashkil etilgan bo‘lib, bilimlarni chuqur…
📣Yozgi ta'tilda farzandingiz Qur'on o'rganishini xohlaysizmi? Markazimizda 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan qizaloqlar va o'g'il bolachalar uchun “IQRO KIDS” kursiga qabul ochildi. 🧕 📎Bu kursda o'quvchilar maxsus metodika asosida arab harflarining talaffuzi…
📎Markazimizda ayollar uchun quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi: ⬇️ 1️⃣ FONETIKA-TAJVID (Muallim soniy, Mufassal tajvid) 2️⃣ Qur'on Muxtasar hifz (Qur'onga endi tushganlar uchun) 3️⃣ QUR'ON HIFZ (Ustoz nazoratida Qur'onni yodlash) 4️⃣ QUR'ON TAS'HIH (Ustoz nazoratida yakka tartibda Qur'onni to'liq hatm qilish) 6️⃣ Qur'on Hatmona (Ustoz nazoratida Qur'onni hatmona shaklida hatm qilish) 7️⃣ Bolajonlar uchun (6-11 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun maxsus) 8️⃣ Arab tili grammatikasi (Barcha darajalar uchun)
📣YANGI KURS — ARAB TILI GRAMMATIKASI 🖥Boshlang'ich darajadan (A0 → A1) arab tilining grammatik asoslarini mustahkam o'rganmoqchi bo'lganlar uchun yangi guruh ochilyapti! 🗓 Chorshanba va Yakshanba 05:00 (uzb vaqti) ⌛Dars davomiyligi: 90 daqiqa 📈Kurs davomiyligi:…
📣YANGI KURS — ARAB TILI GRAMMATIKASI 🖥Boshlang'ich darajadan (A0 → A1) arab tilining grammatik asoslarini mustahkam o'rganmoqchi bo'lganlar uchun yangi guruh ochilyapti! 🗓 Chorshanba va Yakshanba 05:00 (uzb vaqti) ⌛Dars davomiyligi: 90 daqiqa 📈Kurs davomiyligi: 3 oy 📚"Al-Manjahul Alamiy" kitobi asosida. Ustoza: Ummu Humayro🌸 Narxi: 270 000 so'm / oy 📌 Bu imkoniyatni boy bermang! 😊 Murojaat uchun: 👉🏻 @ilmmaskani3
⚡️Erkaklar uchun maxsus ta'lim! ☄️ 🖥Kurslar: - Muallim Soniy + Tajvid - Qur'on hifz va tas'hih - Arab tili grammatikasi 💻Darslar: - Jonli online shaklda o'tkaziladi. - Har bir talaba darajasiga mos ravishda alohida alohida INDIVIDUAL yondashuv asosida ta'lim beriladi. - 12 yoshdan 70 yoshgacha toliblar qabul qilinadi. 📌 Bu imkoniyatni boy bermang! 😊 Murojaat uchun: 👉🏻 @ilmmaskani3 __________________ ⭐Ustoz: Muhammad Azhariy - Milati: O'zbek - Misr Arab Respublikasidagi Al-Azhar universitetida o'qigan. - Qur'oni karim, Arab tili grammatikasi va boshqa shar'iy ilmlardan ijozalarga ega. - Murattab Qori, Taroveh namozlarida hatmga o'tishni boshlagan. - Arab tilini mukammal biladi, 15 yillik tajribaga ega. DARS VAQTLARI:⬇ 1⃣ GURUH: Haftada 2 marta Payshanba-Yakshanba Vaqti: 22:00 Narx: 450 ming so'm (oyiga) 2⃣ GURUH: Haftada 3 marta Dushanba-Chorshanba-Juma 21:30 Narx: 500 ming so'm (oyiga) 3⃣ GURUH: Haftada 3 marta Seshanba-Payshanba-Shanba 06:00 Narx: 500 ming so'm (oyiga) 🔼Guruhlarda darslar yarim individual shaklda bo'ladi, ya'ni, o'quvchilar darsga guruhda belgilangan vaqtda kiradi va navbatini kutib turadi. Ustoz navbati bilan alohida alohida dars qiladi. 🔼Agar yuqoridagi vaqtlar to'g'ri kelmasa, siz uchun individual vaqtga qilib berishimiz mumkin. Arab tili grammatikasi faqat individual shaklda o'qitiladi.
Bolajonlar uchun yozgi guruhlariniz ochilgan. 😊 3 oyda Qur'onga tushurib beramiz Inshaalloh😊. QIZLAR UCHUN👑 -Darslar Harkuni -Dushanbadan-Shanbagacha -Vaqti kelishiladi. Ustoza: Ummu Sirojiddin 💐 Narxi: oyiga 600 ming so'm YIGITLAR UCHUN✈ -Darslar Harkuni…
Assalamu alaykum. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🌙 Iydul-Azho Qurbon hayiti muborak! 🌙 ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ Butun ahli Islomni Iydul-Azho Qurbon hayiti bilan chin dildan tabriklaymiz. Allohdan so'raymizki, qilgan toat-ibodatlarimizni, tutgan ro'zalarimizni va qilgan duolarimizni ijobat etgan bo'lsin va barcha Hojilaming hajlarini hajji mabrurlardan qilsin. Qiladigan qurbonliklarimizni O'zi husni qabul aylasın va bu yili hajga yetolmaganlarni keyingi yillarga O'zi yetkazsin. Omin. 🤲 ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ Yana bir bor bayramingiz muborak bo'lsin! 😊 ANNISAA jamoasi 💚
Аллоҳ таоло бандаларини дўзахдан энг кўп озод қиладиган кун ― Арафа кунидир. Аллоҳ таоло ҳаммамизни дўзахдан озод қилинган бандалари қаторида қилсин. Омин. Ибн Абдулбарр раҳимаҳуллоҳ айтади: "Кўпинча Арафа куни қилинган дуоларнинг ҳаммаси ижобат бўлади". Орзу-умидларингизни, қалбингиздаги Аллоҳдан сўрайман деб қўйган жамики истакларингизни сўраб олиш учун ажойиб фурсат, бу кунни ғанимат билинг ва уни асло қўлдан бой бериб қўйманг! Зеро, бу кунда осмон эшиклари очилади ва ушбу кундаги рўза икки йилги гуноҳларга каффорот бўлади.
♥️♥️♥️♥️ Арафа кунингиз муборак бўлсин қадрлиларим! "Солиҳ салафлар эҳтиёжлари учун қиладиган дуоларини арафа кунига сақлаб қўйишар эди. Қанчадан-қанча орзу-умидлар ва дуолар арафа куни оқшомида ижобат қилинган. Рамазон ойида қадр кечаси қайси кунлиги аниқ бўлмагани учун уни билмаймиз. Аммо Зулҳижжанинг Арафа куни ҳақида Аллоҳ бизга аниқ хабар бериб қўйган. Шундай имконият бўлса ҳам камчиликка йўл қўямизми? "..... Азизларим бу муборак дақиқаларни қўлдан бой бермайлик.. дуода бардавом бўлайлик. Эй меҳрибон Аллоҳим, аввало Ўзингдан мағфират сўрайман. Мен билмаган ҳолда қилган хатоларимни кечир. Қалбимни покла, ниятларимни тўғрила. Эй Аллоҳим, мен ва оиламни икки дунё саодатига еткказ. Қалбларимизга ҳидоят, тинчлик ва ислом нурини бер. Ҳар бир дуо қилган биродаримга ҳам шу яхшиликларни ато эт, дуоларини ижобат эт. Эй Аллоҳим, Фаластиндаги мазлум биродарларимни ёрдамсиз қолдирма. Уларнинг юрагидаги оғриқни енгил қил, уларга нажот бер, нусрат бер я Роббим. Уларни Ўз паноҳингда асра.. тинчликда омонликда қил! Эй Аллоҳ, дунё бўйлаб зулмда, муҳтожликда, урушда, қамоқда, қийноқда бўлган мусулмонларни Ўз паноҳингга ол. Уларни ёлғиз қолдирма. Золимларга Ўзинг кифоя қил, уларни мағлуб қил.. Эй барча ишлар У Зотнинг қўлида бўлган Аллоҳим, Сен барча сирларни билувчи, қалблардаги дардни англовчи, золимларнинг макрини битирувчи Зотсан. Эй Роббим, муҳтарам устозимиз Мубашшир Аҳмад домлани шу кунларда бошларига тушиб турган муаммоларни арит. Қулларинг орасида ҳаққа даъват қиладиганлардан эканлар, уларни ёлғиз қолдирма! Эй Аллоҳ, устозимизни озодликка чиқар. Бизни уларнинг қайтадан дарсларига, суҳбатларига гувоҳ қил. У зотни аҳли оиласига, талабаларига, умматга саломат ҳолда қайта етказ. Эй золимларга қарши қудратли Зот, золимларни ўз макрига ғарқ эт, ҳақни очиқ ва равшан қилиб бер. Устозимизга сабр, бизларга эса дуо ва амал билан уларни қўллашни насиб эт. Эй Аллоҳ, ушбу муборак арафа кунида уларнинг ишларида фатҳ ва кушойиш бер. Қалбларига тасалли, жисмларига ва руҳиятларига саломатлик, ҳотиржамлик ато эт! Эй Роббим, бизларни ҳам ўша мазлумлар дардига бефарқ эмас, амал билан ёрдам берадиган, дуо билан қўллаб-қувватлайдиган бандалардан қил. Я Роббим! Юрагимдан чиққан бу сўзларни дуоларимни ижобат қил! Амин я Роббал аъламийн. 📤📤📤📤 ➡ @Annisaa_markaz
♥️♥️♥️♥️ Абдуллоҳ ибн Амр ибн Осс розияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади: Албатта, Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: «Дуонинг энг яхшиси арафа кунидаги дуодир. Мен ва мендан олдинги Пайғамбарлар айтган сўзнинг энг яхшиси — «Лаа илааҳа иллаллооҳу ваҳдаҳу лаа шарийка лаҳу лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду ва ҳува алаа кулли шайъин қодийр»дир». Имом Термизий ривояти Ана шундай дуо қабул бўладиган кунда биргалашиб дуо қилайлик! Оламларнинг Робби Аллоҳ таолога ҳамду санолар бўлсин! Оламларга раҳмат қилиб юборилган Пайғамбаримизга саловот, салом ва баракотлар бўлсин! Эй Аллоҳ! Биз ожизлигимизни, муҳтожлигимизни, заифлигимизни тан олиб, Ўзинг буюрганингдек дуо қилмоқдамиз, Сен бу дуоларимизни Ўзинг ваъда қилганингдек ижобат қилгин! Эй Аллоҳ! Ҳар бир мусулмон бандангни иймонда, Ўзингнинг тоатингда ва Ҳабибинг соллаллоҳу алайҳи васалламнинг тоатларида бардавом қилгин! Эй Аллоҳ! Ҳар бир мусулмон бандангни ҳидоятда, тақвода, иффатда ва бойликда бардавом қилгин! Эй Аллоҳ! Диндошларимиз орасида фақирлар бўлса, уларни саховатли бой қилгин! Эй Аллоҳ! Диндошларимиз орасида беморлар бўлса, уларга комил шифо бергин! Эй Аллоҳ! Диндошларимиз орасида мусибатга учраганлар бўлса, уларга сабр бергин ва мусибатларини аритгин! Эй Аллоҳ! Диндошларимиз орасида қарздорлар бўлса, уларга нажот бергин! Эй Аллоҳ! Диндошларимиз орасида мазлумлар бўлса, уларга нусрат бергин! Эй Аллоҳ! Диндошларимиз орасида илм талабидагилар бўлса, уларга фойдали илм бергин ва илмларига амал қилишларини насиб этгин! Эй Аллоҳ! Диндошларимиз орасида фарзанд талабидагилар бўлса, уларга кўз қувончи бўладиган солиҳ-солиҳа зурриёдлар ато қилгин! Эй Аллоҳ! Диндошларимиз орасида оила қурмоқчилар бўлса, уларга яхши жуфт ато этгин! Эй Аллоҳ! Биз мусулмон бандаларингнинг қалбларини хотиржамлик ва ризо билан тўлдиргин ҳамда иймон нури ила мунаввар қилгин! Эй Аллоҳ! Ҳар биримизни Ўзинг рози бўладиган сўз ва амалга муваффақ айлагин! Эй Аллоҳ! Ҳар биримизнинг юзимизни саодат билан чароғон қилгин! Эй Аллоҳ! Ҳар биримизнинг тилимизни зикрингга машғул қилгин! Эй Аллоҳ! Ҳар биримизнинг оиламизни исломий, ибратли, ибодатли, фаровон оила қилгин! Эй Аллоҳ! Ҳар биримизнинг иймон билан ўтганларимизни раҳматингга олгин! Эй Аллоҳ! Бизнинг гуноҳларимизни мағфират этгин, афв айлагин! Эй Аллоҳ! Китоб, мақола ўқийдиганларга ўқиганларини тушуниб, амал қилишларини насиб этгин! Эй Аллоҳ! Бу йил кўп бандаларинг Ҳажга боришолмади. Келгуси йили қаторимиздан хато бўлмай, кўпчилик бўлиб, оиламиз билан Ҳаж қилишни насиб этгин! Эй Аллоҳ! Бутун дунёда дуо қилаётган мусулмонлар қаторида Байтингни Ҳаж қилаётган, Арафотда туриб дуо қилаётган бандаларингнинг дуоларини ижобат этгин! Эй Аллоҳ! Юртимизга аввалги пешқадамлигини ато қилгин! Бу юртни яна Бухорий, Термизий, Нақшбанд, Мотуридий, Марғиноний каби уламолар юрти қилгин! Эй Аллоҳ! Ислом динига қувват, бутун дунёдаги мусулмонларга иззат бергин ва Динимиз душманларига Ўзинг кифоя қилгин! Эй Аллоҳ! Биз бандаларингга қиёмат куни Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг шафоатларидан насиб этгин! Эй Аллоҳ! Биз бандаларингни ҳисобсиз ва азобсиз жаннатингга киритгин! Эй Аллоҳ! "Омин!" деганларни ҳам бу дуонинг ижобатидан баҳраманд этгин! Оламларнинг Робби Аллоҳ таолога ҳамду санолар, Пайғамбаримизга саловот, салом ва баракотлар бўлсин! 📤📤📤📤 ➡ @Annisaa_markaz