Asarcha📖 |
СтатистикаAdabiyot, kitoblar, sheʼrlar va fikrlar Shunchaki oʻqing! Reklom: @reklom_asarcha
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 627
- 1/48двое суток
- 718
- 1/72трое суток
- 774
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Baxt o'zi nima?❤️ https://youtu.be/iBZcPBIfYZQ?si=aFBzimfrxvOu0eEw
Bu Ishq edi... girdob bagʻrida pichirlardi bir oyat labi... Poyoni yoʻq tugʻyon qaʼrida qoldim uryon dengizchi kabi... Meni yondir... sovuq soʻngaklar qarsillasin chaqin urgandek... va dahshatga tushsin yuraklar Ishq qonini ichib koʻrgandek... Men ichdim bu olovli xunni Bu — Ishq edi... Bu — Ishq eding Sen!.. Agar gado boʻlsam bir kuni faqat seni tilanaman men... Asqar Mahkam | @asarcha
Darz ketgan yerimdan, singan joyimdan Gullab ketadigan gulman, ehtimol.
Uzoqlarda oʻlsam va unga Juda ham kech yetsa bu xabar, U titramas, achinmaydi ham, Kulib qoʻyar begʻam, beqadar. Soʻng eslaydi: Neva boʻylari.. Qorga choʻmgan osmonu zamin… Va eslaydi: “Seni bir umr Asrayman!” deb ichgan qasamin. Anna Axmatova | @asarcha
видео или голосовое, без подписи
Uni avgustda iyulning issiq kunlaridek qaynoq muhabbat bilan seving)
Sevgi desam, faqat sen desam, Sening bilan yashasa qalbim; Sen desam-u, butun dunyoning Sho‘rishiga quloq solsam jim... Quyun kabi aylanar boshim, Qarayman-u, ko‘zim tinadi Va jilvangdan ko‘ngil ko‘zgusi Parcha-parcha bo‘lib sinadi. Shu qarashga bormi nihoya, Bo‘larmanmi maqsadga vosil? Toparmanmi bir yangi g‘oya, Bo‘larmikan bir murod hosil? Topilarmi unda bir chora, Agar meni qurshasa junun: Bo‘lib qolsa sirim oshkora, Atasalar nomimni Majnun... Hamid Olimjon | @asarcha
Hamma uzrlar yolgʻon, ey doʻstim. Izlagan imkon topar. Ayman Yogʻiy | @asarcha
Merkuriy bilan Yerni oʻrni almashib qoldimi? 11 yarimdan shunaqa issiq...
"Dacha" filmini ko'rdim. To'g'ri qandaydir yangi maxsulotni ommaga taqdim qilishdan avval ommani unga qizqitirish kerak. Yaxshigina "hype" qilish kerak, shunda maxsulotni odamlar kutadi, qiziqadi va sotuv ham yuqori bo'ladi. Lekin kutilmalarni haddan tashqari…
Siz o'z sevgan insoningizni yomon ko'rib qolmaguningizcha kechiraverasiz. Arab maqoli | @asarcha
Yolgʻiz oʻtirishniyam gashti boshqacha... Baʼzida oʻzing bilan boʻladigan suhbat minglab suhbatlardan yaxshiroq...
Martin Iden haqida judayam ko'p spoyler bilganim uchun avval o'qimagandim. Lekin o'zbek kitobxonlari orasida yaxshigina obro'ga va vaznga ega asar bo'lgani uchun mutolaa qilib qo'yishga qaror qildim. Audio holatda tugatdim asarni. Ochig'i, hozircha man uchun asar eng TOP darajadagi asarlardan bo'lib tuyilmadi. Darrovda toshbo'ron qilib yubormanglar, yomon asar demadim, judayam yaxshi lekin men uchun eng zo'rlardan emas. Balki buning sababi asar voqealarini ko'p qismini bilgan holatda mutolaa qilganim uchundir. Yaxshilab tahlil qilib, xulosalar qilib olay taqriz yozaman...
Oy uyqusirar osmonda, Uxlaganida oftob. Shundayin ajib onda O'qib beraymi kitob...?) | @asarcha
Erkin Vohidov Umring oʻtadir, sen na xayollar suradirsan, Begʻam yuradirsan? Maqsad ne, farogʻat koʻyiga yoʻl buradirsan, Kimga joʻradirsan? Ochilgali koʻz shartmi ekan toshga bosh urmak, Soʻng koʻzni yashurmak, Ne oʻy bila nodon toshiga bosh uradirsan, Ne naf koʻradirsan? Yillar koʻpi ketdi, ozi qoldi, ne qilolding, Kim boʻla olding? Qum ustiga sen buyla imorat quradirsan, Ham aysh suradirsan. Haddingni bilib chek qoʻy oʻyin, bazm, oʻtirishga, Koʻz och, oʻtir ishga. Koʻrsatmagay ul kunniki, sen oh uradirsan, Hayron turadirsan. Yigʻlab keladir ushbu jahonga aziz inson, Kulgay u ketar on. Shoyadki, hayot qarzin uzib ulguradirsan, Qah-qah uradirsan.
Siz shunday otaning qizi boʻlishni istarmidingiz....? Hozirgi zamonaviy dunyoda yigitlar yigitlik hislatini yoʻqotib borayotgani bor gap ( hammasi ham emas). Gʻarbda va Sharqda odatiy holga aylangan bu narsa bizga ham asta sekin kirib kelyapti. Taqinchoqlar taqib yurishlar, har xil uzuk bir nimalar taqib yurish, sochlarini tuli xil ranglarga boʻyash, qizlarga hos kiyinish uslubi, qizlarga hos "aksent" bilan gapirish , yuzga make up qilish bu yigitlika va erkaklikka toʻgʻri kelmaydigan hislatlar. Bizda asosan buni bir ikkita blogerlarda yaqqol koʻrish mumkin. Ming afsuslanarli jihati bunday "yigitlar"ni juda koʻp Oʻzbek muhlisalari bor. Nega? Nima siz shunday yigitni hurmat qilasizmi? Sizni turmush oʻtogʻingiz ham shunday hezalak boʻlishini istaysizmi? Erkakni oʻzini haybati boʻlmaydimi? Sizga bir jiddiy savol: "Siz shunday otaning qizi boʻlishni istaysizmi?" Albatta yoʻq-a? Unda nega shunaqa erkaklarni tarafdorisiz, ular ham ertaga "dada" boʻladi, siznikidek qizi boʻladi... Jamiyatning ahvolini tasavvur qilyapsizmi? Iltimos, xurmatli qizlar bunday yigitlarni "support" qilishdan toʻxtang. Xar hil Koreys guruhlaridagi yigitlarni yonini olishni bas qiling, ularga taqlid qilgan yigitlarni ham. Qanday qilib siz bunday yigit bilan ertaga Buxoriylarni, Salohiddinlarni, Umarlarni, ahli ayolini ximoya qiluvchi mard yigitlarni tabiyalaysiz??? Ayol turmush oʻtogʻini birinchi navbatda oʻz himoyachisi deb biladi. Moliyaviymi, moddiymi qanday muammo boʻlsa ham oʻsha vaqtda erining soyasiga oʻtadi. Bunaqa erni qanday qilib himoyachi qilasiz? Bunday yigitlarga faqatgina "Erkak boʻl-e" deb javob bering! 2023-yil yozgan ekanman.
Yashasangchi oʻtmishdan arib! Yoʻl ochiq-ku, nega jilmaysan? Baxt kelmaydi seni axtarib, Boriladi baxtga – bilmaysan. Sevgi – mardlar umriga ziynat, Qay yoʻsinda hayotin tarzi... Soʻng bor aytay: «Faqat muhabbat Topshirmoqqa taqdirni arzir». Qalb falagin toqidan zim-zim Betoqat nur sochgan oʻsha – baxt. Beyuraklar ne desa desin, Baxt degani asli – muhabbat. Usmon Azim | @asarcha
Ha deb men sheʼr tashlayveramanmi? Qani sizlarni didinglarni ham koʻraylikchi... Izohda oʻzingizga eng koʻp yoqqan sheʼrni ulashib keting:
Eng yomoni - hayotdagi eng muhim karyera - bu farzand tarbiyasi va oila ekanligini tushungan vaqtingiz yoshingiz 30 dan oshgan va hali turmush qurmagan ho'latda bo'lishingiz.
O'zbekiston Portugaliyani yutsa...