tgindex
ARMUG'ON
@armugonlinkКнигиарабский

من لم يقرأ الآن لم يقرأ بعد

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
арабский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
150
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
386
28 постов
Вовлечённость
257,3%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 29
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
61
1/48двое суток
69
1/72трое суток
75

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Muhammad Tohir ibn Oshur aytadi: "Afrika va uzoq Magʻrib diyorlaridagi ilm ravnaqi faqat tolibi ilmlar sababidan, ularning ilmga qattiq kirishganidan edi. Mansabdorlar ilmni rivojlatirish uchun harak qilishmas edi". Ilm talabiga kirgan tolibning majburiyati - qanday holat boʻlishidan qatʼiy nazar - ilm yoyish, ummat uzra jaholatni ketkazishga hissa qoʻshishdir. Hamma zamonda ham qiyinchiliklar boʻlgan, hamma zamonda ham ilm va uning ahliga qarshiliklar boʻlgan, lekin ilmga boʻlgan adovat rabboniy ulamolarni ilm tarqatishdan hargiz qaytara olmagan. Abu Jaʼfar Mansur zindonida qolgan Abu Hanifa ilm va haq yoʻlidan qaytmadi. Butun xilofot Ahmad ibn Hanbalga qarshi edi, lekin u imom haqni aytishdan qoʻrqmadi, charchamadi. Hajjoj zolim qoʻlida mazlum boʻlgan Said ibn Musayyib, haqdan qaytmaganligi, ilmdan toymagani uchun tobeinlar gultoji boʻldi. Ulamolar hayotida bunday ibratlar juda ham koʻp. Qulay fursat bizni izlab kelmaydi, sizni saviyangizga mos talabalar sizni kutib turmaydi. Siz ularni topasiz, siz ularni ilmga qiziqtirasiz, siz oʻzingizning talabalaringizni shakllantirasiz. Doimiy harakat, xizmat, oʻrganish, oʻrgatish - mana shu talabalik, mana shu ilm yoyish, mana shu Islom xodimining sharafidir. https://t.me/armugonlink

  • Arab tili qoidalarini tartiblab kitobga tushirgan zot Abul Asvad Dualiy hisoblanadi. Bu kishining oʻgʻli xabar berishicha, otasi nahv borasida birinchi yozgan mavzusi "Taajjub bobi" ekan. Bu maʼlumotni Ibn Xollikon oʻzining "Tarix" kitobida eslab oʻtgan.…

  • Arab tili qoidalarini tartiblab kitobga tushirgan zot Abul Asvad Dualiy hisoblanadi. Bu kishining oʻgʻli xabar berishicha, otasi nahv borasida birinchi yozgan mavzusi "Taajjub bobi" ekan. Bu maʼlumotni Ibn Xollikon oʻzining "Tarix" kitobida eslab oʻtgan. https://t.me/armugonlink

  • "Bayon va tibyon" kitobida Johiz aytadi: "Qissxonlardan Muso ibn Sayyor Usvoriy bor edi, forschani qanday fasohat bilan gapirsa, arabchani undan oshirib gapirar edi. Ilm majlisida arablar uning oʻng tarafida, forslar chap tomonida oʻtirar, bir oyatni oʻqib arablarga arabcha, forslarga forscha tafsirlab berar edi. Odamlar qaysi bir tilda goʻzalroq gapirganini bilmay qolishar edi". https://t.me/armugonlink

  • Ajoyib holat, "Mansub" kalimalarni oʻzbek tilidagi tushum kelishiga qiyoslash. Biz qaysi oʻxshashlik yuzasidan solishtiryapmiz? Tushum kelishigi -ni qoʻshimchasini olgani uchunmi? Bu faqat mafʼulun bihiga toʻgʻri keladi, arab tilida esa oʻndan oshiq mansubot turlari bor. Ha mayli, bir nima qilib nasb alomatini tushum kelishiga taqqosladik ham deylik. Lekin, arab tilida nasb boʻlgan feʼllar ham bor, ularni ham tushum kelishigida deymizmi?

  • 5 авг.145133

    Shunaqa uslubda yozilgan kitoblarga tushunmayman. Oʻzi bizi talabalar maktabda juda ham "aʼlo" baholarga oʻqigan boʻlsa, egadan kesimni ajrata olmaydigan bolalar koʻpchiligi. Bularga oʻzbek tili qoidalari tushuntiriladimi yoki arab tili? Bu uslubdagi arab tili kitoblarini tushuntirish uchun oldin - ega, kesim, olmosh, turdosh ot, tub sifat, nisbiy sifat, modal nima ekanini bolaga oʻrgatish kerak, soʻng arabcha qoidani unga qiyoslash kerak. Shunchaki bolaning miyyasi portlaydi. Bira toʻla arabcha istelohlar bilan tushuntirsa boʻlmaydimi? Baribir, bola oʻzbekchani ham, arabcha qoidalarni bilmaydi, oldin oʻzbekchani oʻrgatib keyin unga arabchani solishitishdan koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri arabcha atamalar bilan tushuntirgan maʼqul deb bilanaman. Bu sharqshunoscha usul, arab tilini chet tili sifatida oʻrganish, din sifatida emas.

  • Қачонки, иш тугагач (яъни, жаннат аҳли жаннатга сазовор бўлиб, дўзахилар дўзахга ҳукм қилингач), шайтон деди: «Албатта, Аллоҳ сизларга ҳақ ваъда қилган эди. Мен эса (ёлғон) ваъдалар бериб, сизларни алдаган эдим. (Лекин) мен учун сизларнинг устингизда ҳеч қандай ҳукмронлик йўқ эди, илло мен сизларни (куфр йўлига) чақиришим биланоқ ўзингиз менга итоат этдингиз. Энди мени эмас, ўзларингизни маломат қилингиз. Мен сизларга ёрдам бера олмайман, сизлар ҳам менга ёрдам бергувчи эмассиз. Албатта, мен сизлар илгари (Аллоҳга) мени шерик қилганингизни инкор қилурман. Албатта, золимлар (яъни, кофирлар) учун аламли азоб бордир. Иброхим сураси 22-оят Шайх Алоуддин Мансур таржимаси

  • видео или голосовое, без подписи

  • 9 июл.433131

    Umuman olganda futbol koʻrishni - vaqtni behuda sarf ketkazish hisobga olmaganda - yomon joyi yoʻq. Men koʻrayotgan odamni malomat qilmayman, qilolmayman, haqqim ham yoʻq. Balki, oʻzim ham qiziqqanimda ulardan koʻra ashaddiyroq muxlis boʻlardim. Qolaversa, men ham oddiy banda, ularni vaqtni bekor ketkazyapti deb malomat qilib, oʻzim ham vaqtni foydasiz sarflashim mumkin. Xatolarimizni sharmandalikdan oldin toʻgʻrlab olishni nasib qilsin. Ammo, butun gʻamni faqat futbol qilib olish - ayni xato nazdimda. Xususan, bir masʼalaga jiddiy yondashmagan xodim, talaba, mansabdor - futbolga kelganda jon berishi - ayni xato nazdimda. Undanda ahmoqona holat, futbol jamoani "Vatan muhabbati"ga tenglashtirish. Jamoaga "balet" qilmayaptimi - demak, yurtga muhabbatsiz. Vatanni sevish - futbol jamoasini olqishlash bilan belgilanadi. Mantiq qayerda? Undanda daxshatlirogʻi, Misr va Argentina oʻyinini, umuman musulmon jamoasi va gʻayridinlar uchrashuvini "din kurashi" deb bilish, musulmonlarni kofirlar ustidan gʻalabasi, yahudiy jamoasini yer tishlatishlashini kutish. Ayni haqiqiy "kurash"ni befarq qoldirish, oʻzini bilmaganlikka olish, hech boʻlmasa ojizlarning yordami - duoda ham eslamaslik. Insof qayerda? Men futbolga, futbol oʻynadiganlarga, koʻradiganlarga qarshi emasman. Men oʻzi xoxishi yoʻlida sobit tushunchalarni boshqacha talqin qiluvchilarga qarshiman.

  • Balki Mustafo Mahmud bu gaplarni - betayin mashshoqlar "xalq qahramonlariga" aylanadigan zamonni koʻrmay turib aytgandir.

  • Balki Mustafo Mahmud bu gaplarni - betayin mashshoqlar "xalq qahramonlariga" aylanadigan zamonni koʻrmay turib aytgandir.

  • Baʼzida atrofimdagilariga maʼrifiy suhbatlar uyushtirib turaman. Asosan, odob-axloq va zaruriy din masalalarini yoritaman. Oxirgi paytlarda muayyan kitob asosida suhbat qilishni yoʻlga qoʻydim. Avvaliga odamlarni kuzatsam, oʻqigan maʼlumotini tushunadigan, tushunsada magʻzini chaqa oladigani kam ekan, ayniqsa diniy mazmundagi kitoblarni. Shu xulosaga borganim uchun, men aytayotgan gaplarni tushununishmaydimi degan hadik turaveradi ichimda. Bu oʻy koʻplab gaplarni izhor qilishdan toʻsar edi va bu xato fikr ekanini anglab yetganman. Ular tushunmaganini bir eshitadi, ikkinchi marta maʼnosi bilan eshitadi, uchinchisida tanish soʻzga aylantirishadi, hamma ham bilib tugʻilmaydi. Hozirga kelib ayrim qadrdonlarga oʻqib tushuntirib bergan kitoblarim oz emas bor, bu usuldan ular ham mamnun, yana eshitishga ehtiyojmandlar ham. Ayni damda Imom Buxoriyning "Adabul Mufrad" kitobiga bitilgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning sharhlarini oʻqiyapman. Siz ham yaqinlaringizga kitob oʻqib berasizmi? https://t.me/armugonlink

  • Imom Buxoriy "Adabul Mufrad"ni Alloh taoloning Ankabut surasidagi "Insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni buyurdik" degan oyati bilan boshlagan. Bunda, odoblarning eng gultojisi kishining ota-onasiga koʻrsatgan ehtiromi ekanligiga ishora qilib oʻtgan. https://t.me/armugonlink

  • Kech kirganda bittasiga vaqt ajratdim, toʻrt yil Misrda umri oʻtgan, yurtga qaytish payti kelgan, ota-ona umidi katta, ortga qarasa qoʻlga ilinadigan hech vaqo yoʻq. Ikki oyda olim boʻlib qaytmoqchi. Chetga chiqayotgan borodarim, qayerda, kimda, nima, qanday, qancha oʻqish tayin boʻlgan joyga boring. https://t.me/armugonlink

  • видео или голосовое, без подписи

  • "Oʻqi - ummati uchun tuhfa" Shariqo (Sharja) hokimi boshchiliga Qurʼoni Karim oyatlarini balogʻiy tafsiri jamlanmasi. Sulton Qosimiy loyihani "Oʻqi - ummati uchun tuhfa" soʻzi bilan tamomladi.

  • Bizda yakuniy imtihonlar boshlandi. Bugun Qurʼon Karimdan tahririy imtihon.

  • видео или голосовое, без подписи

  • Ushbu kitobdan ovozli darslar kanali: https: https://t.me/armugonlink

  • Pdf kitob va maʼlumotlar ulashib tirar ekan, kimdir foyda olar.

ARMUG'ON — tgindex