AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
Статистика«Olmaliq KMK» AJ O'zbekiston, Toshkent vil., Olmaliq sh. A.Temur, 53 uy. E-mail: info@agmk.uz веб-сайт: www.agmk.uz www.facebook.com/agmkofficial https://t.me/ao_agmk https://www.instagram.com/agmkofficial Ishonch telefoni: 71 61 9 23 33 @agmk_bot
- Последний пост
- 11:00
- Последнее чтение
- 11:02
- Постов за неделю
- 186
- Всего постов
- 1 116
- Тип
- открытый
- Язык
- португальский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 895
- 1/48двое суток
- 3 317
- 1/72трое суток
- 3 578
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Yil boshidan O‘zbekistonga 8 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi, ularning mamlakatimizda qolish muddati 8 kungacha uzaydi. Davlatimiz rahbari turizm islohotlari aholi daromadida yanada ko‘proq sezilishi kerakligini taʼkidladi. Mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 50 million dollar resurs ajratiladi. Tadbirkorlarga 10 yil muddatga milliy valyutada 16 foizli kredit beriladi. Uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxona qurish uchun subsidiya berish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Subsidiya uchun mehmonxona “yulduzi”ni tasdiqlashda xorijiy kompaniya xulosasini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi. Mehmonxonalar uchun yer va mulk solig‘ini 10 barobar kam stavkada to‘lash imtiyozi 2030-yilgacha uzaytiriladi. 50 tadan ko‘p joylashtiruv o‘rniga ega mehmonxonalarga naqd valyuta qabul qiladigan bankomatlarni banklarning o‘zi o‘rnatib beradi. Turoperatorlarning xorijlik turistlarga ko‘rsatgan xizmati eksportga tenglashtirilib, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. Turistik avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar olib kelishdagi bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi. Bunday transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imi ham undirilmaydi. Facebook|Instagram|X
Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi. Yaʼni ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi. Litsenziya bo‘yicha ariza rad etilgan har bir holatni Biznes-ombudsman o‘rganadi. Asossiz rad qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi. Oziq-ovqat eksporti uchun talab etiladigan veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalarining o‘rniga yagona “Salomatlik sertifikati” beriladi. Yangi litsenziya va ruxsatnoma joriy etishdan oldin u uch hududda olti oy eksperimentdan o‘tkaziladi. Tadbirkorlar mulkiga ijro hujjatlari asosida taqiq qo‘yish bilan bog‘liq eʼtirozlar ham ko‘pligi qayd etildi. Mazkur masalalar bo‘yicha alohida uchrashuv o‘tkazilib, tizimli yechimlar belgilanadi. Facebook|Instagram|X
Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida qolishi “tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa – to‘laydi” degan noto‘g‘ri yondashuvni keltirib chiqarayotgani tanqid qilindi. – Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak, – dedi Prezidentimiz. Shu bois, barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi. Davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorning zakalat pulini qaytarish avtomatlashtiriladi. Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi. Tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boshqa taʼsir chorasi qo‘llanmaydi. Shuningdek, “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi. Birinchi bor qoida buzgan va odamlar hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun beriladi. Nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir sud bosqichida davlat bojini to‘laydi. Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengashiga bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ham ko‘rib chiqish vakolati beriladi. Facebook|Instagram|X
Beshinchi yo‘nalish – biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish. So‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, o‘n yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizdan 26 foizga tushdi. – Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari. Tahlil qilingan 5 ming tadbirkorning yarmidan ko‘pida bir yilda 2-3 marta, yana 21 foizida 4 martadan soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Bunga yong‘in, qurilish, sanitariya, karantin va energiya inspeksiyalarining takroriy tekshiruvlari ham qo‘shilmoqda. – Bir narsani tushunish kerak: xotirjamlik bo‘lmagan joyda erkinlik ham, rivojlanish va yangilikka intilish ham bo‘lmaydi, – dedi Prezident. Shu bois, kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi. O‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi. Kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi, bir yilda takroriy tekshiruv esa faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi. Facebook|Instagram|X
– Bugun dunyoda bozor uchun kurash kun sayin kuchayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o‘zini yolg‘iz his qilmasligi kerak, – dedi Prezident. Elchilarga qayerda yangi imkoniyat va bozor bo‘lsa, tadbirkorlarni birinchi bo‘lib “qo‘lidan ushlab” olib borish vazifasi qo‘yildi. Eksportning 60 foizi to‘g‘ri kelayotgan 20 ta davlat va istiqboli yuqori yana 5 ta davlatda “eksport elchilari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ularni o‘sha bozorga eng ko‘p eksport qilayotgan tadbirkorlarning o‘zi saylaydi. “Eksport elchilari” savdo tarmoqlari, sertifikat va marketing masalalarida boshqa tadbirkorlarga ko‘maklashadi. Ularning borish-kelish va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik muammosi bo‘yicha ham yangi yengilliklar beriladi. Yil yakunigacha qarzni qoplash uchun bank hisobraqamiga valyuta qo‘yilsa, u eksport tushumi sifatida qabul qilinadi. Tovar uchun to‘lov kelmagan bo‘lsa ham eksportga cheklov bekor qilinadi, invoysda 50 foiz oldindan tushum talabi olib tashlanadi. Savdo uylari va distribyutorlar orqali eksportda valyuta tushumini taʼminlash muddati 180 kundan 365 kunga uzaytiriladi. Facebook|Instagram|X
To‘rtinchi yo‘nalish – eksport salohiyatini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish. Prezidentimiz tashqi bozorda har bir dollar eksport uchun kuchli raqobat ketayotganini taʼkidladi. O‘rganishlarga ko‘ra, eksportchilarning 40 foizi xorijlik mijoz topishga, 36 foizi standart va sertifikatsiya talablariga moslashishga qiynalmoqda. 37 foizida qulay moliyaviy instrumentlar, 33 foizida bozor, marketing va brend bo‘yicha ko‘nikmalar yetishmaydi. Shu bois, tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Xorijda talab yuqori bo‘lgan 100 ta mahsulotning ro‘yxati shakllantiriladi. Har bir mahsulot bo‘yicha tashqi bozordagi raqobatchilar, tarif tizimi va logistika yechimlari ishlab chiqiladi. 2 mingta korxonaning ishlab chiqarish jarayoni tashqi bozor va xaridor segmentiga moslashtiriladi. Tadbirkorlarga xorijiy brendmeyker jalb qilish xarajatining yarmi – 500 ming dollargacha qoplab beriladi. Milliy brendni tashqi bozorda targ‘ib qilish va xalqaro talablarga moslashtirish uchun 50 ming dollargacha subsidiya ajratiladi. Marketpleyslarda omborga joylashtirish va sotish xarajatining yarmi, xalqaro tenderlar uchun konsalting xarajatining 80 foizi kompensatsiya qilinadi. Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashning yagona tizimiga kamida 1 milliard dollar yo‘naltiriladi. Facebook|Instagram|X
Joriy yil ilk bor 13 ta strategik kompaniya aktiviga ega Milliy investitsiya jamg‘armasining 30 foiz ulushi Toshkent va London fond birjalariga chiqarildi. Mazkur tajriba xususiy sektor uchun ham tashqi kapital bozorlarga yo‘l ochdi. Endi mahalliy korxonalarni kapital bozoriga olib chiqish uchun nufuzli investitsiya banklari bilan akseleratsiya dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Har yili daromadi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 ta korxona tanlab olinadi. Ularni IPOga tayyorlash, hisobotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish xarajatining yarmi qoplanadi. Bu xususiy korxonalarga chetdan yiliga kamida 1 milliard dollar jalb qilish imkonini beradi. Prezidentimiz har yili 50 milliard dollarlik yuqori texnologik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganini qayd etib, ularda kadr tayyorlash komponenti bo‘lishi shartligini taʼkidladi. – Har bir loyihaning samarasi faqat texnologiyaga emas, uni ishlata oladigan malakali kadrlarga bog‘liq, – dedi davlatimiz rahbari. Urganchda Germaniya va Xitoy tajribasi asosida o‘quvchilarni “yashil” energetika, qurilish, hamshiralik, agronomlik, elektrotexnika kabi 10 turdagi kasbga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tajriba respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi. Texnikum tashkil qiladigan yoki davlat texnikumini olib xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlarning xarajatlari solig‘idan chegirib beriladi. Shu tizim orqali 1 million yoshni zamonaviy kasblarga o‘rgatib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsad qilingan. Facebook|Instagram|X
Tahlillarga ko‘ra, zamonaviy boshqaruv va sunʼiy intellekt yondashuvlarini joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotga talab keskin ortgan. 25 foizida tannarx kamayib, 40 foizida daromad o‘sishi hisobiga ishchilarning oyligi 10 foizdan ko‘proq ko‘tarilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Kelasi yil uning quvvati 3 karra oshiriladi. “10 ming korxona uchun – sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi. Korxonalarga sunʼiy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Yangi mahsulot uchun sunʼiy intellekt modelini yaratishda superkompyuterdan bepul foydalanish imkoni beriladi. Ilmiy-tadqiqot xarajatlari ham budjetdan qoplanadi. Tadbirkorlar foydalanishi uchun tayyor sunʼiy intellekt dasturlari ochiq platformaga joylashtiriladi. Dasturning birinchi bosqichiga kamida 100 million dollar ajratiladi. To‘qimachilikdagi tajriba elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatiga ham tatbiq etiladi. Ushbu korxonalarda avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi. Facebook|Instagram|X
Ko‘p tadbirkorlar elektr energiyasi va gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov qilish aylanma mablag‘ni qisqartirayotganini bildirgan. Endi ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi. – Umuman, energetika bo‘yicha boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartiryapmiz. Barcha tumanlarda tadbirkorlarning hozirgi ehtiyoji va ertangi rejasiga qarab ishlaydigan yangi tizim bo‘ladi, – dedi Prezidentimiz. Kelasi yildan qurilish sohasida pudratchi va loyihachilar o‘sishini rag‘batlantiradigan yangi yondashuv joriy etiladi. Qurilish qayerda bo‘lishidan qatʼi nazar, har bir ishchi-soat uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida mablag‘ rejalashtiriladi. Davlat obyektlari smetasida pudrat korxonalari uchun 7 foiz foyda ko‘zda tutiladi. Qurilish murakkabligiga qarab loyihalash ishlariga obyekt qiymatining 4-7 foizigacha mablag‘ ajratiladi. Davlatimiz rahbari uchinchi yo‘nalish sifatida “sunʼiy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish vazifasini belgiladi. – Bugun qaysi tadbirkor qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirsa, sunʼiy intellekt yordamida unumdorlikni oshirsa, tannarx bo‘yicha izlansa, ertangi bozor uniki, – dedi Prezident. Facebook|Instagram|X
Auksionda yer sotib olgan tadbirkor qurilishni boshlash uchun 6 oydan 1 yilgacha hujjat yig‘ib yurishiga barham beriladi. Endi hokimlar yerni qurilish ruxsati, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyihasi bilan “tayyor paket” shaklida savdoga chiqaradi. Bunday yerni olgan tadbirkor qurilishni darhol boshlashi mumkin bo‘ladi. Infratuzilma yig‘imi bo‘yicha avans ham 20 foizdan 5 foizga tushiriladi. Banklar balansidagi 9 trillion so‘mlik 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlang‘ich to‘lovsiz va foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi. Uni sotib olgan tadbirkor bir yil yer va mulk solig‘ini to‘lamaydi. Birinchi navbatda mahalliylashtiriladigan 50 ta mahsulot ro‘yxati shakllantirildi. Ularni o‘zlashtirish uchun Navoiy, Jizzax, Namangan, Urgut va Hazorasp maxsus iqtisodiy zonalarining bir qismida “Bond sanoat zonalari” tashkil etiladi. Bu zonalarga xomashyo va butlovchi qismlarni olib kirishda barcha soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Mahalliylashtirish darajasi 30-40 foizdan oshsa, mahsulotni ichki bozorga chiqarishda ham imtiyozli shartlar qo‘llanadi. “Bond sanoat zonalari”da zamonaviy R&D markazlari, laboratoriya, muhandislik va texnologik xizmatlar yagona zanjirda ishlaydi. Tadbirkorlarga infratuzilmali tayyor binolar taqdim etish uchun 50 million dollar ajratiladi. Facebook|Instagram|X
Kichik tadbirkorlar uchun eng katta masalalardan biri – garov taʼminoti. Shu bois, biznesning haqiqiy qiymatini baholab kredit berish imkonini yaratadigan “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi. 10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 30 foizini davlat, 30 foizini Biznesni kafolatlash kompaniyasi, 15 foizini banklar o‘z zimmasiga oladi. Tadbirkorning o‘ziga 25 foiz garov topish kifoya qiladi. “Virtual soliq maslahatchisi” orqali tadbirkorga xarajat va xatolarni kamaytirishga yordam beradigan sunʼiy intellekt portali ishga tushirildi. Kelasi yildan bunday “sunʼiy intellekt yordamchilari” qurilish, mehnat munosabatlari, tashqi savdo va davlat xizmatlarida ham joriy etiladi. Ikkinchi yo‘nalish – hududlarda “biznes imkoniyatlari”ni oshirish. Davlatimiz rahbari minglab gektar bo‘sh yer va samarasiz foydalanilayotgan davlat aktivlari faqat loyihaga aylanib, ish o‘rni va eksportga xizmat qilganda haqiqiy qiymat yaratishini taʼkidladi. Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi. Summaning yarmini to‘lagan tadbirkor qolganini 7 yilda foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi. Uch oyda sotilmagan davlat mulkining boshlang‘ich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha kamaytiriladi. Auksion muddati ham ikki barobar qisqartiriladi. Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz tadbirkorlar ko‘targan masalalar asosida yangi tashabbuslarni eʼlon qildi. Birinchi yo‘nalish – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini taʼminlash. Banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshdi. Birinchi yarim yillikning o‘zida kichik va o‘rta biznesga 76,5 trillion so‘m resurs ajratildi. Yaqinda “kredit xizmatlari yagona raqamli portali” ishga tushdi. Tadbirkor bitta ariza beradi, banklar esa mijoz uchun raqobat qiladi, biznesni endi boshlayotganlar 5 milliard so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin boʻladi. Endi biznesning har bir bosqichiga mos yaxlit ekotizim yaratiladi. Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi. “Biznes start” doirasida tadbirkorlar sunʼiy intellekt yordamida loyiha, kredit hujjatlari va hisobot yuritishni o‘rganadi. Bu maqsadga 100 milliard so‘m ajratilib, tayyor biznes-reja va 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi. – Tadbirkorga kredit berish emas, uni birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha boshidan oxirigacha qoʻllab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz, – dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yo‘llari shular jumlasidan. Xorazmda ekologik aviayoqilg‘i majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona, Yuqori Chirchiqda Yangi Toshkent aeroporti qurilmoqda. Bu yil qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boshlanadi. Barcha hududlarda jami 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda. Bunday loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmati bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoit yaratiladi. Transport-logistika sohasida yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi. Kelasi yil Gruziyaning Poti portida quvvati 500 ming tonna bo‘lgan logistika markazi ishga tushiriladi, Anakliya porti bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanadi. Olot, Termiz, Yangiyo‘l, Ohangaron va Xonobodda yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi. Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi hamda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi. Ular 20-25 milliard dollar kapital, yangi bilim va texnologiyalarni jalb etish imkonini yaratadi. Facebook|Instagram|X
Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi. Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi. Strategik korxonalar mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot ro‘yxatini eʼlon qildi. Bu tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirildi. Kafe va restoranlarga 100 milliard so‘m QQS “keshbek” sifatida qaytarildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga “nol” stavka joriy qilinishi hisobiga 400 milliard so‘m fermerlarda qoldi. Qozog‘istonda 11 turdagi qurilish materiallari importiga cheklov bekor qilindi, Turkmaniston bilan o‘zaro bojsiz savdo rejimi yo‘lga qo‘yildi. Iordaniya, Pokiston, Eron va Afg‘oniston bilan yuzlab mahsulotlar bo‘yicha imtiyozli savdo bitimlari tuzildi. Facebook|Instagram|X
Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi. “Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi. Tuproqqalʼa va Yangiariqda jami 275 megavattli elektr stansiyalar barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya taʼminotiga xizmat qilmoqda. Bugun Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi 81 foizga yetib, viloyat respublikada birinchi o‘ringa chiqdi. Haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paydi. “Toshkent – Xiva” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yildi, 35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda. 25 gektarda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi, tadbirkorlar 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uylarini tashkil qildi. Joriy yil Xorazmga 3 million xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda. Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etiladi. – Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda, – dedi Prezident. Facebook|Instagram|X
– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari. Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi. Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda. Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi. So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi. Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. – Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun! – dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. – Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun! – dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. 📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱X
OKMKda yangi Ohak zavodi barpo etilmoqda Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli sanoat modernizatsiyasi jarayonlarida ishlab chiqarish tarmoqlarini zarur xomashyo va reagentlar bilan unumli hamda uzluksiz ta'minlash strategik ahamiyatga ega. Bu borada “Olmaliq KMK” AJ tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida “Yoshlik-1 konini o'zlashtirish” investitsiya loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi ohak zavodi nafaqat kombinatning ichki ehtiyojlarini qoplashga, balki hududiy sanoat salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiluvchi muhim loyihalardan biridir. ➡️BATAFSIL ——— На АГМК строится новый известковый завод Сегодня в условиях масштабной промышленной модернизации, проводимой в нашей стране, особое стратегическое значение приобретает бесперебойное и эффективное обеспечение производственных предприятий необходимым сырьём и реагентами. В этом плане новый известковый завод, который Алмалыкский горно-металлургический комбинат строит в Фаришском районе Джизакской области в рамках инвестиционного проекта «Освоение месторождения «Ёшлик I», является одним из ключевых проектов, призванных не только обеспечить внутренние потребности комбината, но и вывести промышленный потенциал региона на новый уровень. ➡️ПОДРОБНО 📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱X
🇺🇿 “VATAN, SENI KUYLAYMAN — SENI O‘YLAYMAN!” Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan 🌟 SHE’RIYAT KECHASIGA TAKLIF ETAMIZ! “Olmaliq KMK” AJ Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tashabbusi bilan Vatan, istiqlol va inson qadrini tarannum etuvchi, she’riyat va adabiyot olamiga bag‘ishlangan dilbar she’riyat kechasi o‘tkaziladi. 📅 20-avgust 🕙 Soat - 10:00 📍 Metallurg madaniyat saroyi Kechaning maxsus mehmonlari: 🖋 Norqobil JALIL — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, “XXI asr” gazetasi bosh muharriri. 🤍 Nurxon ELMIRZAYEVA — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira. 📖 Farrux JABBOROV — "Til va adabiyot ta'limi" jurnali bosh muharriri, adib. ✍️Taniqli shoirlar Najmiddin Turon, Bek Ali. ✨ Shuningdek, she’riyat kechasida bir guruh adiblar va ijodkorlar ishtirok etib, o‘zlarining sara asarlaridan namunalar taqdim etadilar. 🎙 Samimiy suhbatlar, dilbar she’rlar, Vatan va istiqlol madhi, ijodiy uchrashuvlar — barchasi bir kechada! Keling, Mustaqillikning 35-yillik shodiyonasini she’r va so‘z san’ati bilan birga nishonlaylik! 🌷 She’riyat — qalblar suhbati. Vatan — qalbimizdagi eng ulug‘ tuyg‘u! Sizni go‘zal she’riyat va ilhom kechasida kutamiz! 📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱X