Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi
Статистикаjurnalist, muharrir, arab tili xodimining blogi: - eng sara manbalar - qimmatli maslahatlar - doʻstona tavsiyalar - va boshqalar... *Blogdan iqtibos olinganda kanalimiz havolasi koʻrsatilishi shart! ©️
- Последний пост
- 1 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 51
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 374
- 1/48двое суток
- 428
- 1/72трое суток
- 462
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi pinned «#foydali Arab tilini bilish darajasini baholovchi milliy va unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni qanday tekshirish mumkin? 1. At Tanal Al Arabi xalqaro sertifikatining haqiqiy yoki haqiqiy emasligini At Tanal tashkilotining rasmiy saytidagi ht…»
#foydali Arab tilini bilish darajasini baholovchi milliy va unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni qanday tekshirish mumkin? 1. At Tanal Al Arabi xalqaro sertifikatining haqiqiy yoki haqiqiy emasligini At Tanal tashkilotining rasmiy saytidagi https://attanalalarabi.com/verify/ sahifasida aniqlash mumkin. Bunda sahifadagi maxsus joyga sertifikatning 6 ta raqamdan iborat "tekshirish kodi" kiritiladi (ayni vaqtda At Tanal imtihonlari narxi til kompetensiyalari soniga qarab 500 ming soʻmdan 900 ming soʻmgacha). 2. Milliy sertifikat (Multi-level) ni Bilimni baholash agentligining https://sertifikat.uzbmb.uz sayti orqali tekshirishingiz mumkin. Yoki sertifikat ostidagi QR kodi skaner qilinadi. Agar app.uzbmb.uz yoki app.dtm.uz saytlaridan yuklansa, sertifikat haqiqiy hisoblanadi (ayni vaqtda Milliy CEFR imtihoniga topshirish uchun 445 ming 500 soʻm toʻlov qilish kerak). 3. Germaniyaning Leypsig sharqshunoslik universiteti https://toafl.com/al-arabiyya-test-online-arabic-a1-c2-certificate-acc-cefr tomonidan taqdim etiladigan Al-Arabiyya Test sertifikatini esa sertifikatdagi maxsus QR-kodni skaner qilish yordamida tekshirish mumkin (ayni vaqtda Al-Arabiyya Test imtihoni narxi til kompetensiyalari soniga koʻra 159$ dan 399$ gacha). ☝️ Undan tashqari soxta sertifikatlar, sertifikatning o'zidagi xatolar, shriftlarning birini ikkinchisidan farqlanishi kabi mayda detallar va QR kodni soxta saytlarga yo'nalgan bo'lishi bilan aniqlanishi ham mumkin. Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan
Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi pinned a photo
Xalqaro Islom Ilmlari Universiteti 🇯🇴🇺🇿 "Itqon" dasturi orqali arab tilini oʻrganmoqchi boʻlganlar va til koʻnikmalarini rivojlantirmoqchi boʻlgan talabalar uchun onlayn va oflayn tayyorlov kurslarini e’lon qiladi! 📚 Dastur haqida asosiy ma’lumotlar: Dastur umumiy 4 ta bosqichdan iborat. Davomiyligi: Har bir bosqich 1 semestrni tashkil qiladi. Oʻquv yili: Bir oʻquv yilida jami 3 ta semestr mavjud. Dars kunlari:Haftada 3 kun. Muhim: Kurs boshlanishidan avval darajani aniqlash imtihoni oʻtkaziladi va natijalarga koʻra talabalar 4 ta darajadan (Quyi, Boshlangʻich, Oʻrta, Yuqori) biriga taqsimlanadi. 📅 2026/2027 oʻquv yili semestrlari jadvali: Semestrlar | Boshlanish va tugash vaqti " 1-semestr 10/10/2026 – 28/01/2027 2-semestr 06/02/2027 – 27/05/2027 Yozgi semest 05/06/2027 – 23/09/2027 | Semestr toʻlovlari va qulayliklar: Oflayn (universitetda) ta’lim: 776 $ (semestr uchun) Onlayn ta’lim:530 $ (semestr uchun) Kitoblar:Mutloq bepul. Viza koʻmagi:Oflayn oʻqiydigan talabalarga universitet tomonidan 1 yillik yashash ruxsatnomasi (iqoma) beriladi. 🎓 Oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga Iordaniya Oliy Ta’lim vazirligitomonidan tasdiqlangan rasmiy sertifikat taqdim etiladi. Darslar universitetning eng malakali ustozlari tomonidan olib boriladi. 📞 Qabul uchun quyidagi havolani to‘diring https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSexlbEVPW9-lvzykt0aMzQqYNtt-a9jn561gHQmZNWMeXt6WA/viewform?usp=publish-editor @zafar_abdugaffor @edu_jordan
#مهرجان_سباق_الهجن Tuyalar musobaqasi Arab davlatlari orasida tuyalar bilan bogʻliq turli festival va tadbirlar koʻp oʻtkaziladigan Saudiyadek birorta mamlakat boʻlmasa kerak. Tuya Saudiya madaniyatining bir qismiga aylangan, chindan ham. Arab tuyasi, Oʻrta…
#xalqaro_kun #tuya_kuni #eng_uzun_kun 22-iyun – eng uzun va tuyalarga bag'ishlangan kun Ayni damda oqshomga kirib boryapmiz-u, lekin Quyoshning tafti so'nmayapti. Qaytanga, qizdirgandan qizdiryapti. Oqshom salqinidan darak yo'q. Bugun 22-iyun...tugamoqda. Yilning eng uzun kuni ortda qolmoqda. Taxminan, 15 soat 10 daqiqa davom etadi. Bugun bilan bog'liq yana bir muhim voqea ham bor. Bunday jaziramaga bardosh bera oladigan, sahro kemasi bo'lgan jonivor — tuyalarning xalqaro kuni! Tashqi tomondan qaralsa, g'alati hayvon. Yaxshiroq razm solinsa, mo'jizalarga boy, hayratlarga kon. Arab dunyosida tuya nafaqat xo‘jalik hayotida, balki adabiyot, til, folklor va she’riyatda ham alohida o‘rin egallaydi. Yuqoridagi infografikada tuya so‘zining arab tilidagi sinonimlari hamda tuyaning yoshiga qarab nomlanishi haqida ma'lumotlar berilgan. Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan
Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi pinned a photo
#xalqaro_imtihon #hamza #onlayn Hamza imtihoni qaytmoqda... Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasining Hamza test imtihoni uchun onlayn ro'yxatdan o'tish boshlandi. Bu akademik imtihon bo'lib, 4 ta til kompetensiyasi bo'yicha mahoratingizni sinovdan o'tkazasiz. Mana shu haqiqiy, ya'ni qat'iy Hamza! 😄 Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://e-services.etec.gov.sa/Qiyas.TRAS.Web.Internet/ Tajriba imtihoni 1-iyul kuni, akademik imtihon esa 8-iyul kuni bo'lib o'tadi. Hammasi onlayn: uyingizda turib topshirasiz! Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan
Arab tilidan darajangizni biz bilan aniqlang✅ https://bit.ly/onlineimtihon @arabtilibirga
Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi pinned a photo
#onlayn_seminar 📢 Arab tili ixlosmandlari uchun ajoyib imkoniyat! 🇸🇦 Saudiya Arabistoni Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi tashabbusi bilan arab tilini o‘rganuvchilar uchun tashkil etilayotgan navbatdagi masofaviy (onlayn) seminar-treninglarga qabul ochildi. 📚 Trening mavzusi: «Arab tilida o‘qish ko‘nikmasini rivojlantirish» تعزيز مهارة القراءة لمتعلمي اللغة العربية الناطقين بغيرها Mashg‘ulotlar Zoom platformasi orqali o‘tkaziladi. ⏰ Vaqtlar Makka vaqti bo‘yicha berilgan. Biz Toshkent vaqti bilan 2 soat oldindamiz. 📌 Muhim eslatma: faqat bitta guruhga qo‘shiling. Bundan boshqa ishtirokchilarga ham imkoniyat yaratish maqsad qilingan. 🔹 3-seminar 🗓 4–6-iyul 🕔 17:00–21:00 🔗 WhatsApp guruhi: https://chat.whatsapp.com/CHSgQBx45tBIiaT0Y4o6Bo?s=cl&p=a&ilr=0 🔹 4-seminar 🗓 11–13-iyul 🕐 13:00–17:00 🔗 WhatsApp guruhi: https://chat.whatsapp.com/Ba4u9wZrDvOGOzVdqF8w4X?s=cl&p=a&ilr=0 🔹 5-seminar 🗓 18–20-iyul 🕚 11:00–15:00 🔗 WhatsApp guruhi: https://chat.whatsapp.com/IXRfDpXNggUITAfQ0vibCW?s=cl&p=a&ilr=0 🔹 6-seminar 🗓 1–3-avgust 🕚 11:00–15:00 🔗 WhatsApp guruhi: https://chat.whatsapp.com/HtfTm7NigJk8fm1xsZTQje?s=cl&p=a&ilr=0 🔹 7-seminar 🗓 8–10-avgust 🕔 17:00–21:00 🔗 WhatsApp guruhi: https://chat.whatsapp.com/F0QzfGhcXJuGrNzx27kP9h?s=cl&p=a&ilr=0 🔹 8-seminar 🗓 15–17-avgust 🕐 13:00–17:00 🔗 WhatsApp guruhi: https://chat.whatsapp.com/IIAomg8hzc7Hpl81C4es1w?s=cl&p=a&ilr=0 ✅ Ro‘yxatdan o‘tish, Zoom havolasi va barcha ko‘rsatmalar WhatsApp guruhlarida beriladi. Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan
#yangi_hijriy_yil Hazrat Navoiy yetti yoshda... Milodiy va hijriy taqvim haqida tasavvurim shakllanibdiki, yangi hijriy yil ostonasida o'yga cho'maman: ayni shu yilning milodiy muqobilida nima bo'lgan edi, tarix takrorlanarmikan va hokazo. Masalan, 1441-hijriy yilni rosa kutganman: yana bir Alisher dunyoga keladi deb. Mana o'sha Alisher ham 7 yoshni urib qo'ydi allaqachon 😊. Bugun ham 1448-hijriy yil ostonasida turib, 1453-milodiy yil voqealari xayolimga keldi. Xayol-da, nima deysiz. Zulhijja oyi tugab, muharramga o'tmoqdamiz. Yil boshi yaxshi rejalar qo'yish uchun fursat. Intilganimizdan ham manfaatlisiga erishtirsin... Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan
Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi pinned a photo
#yangi_nashr #silsila "Komil" komillikka intilmoqda... Bugun Sizga Facebookda ko'rganim bir yangilik haqida gapirib bermasam bo'lmaydi. Yangilik sababchisi — ustozimiz va hamkasbimiz doktor Ubayd Muhammad Abdulhalim. Ha, tanidingiz-a, Siz o'qiyotgan "Al-Kamil" silsilasi muallifi. Endi "Al-Kamil"ning C1 qismi ham qo'lingizga yetib boradi. Nashriyotdan qaynoq chiqib, kitob do'konlariga shoshmoqda. Silsilaning A0, A1, A2, B1, B2 qismlari ham nashrdan nashrga takomillashmoqda, O'zbekiston iqlimiga moslashmoqda 😀. Ko'p e'tibor beraman: bugun til egasi bo'lmaganlarga arab tilini o'qitish borasida arab davlatlari emas, Turkiya peshqadam. Yuzlab, balki minglab kitoblar, qo'llanmalar chop etilmoqda, rastalarda sotilmoqda. Mualliflari esa arablar. "Manhaj"ning otasi ham suriyalik, aslida. Ayrimlarida esa til egasi va til egasi bo'lmagan mualliflar kolobratsiyasini ko'ramiz, masalan, "Miftah"da. Doktor Ubayd Muhammad diyorimizda shunday mavqeda, deb o'ylayman. Sohada yetakchi bo'lib turibdi. Alloh ikki dunyo manfaatli qilsin. Siz, azizlarga esa yana bir kitob muborak bo'lsin! ❤️ menbop ekan o'ziyam 👍 yotvolib o'qiyman-da Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan
#taziya Oʻzbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim, yozuvchi, tarjimon Ibrohim Gʻafurov olamdan oʻtdi. Alloh rahmatiga olsin! Innaa lillaahi va innaa ilayhi roojiuun... Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan
#taziya Oʻzbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim, yozuvchi, tarjimon Ibrohim Gʻafurov olamdan oʻtdi. Alloh rahmatiga olsin! Innaa lillaahi va innaa ilayhi roojiuun... Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan
Yaxshi ma’lumotlar aytilibdi. Biroq shu yerida biroz chalkashlik bor. Arab tilida «do‘st» - صديق (sadiyq) deyiladi, «chin», «haqiqiy», «rostgo‘y» esa - صادق (sodiq) deyiladi. Bu shuni anglatadiki, o‘zbek tilidagi «sodiq» degan sifat arab tilidagi ayni shunday…
O‘zbek tilidagi sodiq esa o’zining grammatik va semantik tabiatini o‘zgartirgan ya’ni arab tilida OT so’z turkumiga mansub bu birlik o‘zbek tilida SIFATga aylangan va “vafodor”, “chin”, “samimiy”, “haqiqiy”, “ishonchli” kabi ma’nolarni ifodalay boshlagan (O‘TIL, 4-jild, 2023: 694).
#manhaj_alamiy #suvayfi_fathiy "Manhaj"ga imtihonlar ham qoʻshildi Tinib-tinchimagan Suvayfi Fathiy oʻzining "Al-manhaj al-alamiy" silsilasiga endi har bir darajaga mos imtihonlarni qoʻshdi. Silsilaning yangi nashrida har bir qism oxirida QR kod berilgan boʻlib, bu orqali oʻzlashtirilgan bilimni sinash imkoniyati yaratildi. Aytish kerakki, ushbu qoʻllanma yurtimizdagi arab tili oʻrganuvchilari orasida birinchi raqamli silsilaga aylangan. Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan
#til_bilish_darajalari #arab_tili Oʻn ikki pogʻonali narvon Biror chet tilini, xususan, arab tilini til egasidek bilish imkonsiz. Lekin maksimal yaqinlashish imkoniyati bor. Infografikaga eʼtibor berdingizmi, bunaqa tasnifga birinchi marta duch kelayotgan boʻlsangiz, ozroq tushuntirish berib oʻtaman. Turli tashkilotlar til bilish darajalarini aniqlashda turli yondashuvlarga ega. Kimdir darajalarni yirikroq oladi, kimdir maydalashadi. Infografikada Amerikaning ACTFL imtihon tizimi yondashuvi keltirilgan va bu, fikrimcha, eng toʻgʻri yondashuv. Siz ham hozirgi darajangiz haqida oʻylab koʻring: real qaraganda qaysi pogʻonada turibsiz? Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan